Matn ortida | Kitobxonlik klubi
رفتن به کانال در Telegram
Kitobxonlar uchun loyiha Asoschi: @qamarbooks Maqsad: mutolaa madaniyatini yuksaltirish
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
960
مشترکین
-124 ساعت
-87 روز
-130 روز
آرشیو پست ها
“Matn ortida” kitobxonlik klubining navbatdagi soni boshlanish arafasida🤩
Bugungi suhbatimiz esingizdami? 😉
🎙 Bugun soat 20:00 da “Matn ortida” klubimizning 13-sonida yozuvchi va jurnalist Nurulloh Muhammad Raufxon bilan “Zamonaviy o‘zbek adabiy tili: yutuq va muammolar” mavzusida suhbatlashamiz.
📍 Manzil: “Qamar” kitoblar do‘koni, Chorsu filiali.
🔥 Ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarimizni kutib qolamiz!
@matn_ortida
“Farida” — bugungi kun bilan hamohang asarmi? 📖
🎙 “Matn ortida” kitobxonlik klubimizning navbatdagi sonida jurnalist va bloger Muhrim A’zamxo‘jayev bilan “Farida” asari yuzasidan qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tgan edi.
💭 Asarning yozilish tarixi, unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda bugungi hayotimiz bilan bog‘liq jihatlar suhbat davomida atroflicha muhokama qilindi.
“Farida” asari bizga qanday haqiqatlarni eslatadi?
▶️ To‘liq suhbatni “Qamar_uz” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
@matn_ortida
Tilimizdagi yangi so‘zlar — ehtiyojmi yoki e’tiborsizlik? 🤔
Tilning o‘zgarishi tabiiy jarayon. Ammo kundalik nutqimizga kirib kelayotgan barcha so‘zlar ham ehtiyoj tufayli paydo bo‘lyaptimi?
🎙 “Matn ortida” klubimiz mehmoni, adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldosh “market”, “optom” kabi so‘zlar misolida tilimizga bo‘lgan munosabatimiz va e’tiborimiz haqida mulohaza yuritdi.
Sizningcha, tilimizdagi mavjud so‘zlar o‘rniga chet so‘zlarini ishlatish qanchalik to‘g‘ri?
▶️ To‘liq suhbatni “Qamar_uz” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
@matn_ortida
Muhrim A’zamxo‘jayev bilan to‘liq suhbat TEZ KUNDA⚡️
🤌 “Matn ortida” kitobxonlik klubda jurnalist va bloger Muhrim A’zamxo‘jayev mehmon sifatida ishtirok etgan edi.
Mehmonimiz bilan “Farida” asari haqida suhbatlashib, asar yozilish tarixi, mazmunan hozirgi kunlarga ishora borligini spikerimiz ishtirokchilar bilan birga muhokama qilgan edi.
▶️ Toʻliq suhbatni TEZ KUNDA YouTube sahifamizda tomosha qiling!
@matn_ortida
“Matn ortida” klubining 13-soni 🎙
🔊 Kitobxonlikni targ‘ib etishni maqsad qilgan ushbu klubimizning bu safargi mehmoni oʻzbek yozuvchisi, jurnalist va muharrir Nurulloh Muhammad Raufxon bo‘ladi.
Tadbirda “Zamonaviy oʻzbek adabiy tili: yutuq va muammolar” mavzusida suhbatlashamiz.
🔥 Uchrashuv 20-oktyabr, soat 20:00 da Chorsu filialimizda bo’lib o’tadi.
Darvoqe, eng yaxshi savol egasi deb topilgan ikki kishiga “Qamar” kitoblar doʻkoni tomonidan 100 000 soʻmlik vaucher taqdim etiladi! 🎁
👉 Ishtirok etishni istaganlar hoziroq ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Joylar soni cheklangan!
@matn_ortida
Boshqalarning fikri uchun yashash — umrni behuda sarflashmi? 🍂
Ba’zan inson o‘z hayotini yashashdan ko‘ra, boshqalarga nimanidir isbotlashga ko‘proq vaqt sarflaydi.
Ammo odamlarning fikriga haddan ortiq bog‘lanib qolish bizni nimalardan mahrum qiladi?
🎙 To‘liq suhbatni “Qamar_uz” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
@matn_ortida
🎬 Kinolar diqqatimizni jamlashga xalaqit beradimi?
Tez-tez almashadigan kadrlar va doimiy tomosha qilishga odatlanish diqqatimizga ham ta’sir qilishi mumkin.
Natijada bir ishga uzoq vaqt e’tibor qaratish, hatto kitob o‘qishga diqqatni jamlash ham qiyinlashadi.
🎙 “Matn ortida” klubida ustoz Mahmud Usmon bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan lavha.
▶️ To‘liq suhbatni “Qamar_uz” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
📘 O‘zbek tiliga yangi qo‘shilgan so‘zlarni ayta olasizmi?
“Matn ortida” kitobxonlik klubimizning ushbu sonida anchayin dolzarb va jiddiy mavzu bo‘yicha muhokama qildik.
✨ Mehmonimiz, adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldosh bilan “O‘zbek tiliga yangi qo‘shilgan so‘zlar” mavzusida suhbat qilganmiz.
▶️ Toʻliq suhbatni "Qamar_uz" YouTube sahifamizda tomosha qiling!
@matn_ortida
⏳ Premyera boshlanishiga 30 daqiqa qoldi!
O‘zbek tiliga yangi qo‘shilgan so‘zlar. “Matn ortida” klubida professor Qozoqboy Yo‘ldosh bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
🎙 Bugun soat 20:00 da YouTube sahifamizda uchrashamiz. Premyeraga qo‘shiling, birga tomosha qilamiz!
@matn_ortida
“Matn ortida” klubida Qozoqboy Yo‘ldosh bilan suhbat 🎙
🪶 “Matn ortida” kitobxonlik klubimizning ushbu sonida anchayin dolzarb va jiddiy mavzu koʻtarilgan edi.
Mehmonimiz, adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldosh bilan “O‘zbek tiliga yangi qo‘shilgan so‘zlar” mavzusida suhbat qilganmiz.
▶️ Toʻliq suhbatni bugun 20:00 da PREMYERA. “Qamar_uz” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
@matn_ortida
📚 Kitobni tanlashda “Menga nima beradi?” deb ham o‘ylab ko‘ramizmi?
O‘qiganlarimiz, ko‘rganlarimiz va eshitganlarimiz ichimizda iz qoldiradi.
Xo‘sh, qalbimizga nimalarni kirityapmiz?
▶️ To‘liq suhbatni "Qamar_uz" YouTube sahifamizda tomosha qiling!
📚 “Galaktikada bir kun” muallifi bilan bir davrada!
“Matn ortida” klubimizda yozuvchi Sa’dullo Quronov bilan uchrashib, bolalar va o‘smirlarni sarguzashtlarga chorlaydigan “Galaktikada bir kun” asari haqida suhbatlashdik.
🎥 Kitobxonlar va muallifni bir davraga jamlagan uchrashuvdan lavhalarni siz bilan ham bo‘lishamiz.
@matn_ortida
Ustoz Mahmud Usmon “Matn ortida” klubida
📒 “Matn ortida” klubimizning navbatdagi sonida Al-Azhar universiteti doktoranti Mahmud Usmon mehmon bo‘lgan edi.
🎙 Suhbatimiz “Ilm olish fazilati” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ilm yo‘lida sobit turish, bu yo‘ldagi mashaqqatlar va ulamolarning ilm olishdagi ibratli yo‘llari haqida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi.
▶️ To‘liq suhbatni “Qamar_uz” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
@matn_ortida
“Matn ortida” kitobxonlik klubimizning navbatdagi soni oʻz nihoyasiga yetdi.
Keyingi sonlarda sizni kutib qolqmiz!
