ILM-FAN FIDOYISI
رفتن به کانال در Telegram
“ILM-FAN FIDOYISI” tanlovining maxsus rasmiy kanali. Tanlovga oid barcha muhim ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin. Официальный специальный канал конкурса «ILM-FAN FIDOYISI». В данном канале вы можете ознакомиться со всей важной информацией.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
762
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+97 روز
+3630 روز
آرشیو پست ها
+4
Yana bir yuksak e’tirof!
“SCIENTIFIC PUBLICATION” ilmiy-matbuot markazi tomonidan tashkil etilgan hamda MDH miqyosida o‘tkazilgan “ILM-FAN FIDOYISI” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovi yakunlariga ko‘ra, Andijon shahar 6-son texnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi Akbaraliyeva O‘g‘iloy Baxodirjon qizi g‘olib deb topildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda ilm-fan va ta’lim sohasida samarali faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Akbaraliyeva O‘g‘iloy Baxodirjon qizi “ILM-FAN FIDOYISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu natija kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning ilmiy va amaliy faoliyatiga berilgan munosib baho hisoblanadi.
Hurmatli “Ilm-fan fidoyisi” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari!
Kecha bo‘lib o‘tgan tadbirimiz muvaffaqiyatli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda umumiy mehmonlar soni 700 nafardan oshdi va asosiy jarayonlar rejamiz asosida tashkil etildi.
Shu o‘rinda, avvaldan bir necha bor hamrohlar kiritilmasligi haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa-da, ayrim ishtirokchilar hamrohlarini olib kelishdi. Bu holat tashkilotchilar uchun qo‘shimcha tashkiliy qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi.
Shunga qaramay, imkon qadar barcha tashrif buyurganlarni tadbir zaliga kiritish va ularga qulay sharoit yaratishga harakat qildik.
Albatta, har qanday yirik tadbirda ayrim kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi. Muhimi, biz barcha fikr va mulohazalarni tahlil qildik hamda kelgusidagi tadbirlarni yanada mukammal tashkil etish uchun tegishli xulosalar chiqardik.
Kelgusi tadbirlarda hamrohlar uchun alohida dasturlar va qo‘shimcha ekskursiyalar tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz.
Biz har qanday taklif, e’tiroz va tanqidlarga ochiqmiz. Sizlarning fikrlaringiz bizni yanada kuchliroq ishlashga, kamchiliklarni bartaraf etishga va rivojlanishga undaydi.
Bildirilgan barcha fikrlar uchun minnatdorchilik bildiramiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Hurmat bilan,
Tashkiliy guruh
+2
#Yoshlar_oyligi
#Bollar_harakati
🎉 XUSHXABAR! 🎉
Koson tumani "Jasorat" yo‘nalishi sardori Normatova Durdona "Ijtimoiy tarmoqlarning hozirgi kunga ta’siri" mavzusidagi maqolasi bilan Xalqaro "ILM-FAN FIDOYISI" ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida munosib ishtirok etib, "Ilm-fan fidoiysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
👏 Durdonani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz! 🏅📚🌟
🌹 Tabriklaymiz! Biz siz bilan faxrlanamiz!
👉https://t.me/Koson_yoshlar
+3
#Хушхабар
🏅 Косонсойлик ёш истеъдод соҳибаси юксак эътирофга сазовор бўлди
▫️Наманган давлат университети Филология факультетининг 1-босқич талабаси, косонсойлик ёш истеъдод соҳибаси Нилуфар Тўхтабоева Scientific Publication илмий матбуот маркази томонидан ташкил этилган халқаро илмий-амалий кўрик-танловда муносиб иштирок этиб, “Илм-фан фидойиси” номинацияси доирасида кўкрак нишони ва гувоҳнома билан тақдирланди.
Мазкур нуфузли эътироф Нилуфарнинг илм-фанга бўлган қизиқиши, изланувчанлиги ва фаоллигининг муносиб баҳоси бўлди.
Ёшларимиз орасида илм-фан йўлидаги бундай ютуқлар юртимиз келажаги учун мустаҳкам пойдевор яратади. Нилуфар Тўхтабоевани ушбу қувончли муваффақият билан самимий муборакбод этамиз!Унга келгуси таълим ва илмий фаолиятида янада юксак марралар, улкан зафарлар ҳамда доимий омад ёр бўлишини тилаймиз.
+1
#xushxabar
✅ "Scientific Publication" ilmiy matbuot markazi tomonidan Toshkent shahrida Xalqaro "ILM-FAN FIDOYISI" ilmiy-amaliy koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Ushbu oʻtkazilgan koʻrik tanlovda Zarafshon shahridagi "Alisher Navoiy" mahallasi ijtimoiy xodimi Adashoy Axmedova tomonidan soha yoʻnalishlari boʻyicha yozilgan ilmiy maqolasi tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilib, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, yurt ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi hamda ilm-fan sohasidagi faolligi uchun “ILM FAN FIDOYISI” esdalik ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
↗️ Bunday yutuqlar yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya sohasida zamonaviy, bilimli va fidoyi kadrlarni shakllantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
📝 Telegram 📝 Facebook
🎞 Youtube 🎖 ihma.uz
🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
+4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgust kunidagi "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrida"gi PQ-4433-sonli Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4963-sonli Qaroriga asosan "Scientific Publication" ilmiy matbuot markazi tomonidan Toshkent shahrida Xalqaro "ILM-FAN FIDOYISI" 1-tur ilmiy-amaliy koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Ushbu oʻtkazilgan koʻrik tanlovda Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultet talabasi Shavkatova Shahinabonu tomonidan yozilgan ilmiy maqolasi tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilib, ilm-fan sohasidagi faolligi uchun “ILM FAN FIDOYISI” esdalik ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
+7
📚 Ilm-fan yo‘lida yuksalayotgan yosh iste’dod egasi
Xurramova Gulhayo Eshniyozovna 2005-yil 26-fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Mirzatup MFYda Tugʻilgab U Chiroqchi tumanidagi 64-son umumta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlab, tibbiyot sohasiga qadam qo‘ydi.
Hozirgi kunda 3-bosqich talabasi sifatida tahsil olib borayotgan Gulhayo Xurramova ilm-fan yo‘lidagi izlanishlari bilan alohida e’tiborga sazovor bo‘lib kelmoqda. Uning 4 dan ortiq Ilmiy ishi xalqaro jurnallarda chop etilgan bo‘lib, mazkur ilmiy ishlari dunyo miqyosida ko‘rib chiqilgan va e’tirof etilgan.
Shuningdek, Xurramova Gulhayo Eshniyozovna “Ilm-fan fidoyisi” ko‘rik-tanlovida munosib ishtirok etib, ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun “Ilm-fan fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🌷 Yosh tadqiqotchining ushbu yutug‘i ilmga bo‘lgan intilish, izlanish va mehnatning yorqin namunasi hisoblanadi.
Xurramova Gulhayo Eshniyozovnani “Ilm-fan fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va zafarlar tilaymiz! 👏
+4
🏅📚 Ilm-fan yo‘lidagi mehnatlarim munosib e’tirof etilib, “Ilm-fan fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.
✨ Bu mukofot men uchun nafaqat yutuq, balki yanada katta mas’uliyat va yangi marralar sari ilhom manbaidir.
📖 Ushbu e’tirof ortida mehnat, izlanish, sabr-toqat va bilimga bo‘lgan ishonch mujassam. Yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildiraman. 🤝
💡 Bilimga kiritilgan investitsiya hech qachon zarar keltirmaydi.
🎯 Bugun qo‘limda mukofot, qalbimda esa yanada ulkan maqsadlar. Oldinda yangi izlanishlar, yangi yutuqlar va yangi cho‘qqilar kutmoqda. 🚀
📚✨ Ilm yo‘li — mashaqqatli, ammo sharafli yo‘l.
#IlmFanFidoyisi 🏅 #IlmFan 📚 #Tadqiqot 🔬 #Yutuq 🌟 #Motivatsiya 🚀
+1
Ustozlarimiz faxrimiz!
Bizning faxrimiz, ingliz tilidan yuksak darajadagi IELTS 8.5 sertifikati sohibasi, tajribali ustozimiz Malika Pirnazarova munosib tarzda “ILM FAN FIDOYISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar! 🎖
🔥Bu yutuq ustozimizning ta’lim sohasidagi tinimsiz mehnatlari, yoshlarga til o'rgatishdagi fidoyiliklari va yuksak kasbiy mahoratlarining yorqin isbotidir.
💐 Butun "Registon" o‘quv markazi jamoasi va o'quvchilari nomidan Malika ustozimizni ushbu yuksak e'tirof bilan chin dildan tabriklaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
😀Telegram |😀Instagram |🙂Manzil
+8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgust kunidagi "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrida"gi PQ-4433-sonli Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4963-sonli Qaroriga asosan "Scientific Publication" ilmiy matbuot markazi tomonidan Toshkent shahrida Xalqaro "ILM-FAN FIDOYISI" 1-tur ilmiy-amaliy koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Ushbu oʻtkazilgan koʻrik tanlovda Fargʻona viloyati FVB Rishton tumani FVB katta inspektorlari kapitan Xojibolayev Javlonbek Yusuf oʻgʻli va katta leytenant Tojiboyev Baxtiyorjon Ravshanjon oʻgʻli tomonidan soha yoʻnalishlari boʻyicha yozilgan ilmiy maqolalari tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilib, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, yurt ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi hamda ilm-fan sohasidagi faolligi uchun “ILM FAN FIDOYISI” esdalik ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Mazkur yutuq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning nafaqat amaliy faoliyatda, balki ilmiy yo‘nalishda ham yuqori salohiyatga ega ekanligini yana bir bor namoyon etdi. J.Xojibolayev va B.Tojiboyevning ushbu muvaffaqiyatlari tizimdagi boshqa yosh xodimlar uchun ham munosib o‘rnak bo‘lib, ularni ilm-fan bilan shug‘ullanishga, o‘z ustida muntazam ishlashga, yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surishga hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi.
Bunday yutuqlar yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda favqulodda vaziyatlar sohasida zamonaviy, bilimli va fidoyi kadrlarni shakllantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐Veb-sayt📹TELEGRAM |📹FACEBOOK |📹YOUTUBE |📹 INSTAGRAM
📸 Hurmatli ishtirokchilar!
“ILM-FAN FIDOYISI” taqdirlash marosimida olingan barcha foto va videolaringizni ushbu guruhga yuboring.
✅ Boshqa ishtirokchilar ham o‘z materiallarini joylashmoqda.
✅ Har biringiz yuborgan surat va videolar umumiy xotiramizning bir qismiga aylanadi.
https://t.me/iff_photo
Здравствуйте, уважаемые участники конкурса!
Конкурс «Преданный науке» состоится в Ташкентском государственном экономическом университете.
Во время презентации в зал проведения мероприятия будут допущены только участники конкурса. В связи с этим просим вас не приводить с собой родителей и других сопровождающих лиц.
К сожалению, количество мест в зале ограничено и предусмотрено исключительно для участников конкурса.
Данная мера предусмотрена исключительно в целях создания комфортных условий для участников и обеспечения качественной организации мероприятия.
Благодарим вас за понимание и сотрудничество!
С уважением,
Оргкомитет.
Assalomu alaykum, hurmatli tanlov ishtirokchilari!
“Ilm-fan fidoyisi” ko‘rik-tanlovi Toshkent davlat iqtisodiyot institutida bo‘lib o‘tadi.
Taqdimot jarayonida tadbirlar zaliga faqat tanlov ishtirokchilari kiritiladi. Shu munosabat bilan, sizlardan ota-onalar va boshqa hamrohlarni olib kelmaslikni iltimos qilamiz.
Afsuski, zalda o‘rindiqlar soni cheklangan bo‘lib, ular faqat ishtirokchilar uchun ajratilgan.
Bu qaror faqat ishtirokchilar uchun qulay muhit yaratish, ularning tadbirdan maroqli taassurot olishlari va tadbirning chiroyli hamda tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Tushunganingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Hurmat bilan, tashkiliy qo‘mita.
