ا
رفتن به کانال در Telegram
Manfaat va'da qilinmaydi! Vaqtingizga rozi bo'lsangiz qoling!))
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
694
مشترکین
-1324 ساعت
+997 روز
+9930 روز
آرشیو پست ها
695
🌹Juma kunining sunnatlari• G‘usl qilish • Poklanish • Xushbo‘ylanish • Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish • Misvok ishlatish • Kahf surasini o‘qish. Yoki tafakkur tadabbur qilib tinglash ma‘nolarini o‘qish • Ixlos bilan ko‘p duo qilish • Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish. #Juma
695
Anas ibn Molik رضي الله عنه dan rivoyat qilinadi. Rasululloh ﷺ dedilar:
“Dunyo ahlining ichida eng farovon hayot kechirgan, ammo Jahannam ahlidan bo‘lgan kishi Qiyomat kuni Jahannamga bir marta botiriladi. So‘ng unga: “Ey Odam farzandi! Biror yaxshilik ko‘rganmiding? Biror ne’mat boshdan kechirganmiding?” deyiladi. U: “Yo‘q, Allohga qasamki, ey Robbim”, deydi.” Keyin:
“Jannat ahlidan bo‘lgan, dunyoda eng baxtsiz va eng og‘ir hayot kechirgan kishi Jannatga bir marta botiriladi. Unga: “Ey Odam farzandi! Biror qiyinchilik ko‘rganmiding? Biror mashaqqat boshdan kechirganmiding?” deyiladi. U: “Yo‘q, Allohga qasamki, ey Robbim, hech qanday qiyinchilik ko‘rmaganman”, deydi.” (Imom Muslim sahihida kelgan)
695
Haqiqiy baxt nima?
Kimlarni baxtli desak arziydi?
Sog‘lom odamni-mi?
Boy odamni-mi?
Hayoti g‘am-tashvishsiz o‘tgan odamni-mi?
Hech kimdan kami-ko‘sti yo‘q odamni-mi?
Biz baxtni ko‘pincha shular bilan o‘lchaymiz.
Lekin haqiqiy baxt-chi?
695
Diqqat: hovli sotiladi!
Darvozalari sakkista.
Kaliti "Laa ilaaha illalloh".
Oltin va kumush g'ishtdan qurilgan.
Maydoni yer va osmon oralig'icha.
Narxi Allohga hech narsani sherik qilmaslik.
Xarid sanasi: qiyomat kuni.
Xususiy egasi: taqvodorlar.
Manzili: Firdavs.
Nomi: jannat.
Alloh barchamizni ana shu makon ahlidan qilsin!
695
🌿Niyatning ahamiyati juda katta
Dedilarki, misol uchun bir odam kechki payt uyidan ko‘chaga chiqdi. Tomorqasida bir ketmon turganini ko‘rdi, qo‘shnimning ketmoni esidan chiqib qolibdi-da, uyimga olib kirib qo‘yaqolay, bu birovning omonati deb uyga olib kirib qo‘ydi. Ertalab turib qarasa, ketmon o‘ziniki ekan, qorong‘ida tanimagan ekan. Alloh taolo shu amali uchun u kishiga omonatgo‘y deb savob yozdirib qo‘yar ekan. Endi buning aksi bo‘lsa-chi? Deylik, shu odam ko‘chaga chiqsa, tomorqada ketmon turibdi, xayol qildi, qo‘shnimning ketmoni unutilib qolibdi-da. Endi buni hech kimga aytmay uyimga olib kirib qo‘yib, bildirmay ishlatib yuraveraman, dedi. Ertalab turib qarasa, o‘zining ketmoni ekan. Endi Alloh taolo bu kishining nomayi a’moliga o‘g‘ri deb yozdirib qo‘yar ekan. Qarangki, o‘zining buyumi bilan ham savobga ishladi, ham gunohkor bo‘ldi.
“Jannat sog‘inchi” kitobidan
