Jarqo'rg'on 66-maktab
رفتن به کانال در Telegram
Jarqo'rg'on tumani Yangi O'zbekiston massividagi 66-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi rasmiy kanali Bunda ta'limga oid yangiliklar va maktab xaqida yoritiladi Murojaat uchun: +998 97 550 05 84
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
282
مشترکین
-1824 ساعت
-3727 روز
-37930 روز
آرشیو پست ها
+9
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali Jarqo`rg`on TET xodimlari tomonidan “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida hududagi 66-umumta’lim maktabida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga elektr tokining xavfi, elektr jihozlaridan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish hamda elektr qurilmalariga yaqinlashish bilan bog‘liq xavflarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Mazkur profilaktik tadbirlar yosh avlodda elektr xavfsizligi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmang! Xavfsizlik oddiy qoidalarga rioya qilishdan boshlanadi.
@jarqurgon_66_maktab
+3
🏫 66-MAKTABDA YUQORI SINF O‘QUVCHILARI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori S. Adinayev rahbarligida 9–10–11-sinf o‘quvchilari, sinf rahbarlari hamda fan o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🟢 O‘quvchilar davomati va maktab ichki tartib-intizom qoidalariga rioya etish;
🟢 Kiyinish madaniyatiga amal qilish;
🟢 Oliy ta’lim muassasalariga kirishga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish;
🟢 Milliy sertifikat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va fanlarni chuqur o‘zlashtirish.
Yig‘ilishda o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, ularni oliy ta’lim muassasalariga kirishga yo‘naltirish hamda fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlari hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
66-maktab — sifatli ta’lim va yuksak natijalar sari!
@jarqurgon_66_maktab
+4
🏫 66-MAKTABDA “OTALAR YIG‘ILISHI” BO‘LIB O‘TDI
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi “Otalar yig‘ilishi” tashkil etildi.
Yig‘ilishda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilada va maktabda sog‘lom hamda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.
66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi matbuot xizmati
@jarqurgon_66_maktab
+2
🏆66-maktabda “Yosh bilimdonlar — hafta yulduzlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh bilimdonlar — hafta yulduzlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda intellektual salohiyati sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar maxsus maktabning “Yosh bilimdon” sertifikatlari bilan taqdirlandi. G‘olib jamoaga esa “Yosh bilimdon” kubogi topshirildi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan boshqa o‘quvchilar ham fanlar kesimida to‘plagan ballariga muvofiq maktab sertifikatlari bilan taqdirlandilar.
Mazkur ko‘rik-tanlov o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, shuningdek, ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi matbuot xizmati
@jarqurgon_66_maktab
+6
JARQO‘RG‘ON TUMANI 66-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA “HAR JUMA — MILLIY LIBOSLAR KUNI” 🇺🇿
🌿 Milliy qadriyatlarimizni asrash, urf-odatlarimizni e’zozlash hamda yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida maktabimizda har juma kuni milliy liboslar kuni keng targ‘ib etilmoqda.
Ushbu tashabbus orqali milliy liboslarimizning betakror jozibasi, xalqimizning boy madaniy merosi va ko‘p asrlik an’analariga bo‘lgan hurmat yanada yuksalmoqda.
Milliy libos — millatning o‘zligi, ma’naviyati va go‘zalligi timsolidir. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
💚 Milliy libosda — milliy g‘urur bilan!
📍 Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
#66Maktab
+6
JARQO‘RG‘ON TUMANI 66-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA “HAR JUMA — MILLIY LIBOSLAR KUNI” 🇺🇿
🌿 Milliy qadriyatlarimizni asrash, urf-odatlarimizni e’zozlash hamda yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida maktabimizda har juma kuni milliy liboslar kuni keng targ‘ib etilmoqda.
Ushbu tashabbus orqali milliy liboslarimizning betakror jozibasi, xalqimizning boy madaniy merosi va ko‘p asrlik an’analariga bo‘lgan hurmat yanada yuksalmoqda.
Milliy libos — millatning o‘zligi, ma’naviyati va go‘zalligi timsolidir. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
💚 Milliy libosda — milliy g‘urur bilan!
📍 Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
#66Maktab
+1
🛡 BOLALAR XAVFSIZLIGI — MUHIM VAZIFA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 352-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda maktab direktori rahbarligida erkak xodimlar ishtirok etdi.
Unda:
🔹 bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash;
🔹 aniqlangan holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berish;
🔹 bolaning xavfsizligini ta’minlash;
🔹 tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
🔹 zarur hollarda individual chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida har bir xodimning bolalar xavfsizligini ta’minlashdagi mas’uliyati va hushyorligi alohida ta’kidlandi.
Bolaning xavfsizligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!
@jarqurgon_66_maktab
🐈⬛ Ingliz tili — xalqaro muloqot tili
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Filippin Respublikasidan tashrif buyurgan chet tili — ingliz tili fani o‘qituvchisi Rolando C. tomonidan navbatdagi dars mashg‘uloti olib borildi.
@jarqurgon_66_maktab
🇬🇧 Бугунги ўйин — эртанги натижа
Бир қарашда оддий манзара: ота фарзандлари билан уйда бекиммачоқ ўйнаяпти. Аммо бу хонадонда ўйиннинг тили — инглиз тили.
Ҳали бири 2 ёшлар атрофида, иккинчиси 4–5 ёшда. Улар учун инглиз тили ҳозирча дарс эмас, имтиҳон эмас, мажбурият ҳам эмас — отаси билан бирга ўтказилаётган қувноқ болаликнинг бир қисми.
Энг муҳими, бола тилни фақат китобдан эмас, ҳаётнинг ўзида эшитиб, ҳис қилиб, қўллаб улғаяпти.
Бугунги «Hide and seek» эртага равон мулоқотга,
бугунги кичик сўзлар эртага катта билимга,
бугунги отанинг меҳнати эса фарзандларининг келажакдаги имкониятларига айланиши мумкин.
Чунки фарзандга берилган энг катта сармоя — фақат пул эмас.
Вақт, эътибор ва тўғри муҳит.
Ота-она фарзанди билан бирга ўрганса, бола билимни мажбурият эмас, ҳаёт тарзи сифатида қабул қилади.
🎯 Балки бугун улар шунчаки ўйинаётгандир.
Аммо бир неча йилдан кейин шу болаларнинг натижаларига қараб, «ҳаммаси мана шу кичик ўйинлардан бошланган экан», дейишлари мумкин.
Фарзанднинг келажаги бугунги кундан бошланади. ❤️📚
@jarqurgon_66_maktab
Hurmatli ustozlar va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ustozlik — shunchaki kasb emas, balki yuksak mas’uliyat, fidoyilik va qalb amri bilan tanlangan sharafli yo‘ldir. Sizlarning har bir darsingiz, har bir nasihatingiz va mehringiz farzandlarimiz kelajagida o‘zining munosib izini qoldiradi.
Aziz ustozlar! Sizlarga ta’lim-tarbiyadek ulug‘ va mas’uliyatli yo‘lda mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi, kasbiy yutuqlar va shogirdlaringiz kamolidan doimo faxrlanib yurish baxtini tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli ustozlar!
Mehnatingiz hamisha e’zozda, qadringiz yuksak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Jarqo‘rg‘on tumani 66-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
S. A. Adinayev
@jarqurgon_66_maktab
+3
📚 “Kelajak soati” — Ustozga ehtirom, millatga ehtirom
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash maqsadida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot “Ustozga ehtirom – millatga ehtirom” mavzusiga bag‘ishlanib, maktab direktori S. Adinayev tomonidan olib borildi.
Dars davomida ustozlarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, ularning fidokorona mehnati, bilim va tajribasi kelajak avlod kamolotida muhim ahamiyat kasb etishi haqida o‘quvchilar bilan mazmunli suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga ustozni qadrlash, uning mehnatini e’zozlash, bilim olishga mas’uliyat bilan yondashish hamda ustozlardan olgan saboqlarini hayotda to‘g‘ri qo‘llash muhimligi ta’kidlandi.
Ustozga hurmat — ta’limga hurmat, ta’limga hurmat esa kelajakka hurmatdir!
@jarqurgon_66_maktab
🌍 Ingliz tili — xalqaro muloqot tili
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Filippin Respublikasidan tashrif buyurgan chet tili — ingliz tili fani o‘qituvchisi Rolando C. tomonidan navbatdagi dars mashg‘uloti olib borildi.
@jarqurgon_66_maktab
+4
🇺🇿 66-MAKTABDA TAVALLUD AYYOMI! 🎉
🌟 Bugun maktabimiz jamoasi uchun quvonchli kun!
Maktabimizning CHQBT rahbari Yoqubov G‘olibjonning tavallud ayyomlari! 🎂💐
Hurmatli G‘olibjon Yoqubov! 🌷
Sizni ushbu qutlug‘ kun bilan 66-maktab jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!
💐 Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt va xotirjamlik, qalbingizga doimo quvonch, faoliyatingizga esa ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿 Yosh avlodni Vatanga muhabbat, jasorat, intizom va fidoyilik ruhida tarbiyalashdek sharafli faoliyatingizda doimo kuch-g‘ayrat va omad yor bo‘lsin!
✨ Har bir yangi yoshingiz yangi imkoniyatlar, ezgu niyatlar va unutilmas yutuqlar bilan kirib kelsin!
🎯 Barcha ezgu orzularingiz ro‘yobga chiqsin!
🎂🌷 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, HURMATLI G‘OLIBJON USTOZ! 🇺🇿👏
#66maktab
#YoqubovG‘olibjon
#CHQBT
#TavalludAyyomi
#UstozgaEhtirom
#MaktabHayoti
Kelajakdagi kasbim — bugungi orzuim!
66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari kelajakda egallashni niyat qilgan kasblari haqida o‘z tasavvurlarini videorolik orqali namoyish etdilar.
✨ Har bir buyuk kasb ortida katta orzu, izlanish va mehnat mujassam.
Bugungi orzular — ertangi yutuqlarning boshlanishidir!
📚 66-maktab — orzular sari dadil qadamlar maskani!
@jarqurgon_66_maktab
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha murojaat
Hurmatli ota-onalar, aziz o‘quvchilar va transport vositalari haydovchilari!
Bugungi kunda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, bolalar va o‘quvchilar hayotini asrash barchamizning muhim vazifamizdir.
Jarqo‘rg‘on tumani Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi atrofida yo‘l harakati xavfsizligiga qat’iy rioya qilishni so‘raymiz.
Hurmatli haydovchilar!
Maktab hududiga yaqin joylarda transport vositasini boshqarishda tezlikni pasaytirishingizni, piyodalar va o‘quvchilarga yo‘l berishingizni so‘raymiz. Ayniqsa, o‘quvchilar maktabga kelish va darsdan qaytish vaqtida yanada ehtiyotkor bo‘ling.
Avtotransport vositasini boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmaslik, yo‘l harakati belgilariga amal qilish, xavfsizlik kamaridan foydalanish va belgilangan tezlik me’yorlariga rioya qilish inson hayotini asrashda muhim ahamiyatga ega.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlaringizga yo‘l harakati qoidalarini muntazam tushuntirib boring. Ularni yo‘lni faqat belgilangan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tishga, svetofor signallariga amal qilishga, yo‘l chetida ehtiyotkor bo‘lishga va transport vositalariga yaqin joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga o‘rgating.
Aziz o‘quvchilar!
Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling. Yo‘lni kesib o‘tayotganda telefon, quloqchin yoki boshqa narsalarga chalg‘imang. Belgilanmagan joylardan yugurib o‘tishga urinmang. Avvalo, o‘z hayotingiz va sog‘lig‘ingizni asrang.
Esda tuting: yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish — o‘z hayotingiz va boshqalarning hayotini asrash demakdir.
Keling, barchamiz birgalikda 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi atrofida xavfsiz yo‘l harakatini ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
Hurmat bilan,
Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
S. Adinayev
@jarqurgon_66_maktab
+3
📚 “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 66-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni kelajakdagi maqsadlari sari intilishga undash maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotni maktab direktori S. Adinayev shaxsan o‘zi o‘tkazib, o‘quvchilar bilan mavzu yuzasidan suhbatlashdi.
Dars davomida o‘quvchilarga kelajakda munosib kasb tanlash, puxta bilim olish, zamonaviy ko‘nikmalarni egallash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
“Kelajak — bugungi harakatlarimiz natijasidir!”
@jarqurgon_66_maktab
+3
📚 “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rin!
Surxondaryo viloyatida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Bo‘riyev Oyatullo faxrli 2-o‘rinni egalladi.
🏆 O‘quvchimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!
📖 Kitobxonlik — bilim va tafakkur manbai.
66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi
@jarqurgon_66_maktab
+3
📚 “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovi g‘olibining ota-onasi taqdirlandi
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Otalar yig‘ilishi” davomida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovining tuman bosqichida I o‘rinni qo‘lga kiritgan 66-maktab o‘quvchisi Bo‘riyev Oyatulloning ota-onasi taqdirlandi.
Farzandining ta’lim-tarbiyasi, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlab kelayotgani hamda uning ushbu yutug‘iga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etilib, ota-onasiga Tashakkurnoma topshirildi.
📖 Kitobxonlik — bilim va ma’rifat sari eltuvchi muhim qadamdir.
@jarqurgon_66_maktab
+6
📚 Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi “Otalar yig‘ilishi” tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
➖ O‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasida otalarning o‘rni va mas’uliyati;
➖ Maktab ichki tartib-intizom qoidalariga rioya etish;
➖ O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli fan va sport to‘garaklariga jalb qilish.
Yig‘ilishda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
@jarqurgon_66_maktab
+2
📚 “ENG FAOL KITOBXON O‘QUVCHI” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI!
Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi va “Kelajak” markazi hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda eng faol kitobxon yoshlarni aniqlash maqsadida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 I o‘rin — 66-maktab o‘quvchisi Bo‘riyev Oyatullo 🥈 II o‘rin — 67-maktab o‘quvchisi Soatova Yulduz 🥉 III o‘rin — 20-maktab o‘quvchisi Narzullayeva Osima G‘oliblar munosib taqdirlanib, ularga diplomlar topshirildi.📖 Kitob — inson tafakkurini boyituvchi, bilim va ma’rifat sari yetaklovchi eng buyuk manbalardan biridir. Barcha ishtirokchilarni faol ishtiroki bilan tabriklaymiz! Kelajakda bundan-da katta yutuqlar tilaymiz! @jarqurgon_66_maktab
