Falsafiy umr 🍃
رفتن به کانال در Telegram
Hayotda hech narsa tasodif emas. Siz aynan kerakli vaqtda, kerakli joydasiz! 📚 «Falsafiy Umr” - Hayot o‘rgatadi, lekin biz bilan tezroq.! Founder: @Waxnozam
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
2 423
مشترکین
-1724 ساعت
-1157 روز
-59930 روز
آرشیو پست ها
2 420
– Agar qizim boʻlsa, uni oʻgʻillarimdan koʻproq sevsam kerak.
– Nega?
– Bilmasam, oʻzim shunchaki. Bitta odamni tanirdim. Tashqi koʻrinishidan ot hurkadigan qoʻrs odam edi. Biroq qizining oldida mutlaqo boshqa odamga aylanar, uni erkalab-erkalab sira toʻymasdi. Qizi balda raqs tushganida besh soat bir yerda qimirlamay, hatto koʻzini pirpiratmay, ixlos bilan tomosha qilardi. Shunchalik yaxshi koʻrardi qizini. Qizi charchab uxlab qolar, bedor ota esa unga termulib oʻtirardi. Oʻzi kir-chir kiyinar, birovga bir tomchi ilinmas, qizidan esa soʻnggi chaqasini ham ayamasdi; qimmatbaho sovgʻalar olar, sovgʻasi qiziga yoqsa, baxtdan yettinchi osmonga uchardi. Otalar qizlarini doim onalardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrishadi. Ba'zi qizlar ota uyida qirolichaday yashashadi. Menimcha, qizim boʻlsa, uni erga bermasdim.
– Qanaqasiga?
– Qizgʻanaman-da axir, oʻlay agar. Begona erkakni qanday oʻpadi, qanday qilib uni oʻz otasidan koʻproq sevadi? Buni oʻylashning oʻziyoq dahshat. Bilaman, valdirayapman, biloxir hamma koʻnikadi. Lekin menga shunday tuyuladiki, uni erga berguncha oʻzimni xarob qilaman, nomzodlarni birma-bir chiqitga chiqaraman. Oxirida oʻzi sevgan odamga beraman. Ammo qiz sevgan yigit doim otaning nazdida talabgorlarning eng nomaqbuli boʻlib koʻrinadi. Ha, har doim shunaqa boʻladi. Koʻp oilada shuning ustida kelishmovchilik chiqadi.
Afsus, dunyoda qiz farzandini izzat-hurmat bilan uzatish oʻrniga, unga bir buyumdek qaraydigan, oʻz manfaatlariga qurbon qiladigan oilalar ham yoʻq emas. Lekin bunday bemehrlik faqat sevgini tuymagan baxtsiz insonlarning xonadonida boʻladi. Zero, sevgi yoʻq joyda, aql va donolik ham boʻlmaydi.
25 سپتامبر, 10:27
26 سپتامبر, ~10:27
2 420
Repost from 𝐓𝐚𝐬𝐤𝐢𝐧𝐢𝐦 | حب
إذا كنت تحب أحدهم فاسأله عن الله، القلوب بيد الله.🌟
Birini yaxshi ko'rsangiz uni Allohdan istang, qalblar Allohning qo'lidadir..
24 سپتامبر, 23:32
25 سپتامبر, ~02:35
