fa
Feedback
𝐌𝐔𝐓𝐌𝐀𝐈𝐍𝐍𝐀

𝐌𝐔𝐓𝐌𝐀𝐈𝐍𝐍𝐀

رفتن به کانال در Telegram

"𝐊𝐢𝐦 𝐢𝐥𝐦 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡 𝐲𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐢 𝐭𝐮𝐭𝐬𝐚, 𝐀𝐥𝐥𝐨𝐡 𝐭𝐚𝐨𝐥𝐨 𝐮𝐧𝐢 𝐣𝐚𝐧𝐧𝐚𝐭 𝐲𝐨'𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐲𝐨'𝐥𝐥𝐚𝐛 𝐪𝐨'𝐲𝐚𝐝𝐢".   Admin @Wunchaakiii_bot 

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 415
مشترکین
+824 ساعت
-427 روز
+65930 روز
آرشیو پست ها
1⃣9⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
*
🔖<<As-Samiʼ>> As Samiʼ - Har bir narsani eshituvchidir. U tillarning turli tuman boʻlishi, hojatlarning har xil boʻlishiga qaramasdan ovozlarning hammasini eshitadigan Zotdir. Uning eshitishida maxfiy soʻz bilan ochiq soʻz barobardir. Alloh taoloning eshitishi ovozlarning hammasini qamrab olgan. Unga ovozlar aralashib ketmaydi. Uni ovozlardan baʼzisini eshitishi boshqasini eshitishdan chalgʻitmaydi. Soʻrovlarning turli tuman boʻlishi Uni adashtirib yubormaydi.🔖

1⃣8⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
Ahsan
🔖Shofiy - Allohning ismlaridan biri. U ism ila Allohga hamd aytamiz. Shu ism bilan Oʼzini nomlagani uchun hamd aytamiz. Faqat yolgʻiz Oʻzigina bandalarini tanlariga shifo beruvchi Zot boʻlgani uchun hamd aytamiz. Iqtibos; Unga rizo ila qayting. Sajda bilan qayting! Tavba ila qayting! Istigʻfor ila qayting! Sadaqa bilan qayting! Hulosa: Qalbingizda birgina ismni yozib qoʻying: " Shofiy". Allohim, yo Shofiy, har bir zaif ruhga, har bir holsiz tanaga va har bir horgʻin qalbga Oʼz rahmating va shifoingni nasib et. Ahir, Sen duoni eshituvchi Zotsan.🔖

1⃣7⃣〰 ISHTIROKCHI 🪶
Solihabonu
🔖 Almutakabbir— kibriyosi va ulug‘ligi mubolag‘ali Zot. Uning oldida boshqalar qul bo‘lib turadigan Zot.🔖

1⃣6⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
Maknuna
🔖Bismillahir Rohmanir Rohiym Zul-Jalali-val'Ikrom ذو الجلال والإكرام Jalol va ikrom egasi Jalol - buyuklik, ulug'vorlik, qudrat va kamolni bildiradi. Ikrom - saxovat, karam, ne'mat va ehsonni bildiradi. Demak, Alloh - buyuk qudrat egasi va cheksiz karam, ehson sohibi. Faqat ulug'vorlik va karam egasi bo'lgan Rabbingning Zoti boqiy qolur. (Ar-Rahman: 27)🔖

1⃣5⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
ㅤㅤㅤㅤᅟᅠㅤㅤ¿.
🔖AL-RO'UF — الرَّؤُوف Beqiyos shafqatli, nihoyatda mehribon, rahm-shafqatda eng oliy darajaga yetuvchi Zot. Bu ism "Ar-Rohim" ma’nosiga yaqin, lekin yanada nozikroq: "Rahmat" keng qamrovli mehribonlik, "Ra'fa" o‘ta nafis, eng yumshoq shafqat deganidir. Alloh Taolo Ar-Ro'uf bo‘lgani uchun: Bandalariga yumshoqlik va latofat bilan muomala qiladi. Ularni qattiq sinovlardan saqlaydi yoki yengillashtiradi. Kattakon xatolardan keyin ham ularga mehribonlik qiladi. Albatta, Alloh odamlar uchun nihoyatda shafqatli va rahmlidir Haj surasi, 65-oyat.🔖

1⃣3⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
Yunusova
🔖🌷 Al Musovvir 🌷 Duo Ey Robbim! Ko’rgan Har bir narsamda har insonimda Sening Raxmating Sening Izning va Musovvir sifatingning tajallisi bor. Bizlarni Eng Go’zal Suvratda Yaratgan ham O’zingsan. Ko’kdagi va Yerdagi Barcha Narsalar senga Tasbeh aytadi. Sen Hayotimizni Har onini Tafakkur ila yashashni qalb ko’zlarimizni ochilishini nasib qil. Shakl bergan Va Turli Tuman qilgan o’zingsan.🔖

1⃣3⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
￶𐙚 𝑯𝒂𝒎𝒅𝒂𝒎𝒐𝒗𝒂 𝑺𝒐𝒍𝒊𝒉𝒂 𐙚
🔖𓂃 ࣪˖ ִֶָ ٱلْقُدُّوسُ — AL-QUDDUS “Har qanday nuqson, ayb va kamchilikdan mutlaq pok va behojat bo‘lgan Zot.” ✨ Alloh taolo barcha nuqsonlardan pokdir. U yaratgan narsalarga o‘xshamaydi, hech qanday kamchilik Unga xos emas. Al-Quddus — barcha mukammallik va ulug‘lik sifatlari bilan mutlaq pok bo‘lgan Zotdir. 🔖

1⃣2⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
🪐
? ?Al-Bari Yuqdan bor qilguvchi mukanmmal yaratuvchi zotdir .U-Alloh Xolid (yaratuvchi) Bari (yuqdan bor qiluvchi) Musavvir(surat beruvchi) zotdir. Eng gòzal ismlar Unikidir....🔖

1⃣1⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
Melek
🔖Al-Aliym Alloh har bir narsani bilguvchi(Aliym)zotdir🔖

1⃣0⃣〰 ISHTIROKCHI 🪶
Ziyodaxon Bahtiyarovna95🩵
🔖📖 Asmo ul-Husno — arabcha «Allohning eng go‘zal ismlari» degan ma’noni anglatadi. «Asmo» — ismlar, «Husno» — eng go‘zal, degan ma’noda. Alloh taolo O‘zining go‘zal ismlarini Qur’oni Karimda bayon qilgan. Masalan: وَلِلَّهِ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَىٰ فَادْعُوهُ بِهَا «Va lillāhil-asmā’ul-husnā, fad‘ūhu bihā». Ma’nosi: «Eng go‘zal ismlar Allohnikidir. Bas, Unga ana shu ismlar bilan duo qilinglar». Quyida Allohning 91-ismi — Az-Zorr ismi haqida ma’lumot keltiramiz: AZ-ZORR — الضَّارُّ «Zarar yetkazuvchi», «xohlagan bandasiga sinov va mushkulot yuboruvchi Zot». Alloh taolo xohlasa, bandaga zarar, mushkulot, sinov va balolar yuboradi. Ammo bu zarar zulm emas, balki hikmatga asoslangan sinov yoki ogohlantirishdir. Chunki Alloh zolim emas. Ba’zida insonning gunohi sababli balo keladi, ba’zida esa sinov sifatida keladi. Lekin oxir-oqibat bandaning foydasiga bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Alloh taolo zarar beruvchi narsalarni yaratdi: kasallik, ochlik, dushmanlik va hokazo. Lekin ularning hammasi Uning irodasi va hikmati bilan bo‘ladi. «Agar Alloh sizga biror zarar yetkazsa, uni Undan o‘zga ketkazuvchi yo‘q. Agar sizga biror yaxshilikni iroda etsa, Undan O‘z fazlini to‘suvchi ham yo‘qdir». 🕊️ (Yunus surasi, 107-oyat)🔖

9⃣〰ISHTIROKCHI🪶
Solihabonu
🔖Almutakabbir— kibriyosi va ulug‘ligi mubolag‘ali Zot. Uning oldida boshqalar qul bo‘lib turadigan Zot.🔖

8⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
🌸Mohinur🌸
🔖An-Nur - borliqni munavvar etuvchi. Istaganining qalbiga nur kirituvchi. Alloh taolo butun koinotni O‘z nuri bilan yaratgan va tartibga solib turadi. Moddiy olamdagi quyosh, oy va yulduzlar nur bo‘lganidek, ma’naviy olam ham Uning nuri bilan tirikdir.🔖

7⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
Abdukarim
🔖Rohiym. «Rohiym» – latif neʼmatlarni beruvchi. «Rohiym» sifati xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi va Allohdan oʻzgalarga, jumladan, Rasululloh alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.🔖

6⃣〰 ISHTIROKCHI 🪶
ㅤㅤㅤㅤㅤМужтаба⏳
🔖Аллоҳ-бу исми шариф Аллоҳ таолонинг Зотининг махсус исми бўлиб, Аллоҳнинг бутун исм ва сифатларини ўзида жамлаган. Киши, жумадан олдин таҳорат қилиб, 100 марта «Йа Аллоҳ, йа Ҳу», деса, Аллоҳнинг изни ила муроди ҳосил бўлади. "Авродул боҳилия" китобидан🔖

5⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
"قسیمجونوفا "
🔖AR-RAHMON — الرَّحْمٰنُ Ma’nosi: Rahmati cheksiz, barcha maxluqotini O‘z rahmati bilan qamrab oluvchi Zot. Alloh taolo marhamat qiladi: «Rahmatim esa barcha narsani qamrab olgan». (A’rof surasi, 156-oyat) Mening xulosam: Ba’zan inson o‘zini yolg‘iz yoki umidsiz his qiladi. Ammo “Ar-Rahmon” ismini eslaganimda, menga bir haqiqat taskin beradi: Allohning rahmati mening xatolarimdan ham, tashvishlarimdan ham kengroq. Men uchun “Ar-Rahmon” — umid eshigi yopilmaganini anglatuvchi ism. Shuning uchun qalbim siqilganda nolishdan oldin Allohning rahmatini eslashni, ne’mat kelganda esa shukr qilishni o‘rganishim kerak. Ey Ar-Rahmon, qalbimizni rahmating bilan obod qil, bizni rahmatingdan noumid bo‘lmaydigan solih bandalaringdan qil. Omin.🔖

4⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
.
🔖Al-Xobir (ٱلْخَبِيرُ) - Har bir narsadan to‘liq xabardor, barcha narsaning ichki va tashqi holatini biluvchi Zot. Alloh taolo barcha narsani — oshkor va yashirin ishlarni, qalblardagi sirlarni, insonlarning niyatlarini va sodir bo‘layotgan har bir voqeani mukammal biladi. Undan hech bir narsa yashirin qolmaydi. Uning ilmi barcha narsani qamrab olgan. Al-Xobir — barcha narsaning sir-asroridan, ichki va tashqi holatidan mukammal xabardor bo‘lgan Zotdir. An’om surasi, 18-oyat: وَهُوَ الْحَكِيمُ الْخَبِيرُ Ma’nosi: «U Hikmat sohibidir, barcha narsadan Xabardordir.»🔖

3⃣〰 ISHTIROKCHI 🪶
Sayyodbek Ibrohimov
🔖Al-G‘afur — ا لغفور Ma’nosi: Bandalarining gunohlarini ko‘p va qayta-qayta mag‘firat qiluvchi, gunohlarini kechiruvchi Zot. 📖 Iqtibos: “Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat qiladi. Albatta, U O‘zi Mag‘firatli va Mehribondir.” (Zumar surasi, 53-oyat) 📝 Shaxsiy xulosam: Al-G‘afur ismi haqida tafakkur qilganimda, inson qancha xato qilmasin, Allohning rahmatidan umidini uzmasligi kerakligini angladim. Ba’zan qilgan xatolarimiz sabab o‘zimizni Allohdan uzoqlashgandek his qilamiz. Aslida esa tavba qilib, U Zotga qaytishimiz kerak. Bu ism menga gunohdan qo‘rqish bilan birga, Allohning mag‘firatidan umid qilishni ham o‘rgatdi.🔖

2⃣〰 ISHTIROKCHI🪶
📿📚 مُسْتَفِيدَة 📚📿
🔖Al Musovvir.. Mavjudotlarga oʻziga xos shakl, koʻrinish, qiyofa va suratini Beruvchi, ularga oʻziga xos goʻzallik Bagʻishlovchi Zot demakdir... U Har bir xilqatni bir-biriga oʻxshamaydigan mukammal va nozik shaklda tasvirlaydi... "U – Xoliq (yaratuvchi), Boriy (yoʻqdan bor qiluvchi) va Musovvir (shakl va surat beruvchi) boʻlmish Allohdir... Eng goʻzal isimlar Unikidir... Osmonlar va yerdagi barcha narsa Unga tasbeh aytur. U aziz va hakimdir..." Hashr 24.. "U Shunday Musavvirki — na moʻyqalami bor, na boʻyogʻi, lekin U har bir insonning yuziga ôzgacha qiyofa, har bir gul bargiga takrorlanmas naqsh va har bir qalbga Oʻziga xos goʻzallik chizib qoʻygan..."🔖

1⃣ 〰ISHTROKCHI 🪶
𝙐𝙢𝙢𝙪 𝙎𝙤𝙡𝙞𝙝𝙖🧚🏻
🔖Ал-Вадуд — Ўта меҳрибон, севадиган ва севиладиган Зот.Аллоҳ таоло Ўз бандаларини чексиз муҳаббат билан севувчи ва уларни Ўзига итоат қилишлари орқали севдирувчи Зотдир. Инсонлар орасидаги меҳр-муҳаббат ҳам Унинг шу исмининг тажаллисидир. "Роббингиздан мағфират сўранг, сўнгра Унинг Ўзига тавба қилинг. Албатта, Роббим раҳм-шафқатлидир ва ўта севадигандир (Вадуддир)" (Ҳуд сураси, 90-оят). Аллоҳ билан банданинг ўртасидаги алоқа фақатгина қўрқув ёки мажбурият устига эмас, балки биринчи навбатда муҳаббат устига қурилгандир. Инсон ҳаётда адашса, гуноҳ қилса ҳам, самимий тавба билан Унинг эшигига қайтса, Аллоҳ уни кечиради ва яна севади.🔖