Arab Tili Ilmi📚
کانال بسته
Insha Alloh 2 k❤️ https://t.me/+iUoUi_xPBK9jZTQy Kanal linki 👆👆👆👆
نمایش بیشترأوزبكستان36 951دسته بندی مشخص نشده است
1 058
مشترکین
-324 ساعت
-517 روز
-6130 روز
آرشیو پست ها
1 053
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlarida nikohlarida bo‘lgan 11 nafar onalarimiz:
1. Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho
2. Savda binti Zam'a roziyallohu anho
3. Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anho
4. Hafsa binti Umar roziyallohu anho
5. Zaynab binti Xuzayma roziyallohu anho
6. Ummu Salama Hind binti Abu Umayya roziyallohu anho
7.Zaynab binti Jahsh roziyallohu anho
8.Juvayriya binti al-Horis roziyallohu anho
9.Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyon roziyallohu anho
10.Safiyya binti Huyay roziyallohu anho
11.Maymuna binti al-Horis roziyallohu anho
Masha Alloh deya keting ♥️
Yuqoridagi postlarga Reaksiya bosip qo'yamiz ❤️
1 053
Maymuna binti al-Horis roziyallohu anho taxminan milodiy 594-yilda Makkada tug‘ilganlar. Otalari Al-Horis ibn Hazn qabiladoshlari orasida obro'li inson bo'lgan. Onalari Hind binti Avf esa tarixda "eng baxtli qaynona" deb tanilgan chunki uning qizlari va nabiralari Islom olamining eng ulug' insonlariga turmushga chiqqan edi. Maymuna onamiz buyuk sahobiy Abdulloh ibn Abbosning haqiqiy xolasi Islom sarkardasi Xolid ibn Validning esa xolavachchasi bo'lganlar (Xolid ibn Validning onasi bilan Maymuna onamizning onasi opa-singil bo'lishgan). Maymuna onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga turmushga chiqqunlariga qadar ikki marta oila qurib beva qolgan edilar. Hijriy 7-yilning oxirida (milodiy 629-yilda) musulmonlar Makkani ziyorat qilayotganlarida Maymuna onamiz Payg'ambarimiz xonadoniga kirish istagini bildirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu taklifni qabul qilib u zotga uylandilar va u zot Payg'ambarimizning eng oxirgi nikohlangan ayollari bo'ldilar. To'y marosimi Makkadan chiqaverishdagi Saraf vodiysida bo'lib o'tdi. Maymuna onamiz o'ta taqvodor saxiy va qarindoshlik aloqalarini qattiq bog'laydigan ayol edilar. Oysha roziyallohu anho "Maymuna oramizda Allohdan eng ko'p qo'rqadiganimiz va qarindoshlik rishtalarini eng ko'p bog'laydiganimiz edi" deb guvohlik berganlar. Payg'ambarimiz bilan atigi 3 yil birga yashagan bo'lsalar ham u zotdan jami 76 ta hadis rivoyat qilib Islom shariatini yetkazishda katta xizmat qildilar. Maymuna onamiz Payg'ambarimizdan keyin yana 40 yilga yaqin umr ko'rdilar va taxminan hijriy 51 yoki 61-yillarda Makkadan qaytayotganlarida vafot etdilar. Taqdirning mo'jizasini qarangki u zot aynan hijriy 7-yilda Rasululloh bilan to'ylari bo'lgan va oilaviy hayotni boshlagan Saraf vodiysida jon taslim qildilar. Janoza namozlarini jiyanlari Abdulloh ibn Abbos o'qidilar va u zot o'sha yerning o'ziga dafn etildilar
1 053
Safiyya binti Huyay roziyallohu anho mo'minlarning onasi taqvodor oqila va vafodor ayol bo'lganlar. Taxminan milodiy 610–612-yillarda Madina (Yasrib) shahrida tug'ilganlar. Isroil avlodidan ya’ni Hazrati Horun alayhissalomning avlodi bo'lganlar. Otasi Madinadagi eng yirik yahudiy qabilalaridan biri bo'lgan Bani Nuzayrning boshlig'i Huyay ibn Axtab. Onasi esa Bani Qurayza qabilasidan Barra binti Samavol edi. Tug'ilgandagi ismi Zaynab bo'lgan keyinchalik u "Safiyya" (ya'ni o'ljadan saylab olingan eng sarasi) laqabi bilan tanilib ketgan. Safiyya onamiz go'zalligi aqli va olijanob nasabi tufayli o'z qavmining eng e'zozli qizlaridan edi. U Payg'ambarimiz alayhissalom bilan turmush qurishdan oldin ikki marta turmushga chiqqanlar. Hijriy 7-yilda musulmonlar va yahudiylar o'rtasida Xaybar g'azoti yuz berdi.Bu jangda uning otasi Huyay ham eri Kinana ham halok bo'ldi. Safiyya onamiz esa boshqa ayollar qatori musulmonlarga asir tushdi.U avvaliga sahoba Dihya al-Kalbiyning ulushiga tushgan edi. Biroq sahobalar Payg'ambarimizga kelib: "Ey Allohning Rasuli Safiyya Bani Nuzayr va Bani Qurayzaning sayyidasi (boshlig'ining qizi) u faqat sizga loyiq" deyishdi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Safiyya onamizni huzurlariga chaqirib unga tanlov huquqini berdilar "Agar yahudiylikda qolishni istasang seni ozod qilaman qavmingga qaytasan. Agar Alloh va Uning Rasulini tanlasang, seni o'z nikohimga olaman" dedilar.Safiyya onamiz hech ikkilanmay Islomni va Allohning Rasulini tanladilar.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etishlaridan oldin og'ir betob bo'lganlarida "Qani edi sizning dardingizni men olsam" deb yig'lagan Payg'ambarimiz esa uning bu gapida mutlaqo samimiy ekanini tasdiqlaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida Safiyya onamiz atigi 21 yoshda edi. U 39 yil davomida beva bo'lib iymon va ilm bilan hayot kechirdi. Payg'ambarimizdan jami 10 ta sahih hadis rivoyat qilganlar. Hijriy 50-yilda (milodiy 670-yil) xalifa Muoviyaning davrida vafot etgan. Vafot etganlarida taxminan 60 yoshda bo'lganlar. Madina shahridagi mashhur Jannatul Baqiy qabristoniga boshqa mo'minlar onalari qatoriga dafn etilganlar
1 053
Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyon roziyallohu anho mo'minlarning onalaridan biri bo'lib hijratdan 35 yil oldin (milodiy 589 yoki 594-yillarda) Makkada tug'ilgan va hijriy 44 yoki 45-yilda (milodiy 664/665-yilda) Madinada vafot etib Baqe' qabristoniga dafn etilganlar. U Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamlarning to'qqizinchi zavjalari edi. Otalari Abu Sufyon ibn Harb (islomga kelishidan oldin Qurayshning boshlig'i va musulmonlarning ashaddiy dushmani bo'lgan). Onalari Safiya binti Abu al-Os.U zotning nasablari Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan bobo tomondan tutashadi. Ummu Habiba roziyallohu anho Islomning ilk davridayoq erlari Ubaydulloh ibn Jahsh bilan birga musulmon bo'ldilar.Makkadagi quvg'in va azoblar kuchaygach eri bilan birgalikda Habashistonga hijrat qildilar.Habashistonda erlari Ubaydulloh dinidan qaytib nasroniylikni qabul qildi va Ummu Habibani ham shunga majburladi. Biroq bu mo'mira ayol o'z e'tiqodida sobit qoldi qat'iy turib eridan ajrashdi. Eri Habashistonda vafot etgach g'arib va yolg'iz qolgan bu ayolning holiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam rahm qildilar.Habashiston podshohi Najoshiyga odam yuborib uning iltimosi bilan Ummu Habibaga uylanishni xohlashlarini bildirdilar.Najoshiy Rasulullohning elchisi sifatida nikoh ishlarini boshqardi Payg'ambarimiz nomidan o'zi 400 dinor mahr berdi va uni Madinaga jo'natdi. O'shanda Ummu Habiba 36 yoshda edi. Otasi Abu Sufyon hali musulmon bo'lmagan paytida Madinaga kelib qizining uyiga kirmoqchi bo'lganida Ummu Habiba Rasulullohning ko'rpachalarini otasiga to'shashdan bosh tortib: "Siz mushriksiz najssiz" deganlar. Bu uning dinni hamma narsadan ustun qo'yishini ko'rsatadi.U zotdan ko'plab hadislar rivoyat qildilar
1 053
Juvayriya binti al-Horis roziyallohu anho Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zavjayi mutahharalari mo'minlarning onalari va Bani Mustaloq qabilasi sardorining qizi edilar. Hijriy 5-yilda asirga tushib so'ng Payg'ambimizga turmushga chiqqanlar. Juvayriya roziyallohu anho milodiy 608-yil atrofida (hijratdan 15 yil oldin) tavallud topganlar.Otasi al-Horis ibn Abi Dirar Bani Mustaloq qabilasining boshlig'i bo'lgan.Dastlabki ismi Barra edi uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Juvayriya deb o'zgartirganlar. Hijriy 5-yilda (627-yil) Musulmonlar va Bani Mustaloq qabilasi o'rtasida voqea sodir bo'lib qabila mag'lubiyatga uchradi va ko'plab kishilar asir olindi.Juvayriya roziyallohu anho Sobit ibn Qays ibn Shamosning ulushiga asir bo'lib tushdi.Juvayriya o'z ozodligi uchun ma'lum miqdorda to'lov (mukotaba shartnomasi) belgilashni so'radi va yordam istab Rasululloh huzurlariga keldi.U Payg'ambarimizga o'zining qabilasining boshlig'ining qizi ekanini va boshiga tushgan qiyinchilikni aytib murojaat qildi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning badal pulini o'z egnilariga olib to'lab berishni va unga uylanishni taklif qildilar. U bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib Islomni go'zal tarzda qabul qildi. Rasululloh Juvayriyaga uylanganidan xabar topgan sahobalar: "Rasulullohning qarindoshlari asir bo'ladimi?" deb o'zlaridagi barcha Bani Mustaloq asirlarini (yuzlab kishilarni) so'zsiz ozod qildilar va ularga qo'shib yubordilar.Oysha roziyallohu anho bu haqda shunday deganlar: "O'z qavmiga Juvayriyadan ko'ra ko'proq baraka keltirgan birorta ayolni bilmayman. U sababli Bani Mustaloq qabilasidan yuzlab oilalar ozod qilindi".Bu ulug' voqeadan so'ng butun Bani Mustaloq qabilasi o'z ixtiyori bilan Islom dinini qabul qildi. Juvayriya roziyallohu anho o'ta taqvodor zohid va ko'p ibodat qiluvchi ayol edilar.Sahih Muslimda kelgan bir hadisda aytilishicha Rasululloh bomdod namozidan keyin Juvayriyani zikr qilib o'tirgan holatida topib ketganlar tush paytida qaytib kelsalar ham u o'sha joyda Allohni zikr qilib o'tirgan edilar.Payg'ambarimiz unga qisqa vaqt ichida butun kunlik zikrga teng keladigan maxsus duolarni o'rgatganlar. Juvayriya roziyallohu anho Rasulullohdan keyin yana 39 yil yashab ummatga hadislar rivoyat qildilar.U zot hijriy 50-yil (yoki 56-yil) so'qimida Muoviya ibn Abi Sufyon xalifaligi davrida 65 yoshlarida Madinada vafot etdilar.Janoza namozini Madina hokimi Marvon ibn Hakam o'qidi va Jannat ul-Baqi qabristoniga dafn qilindilar
1 053
MAXROJLAR 🌿:
KECHGA FONETIKA DARISMIZ BOR 20:00 DA DARS
ARAB XARFLARINI TOʻGʻRI OʻQISHNI BIZ BILAN ORGANING
BEPUL OʻRGANING QORIYALARIM
1 053
20:00 da dars insha Alloh Tekin fonetika darsimiz bo'ladi tayyorlanamiz insha Alloh, 🌿
1 053
👉Farzandingiz arab tilini qiziqarli va oson usulda o‘rganishini istaysizmi?
🇸🇦Bolalar uchun arab tili darslari ‼️
Ulanib oling ,manfaatli bo'ladi😉
1 053
Kursga yozilish uchun Xoziroq bog'laning insha Alloh Manfaatli boladi 🌿
@Mukammad_001
Murojat uchun
150 min to'lov
Xaftada 4 kun dars tezlashamiz 🌿
