fa
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

رفتن به کانال در Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

نمایش بیشتر
822
مشترکین
-4824 ساعت
-707 روز
-39230 روز
آرشیو پست ها
Repost from Rasmiy axborot
❗ “Strategik maqsadimiz – 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini investitsiyaviy darajaga olib chiqish” – Saida Mirziyoyeva ⚡️
“Strategik maqsadimiz – 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini investitsiyaviy darajaga olib chiqish” – Saida Mirziyoyeva ⚡️ Global beqarorlik va moliya bozorlaridagi noaniqliklarga qaramay, Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqaro maydonda yuksak e’tirof etilmoqda.
“Ushbu o‘zgarishlarni xalqaro hamkorlarimiz e’tirof etayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega. “Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshiladi. Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir. Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida alohida ta’kidlamoqchimanki, biz hamkorlarimiz bilan faol aloqalarni davom ettiramiz”, - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
✅ Mazkur qaror O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi va mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi tobora ortib borayotganining yana bir xalqaro e’tirofi bo‘ldi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

✅DALA APROBATSIYA KO‘RIGI YANGI BOSQICHDA 👁Hukumatning sohaga oid qarori bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonla
+4
DALA APROBATSIYA KO‘RIGI YANGI BOSQICHDA 👁Hukumatning sohaga oid qarori bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida, Jizzax viloyatida urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
📌Xususan, viloyatdagi jami 139 ta urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridagi 5 ming 129 gektar urug‘lik g‘alla maydonlarida navlarining genetik jihatidan tozaligi, zararkunandalar bilan zararlanmaganligi va kasalliklarga chalinmaganligi va navning umumiy holatini aniqlash maqsadida, dala aprobatsiya ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Korrupsiyasiz_ofis ✅ XORAZM: KORRUPSIYADAN HOLI BOSHQARMA ▶️ Ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlas
+3
#Korrupsiyasiz_ofis ✅ XORAZM: KORRUPSIYADAN HOLI BOSHQARMA ▶️ Ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish va unga nisbatan murosasiz choralar ko‘rish hamda ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu chora tadbirlarning bajarilishida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi.
‼️ Korrupsiyaga qarshi kurashishda aynan shunday yondashuv hisobiga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan 2 ming 684 ta nazorat tadbirlari yoki 46 ta tekshirishlar davomida korrupsiyaviy holatlar aniqlanmadi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Kun_hikmati "Hayotdagi eng muhim narsa samimiylikdir. Uni tasvirlashni o'rganing, shunda muvaffaqiyatingiz kafolatlanadi." @
#Kun_hikmati "Hayotdagi eng muhim narsa samimiylikdir. Uni tasvirlashni o'rganing, shunda muvaffaqiyatingiz kafolatlanadi." @ Jan Jirodu 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Tahlillarga ko‘ra, dunyoda mineral o‘g‘itga talab yiliga 5 foizdan o‘sib, 2030-yilda 260 milliard dollardan oshadi. Ayniqsa,
Tahlillarga ko‘ra, dunyoda mineral o‘g‘itga talab yiliga 5 foizdan o‘sib, 2030-yilda 260 milliard dollardan oshadi. Ayniqsa, yangi agrotexnologiyalar hisobiga suvda eruvchan o‘g‘itga bo‘lgan ehtiyoj keskin ko‘paymoqda. Investorlar bilan muzokaralar natijasida Qashqadaryoda yillik quvvati 230 ming tonna bo‘lgan 114 million dollarlik, Sirdaryo viloyatida 400 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Umuman, uch yilda soha masʼullari va hokimlar oldida 2 milliard 800 million dollarlik 42 ta loyihani ishga tushirish vazifasi turgani qayd etildi. Bu orqali 2030-yilga borib, azotli o‘g‘it ishlab chiqarish hajmini 2,8 milliondan 4 million tonnaga, fosforli o‘g‘itni 400 mingdan 900 ming tonnaga, suvda eruvchan o‘g‘itlarni 100 mingdan 400 ming tonnaga yetkazish muhim ekani taʼkidlandi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Iqtisodi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Iqtisodiyotimiz jadal rivojlanayotgani, so‘nggi yillarda sanoat tarmoqlarida 3 ming turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Bundan 9-10 yil ilgari O‘zbekiston kimyo mahsulotlarining katta qismini mineral o‘g‘it tashkil qilardi. O‘tgan davrda sohaga 8 milliard 300 million dollarlik investitsiyalar kirib keldi, 87 ta yirik quvvatlar ishga tushdi. PVX, “yashil” vodorod, ko‘pikli polipropilen, BOPP plyonka kabi 60 dan ziyod turdagi yangi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali iqtisodiyot tarmoqlarida minglab yangi turdagi mahsulotlar chiqarish uchun zarur xomashyo bazasi yaratildi. Sohada eksport 3 karra o‘sdi, ishchilar soni 50 mingdan oshdi. Facebook|Instagram|X

#jarayon Gʻo‘za parvarishi va g‘alla o‘rimi masalalari muhokama qilindi
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Abrol Vaxabov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari B. Jabborov, tuman hokimi J. Nasriddinov, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilot va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.
Unda g‘o‘za parvarishida “Zarbdor bir oylik” oyligi, g‘o‘za agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va g‘alla o‘rimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va yig‘ishtirib olish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. A. Vaxabov “Zarbdor bir oylik” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, xususan, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, sug‘orish, o‘g‘itlash va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, g‘alla o‘rimiga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratib, kombaynlar va boshqa texnikalarning sozligini tekshirish, yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasini yaratish, o‘rim-yig‘im ishlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#qaror_va_ijro #munosabat TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI UCHUN QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISH “BOZORI”
#qaror_va_ijro #munosabat TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI UCHUN QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISH “BOZORI” OCHIQ
❗️Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmati (my.gov.uz) portali orqali jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish imkoniyati yaratilgan.
👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Ekofaol_xodim ✅ Imkoniyatlar-mehnat ortidan keladi Ba’zan katta o‘zgarishlar baland minbarlardan emas, balki samimiy mehnat,
+4
#Ekofaol_xodimImkoniyatlar-mehnat ortidan keladi Ba’zan katta o‘zgarishlar baland minbarlardan emas, balki samimiy mehnat, pok niyat va fidoyilik bilan qo‘yilgan oddiy qadamlardan boshlanadi. “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasida qorovul bo‘lib faoliyat yuritayotgan Qobil Jumayev ana shunday tabiatsevar va mas’uliyatli xodimlardan biri. Qobil akaning tabiatga bo‘lgan mehri, ayniqsa, daraxtlar parvarishiga bo‘lgan e’tiborida yaqqol namoyon bo‘ladi. U uchun ko‘chat ekish va daraxtlarni parvarishlash shunchaki mashg‘ulot emas, balki qalbiga yaqin, zavq bag‘ishlaydigan ezgu ishdir. 👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Hududlardan_yangiliklar #Samarqand "MAXSUS REPORTAJ" KOʻRSATUVI
2026-yil 2-apreldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning tegishli bandiga muvofiq “G‘alla o‘rish kombaynlarining operatorlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv seminari” doirasida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Dunyoda eng beg‘ubor kulgu — bolalar kulgusi. Eng ko‘p savol beruvchi ham bolal
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Dunyoda eng beg‘ubor kulgu — bolalar kulgusi. Eng ko‘p savol beruvchi ham bolalardir. Eng ulug‘ orzu qiluvchilar ham bolalar. Ular — bahorning boychechagi, tongning shabnamlari, tabiatning eng go‘zal moʻjizasi. Farzand — oila payvandi, kelajagimiz egasi. Ularning beg‘ubor nigohiga termulib, hayotbaxsh kuch olamiz, dilbandlarimiz baxti — bizning baxtimiz. Bolalarni asrang. Ularga vaqt ajrating. Ularni seving. Chunki eng bebaho hadya — bolaga berilgan mehr-muhabbatdir.
Hayot sen bilan go‘zal, bolajon!
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Kun_hikmati "Mukammallikka - qo'shish uchun hech narsa qolmaganda emas, balki olib ketish uchun hech narsa qolmaganda erishi
#Kun_hikmati "Mukammallikka - qo'shish uchun hech narsa qolmaganda emas, balki olib ketish uchun hech narsa qolmaganda erishiladi" @ Antuan De Sent Ekzupery 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#uzagroinspeksiya_tabrigi 🌙 QURBON HAYITI MUBORAK BO'LSIN! Aziz yurtdoshlar! 🌙 Jamiyatimizda o‘zaro hurmat,  mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin. Xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin. Umringiz yaxshilar va yaxshiliklar ichra o‘tsin!
Hurmat bilan, "O‘zagroinspeksiya" jamoasi 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter