fa
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

رفتن به کانال در Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
9 121
مشترکین
-1224 ساعت
-937 روز
-3 40430 روز
آرشیو پست ها
📚 Mutolaa tavsiyasi | 2-qism Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari inson qalbidagi qo‘rquvni yengish, e’tiqod va matonat bilan yashash g‘oyalarini chuqur yoritadi. Roman har bir kitobxonni o‘z tarixini anglashga, ajdodlar merosini qadrlashga hamda Vatan taraqqiyoti yo‘lida mas’uliyat bilan yashashga chorlaydi. Asar nafaqat badiiy zavq bag‘ishlaydi, balki hayotga yangicha nigoh bilan qarashga undaydi. 📖 Mutolaa qiling, tafakkuringizni boyiting va ezgu maqsadlar sari dadil odimlang! @sherzod_rahmonov

📍 Bugungi manzilimiz Oqdaryo tumanidagi 32-sonli umumta’lim maktabi. Ish kuni avvalidan tumandagu yoshlar yetakchilari va yi
+3
📍 Bugungi manzilimiz Oqdaryo tumanidagi 32-sonli umumta’lim maktabi. Ish kuni avvalidan tumandagu yoshlar yetakchilari va yishlar tizimi mas’ullari bilan bilan ochiq muloqot o‘tkazdik. Uchrashuv davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni tanqidiy tahlil qilish hamda oldimizda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan barcha ishlar hamda rejalar batafsil kelishib olindi.

“Har bir yangi kun — o’zingni kechagidan yaxshiroq qilish uchun berilgan imkoniyatdir. Ilm olishdan, izlanishdan va ezgu maqs
“Har bir yangi kun — o’zingni kechagidan yaxshiroq qilish uchun berilgan imkoniyatdir. Ilm olishdan, izlanishdan va ezgu maqsad sari intilishdan hech qachon to’xtama. Zero, buyuk natijalar har kuni qo’yilgan kichik qadamlar bilan boshlanadi.” — Konfutsiy @sherzod_rahmonov

📚 Mutolaa tavsiyasi Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari — Vatanga sadoqat, ilm-ma’rifat va jasorat g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan ta’sirchan roman. Asar yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizning hayoti va qismati orqali kitobxonni tarixdan saboq olishga, kelajakka ishonch bilan odimlashga undaydi. 📖 Mutolaa qiling, xulosa chiqaring va hech qachon qo‘rqmang! @sherzod_rahmonov

✅Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganilmoqda. 📍Ayni paytda J
+4
✅Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganilmoqda. 📍Ayni paytda Jomboy tumanidagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman shtabi faoliyati viloyat DXX mas’ullari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, amalga oshirilayotgan ishlarning holati, mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinmoqda. @sherzod_rahmonov

📍Jomboy tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdik. Muloqot davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash s
+3
📍Jomboy tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdik. Muloqot davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda oldimizda turgan ustuvor vazifalarni atroflicha muhokama qilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldik. Har bir yoshlar yetakchisining mas’uliyati va natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi. @sherzod_rahmonov

📍Bugungi manzilimiz — Jomboy tumanidagi Wisdom o‘quv markazi. Markazda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda yoshlar
+2
📍Bugungi manzilimiz — Jomboy tumanidagi Wisdom o‘quv markazi. Markazda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. “Ko‘mak” loyihasi doirasida ushbu o‘quv markaziga 130 million so‘m ssuda ajratilgan. Ayni paytda mazkur mablag‘ hisobidan markaz zamonaviy talablar asosida tayyorlanmoqda. Ishlar yakunlangach, bu yerda yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratiladi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Yosh mobilograflar bilan ochiq muloqot Muxbir: Nozima Karimova 12:00 28.07.2026 #Samarqand viloyati 😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ You Tube

📍Ayni paytda Bulung‘ur tumanining Yangiqo‘rg‘on mahallasidamiz. Tuman hokimi, viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari hamd
+2
📍Ayni paytda Bulung‘ur tumanining Yangiqo‘rg‘on mahallasidamiz. Tuman hokimi, viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari hamda mahalla yettiligi ishtirokida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi atroflicha o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib tahlil qilinmoqda. Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar berilmoqda. @sherzod_rahmonov

⚡️Strategik kuch — 2026 🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi. An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmini Agentlikning YouTube sahifasida tomosha qiling! 📹 https://youtu.be/JrinMz-0oCw

⚡️Strategik kuch — 2026 🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi. An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmini Agentlikning YouTube sahifasida tomosha qiling! 📹 https://youtu.be/JrinMz-0oCw

✅ Yoshlar bilan ishlashda natija va mas’uliyat ustuvor ➡️ Bugun Samarqand tumanining tog’oldi xududidagi O’rta Ohalik mahalla
+4
Yoshlar bilan ishlashda natija va mas’uliyat ustuvor ➡️ Bugun Samarqand tumanining tog’oldi xududidagi O’rta Ohalik mahallasida bo’ldik. Bu yerda dastavval tumandagi barcha mahallalar yoshlar yetakchilari va yoshlar tizimlari mas’ullari bilan muloqot qildik. Unda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni o‘rganish, yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda oldimizda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashdik.
➡️ Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan 30-iyun kuni ilgari surilgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, har bir yoshlar yetakchisining eng muhim vazifasi — yoshlarning ishonchini qozonish, ularning muammo va tashabbuslariga befarq bo‘lmaslik hamda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni har bir yoshga yetkazish ekani alohida ta’kidlandi.
➡️ Uchrashuv yakunida ushbu mahalla yoshlari uchun sayyor qabul o‘tkazdik. Qabul davomida yoshlar va yoshlar tizimi mas’ullari tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. @sherzod_rahmonov

💙💙💙 🗓 27-iyul kuni soat 16:00 da Samarqand tumani O‘rta Ohalik mahallasi yoshlari bilan Viloyat Yoshlar ishlari boshqarma
💙💙💙 🗓 27-iyul kuni soat 16:00 da Samarqand tumani O‘rta Ohalik mahallasi yoshlari bilan Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi. 📍Manzil: Samarqand tumani, O‘rta Ohalik mahallasi Sayyor qabul davomida yoshlar: ✅bandlik va tadbirkorlik; ✅ta’lim hamda xorijda o‘qish; ✅imtiyoz va subsidiya masalalari; ✅yoshlar loyihalari; ✅shuningdek, yoshlarni qiynayotgan boshqa masalalar, taklif va tashabbuslar yuzasidan bevosita murojaat qilishlari mumkin. Bu sizning muammo va takliflaringizni mas’ullar ishtirokida ochiq muhokama qilish imkoniyatidir. ✅Barcha O‘rta Ohalik mahallasi yoshlari hamda Samarqand tumani yoshlarini faol ishtirok etishga chorlaymiz! #SayyorQabul Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Navbatdagi manzil Kattaqo’rg’on tumani Hududlar bo‘ylab yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarni o’rganish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tadbirkorlik istagidagi yoshlarni qo’llab-quvvatlash hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatiga baxo berish maqsadida galdagi tashrifimiz Kattaqo‘rg‘on tumanida bo’ldi. Dastavval, Yangiravot mahallasida istiqomat qiluvchi 22 yoshli Azizbekning xonadonida bo'lib, shaxsiy tomorqa va dehqon xo'jaligi yeri orqali o'zini band qilgan ishlari bilan tanishdik.
U 200 qutidan iborat asalari oilasi va asal maxsulotlari, tomorqasida limon va anor yetishtirish, muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, qish mavsumida bekor qolmaslik uchun xonadonida yog'och maxsulotlari qayta ishlash mini sexini ham tashkil etgan. 22 yoshli bu yigitning yillik sof foydasi 300 mln. so'm. U shu bilan to'xtab qolmoqchi emas, oldidagi maqsadlari ulkan. Uning faoliyatini kengaytirish, mahsulot hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, o'rganish davomida Kadan mahallasidagi “Turon Academy” o‘quv markazi hamda 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan startap loyihalar markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, bilimli va iqtidorli yoshlar bilan muloqot o‘tkazdik. Kun yakunida hokimlik raxbariyati ishtirokida yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va aniq natijaga yo‘naltirilgan faoliyatni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab oldik. Viloyat xududlari bo'ylab o'rganishlarimiz davom etmoqda.

Toyloqda yoshlar startaplari qo‘llab-quvvatlanmoqda Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

✅Yoshlar bilan ishlashda natija va mas’uliyat ustuvor ➡️Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘t
+5
Yoshlar bilan ishlashda natija va mas’uliyat ustuvor ➡️Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oldimizda turgan ustuvor vazifalarni muhokama qildik. ➡️Uchrashuv davomida har bir yoshlar yetakchisining eng asosiy vazifasi — yoshlarning ishonchini qozonish, ularning muammo va tashabbuslariga befarq bo‘lmaslik, mavjud imkoniyatlarni har bir yoshga yetkazish ekani alohida ta’kidlandi. ✨Shuningdek, yoshlar yetakchilarining tashabbuskorligi, mas’uliyati va kasbiy salohiyati mahalladagi ishlar samaradorligini belgilashi qayd etilib, har bir hududda aniq natijaga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi. @sherzod_rahmonov

Hududlar bo’ylab o‘rganishlarimiz davom etmoqda Bugun ham erta tongdan Kattaqo’rg’on tumani bo’ylab, yoshlar faoliyatini o’rg
Hududlar bo’ylab o‘rganishlarimiz davom etmoqda Bugun ham erta tongdan Kattaqo’rg’on tumani bo’ylab, yoshlar faoliyatini o’rganishni boshladik. Tumanning Kadan mahallasidagi “Turon Academy” o‘quv markazida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdik. Shuningdek, yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning taklif va tashabbuslari, ta’lim va bandlikka oid fikrlarini tingladik. Hududlardagi ana shunday zamonaviy o‘quv markazlar chekka qishloqlardagi yoshlarning bilim olishi, o‘z ustida ishlashi va kelajagini mustahkam poydevor ustiga qurishida muhim qadam bo’lib xizmat qilishiga ishonamiz alabatta va ushbu markaz faoliyatiga omad tilaymiz @sherzod_rahmonov

NARPAYDA ZAMONAVIY SHAXMAT MARKAZI BARPO ETILADI ✔️Narpay tumanida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, shaxma
+5
NARPAYDA ZAMONAVIY SHAXMAT MARKAZI BARPO ETILADI ✔️Narpay tumanida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, shaxmat sportini yanada ommalashtirish hamda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar izchil davom etmoqda. ✔️Shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari bilan birgalikda Narpay tumani hududida barpo etilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy Shaxmat markazi uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan hududni joyiga chiqib ko‘zdan kechirdilar. ✔️O‘rganish jarayonida qurilish maydonining imkoniyatlari, infratuzilmaviy qulayliklari, loyiha yechimlari hamda kelgusida markazni zamonaviy talablarga mos ravishda barpo etish yuzasidan mas'ullar bilan atroflicha fikr almashildi va tegishli vazifalar belgilab olindi. ✔️Mazkur loyiha yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni shaxmat sportiga keng jalb etish, iqtidorli yoshlar uchun munosib sharoit yaratish hamda Narpay tumanida sport va ma'naviy-ma'rifiy muhitni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✔️Yangi O‘zbekiston bunyodkorlik yo‘lida — Narpayda intellektual taraqqiyot sari dadil qadamlar davom etmoqda! Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling! |Telegram| |Facebook| 🌐|Instagram| |Telegram| 🌐|Veb sayt|