fa
Feedback
Zayd Qamar

Zayd Qamar

رفتن به کانال در Telegram

Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
502
مشترکین
+1924 ساعت
+207 روز
+3030 روز
آرشیو پست ها
Doimiy odamlar orasida boʻlish insonni ruhan toliqtiradi. Inson vaqti-vaqti bilan yolgʻiz qolishi, oʻzini taftish qilishi, xayollarini tartibga keltirib olishi zarur. Yoʻqsa ichki sokinlikdan, qalb xotirjamligidan mahrum boʻladi. Gavjumlik insonni oʻldiradi.

Balki, shunchaki, magʻlubiyatni tan olish kerakdir? Ba’zan hammasi yaxshi ekaniga oʻzini ishontirish umid emas, balki oʻz-oʻzini aldash hisoblanadi. Ba’zan eng xayrlisi barchasini tan olish va boshidan boshlashdir. Qancha narsa oʻzgardi axir? Qancha yutuqlar boʻldi, qanchadan-qancha yoʻqotishlar. Qancha baxtli kunlarni boshdan oʻtkazdik-u, qanchadan-qancha baxtli kunlarning boshiga yetdik? Har bir sinov, har bir qadam, har bir qoqilish — barchasi bizni ham jismonan, ham ruhan ulgʻaytirdi. Endi dunyoga avvalgidan koʻra boshqacharoq nazar bilan qaraymiz. Ortiq hech biri avvalgidek emas. Ortda qolgan yillar davomida hayot meni toliqtirdi va endi, hatto hammasi joyida ekaniga oʻzimni ishontirishga ham kuchim qolmadi. Ha, tan olaman. Men yengildim. Ammo hali taslim boʻlmadim! Badali umrim boʻlsa ham, men bu jangda gʻalaba qozonaman. Shunga majburman ham!

Qamarman Qamarman, tunlarni yoritmoq uchun Quyoshdan nur olib, oʻzda porlagan. Qamarman, dardlarni aritmoq uchun Pinhona suhbatga tunda chorlagan. Qamarman, gunohlar qalbimga sigʻmay, Yuzimda dogʻ kabi mudom aks etgan. Qamarman, kunduzlar bagʻrimni tigʻlay, Oxiri, tun ila visolga yetgan. Qamarman, kechalar samolarda jim, Qancha oshiqlarning ohiga guvoh. Qamarman, men ila orom topar kim, Kimdir bedor boʻlib, aylaydi hamroh. Qamarman, koʻrdimki necha gunohkor Pushaymonlik ila toʻkdilar koʻz yosh. Qamarman, eshitdim, etmadim oshkor, Kim uchundir boʻldim eng yaxshi sirdosh. Qamarman, deraza ortidan boqib, Mahzun chehralarni yoritgan bir nur. Qamarman, savollar otashin yoqib, Oʻychan nigohlarda qolgan tafakkur. Qamarman, Robbimdan umidvor nigoh, Ohista duoga ochilgan qoʻllar. Qamarman, bemor ishq ahliga panoh, Yorning visoliga eltgan yoʻllar. Qamarman, tunda ham ilm izlagan Tolibga ixlos-la xizmat qilgan doʻst. Qamarman egasin topib bormagan, Titragan lablarda shivirlagan soʻz. Qamarman, yelkangga asta qoʻyib bosh, Seni oʻzim tomon chorlayveraman. Qamarman, to sharqdan chiqarkan quyosh, Tunlari beminnat porlayveraman…
• Zayd Qamar

بِسْــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمٰنِ الرَّحِيم