Ta'lim Talaba | Rasmiy
رفتن به کانال در Telegram
📚 Ta’limga oid eng so‘nggi yangiliklar 🎓 Abituriyent va talabalar uchun maxsus 📢 Muhim e’lonlar va foydali ma’lumotlar 🚀 Biz bilan bilim sari bir qadam oldinda bo‘ling! @talimtalababot
نمایش بیشتر1 817
مشترکین
+21524 ساعت
-637 روز
+1 52630 روز
آرشیو پست ها
Sertifikat borlar bemalol ishlatib koʻrishingiz mumkin 😎
Sertifikat 100% ishlaydi 😎
😎@talimtalaba😎
❤️🔥 KUTILGAN YANGILIK! ❤️🔥
Endi Elite Test Pro ilovasida
✍️ DTM TEST bo‘limi rasman ishga tushdi!
🎯 Endilikda siz:
— DTM muhitini real tarzda onlayn his qilasiz
— O‘z bilimlaringizni haqiqiy test formatida sinaysiz
— Hatto sertifikatingizdan ham foydalanishingiz mumkin!
⏰ Bugun soat 21:00 da
📱 Play Market
📱 Microsoft Store
📱 Va barcha web saytlarimizda
🚀 KATTA PREMYERA!
Bilimingizni sinang, kelajagingizni yarating!
— — — — — — — — —
✨ Hurmat bilan,
📱Elite Test Pro platformasi
😎@talimtalaba😎
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyining boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida fikrlar tarqalmoqda.
Unda test topshiriqlari va ularning javoblari Telegramdagi yopiq guruhda audiochat orqali o‘qib eshittirilgani va ularning aksariyati imtihonda tushgani aytilgan.
Ushbu audiofayllar Agentlikda mavjud bo‘lib, audiofayllar va internetda tarqatilayotgan ma’lumotlar Agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi:
1. Agentlikda test topshiriqlari maxsus rejimdagi binoda shakllantiriladi va ularning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.
2. Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 4-aprel (3 smena), 5-aprel (3 smena) va 7-aprel (2 smena) kunlari jami 8 ta smenada o‘tkazilgan. Bunda talabgorlarga har bir smenada 55 tadan test topshirig‘i berilgan. Ushbu imtihonda jami 400 tadan ortiq test topshirig‘idan foydalanilgan.
Audiochatda o‘qilgani aytilgan test topshiriqlari aprel oyida o‘tkazilgan imtihonlarda foydalanilgan 400 dan ortiq test topshiriqlari bilan solishtirilganda, ularning 33 tasi mazmunan o‘xshash ekani aniqlandi (so‘zma-so‘z bir xil emas). Ular turli smenalarga yoyilgan bo‘lib, bitta smenaga eng ko‘pi bilan 6 ta test topshirig‘i to‘g‘ri kelmoqda (1 ta smenada 55 ta test topshirig‘i ishlatiladi).
3. Hozirda ushbu imtihonning natijalarini xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblash hamda imtihon natijalarining klassik va zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha statistik tahlili amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon 6-may kuni yakunlanadi va test natijalari e’lon qilinadi. Shundan so‘ng imtihon natijalarining statistik tahlilidan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 21:00 da tashlab beriladi
Hozirda aniq ma'lumotlar jamlanyapti😎
😎@talimtalaba😎
Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi qonunlariga muvofiq DTM dagi majburiy fanlar majmui aniq asossiz hech qachon oʻzgartirilmaydi⚠️
Oʻzbekiston tarixi fanining nafaqat test sinovlarida, balki jamiyat hayotida tutgan oʻrni juda muhim va u bir necha strategik hamda ma’naviy maqsadlarni koʻzlaydi.
Nima uchun bu fan majburiy blokga kiritilganini quyidagi asosiy sabablar bilan tushuntirish mumkin:
1. Milliy oʻzlikni anglash
Tarix — bu xalqning xotirasi. Har bir fuqaro oʻzining kimligini, ajdodlari kim boʻlganini va bugungi mustaqillikka qanday yoʻllar bilan erishilganini bilishi shart. Bu milliy gʻurur va oʻzlikni shakllantirishning asosiy vositasidir.
2. Davlatning huquqiy va siyosiy asosi
Oʻzbekiston tarixi faqat urushlar yoki podshohlar haqida emas. Unda:
Davlatchilik anʼanalari;
Konstitutsiyaviy rivojlanish bosqichlari;
Hozirgi Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni oʻrganiladi.
Buni bilmasdan turib, mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish qiyin.
3. Vatanparvarlik tarbiyasi
Abituriyent, qaysi soha mutaxassisi boʻlishidan qatʼi nazar (shifokor, muhandis yoki dasturchi), avvalo shu yurtning fuqarosidir. Tarixni oʻrganish orqali yoshlarda oʻz vatani taqdiriga daxldorlik hissi shakllanadi.
4. Strategik bilim va tahlil
Tarix darslari oʻtmishdagi xatolardan xulosa chiqarishni va bugungi voqealarni tahlil qilishni oʻrgatadi. Bu esa yosh avlodni turli maʼnaviy va mafkuraviy xurujlardan himoya qilish uchun muhim "immunitet" vazifasini oʻtaydi.
Xulosa oʻrnida
"Tarixi bor xalqning — kelajagi bor."
Oʻzbekiston tarixini bilish — bu nafaqat talaba boʻlish uchun zaruriy ball toʻplash, balki intellektual va milliy madaniyatga ega boʻlgan zamonaviy shaxs sifatida shakllanish demakdir.
😎@talimtalaba😎
📣 Tarix fanidan milliy sertifikat natijalari qachon e’lon qilinadi?
13-aprel kuni bo'lib o'tgan imtihon natijalarini kutayotganlar uchun kichik tahlil:
✅ Tartib bo‘yicha: Natijalar imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab 21 ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan.
🗓 Hisob-kitobimizga ko'ra:
Tarix fanida ochiq (yozma) savollar borligi sababli, tekshirish jarayoni odatda oxirgi muddatgacha davom etadi. Bugun 17-ish kuni yakunlanmoqda. Shunga ko‘ra, natijalar:
📍 1-may (juma) yoki
📍 4-may (dushanba) kuni e’lon qilinishi ehtimoli juda yuqori.
Natijalarni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib boring. Barcha talabgorlarga omad tilaymiz! 😎
😎@talimtalaba😎
Keyingi universitetimiz Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti haqida 👍
😎 @talimtalaba😎
Keyingi universitetimiz Toshkent Davlat Yuridik Universiteti haqida 👍
😎 @talimtalaba😎
Keyingi universitetimiz O'zbekiston Jahon Tillari Universiteti haqida 👍
😎 @talimtalaba😎
Keyingi universitetimiz Toshkent Davlat Texnika Universiteti haqida 👍
😎 @talimtalaba😎
🇺🇿Keyingi universitetimiz Toshkent Davlat Transport Universiteti haqida 👍
😎 @talimtalaba😎
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti ▶️ TDIU
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti ▶️UWED
Oʻzbekiston Milliy Universiteti ▶️ OʻzMU
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti ▶️ TATU
Cyber Universiteti ▶️ CYBER UNIVERSITY
😎 @talimtalaba😎
Iltimos shuncha mehnatimiz uchun kanalga obuna bo'lib keting hali yangiliklarimiz oldinda👍
😎 @talimtalaba😎
keyingi universitetimiz CYBER Universiteti haqida👍
Bizni kuzatishda davom eting✅
😎 @talimtalaba😎
