fa
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

رفتن به کانال در Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

نمایش بیشتر
899
مشترکین
+2124 ساعت
-427 روز
-38330 روز
آرشیو پست ها
✅ TEXNIKALARNI TEXNIK HOLATI AGROINSPEKSIYA NAZORATIDA ▶️ Piskent tumanida qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalarning texnik
+1
✅ TEXNIKALARNI TEXNIK HOLATI AGROINSPEKSIYA NAZORATIDA ▶️ Piskent tumanida qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalarning texnik holatini nazorat qilish bo‘yicha navbatdagi hamkorlik tadbiri o‘tkazildi
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya hamda yo‘l-qurilish texnikalarining xavfsiz va soz holatda ishlatilishini taʼminlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Hukumatning tegishli qarori talablariga muvofiq, joylarda texnikalarni majburiy va davriy texnik ko‘riklardan o‘tkazish, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etish hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ O‘zagroinspeksiyada kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting yakunlariga ko‘ra g‘oliblar taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Pre
+4
O‘zagroinspeksiyada kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting yakunlariga ko‘ra g‘oliblar taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 yanvaridagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-son qarorining 9 (G)-bandida “Kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etish” belgilangan.
Tanlovda Inspeksiyaning 543 nafar xodimlari ishtirok edi va ular tomonidan joriy yilning aprel, may va iyun oylarida o‘qigan kitoblari komissiya tomonidan baholab borildi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#27_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦🟦 📚"Vaqt - bu to'plab bo'lmaydigan yagona narsa; uni saqlab yoki ko'paytirib ham bo'lmaydi. Uni faqat pulga yoki bili
🟦🟦🟦🟦
📚"Vaqt - bu to'plab bo'lmaydigan yagona narsa; uni saqlab yoki ko'paytirib ham bo'lmaydi. Uni faqat pulga yoki bilimga almashtirish mumkin."
💬 Tadao Yamaguchi 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ SIFATLI URUG‘LIK JAMG‘ARILISHI NAZORATDA ▶️ Jizzax viloyati agroklaster va xususiy urug‘chilik korxonalarida joriy yil hosi
+4
SIFATLI URUG‘LIK JAMG‘ARILISHI NAZORATDA ▶️ Jizzax viloyati agroklaster va xususiy urug‘chilik korxonalarida joriy yil hosilidan jami 17,5 ming tonnadan ortiq sara boshoqli don ekinlari urug‘liklari jamg‘arildi.
Xususan, Paxtakor tumanidagi “Keng sohil” MCHJning urug‘lik don tayyorlash sexida 2027 yil hosili uchun 9,7 ming tonna sara boshoqli don urug‘lari alohida nav va avlodlar bo‘yicha jamg‘arilgan.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Mahallalarda ijtimoiy yordamlar ko‘lamini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Joylarda ijtimoiy reyestrga kiritishni
Mahallalarda ijtimoiy yordamlar ko‘lamini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Joylarda ijtimoiy reyestrga kiritishni asossiz rad etish yoki sun’iy ravishda reyestrdan chiqarish holatlari uchrayotgani tanqid qilindi. Oqibatda ehtiyojmand oilalar ijtimoiy yordam olish, farzandini bog‘cha va to‘garakka berish kabi kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmayapti. 184 ta mahallada bir oy ichida kelgan 2 ming arizaning barchasi asossiz rad qilingan. Bunday holatlar Bo‘ston, Oltinko‘l, Xovos, Toshloq, Sharof Rashidov, Uchquduq va Dehqonobod tumanlarida ko‘pligi qayd etildi. Shu sababli reyestrga kirish masalasida Prezidentga murojaatlar yil boshidan 1,5 barobar oshib, 30 mingdan 46 mingga ko‘paygan. Bosh prokuraturaga ijtimoiy reyestr to‘g‘ri yuritilishini qat’iy nazorat qilish, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyevaga reyestr haqqoniyligi yuzasidan Prezidentga muntazam axborot berib borish topshirildi. Mutasaddilar oldiga yil yakunigacha nogironlikni erta aniqlash, xonadonlarni moslashtirish, ijtimoiy uyga joylashtirish kabi 25 turdagi xizmatni mahallaga tushirish vazifasi qo‘yildi. Uch oyda demensiya va aqliy zaifligi bo‘lgan shaxslar uchun 250 ta mahallada kunduzgi va uyda parvarish xizmati hamda “Madad” uylari, 75 ta mahallada o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar uchun “Faol hayot” dasturi, shuningdek, qarovsiz qolgan va zo‘ravonlikka uchragan bolalar uchun “Qo‘llab-quvvatlash markaz”lari tashkil etiladi. Facebook|Instagram|X

“Mahalla – xalqqa eng yaqin boshqaruv bo‘g‘ini. Odamlarning kundalik masalalari shu yerning o‘zida, ortiqcha ovoragarchiliksi
Mahalla – xalqqa eng yaqin boshqaruv bo‘g‘ini. Odamlarning kundalik masalalari shu yerning o‘zida, ortiqcha ovoragarchiliksiz hal bo‘lishi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Hozir “yettilik” orqali 100 ga yaqin xizmat ko‘rsatilmoqda. Endi barcha davlat xizmatlari bosqichma-bosqich mahallaga tushiriladi. Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasi misolida samarali tajriba yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda Axborot va xizmat markazi tashkil etilib, 8 ta olis mahalla aholisi uchun bir joyda 980 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda. Xovos tumanidagi Qahramon mahallasida ham Vengriyaning “aqlli qishloq” tajribasi asosida shunday markaz tashkil etilmoqda. Yil yakunigacha Norin va Xovos tajribalarini Qo‘ng‘irot, Konimex, Boysun, Qamashi, Qo‘shrabot, Tuproqqal’a, G‘ijduvon, Forish, Beshariq, Jalaquduq va Ohangaron tumanlarida joriy etish topshirildi. Urganch shahridagi Olimpiya mahallasida yo‘lga qo‘yilgan “aqlli mahalla” tajribasi esa har bir viloyatning 10 tadan mahallasida tatbiq qilinadi. Facebook|Instagram|X

Mehnatga yarasha rag‘bat bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bois, yil yakuni bilan ko‘p qavatli uylardagi “Eng orasta xonado
Mehnatga yarasha rag‘bat bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bois, yil yakuni bilan ko‘p qavatli uylardagi “Eng orasta xonadon”, mahalladagi “Eng fayzli hovli”, hududdagi “Eng obod ko‘cha”, tuman va viloyatdagi “Eng namunali mahalla” nominatsiyalari joriy etiladi. Tanlov g‘oliblari bo‘lgan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar uchun mol-mulk solig‘idan, hovli-joylar uchun esa yer solig‘idan imtiyoz beriladi. Yaxshi tajriba yaratgan “mahalla yettiligi” mukofotlanadi, ularning ish uslubi boshqa hududlarga namuna qilib ko‘rsatiladi. Mahallalardagi ilg‘or tajribalarni keng yoritish zarurligi ham qayd etildi. Hududlarda temir yo‘l atrofini obodonlashtirish ishlari boshlangan. Birgina Toshkent – Xiva yo‘nalishidagi temir yo‘l bo‘yida 285 ta mahalla bor, ushbu yo‘nalish 45 ta tumandan o‘tadi. Qolgan viloyat hokimlariga ham bir haftada hududidan o‘tgan magistral yo‘llar va temir yo‘l bo‘ylari, ular atrofidagi uy-joy va tijorat obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Ikki haftada ushbu hududlarni namunali qiyofaga keltirish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqib, amaliy natijaga erishish topshirildi. Facebook|Instagram|X

Yurtimizda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingan. Shu asosda barcha sohalarda
Yurtimizda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingan. Shu asosda barcha sohalardagi islohotlar natijasi, avvalo, mahallada va odamlarning kayfiyatida namoyon bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Xalqimiz qadimdan kunni obodonchilikdan boshlagani, ozodalik va saranjomlik bor joyda fayz-u baraka bo‘lishi qayd etildi. Joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanadi. Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi. Har bir viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etadi. Mahallada obodonchilik ishlarini tashkil etish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida respublika shtabi tuziladi. Hududiy shtablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu ishlar bir oylik aksiya emas, balki yil bo‘yi ishlaydigan umummilliy harakatga aylantirilishi zarurligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Mahallalar budjetini mustahkamlash bo‘yicha ham yangi tashabbuslar ilgari surildi. Joriy yil mahallalar budjetiga 600 milliar
Mahallalar budjetini mustahkamlash bo‘yicha ham yangi tashabbuslar ilgari surildi. Joriy yil mahallalar budjetiga 600 milliard so‘m mablag‘ qolishi reja qilingan edi. Iyun oyidagi Prezident farmoni bilan mahallada qoladigan yer va mol-mulk solig‘ining ulushi 10 foizdan 15 foizga oshirildi. Sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilish uchun jarimalarning 10 foizi mahallaga tushadigan bo‘ldi. Shuningdek, 5 ming kvadrat metrgacha bo‘sh binolarni mahallaning o‘zi sotuvga chiqarishiga ruxsat berildi. Buning hisobidan mahallalar budjetiga yana 405 milliard so‘m tushadi. Endi mahalladagi noturar obyektlardan tushgan yer va mulk solig‘ining 5 foizi ham mahallaning o‘ziga beriladi. Bu orqali mahallalar ixtiyorida yiliga yana 400 milliard so‘m mablag‘ qoladi. Yil davomida eng ko‘p tadbirkorlarni ro‘yxatga olgan, eng ko‘p yangi ish o‘rni yaratgan, tushum darajasi eng yuqori bo‘lgan va eng ko‘p qo‘shimcha soliq bazasi topgan 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi. Umuman, yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum bu yil 1 trillion 600 milliard so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetadi. Facebook|Instagram|X

Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qil
Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashabbuskor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Bunday loyihalar uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida bittadan shunday loyiha amalga oshirilsa, hududlardagi muhit sezilarli o‘zgaradi. Ushbu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi. Mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi shart. Buning uchun u hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejasini tasdiqlab beradi. Rais “yettilik” a’zolariga aniq vazifa qo‘yib, ulardan so‘rov qilib boradi. Shuningdek, “yettilik” faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash va hududdagi muammolarga ilmiy yondashish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. U “yettilik”ni o‘qitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yechimlar ishlab chiqadi.

Yangi Quva mahallasi misolida aholini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha yangi tartib ko‘rsatib o‘tildi. Us
Yangi Quva mahallasi misolida aholini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha yangi tartib ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu mahallada 51 nafar ishsiz fuqaro bor, ularning 4 nafari agrotexnikumni bitirgan va xonadonida 10 sotixdan tomorqasi mavjud. Mahalla raisi tomorqada gul ko‘chatiga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun mahalla bankiriga buyurtma beradi. Qolgan ishsiz aholi bo‘yicha ham mahalla raisi kim tadbirkor bo‘lmoqchi, qaysi oila daromadini oshirmoqchi, kimga kredit, uskuna yoki yer kerakligini aniqlab, bankirga aniq vazifa qo‘yadi. Yangi Quva mahallasida bog‘cha yetishmasligi sabab 50 nafar bola qo‘shni mahallaga qatnayapti, hududda esa 70 sotix bo‘sh yer bor. Shu munosabat mahallalarda xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerni auksionga chiqarish vakolati ham mahalla raislariga beriladi.

Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat,
Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida bu boradagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi. Achinarlisi, 960 ta kambagʻal oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand odam doimiy ishga joylashtirilmagan. 883 ta mahallada esa bankirlar xonadonbay yurib, loyiha qilmagan, tadbirkorlar bilan uchrashmagan. Shuning uchun yil boshidan mahallada ishni toʻgʻri tashkil qilmagan 152 nafar rahbar ishdan olindi, yana 700 nafariga intizomiy chora koʻrildi. Mahallalarda soliq tushumlari, jinoyatchilikni jilovlash va aholi muammolarini hal etish boʻyicha ham masʼullarga savollar qoʻyildi. Davlatimiz rahbari mahalla odamlar uchun chinakam “ishonch, tayanch va imkoniyatlar markazi” boʻlishi zarurligini taʼkidladi.

Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda. Shu yilning o‘zida Xalq qabulxonalari orqali
Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda. Shu yilning o‘zida Xalq qabulxonalari orqali 87 ta mahallaning har biridan 200 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu mahalla raislari hududi bo‘yicha master reja qilishni, bo‘sh yerlar, bino-inshootlarni iqtisodiy aktivga aylantirishni o‘ylamayotgani, tuman, viloyat, respublikadan kelgan rahbarlarga aniq masala qo‘ya olmayotgani bilan ham bog‘liq. Shuningdek, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida joriy yil 7,5 trillion so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, 2 ming 136 ta mahallada birorta loyiha g‘olib chiqmagan. Davlatimiz rahbari mahalladagi hamjihatlik, daxldorlik va tashabbuskorlik aynan shunday amaliy natijalar bilan o‘lchanishini ta’kidladi. Yig‘ilishda mahallalarda kichik loyihalarni ko‘paytirish va aholini ishli qilish masalalari tanqidiy tahlil qilindi. So‘nggi olti oyda banklar tomonidan kichik-kichik loyihalar uchun 18,5 trillion soʻm resurs ajratildi. Mazkur mablagʻlar hisobidan 110 mingta mikroloyiha amalga oshirilib, 259 ming odam ishli boʻldi. Lekin 47 ta mahallada bor-yoʻgʻi 2 tadan mikroloyiha ishga tushirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha t
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari bu yil infratuzilmani yaxshilash, odamlar va tadbirkorlar uchun sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 milliard so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 milliard so‘mdan mablag‘ berilganini ta’kidladi. Tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha ko‘paydi. Tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoldi, mahalla budjetiga esa o‘rtacha 150-200 million so‘m tushdi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik,
– dedi Prezidentimiz.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliya
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

#ovozli_chat ⚡️ 2026-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni bug‘doy bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan "OVOZLI CHAT" tashkil etilgan еdi. ‼️Mazkur ovozli chat yozuvlari e'lon qilinmoqda
🗣 Suhbat spikerlari: 🔂Shahzod Nurmatov -Inspeksiyaning donni qayta ishlash yo'nalishida bosh mutaxassis 🔂Shoxjaxon Jumanov -Inspeksiyaning “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug'lari yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari
©Moderator: Xolida Shadiyeva 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#ovozli_chat ⚡️ 2026-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni bug‘doy bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan "OVOZLI CHAT" tashkil etilgan еdi. ‼️ Mazkur ovozli chat yozuvlari e'lon qilinmoqda 🎙Suhbat spikerlari:
🗣 Suhbat spikerlari: 🔂Shoxjaxon Jumanov -Inspeksiyaning “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug'lari yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari 🔂Shahzod Nurmatov -Inspeksiyaning donni qayta ishlash yo'nalishida bosh mutaxassis
©Moderator: Xolida Shadiyeva

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter