fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Zayd Qamar

Zayd Qamar

رفتن به کانال در Telegram

Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… maktub yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 037
مشترکین
+124 ساعت
+347 روز
+18130 روز
آرشیو پست ها
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Yangi alifboga qanaqqib o’rgandiz😓 - boşlaşning özi kifoya)

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Suhbatning ko’pi ozi bolmaydi..balki Suhbatning qalbga tasiri yoki tasir etmasligi blan ajiraladi .. - taxminan bir soatlik suhbat qalbga ta’sir etadiganmi yoki etmaydigan?)

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Ba‘zi insonlarni kanali juda chiroyli tartibli gapirishi yaxshi odobli fasohatli ko‘rinadi Nega hayotda gaplashganizda unaqa emas) - sababi — sahifalarda fikrlar tartiblangan, filtrlangan, sözlar saralab tanlangan böladi. oğzaki nutqda esa yozgandagi kabi bölmasligi mumkin. qolaversa, u sahifada öz fikrlarini, hislarini yozadimi yoki çiroyli jumlalarni şunçaki joylab boradimi, bunga ham boğliq. yana boşqa bir sababi bor, lekin yaxşi gumonda bölgan yaxşi)

ozroq suhbat. uxlamaganlar bormi?)

Ba’zilar yonib yozadi. Ba’zilar öqib yonadilar. Yana ba’zilar esa, yozilganlarni olovga uloqtirib, taftida isinadilar. Ba’zilar mana şu yoziqlar yongan olovda özga satrlarni mutolaa qiladilar… Öqib yonganlarning qalbi iliydi. Yozuvçining qalbini kuydirgan otaşlar har bir öquvçining qalbida bir uçqun bölib, ilitsa kerak-da… Ammo yoqqanlarning faqatgina jismi isiydi. Qalblaridan xabarim yöq. Ehtimol, men yozganlarim ham faqat olovga taşlab, bir çetida isinişgagina yararlar xolos. Ammo şunga xizmat qilsa ham mamnunman. Hatto şu olov yoruğida özga yoziqlarni öqisangiz ham. Demak, oxir-oqibat, yozuvçi va öquvçi örtasidagi iliqlikka sababçi bölgan bölaman. Xoh qalblardagi bölsin, xoh jismlardagi. Men yonyapman, ehtimol yoziqlarim ham. Siz-çi, siz isiyapsizmi?..

Hayot qiziq. Birining ketidan ikkinçisi, uning orqasidan yana boşqa biri keladi. Taşvişlari heç tugamaydi. Xuddi mana şu taşv
Hayot qiziq. Birining ketidan ikkinçisi, uning orqasidan yana boşqa biri keladi. Taşvişlari heç tugamaydi. Xuddi mana şu taşvişlar bilan bizni özida uşlab turgandek. Ba’zan hatto boşingni qöllaring ustiga qöyib, biroz xayol surishga ham fursat topmaysan. Şiddatli oqimlar içida yaşab qolişga intilasan. Lahzalar qanday ötib ketayotganini payqamay qolasan ba’zan… Mana şu şirin va taxir taşvişlarga kömilib yaşarkansan, ahyon-ahyonda xayolingning bir çetidan qalbingni orziqtirib yuboradigan, tunda osmonga tikilib yotganingda tösaddan uçgan yulduz kabi qalbingni xuşnud etadigan öylar lip etib ötadi. Bir dam porlaydi-yu, yuragingni entiktirib, yana sönadi… Avval unisini hal qilib olay, hozir buni qilmasam bölmaydi, hali anavinisi bor degança, umr şiddat bilan ötib borayotganini ilğamay qolasan. Söng kun kelib, yana öşa sokin va halovatli tunda osmonga tikilarkansan, u yerda ortiq uçgan yulduzlarni körmasang, zinhor osmonni va tunni ayblama. Tun çökdi, yulduzlar takror va takror uçdi, biroq sek körmading. Çunku yaşab qoliş bilan band eding… Hayot qiziq. Taşvişlar tugamaydi. Na menda tugadi, na mendan oldingilarda. Ulğayasan va buni özing ham tuşunib yetasan. Faqat, muhimi — yulduzlaring sönib qolmasin…

Ba’zan qalb xohlaydi, vaziyatlar inkor qiladi…

Şaroit muhayyo bölsa, hamma namoz öqiy oladi. Lekin şaroit yöqligida ham namozlaringda sobit turolasanmi? Solihlar davrasida bölsa, hamma Allohga taqvo qiloladi. Lekin yolğiz qolganingda ham Allohdan hayo qilolasanmi? Öz foydasiga bölsa, hamma rost sözlay oladi. Lekin zararingga işlaşini bilsang ham haqiqatni sözlay olasanmi? Vaqti bemalol bölsa, hamma Qurʼon öqiy oladi. Lekin dunyoviy yumuşlaringdan ortib, Qurʼonga vaqt ajratolasanmi? Uyi masjid yonida bölsa, hamma ham jamoatga qatnay oladi. Lekin uying uzoq bölsa ham masjidga doimiy boğlana olasanmi? Mablaği oşib yotgan bölsa, hamma ehson qiloladi. Lekin qaysi biriga yetkazişni bilmay turgan paytingda ham özingdan ortib, ehson qilolasanmi? Yodingda tut! Haq yöli faqat şaroit va vaziyat bölgandagina amal qilinadigan emas, balki har qanday şaroitda sobit turiladigan yöldir!

Şaroit muhayyo bölsa, hamma namoz öqiy oladi. Lekin şaroit yöqligida ham namozlaringda sobit turolasanmi? Solihlar davrasida bölsa, hamma Allohga taqvo qiloladi. Lekin yolğiz qolganingda ham Allohdan hayo qilolasanmi? Vaqti bemalol bölsa, hamma Qurʼon öqiy oladi. Lekin dunyoviy yumuşlaringdan ortib, Qurʼonga vaqt ajratolasanmi? Uyi masjid yonida bölsa, hamma ham jamoatga qatnay oladi. Lekin uying uzoq bölsa ham masjidga doimiy boğlana olasanmi? Mablaği oşib yotgan bölsa, hamma ehson qiloladi. Lekin qaysi biriga yetkazişni bilmay turgan paytingda ham özingdan ortib, ehson qilolasanmi? Yodingda tut! Haq yöli faqat şaroit va vaziyat bölgandagina amal qilinadigan emas, balki har qanday şaroitda sobit turiladigan yöldir!

- Qismatingizga oşiqmisiz? - Roziman...
• Abror Muxtor Aliy

photo content
+1

Sen “ilojsiz” deysan. Ehtimol, çindan ham sen uçun ilojsizdir. Ammo barça ilojsizliklarni va ularning ilojlarini yaratgan Alloh U.

💬 You have a new anonymous message!
https://t.me/zaydqamar/841 Ko’nikish qiyin bolyaptida shu
- aynan. juda koʻpchilik shunday xabar yozgan va atrofimdagilarning ham deyarli fikri shunday. lekin, doʻstlar, baribir qachondir toʻliq yangi alifboga oʻtiladi. kimdir buni targʻib qilmasa yoki foydalanishni boshlmasa, vaqt oʻtgani bilan bu holat oʻzgarmaydi. baribir oʻsha-oʻsha, koʻz koʻnikolmay turaveradi. ehtimol, yangi alifbo asosida yozishimiz ham tilimizga hurmat, ham uni targʻib qilish yoʻlida kichik xizmat boʻlib qolar. hali aniq qarorga kelmadim. ustozlarning bu boʻyicha fikrlari yoki sahifalaridagi oʻzgarishlarni ham kutyapman, lekin hali hech qayerda koʻzim tushmadi. mayli, yakuni qanday boʻlsa ham, sahifani undagi yoziladiganlar uchun kuzatadiganlat borligiga ishonaman)

Koʻpchilik alifbodagi oʻzgarish haqida har xil fikr va munosabat bildiryapti. Bunga batafsil toʻxtalib oʻtirmoqchi emasman, sizlar ham kuzatayotgandirsizlar. Oʻzgarishning yomon tomonlari bilan birga, yaxshi tomonlari ham bor. Shaxsan menga yangi alifbomiz ham yoqdi. Umumuy xulosa qilib aytadigan boʻlsam, men oʻzimni tilni “unday boʻlsin”, “bunday boʻlsin” deydigan darajada yetarli saviyaga ega deb hisoblamayman. Faqat bir narsani aniq aytolaman, bu til qaysi koʻrinishda va qaysi alifboda boʻlsa ham, sevib, hurmat qilishga tayyorman) Hozir yozgan postlarda ozgina boʻlsa ham tilga nisbatan hutmatsizlik hissi oʻtayotgandek oʻzimda. Lekin tan olaman, yangi koʻrinishda yozish ham qiyin boʻlyapti. Xullas bilmasam)

پیام صوتی00:10

Doʻstlar, yangi alifboga oʻtaylikmi?
Anonymous voting

- Oshiq kimdir? - Sogʻinch-u hijron-la oyga termulgan. - Ma’shuq kimdir? - Oyga temulganda yodingga kelgan…

photo content

yes, feeling someone’s pain is beautiful. but to be felt…)