Rahmonov Sherzod Shuxratovich
رفتن به کانال در Telegram
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
9 128
مشترکین
-524 ساعت
-877 روز
-3 65730 روز
آرشیو پست ها
Jadidchilar tomonidan nashr ettirilgan "Shuhrat" gazetasining nechta soni bosmadan chiqarilgan?
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
✅Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.✅Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

“Katta natijalar kichik, ammo qat’iy qadamlar bilan boshlanadi.”
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
🇺🇿 DAVLAT MUKOFOTLARI MUBORAK BO’lSIN!
Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonlari bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Quvonarlisi, ular orasida turli sohalarda fidokorona mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan samarqandliklar ham bor.
🏅 «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan:
• Karimkulov Aslankul Ziyayevich — Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i, Samarqand viloyati.
🏅 «El-yurt hurmati» ordeni bilan:
• Negmatov Shuhrat Xudoyberdiyevich — «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi.
🏅 I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:
• Turayev Rashid Ergashevich — Urgut tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati.
🏅 I darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan:
• Aripov Toxir Tulkinovich — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i.
🏅 «Imom Buxoriy» ordeni bilan:
• Ibodullayev Maxmud — Payariq tumanidagi «Imom al-Buxoriy» jome masjidi faxriy imomi, Samarqand viloyati.
🏅 «Do‘stlik» ordeni bilan:
• Kobilov Rustam Rajabboyevich — Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.
• Marmazinskaya Natalya Vladimirovna — «Zarafshon» milliy tabiat bog‘ining fan va atrof-muhit monitoringi bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati.
• Xasanov Aknazar Bekdurdiyevich — Samarqand davlat universitetining differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati.
🏅 II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:
• Suyunov Akram Olimovich — Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati.
🏅 «Sog‘lom turmush» medali bilan:
• Zoxidova Zarina Sayitkulovna — Toyloq tumani Ilk rivojlanish markazi koordinatori, Samarqand viloyati.
• Muminova Tamara Murtazayevna — Samarqand tumanidagi «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Samarqand viloyati.
• Xaydarova Zamira Kaxarovna — Samarqand tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Samarqand viloyati.
🏅 «Kelajak bunyodkori» medali bilan:
• Baxtiyorov Bobirjon Bahodirovich — Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolumbiya universiteti huquqshunoslik mutaxassisligi magistranti, Samarqand viloyati.
🏅 «Jasorat» medali bilan:
• Kinjayev Alik Aleksandrovich.
• Kuvvatov Sadriddin Axrorovich — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi guruh komandiri o‘rinbosari.
🏅 «Shuhrat» medali bilan:
• Kurbanov Narzi.
• Berdimuradov Shuxrat Ulashevich.
• Alixonov Bexzod Nizamidinovich — O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi Samarqand transport prokurori.
• Inatov Tolmasbek Maxmarasulovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism mutaxassisi.
💐 Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi barcha mukofot sohiblarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi!
El-yurt ravnaqi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatlaringizda ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
#Mustaqillik35
#DavlatMukofotlari
#Samarqand
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
+3
📍 Payariq tumanida ochiq muloqot
Ayni paytda Payariq tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot va tanqidiy-tahliliy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash samaradorligi, mavjud muammolar, topshiriqlar ijrosi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinmoqda.
Asosiy e’tibor — har bir yosh bilan manzilli ishlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va aniq natijaga erishishga qaratilmoqda.
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
🌿 “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida ezgu tashabbus
Bugun erta tongdan Samarqand shahar yoshlarining tashabbusi bilan Chashma mahallasida joylashgan Sebzor qabristonida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda.
🤝 Yoshlarimiz tomonidan qabriston hududini tartibga keltirish, atrof-muhitni obod qilish, chiqindilarni tozalash hamda hududni yanada ko‘rkam holatga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu kabi xayrli ishlar — ajdodlarimiz xotirasiga hurmat, mahallamiz obodligiga hissa va yoshlarimiz qalbida ezgulik, mehr-oqibat hamda mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashning yorqin namunasidir.
🌱 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi bunday tashabbuslar davom etadi. Zero, obodlik va ezgulik har birimizdan boshlanadi!
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
📖 “Qo‘rqma” — jasorat va ma’rifat haqida
Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari — jadidlar, millat taqdiri va Vatan kelajagi haqida hikoya qiluvchi ta’sirli asar.
Asar insonni qo‘rquvdan ustun kelishga, ilm olishga va yurt kelajagiga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi.
@sherzod_rahmonov
+3
📊 Viloyat yoshlar shtabi yig‘ilishi
Ayni paytda viloyat yoshlar shtabining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda hududlardagi tahliliy ma’lumotlar, belgilangan topshiriqlarning ijrosi, yoshlar bilan ishlash samaradorligi va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinmoqda.
🎯 Asosiy maqsad — natijadorlik, ijro intizomi va yoshlar manfaatlarini ta’minlash.
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
🇺🇿 Tayloq tumanida tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlar
Prezidentimizning 153-sonli qarori asosida yer maydoniga ega bo‘lgan tadbirkor bugungi kunda ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Bu kabi tashabbuslar — yer resurslaridan oqilona foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shishning amaliy ifodasidir.
📌 Imkoniyat bor joyda — tashabbus, mehnat va natija bor!
Tayloq tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Hurmatli tadbirkorlar!
Sizlarni Tadbirkorlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugun yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni biznesga keng jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratayotgan, zamonaviy g‘oya va innovatsion loyihalari bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan yosh tadbirkorlarning har bir tashabbusi e’tirofga loyiq.
Sizlarga mustahkam iroda, yangi g‘oyalar, katta marralar, ishlaringizga rivoj va oilalaringizga fayz-u baraka tilayman.
Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin! Yangi imkoniyatlar va ulkan zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+4
📍 Urgut tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
Bugun Urgut tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotga yo‘naltirilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
🤝 Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi hamda 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etib, yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini bevosita tinglamoqda.
💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda o‘z iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinmoqda.
📌 Eng muhimi, yoshlarning har bir taklifi e’tiborda. Uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, muammolarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
“Qalbida nur bor inson yo‘lini hech qachon yo‘qotmaydi.”
— Jaloliddin Rumiy
@sherzod_rahmonov
+2
🏗 Samarqand viloyatida joriy yilda qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilayotgan Yoshlar markazlari
Yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida viloyatimiz hududlarida yangi Yoshlar markazlarini barpo etish va mavjudlarini ta’mirlash bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
📍 Narpay tumani — Kreativ shaxmat markazi
💰 Loyiha qiymati — 4,2 mlrd so‘m
📍 Ishtixon tumani — Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 4,6 mlrd so‘m
📍 Samarqand tumani — Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 3,05 mlrd so‘m
📍 Pastdarg‘om tumani — Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 4,3 mlrd so‘m
📍Kattaqoʻrgʻon tumani-Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 9,6 mlrd so‘m
📍Kattaqoʻrgʻon shahri-Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 14 mlrd so‘m
🌱 Har bir loyiha — yoshlar uchun yangi imkoniyat va kelajak sari muhim qadam!
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
+9
Samarqandlik tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirildi
"20-avgust - Tadbirkorlar kuni" munosabati bilan mamlakatimiz Prezidenti tomonidan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida 12 nafar samarqandlik tadbirkorlar ham bor.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi.
Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan:
– tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash,
– hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish,
– “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish,
– eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish,
– biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
—
Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями.
В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах.
Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как:
– обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства;
– расширение возможностей для бизнеса в регионах;
– создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»;
– наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки;
– резкое сокращение административного давления на бизнес.
Facebook|Instagram|X
📖 “Qo‘rqma” — insonni o‘zligini anglashga, hayotga boshqacha nazar bilan qarashga undaydigan asar.
Asarda qo‘rquv, jasorat, taqdir va insonning ichki kechinmalari ta’sirchan yoritilgan. Har bir sahifasida o‘quvchini o‘ylashga undaydigan ma’no bor.
Qo‘rqma. O‘zingga ishon. Hayotdan ortga chekinma. ✨
@sherzod_rahmonov
🌱 Xitoy tajribasi: ekologiya, qishloq xo‘jaligi, turizm va sanoat uyg‘unligi
🇺🇿🇨🇳 Xitoyning Ningxia-Xuey avtonom rayonidagi Daoyu Makoni ekologik sayyohlik bog‘i faoliyati bilan yaqindan tanishdik.
🌾 130 gektardan ortiq hududda ilgari qarovsiz yotgan yerlar samarali foydalanishga kiritilib, sholi va boshqa ekologik toza mahsulotlar yetishtirilmoqda. Zamonaviy issiqxonalar, qayta ishlash loyihalari hamda qishloq xo‘jaligi va turizm uyg‘unligiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, har mavsum 200 mingdan ortiq turist tashrif buyuradi.
Shuningdek, majmuada Xitoyda mashhur Ore brendi asosida sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash zavodi ham joylashgan.
🤝 Mazkur tajribani o‘rganishdan maqsad — ilg‘or yechimlarni Samarqand viloyati hududlariga moslashtirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni uyg‘un rivojlantirish.
🌿 Xitoy tajribasi qarovsiz yerlarni samarali foydalanishga kiritish va yangi turizm maskanlarini yaratishda muhim namuna bo‘la oladi.
@sherzod_rahmonov
“Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir.”
— Abdulla Avloniy
@sherzod_rahmonov