Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
رفتن به کانال در Telegram
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMG‘ARMASI rasmiy telegram kanal: @agrosafeuz rasmiy pochta: if@agro.uz tel: +998550550755 📍Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy t, Shota Rustaveli k., 8-uy
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
378
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+87 روز
+2030 روز
آرشیو پست ها
+5
🌱 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida salohiyatni oshirish dasturining navbatdagi onlayn mashg‘uloti
👍 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov rahbarligida Jamg‘arma hamda Agrar sohada to‘lovlar agentligi xodimlari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hududlardan tashrif buyurgan mustaqil ekspertlar ham faol ishtirok etdilar.
🇮🇹 Uchrashuvda Italiya Respublikasi Tushia universiteti professori Simone Severini hamda xalqaro maslahatchi Andrea Stoppa ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida salohiyatni oshirish dasturining asosiy maqsad va vazifalari muhokama qilindi.
🗣Muloqot davomida namunaviy fermer xo‘jaliklarini tanlash, ularning ishlab chiqarish va iqtisodiy xususiyatlarini tahlil qilish, shuningdek, fermerlar duch keladigan asosiy xavflar va ularni samarali boshqarish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
🗣Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ishchi guruhlarga ajratildi hamda tanlangan fermer xo‘jaliklari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va natijalarni 2026-yil 1-avgustga qadar taqdim etish vazifasi belgilandi.
📆 To‘plangan ma’lumotlar 2026-yil 4-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi onlayn uchrashuvda muhokama qilinadi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
👍 Қишлоқ хўжалиги суғуртаси жамғармаси ҳақиқатан ҳам зарар кўрган фермерга 243 миллион сўм товон пули тўлаб бердими?
🎥 Мазкур товон тўлови қандай амалга оширилгани, маблағ қандай асосда ҳисоблангани ва воқеанинг барча тафсилотларини ушбу видеода томоша қилинг.
👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+5
🌳 Bog‘dorchilikni sug‘urtalash masalalari muhokama qilindi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov boshchiligida Jamg‘arma xodimlari hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Hayrulla Saliev va Agentlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda joriy etilishi rejalashtirilayotgan bog‘dorchilik yo‘nalishini sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangiliklar va amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, bog‘dorchilik sug‘urtasining afzalliklari va imkoniyatlarini bog‘ egalari hamda sohaga oid subyektlarga keng yetkazish, tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish, axborot-targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish hamda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+2
🛡 Korrupsiyaga qarshi kurashish — ochiqlik va halollik sari muhim qadam
🇺🇿Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi hamda Agrar sohada to‘lovlar agentligi ishtirokida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda bu borada kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar ijrosi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tizimda shaffoflik va hisobdorlikni yanada kuchaytirish, murojaatlarni tezkor qabul qilish hamda korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
👍 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi o‘z faoliyatida qonuniylik, ochiqlik, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettiradi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+3
📌 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida xorijiy ekspertlar ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi Sug‘urtalash boshqarmasi boshlig‘i Umid Rahimov boshchiligida Italiyalik ekspertlar Andrea Stoppa va Simone Severini ishtirokida "Zoom" platformasi orqali online ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🗣Yig‘ilish davomida joriy yilning 21-iyul sanasidan boshlanadigan salohiyatni oshirish o‘quv dasturlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
🗣Xususan, o‘quv jarayonida foydalaniladigan fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:
🔹 fermer xo‘jaliklarining geografik joylashuvi;
🔹 asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishi;
🔹 yer maydoni;
🔹 mehnat resurslari hajmi (FTE ko‘rsatkichi).
🗣Shuningdek, o‘quv guruhlarini shakllantirish, guruhlar tarkibini tegishli bo‘limlar kesimida belgilash hamda fermer xo‘jaliklarini guruhlar o‘rtasida samarali taqsimlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🗣Yig‘ilishda salohiyatni oshirish dasturlariga mustaqil ekspertlarni jalb etishning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Ularning ishtiroki qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, xalqaro tajribani o‘rganish va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Mazkur o‘quv dasturlari Jamg‘arma xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Mustaqil ekspertlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari haqida e’lon
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni asosida qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini takomillashtirish maqsadida mustaqil ekspertlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda.
📌 Dastur dehqonchilik va bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘nalishlarida doirasida:
➖ sug‘urta hodisasi ehtimolini tahlil qilish;
➖ sug‘urta obyektlarini ko‘zdan kechirish;
➖ sug‘urta hodisasining mavjudligini aniqlash;
➖ yetkazilgan zarar miqdorini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
👥Mazkur o‘quv kursi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida faoliyat yurituvchi yoki ushbu yo‘nalishda ishlashni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
📖O‘quv mashg‘ulotlar 2026-yil 25-avgustdan boshlanadi!
📍Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet ko‘chasi 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti “Renessans” ma’ruzalar binosi
📞Murojaat uchun jamg‘arma vakili:
(+99877) 007-03-01, (+99897) 439-44-00
✈️Telegram: @lion_ab007
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍 "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali ishlar to‘g‘risidagi kunlik tezkor ma'lumot
🌱 Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish maqsadida "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash ishlari davom ettirilmoqda.
💻 Axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari uchun sug‘urta jarayonlarini soddalashtirish, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ma’lumotlar almashinuvini tezkor tashkil etish ta’minlanmoqda.
📈Tizim faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tezkor ma’lumotlar muntazam shakllantirilib, sohadagi raqamli xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔗Batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimizning Minsk shahriga tashrifi: O‘zbekiston-Belarus munosabatlarida strategik sheriklik sari tarixiy qadam tashlandi.
—
Визит Президента нашей страны в Минск: сделан исторический шаг к стратегическому партнерству между Узбекистаном и Беларусью.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+5
📌 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida Boshqaruv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Boshqaruv kengashi raisi Akmaljon Qosimov boshchiligida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi Boshqaruv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov jamg‘armaning 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha yoritildi.
Shuningdek, 2026-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, sug‘urta qamrovini kengaytirish hamda jamg‘arma faoliyati samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi.
🗣 Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas'ul ijrochilarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
"Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali ishlar to‘g‘risidagi kunlik tezkor ma'lumot
🌾 Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish maqsadida "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash ishlari davom ettirilmoqda.
💻 Axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari uchun sug‘urta jarayonlarini soddalashtirish, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ma’lumotlar almashinuvini tezkor tashkil etish ta’minlanmoqda.
📈Tizim faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tezkor ma’lumotlar muntazam shakllantirilib, sohadagi raqamli xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔗Batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
🌱 Ҳосил суғуртаси ростми?
Ҳосил суғуртаси амалда қанчалик самарали ишламоқда? У фермерларнинг молиявий йўқотишларини қоплашда қай даражада ёрдам бермоқда?
📺 Бу ҳақда “Ахборот 24” дастурида тайёрланган лавҳада батафсил сўз юритилди.
👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+6
🇺🇿🤝🇮🇹Қишлоқ хўжалиги суғуртаси ҳамда аграр соҳада давлат томонидан субсидиялаш йўналишларида халқаро ҳамкорликни ривожлантириш бўйича муҳим учрашув
Қишлоқ хўжалиги суғуртаси жамғармаси директори М.Ачилов бошчилигида Италиялик экспертлар — Андреа Стоппа ва Симоне Северини иштирокида Zoom платформаси орқали онлайн учрашув бўлиб ўтди.
🌱 Учрашувда аввал имзоланган консультант шартномаси доирасида хорижий экспертларни Қишлоқ хўжалиги суғуртаси жамғармаси ҳамда Аграр соҳада тўловлар агентлиги учун қуйидаги икки йўналиш бўйича консультант сифатида жалб этиш ва йил якунига қадар амалга ошириладиган ишлар режасини келишиб олиш масалалари муҳокама қилинди:
🔹 Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги суғуртаси тизимини такомиллаштириш;
🔹 аграр соҳада давлат томонидан субсидиялаш (тўловлар) тизимини халқаро тажриба асосида ривожлантириш.
📌 Музокаралар давомида: ✅ онлайн учрашувлар режаси ва тақвими; ✅ муҳокама қилинадиган мавзулар; ✅ Жамғарма ва Тўловлар агентлиги ходимларини мавзулар бўйича танлаб олиш ҳамда ўқув гуруҳларини шакллантириш; ✅ экспертларнинг Ўзбекистонга ташрифини ташкил этиш ва амалий ўқув дастурини ишлаб чиқиш; ✅ ўқув натижаларини таҳлил қилиш ҳамда тавсиялар тайёрлаш масалалари бўйича келишувларга эришилди. 🌍 Шунингдек, қишлоқ хўжалигида рискларни баҳолашнинг халқаро тажрибаси, аграр соҳани давлат томонидан қўллаб-қувватлаш механизмлари ҳамда илғор халқаро тажрибани Ўзбекистон шароитига мослаштириш юзасидан фикр алмашилди.🤝 Мазкур ҳамкорлик мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги суғуртаси ва аграр соҳани давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимларини халқаро тажриба асосида янада такомиллаштиришга хизмат қилади. 👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
"Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali ishlar to‘g‘risidagi kunlik tezkor ma'lumot
🌾 Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish maqsadida "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash ishlari davom ettirilmoqda.
💻 Axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari uchun sug‘urta jarayonlarini soddalashtirish, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ma’lumotlar almashinuvini tezkor tashkil etish ta’minlanmoqda.
📈Tizim faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tezkor ma’lumotlar muntazam shakllantirilib, sohadagi raqamli xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔗Batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
+6
📍 Toshkent viloyatida bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi
👍 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov boshchiligida, "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" boshqarma boshlig‘i Anvar Azimov ishtirokida Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Ohangaron va O‘rta Chirchiq tumanlarida bog‘dorchilik hamda uzumchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
🗣Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, tabiiy va texnogen ofatlar oqibatida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarning moliyaviy oqibatlarini qoplashda hosil sug‘urtasining ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. 🗣Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–223-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 772-sonli qarorining mazmun-mohiyati yetkazildi.✅Ochiq muloqot jarayonida sohada uchrayotgan muammolar va amaliy takliflar o‘rganildi. Shuningdek, bog‘dorchilik hamda uzumchilik yo‘nalishlari uchun yangi sug‘urta modulining ishga tushirilayotganligi hamda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
📢 ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН!
🌱 Ҳосил суғуртаси бўйича шартномалар ва тўловларни текширишни унутманг!
✅ Ҳурматли деҳқон ва фермерлар, сиздан ҳосил суғуртаси бўйича тузилган шартномалар икки томонлама тўлиқ имзоланганини ҳамда тўловлар белгиланган тартибда 100% амалга оширилганини қайта текшириб қўйишингизни сўраймиз.
🗓 МУҲИМ МУДДАТ: Суғурта мукофотлари жорий йилининг 1 июль кунига қадар қабул қилинади!
⚠️ Эслатма: 1 июлдан кейин келиб тушган суғурта мукофотлари ҳамда имзоланган шартномалар бўйича суғурта жавобгарлиги мажбурияти олиб борилмайди!
⏰ Вақтни бой берманг, шартнома ва тўловларингизни ўз вақтида расмийлаштиринг!
👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Ҳосил суғуртаси ростми❓
Ҳосил суғуртаси амалда қанчалик самарали ишлайди❓
🌱Ҳосил суғуртаси қишлоқ хўжалигидаги таваккалчиликларни камайтиришнинг муҳим воситаларидан бири ҳисобланади. Бироқ табиий офатлар оқибатида юзага келган зарарларни қоплашда мазкур тизим қай даражада самара бермоқда?
⛈ Ушбу видеода Наманган вилоятида дўл оқибатида зарар кўрган фермерларнинг фикрлари ва муносабатлари билан қизиқдик. Улар кўрилган зарар кўлами, суғурта хизматларидан фойдаланиш тажрибаси, зарарни баҳолаш жараёни ҳамда товон тўловлари бўйича ўз қарашлари билан ўртоқлашди.
✅Ҳосил суғуртаси фермерларнинг молиявий йўқотишларини қоплашда қай даражада ёрдам бермоқда? Амалдаги тизим қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқарувчиларининг эҳтиёжларига жавоб бера оляптими?
🗣Мавзуга оид турли фикрлар, воқеий мисоллар ва фермерлар қарашлари билан мазкур видеода танишишингиз мумкин.
👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
"Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali ishlar to‘g‘risidagi kunlik tezkor ma'lumot
🌾 Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish maqsadida "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash ishlari davom ettirilmoqda.
💻 Axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari uchun sug‘urta jarayonlarini soddalashtirish, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ma’lumotlar almashinuvini tezkor tashkil etish ta’minlanmoqda.
📈Tizim faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tezkor ma’lumotlar muntazam shakllantirilib, sohadagi raqamli xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔗Batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
+3
🌱📚 “Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida umumiy seminar-trening bo‘lib o‘tdi
🏛 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi rahbariyati boshchiligida birinchi va ikkinchi bosqich o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 110 nafar mustaqil ekspert ishtirokida umumiy seminar-trening tashkil etildi.
💻 Tadbir Jamg‘arma binosida offline hamda hududlardagi ekspertlar uchun esa online Zoom platformasi orqali masofaviy tarzda o‘tkazildi.
📖 Seminar davomida ishtirokchilarga:
✅ hududlardagi holatlarni aniqlash;
✅ ekspertiza o‘tkazish;
✅ ma’lumotlarni elektron tizimga joylashtirish;
✅ xulosa va hisobotlarni tayyorlash;
✅ sug‘urta hodisalarini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
✅ Treningning asosiy maqsadi mustaqil ekspertlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimida sifatli va samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur tavsiyalar hamda amaliy tajribalarni yetkazishdan iborat bo‘ldi.
🤝 Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.
✨ Bilim va tajriba — muvaffaqiyat kaliti!✨
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+6
🎓 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini rivojlantirish yo‘lidagi dastlabki muhim qadam!
🏛 Toshkent davlat Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Agrar universiteti tomonidan tashkil etilgan ikkinchi bosqich o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 44 nafar mustaqil ekspertga Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan tantanali ravishda guvohnomalar topshirildi.
📜 Tadbir davomida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari e’tirof etilib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
🤝 Mazkur tashabbus Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimida malakali mutaxassislar safini kengaytirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
