her diary
رفتن به کانال در Telegram
hope is the last thing to fade.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
329
مشترکین
-124 ساعت
-137 روز
+2130 روز
آرشیو پست ها
329
kelsang choy damlayman sogʻinch qoʻshilgan,
kelmasang alamli, achchiq bir qavha.
oʻzingni bir bora koʻrmaganman-u,
tunu kun haqqingda oʻylayman,tavba.
kelsang kitob olay ikkimiz uchun,
miriqib u haqda qilaylik suhbat.
kelmasang bir kitob yozay-ochganda,
ichidan taralsin sogʻinch, muhabbat.
329
bordim «Ishq» darsiga…
turardi u shay,
koʻzidan ilgʻadim qahrabosini:
«oʻrgataman»,-dedi kulib turib oy,
yod oling muhabbat alifbosini.
demak, ilk harf «A»! «Armon» degan soʻz,
ilk saboq,-dedi u, oʻrgatay sizga…
shu-shu oʻrgatmoqda…hech oʻtay demas
«B»dan boshlanajak «Baxt» degan soʻzga…
Xayrulla Hamidov
329
hech boʻlmaganda, oʻzingga bergan va’dalaringga vafo qil,
inson oʻz-oʻzini aldab yashashidan koʻra qabihroq yolgʻon yoʻq bu dunyoda.
329
oʻqiganing sari aslida hech narsani bilmasligingni anglab borasan,
100ta kitob oʻqiganman deysan-u, lekin sen hali ismini ham bilmaydigan kitoblaring qarshingga chiqadi, va shunda anglaysan, ilm haqiqatdan ham tubi koʻrinmas dengiz, unga shoʻngʻish bor, ammo tubigacha boʻlgan masofa juda ulkan va mashaqqatli.
lekin sen eng muhim narsani unutma.
eng muhimi sen tubigacha yetib borishingda emas, aynan shu dengizga shoʻngʻiganingda va shu dengizda hali ham borligingda.
329
nasib-koʻp yugurganni sevmas,
nasib-qalb bilan kutgannikidir.
chopish, yugurish oyoqlarning ishi..
kutish esa qalbning imtihonidir.
329
-lekin meni boshqa savol qiziqtiradi: agar Xudo yoʻq boʻlsa, u holda inson hayotini umuman, yer yuzidagi barcha tartibotni kim boshqarib turibdi?
odamzotning oʻzi-da!
-ma’zur tutasiz, hatto oʻzining ertangi kunini rejalash imkonidan mahrum odamzod arzimagan darajada kulgili bir qisqa muddatga aytaylik, aqalli biror ming yilga qandoq qilib kafolat bersin?
Mixoil Bulgakov «Usta va Margarita» kitobidan parcha.
329
inson yaratilgan mavjudotlar ichida eng ulugʻi, unga aql, qalb va ixtiyor berilgan.
aqli bilan Haqni nohaqdan ajratadi, qalbi bilan sevadi va ezgulikka intiladi, ixtiyori bilan esa oʻz yoʻlini tanlaydi.
inson hayoti sinovdan iborat, kimdir boylik bilan, kimdir kambagʻallik bilan, yana kimdir salomatlik yoki kasallik bilan sinovdan oʻtadi.
har bir holatda ham insonning haqiqiy qiymati uning sabri, shukri va amallarida namoyon boʻladi.
