fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Hissiyotxonam

Hissiyotxonam

رفتن به کانال در Telegram

"Men hamma joydan orom izladim va uni bir burchakda o‘tirib, kitob o‘qishdan topdim." kitobxonlar jamiyati xush kelibsiz!💌 @hissiyotxonam_reklama

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
3 289
مشترکین
+8124 ساعت
+7007 روز
+70030 روز
آرشیو پست ها
"Baxt nimada?" — Hamma narsada. E'tiborda. Xabarlarga uzoq javob bermasang, senga qo'ng'iroq qilib: "Hammasi joyidami?" deb xavotir olishlarida. "Ko'rib turibman, sen odatdagidek emassan. Gapir-chi..." deyishlarida. "Esimda, sen menga shu haqida aytganding..." deb eslab qolishlarida. "Buni ko'rdim-u, darrov seni esladim." deyishlarida. Baxt mayda-chuyda narsalarda. Yaqin insonlar bilan samimiy suhbatlarda. Ko'p narsalarda. Eng asosiysi, baxt — yaqinlaringda, seni chin dildan qadrlaydigan insonlaringdadir.

Yo‘ldan o‘tib ketayotib kirib o‘tgan bilan, aynan sen uchun yo‘lga chiqqan bir bo‘lmaydi.
+1
Yo‘ldan o‘tib ketayotib kirib o‘tgan bilan, aynan sen uchun yo‘lga chiqqan bir bo‘lmaydi.

Sen bir men oʻzga olam
Sen bir men oʻzga olam

Ehtimol, jasorat degani ham shu bo‘lsa kerak — kimgadir seni yaralay oladigan qurolni berib, uni yuragingga sanchmaydi, degan umid bilan yashash. Ehtimol... Muhabbat ham aynan shudir. 🤍

"Shunday bir lahza bo‘ladiki, barcha ijtimoiy tarmoqlar joningga tegadi, hech kim yozmaydi, o‘yinlar haddan tashqari zerikarli bo‘lib qoladi, musiqalar ham avvalgidek ta'sir qilmaydi va sen shunchaki o‘zingni qayerga qo‘yishni bilmay qolasan." 🫀

Kanalimizning kichik bir qoidasi bor: Ushbu maskan faqat chin dildan bilamiz doʻst boʻladigan, soʻz va maʼno qadriga yetadigan insonlar uchun. Kanalni tark etganlar qayta qayta olmasliklari uchun bloklanadi. Biz bilan qolib, ushbu maskanni birgalikda yuksaltirayotgan har bir qadrdonga tashakkur!

Menimcha, inson boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir tuyg‘ulardan biri — sog‘inishdir.Qalbing hech bo‘lmasa o‘n daqiqaga o‘sha inson bilan birga bo‘lishni, suhbatlashishni, uni bag‘ringga bosishni, dunyodagi hamma narsani u bilan muhokama qilishni istaydi. Ammo buning iloji yo‘q.

Sen shunday insonga loyiqsan-ki, u odamlar davrasida bo‘lsa ham, kunning o‘rtasida senga: "Seni sog‘indim", deb yozsin. Kechasi soat birda esa, shunchaki zerikkanidan yoki yolg‘izlikni his qilganidan emas.

Hayot bizga odamlarni bekorga uchratmaydi. Sen bir kun kelib ularning har biriga: "Rahmat", deysan. Seni yuksalishga ilhomlantirganlarga ham, chiroyli yiqilishni o‘rgatganlarga ham. Kulgusi bilan hayotingdagi xiralikni yorug‘ qilganlarga ham, seni g‘am-g‘ussa tumaniga o‘raganlarga ham. Ba'zilar yaxshilikka ishonishni o‘rgatadi, boshqalari esa hayotiy tajriba uchun kerak bo‘ladi. 🤍

"Ba’zan baxt uchun bizga shunchaki: bitta qo‘ng‘iroq, bitta suhbat, bitta e’tirof va bitta uchrashuv kifoya qiladi."

Na uyda bo‘lgim keladi, na ko‘chada, hayotning bir balkoni bo‘lishi kerak edi. Zerikkanimda chiqib turardim...

bir kun kelib haqiqiy muhabbatni topasan ungacha kitob o’qi

Afsuski, ertami-kechmi hamma narsaning nihoyasi bo‘ladi. Bir paytlar jo‘shqin tuyg‘ular bir lahzada kulga aylanishi mumkin, abadiydek tuyulgan muhabbat esa «xato», «odat» yoki shunchaki «xotira»ga aylanadi… Yillar davom etgan do‘stlik ba'zan arzimas bir sabab tufayli parchalanadi… Ustuvorliklar o‘zgaradi… Sabr tugaydi… Xayollar tarqaladi… Biz ham o‘zgaramiz… Va eng katta xato — hozir his qilayotgan tuyg‘ularing abadiy davom etadi, deb o‘ylashdir.

Qayta-qayta parchalansa ham, hanuz yashashda davom etayotgan inson yuragidan ham mustahkamroq yana nima bo‘lishi mumkin?

Yuragingga agʻdarma aybni.

odamlarga har doim ham maslahat kerak bo‘lavermaydi. ba’zan ularga qo‘llab-quvvatlaydigan qo‘l, tinglaydigan quloq, tushunadigan yurak kerak bo‘ladi.

yuragingiz tanlagan narsani unutish uchun juda kuchli bo'lishingiz kerak..

...va bir kuni aytasiz: duolarim bir dona gul uchun edi, bog‘i bilan nasib qildi...

Telefon ekraniga qarab, uni almashtirish vaqti kelgan deb o‘ylaysan. Keyin esa tushunasan: bu yerda telefonni ham, shaharni ham, mamlakatni ham, umuman butun hayotingni o‘zgartirish kerak ekan.