𝐀|𝐁
رفتن به کانال در Telegram
3 024
مشترکین
+2824 ساعت
+1667 روز
+68830 روز
آرشیو پست ها
3 024
Repost from Hissiyotxonam
“Kechga... ishdan kelay, maylimi..?”
Eshikni yopasan – ketasan.
“Charchadim. Ishim ko'p, vaqtim yo'q...
Tong otsin, maylimi..?” Yotasan...
Qo'lingda – bozorlik. Yo'l tirband,
Qor bosib kelasan, etik ho'l...
Telefon asabiy jiringlar,
“Yo'ldaman. Borayin... uyda bo'l...”
...Chigirtka chirillar shom chog'i,
Yoz qachon keldiykin – o'ylaysan...
Bir marta, bir marta bo'lsa ham,
Sen mening holimni so'rmaysan...
Sen mening ko'nglimni bilmaysan...
Shodmonqul Salom
