fa
Feedback
Ertaga Kech

Ertaga Kech

رفتن به کانال در Telegram

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 189
مشترکین
+1224 ساعت
+317 روز
+18230 روز
آرشیو پست ها
Google qidiruv endi SI Ahamiyat bergan boʻlsangiz, oxirgi 1 yil Google qidiruvda "AI mode" paydo boʻlgan. Savolingizha SI jav
+9
Google qidiruv endi SI Ahamiyat bergan boʻlsangiz, oxirgi 1 yil Google qidiruvda "AI mode" paydo boʻlgan. Savolingizha SI javob beradi. Kechagi taqdimotda esa Google qidiruvning kelajagini koʻrdik. Endi SI oddiy matn bilan emas animasiyalar, interaktiv grafiklar, chizmalar va hatto butun boshli web ilovalar bilan javob qiladi. Tasavvur qiling Googledan matematika yoki biologiyaga oid savol soʻradingiz, engi Google sizga mavzuni tushuntirish uchun murakkab chizmalar yoki kerak boʻlsa dars rejasi tuzib beradi. Bu rejani ilova koʻrinishiga oʻtkazib berishni soʻrasangiz, marhamat sizg 1 haftalik web ilova ham tayyor. Yana bir katta qoʻshimcha endi qidiruv agentlari. Endi siz Googlega murakkab qidiruv buyrugʻini berib, uni takrorlab turishni, kerakli narsa topilganida sizga xabarnoma yuborishni soʻrashingiz mumkin. Agentlar fonda doimiy ishlab turadi va sizga kerakli natijalarni doimiy yuborib turadi. Bu bilan Google SIdan foydalanishni yanada oson qilmoqda. @ertagakech

Bugun tunda Google I/O 2026 tadbiri boʻldi. Google bir dunyo yangiliklar eʼlon qildi, deyarli hammasi SI bilan bogʻliq. SI en
+1
Bugun tunda Google I/O 2026 tadbiri boʻldi. Google bir dunyo yangiliklar eʼlon qildi, deyarli hammasi SI bilan bogʻliq. SI endi hamma joyda, Youtube, Maps (xaritalar), Docs, Search (qidiruv). Yangi va yanada kuchli modellar (3.5 Flash va Pro). Gemini Omni (hamma narsadan hamma narsaga). Antigravity 2.0. Gemini Spark - sizning shaxsiy agentingiz (xayr Hermes, xayr Openclaw va boshqalar). Antigravity in Google Search - Google qidiruv endi natijani web/mobil ilova koʻrinishida qaytaradi. Shunchaki ajoyib. Dasturchilar va kod uchun bir dunyo yangi protocollar va xavfsizlik qurollari. Gemini koʻz oynaklari (xayr chalasavod, chalajon Meta Ray Ban). Xullas yangiliklar koʻp, batafsil keyingi postlarda. Yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun obuna boʻling. @ertagakech

photo content
+1

photo content
+7

photo content
+7

Bitta prompt va tayyor jonli dashboard. Google sheetsda burchakda "Create canvas" degan tugmaga ko'zim tushdi (avval yo'q edi
+2
Bitta prompt va tayyor jonli dashboard. Google sheetsda burchakda "Create canvas" degan tugmaga ko'zim tushdi (avval yo'q edi). Bosdim, oddiy Gemini chat ochildi. Buni nimasi yangilik ekan deb, bitta prompt yozib ko'rdim. Kutuvim - jadvlaga birorta chiroyli grafik chizib bersa kerak edi. Kutilmaganda butun boshli yangi, interaktiv dashboard qo'shib berdi. Kompaniyadagi barcha raqamli obunalarni yuritadigan jadvalimizga juda qulay dashboard bo'ldi. Shunchaki ajoyib. Demak endi istalgan sheets (yoki excelga) bitta prompt bilan tayyor dashboard yasab olish mumkin. Aytgancha, dashboardlar soni cheklanmagan, ma'lumotlar turiga qarab, istalgancha kerakli dashboardlarni yasab olish mumkin. Sinab ko'ring, natijasini aytasiz. @ertagakech

Qaysi sun’iy intellektdan foydalanish kerak? Noto‘g‘ri savol. Ular bir-birining o‘rnini bosa olmaydi. Har birining o'ziga xos
Qaysi sun’iy intellektdan foydalanish kerak? Noto‘g‘ri savol. Ular bir-birining o‘rnini bosa olmaydi. Har birining o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Mening shaxsiy tajriba asosidagi tavsiyam: 🔧 Claude Code — asosiy ish qurolim. Kod yozish, g‘oyalar ustida ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish. Matn va kod bilan bog‘liq fikrlash jarayonlarimning asosiy qismi aynan shu yerda kechadi. So‘rovlar limiti to‘lib qolganda (bu tez-tez sodir bo‘ladi), ochiq manbali modellarga o‘taman. Afzalligi: Natijalarni istalgan formatda taqdim qila oladi: rasm, infografika, prezentasiya, jadval, excel, word va hokazo. Kamchiligi: Qimmat, juda qimmat. Oxirgi paytlar tezligi ham tushib ketdi (bu haqida boshqalar ham nolib boshlagan), ehtimol bu yaqindaina hamma uchun kvotalar 2x oshirilgani bilan bog'liq. 📺 Gemini — har qanday multimodal vazifalar uchun, ayniqsa o‘zbek va rus tillarida. Video, audio, tasvirlar bilan ishlash va katta hajmdagi hujjatlarni chuqur o‘rganish. Mintaqaviy tillardagi farq aynan shu yerda yaqqol namoyon bo‘ladi — Gemini hozirda o‘zbek va rus tillaridagi audio va videolarni ChatGPT yoki Claude’dan sezilarli darajada yaxshiroq tushunib, qayta ishlaydi. Agar mahalliy kontent bilan ishlasangiz, bu juda muhim. Afzalligi: Google ekotizimi bilan integrasiya (google docs, sheets, gmail, calendar va hokazo) Kamchiligi: Funksiyalari cheklangan, haligacha "loyiha" (project) tushunchasi yo'q. Chatlarni o'chirib bo'lmaydi. Xullas web dastur juda ortda qolgan. 📝 ChatGPT — matn yaratish va uni sayqallash uchun. Suhbatlashish, rejalashtirish, g‘oyalarni tizimlashtirish, professional matnlarni — elektron xatlar, taqdimotlar, hujjatlarni yaratish. Biror matn silliq va ravon chiqishi kerak bo‘lganda, aynan shu modelga murojaat qilaman. Oxirgi paytlar dasturlash uchun Codexni juda maqtashayapti (sifat jihatdan ham narx jihatdan ham), lekin hali o'zim sinab ko'rmadim. Afzalligi: Juda ko'p qo'shimcha tizimlar, ilovalar bilan integrasiya qilingan. Kamchiligi: Funksionallik jihatdan ortda qolgan, ko'p o'tlab ketadi (gallyusinatsiya). Lekin oxirgi modellarida buni to'g'rilashid deyishdi. ⚙️ Qwen va DeepSeek — kod yozish uchun zaxiradagi ochiq manbali modellar. Claude Code limiti to‘lganda, shu ikkisidan biriga o‘taman. Ular unchalik kuchli emas, lekin bepul yoki deyarli tekin va muammoning yechimi ustida ikkinchi marta ishlash uchun yetarlicha yaxshi. Afzalligi: Juda arzon yoki bepul. Kamchiligi: Dasturlashdan boshqa narsalarda juda cheklangan. Ayniqsa multimodallik (turli fayllar bilan ishlash) va tilni tushunishda ancha oqsaydi. Xulosa shuki, “eng yaxshi sun’iy intellekt” haqidagi bahslarning o‘zi noto‘g‘ri. Qaysi birini tanlashingizdan ko‘ra, ulardan qanday ketma-ketlikda foydalanishingiz muhimroq. Har bir model o‘z yaratuvchisi ustuvor deb bilgan jihatlar asosida shakllantiriladi — barchasining eng yaxshi xususiyatlaridan unumli foydalanadigan ish jarayonini yo‘lga qo‘ying. Siz qaysi SI'lardan foydalansiz? Sizning holatingizda qay biri yaxshiroq natija beradi? @ertagakech

SI qayerga qarab ketayapti? Kompyuterlar va SI rivojlanishida  qanday oʻxshashliklar bor? Navbatdagi suhbat shu haqida. @ertagakech

Qimmatroq model yaxshiroq va aksincha, arzonroq model yomonroq/sifatsizroq degani emas. Har bir modelninig o'z vafiasi, afzal
+4
Qimmatroq model yaxshiroq va aksincha, arzonroq model yomonroq/sifatsizroq degani emas. Har bir modelninig o'z vafiasi, afzalligi va kamchiliklari bor. Boshimdan o'tgan misol bilan tushuntiraman. Mening SI agentim bor, telegramda ishlaydi. Turli vazifalarni bajaradi: post yozish, emailga javob berish, kalendardagi turli uchrashuv va tadbirlar haqida eslatib turish, har kuni SI bo'yicha eng yaxshi maqolalarni saralab ertalab menga yuborish va eng muhimi bu bot mening ikkinchi xotiram (RAG). Xullas shu bot har kuni ertalab menga kechagi kun qaysi modellardan foydalangani va bu menga qanchaga tushgani haqida hisobot yuboradi. Ahamiyat bersam, agent asosan Gemini Pro modelidan foydalanar ekan (arzonroq flash modelidan esa deyarli foydalanmas ekan):
💸 AI spend yesterday: $0.57 pro $0.54 · flash $0.03 · gemini-3-flash-preview $0.00
Men agentga so'nggi 1 hafta davomida Pro modeldan foydalangan vazifalarni qaytadan Flash modelida bajarishni va natijani solishtirishni so'radim. Javob men uchun kutilmagan bo'ldi: 📈 Sifat: Flash Pro ga teng yoki undan yaxshiroq natija beradi — "xotiramdan" ko'proq sahifalarni topadi, batafsilroq javob qaytaradi. ⚡️ Tezlik: Flash o'rtacha 3.5× tezroq (12s → 3.5s). 💸 Narx: Flash 25× arzonroq (output tokenlar bo'yicha). 🤝 Ishonchlilik: Barcha 12 ta vazifani to'g'ri bajargan (post yozish, kalendarga tadbir qo'shish va hokazo). Demak, ish uchun to'g'ri modelni tanlash nafaqat pulingizni tejaydi, balki samaradorlikni ham oshirar ekan. Qaysi vazifa uchun qanday model tanlash haqida esa kelgusida yana gaplashamiz. @ertagakech

Sunʼiy intellektdan xavfsiz foydalanish haqidagi uchrashuv videosini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin: havola @ertagakech

Bugun va erta shu konferensiyadaman. SI davrida ta’lim, kiberxavfvsizlik, tahdidlar va yechimlar haqida gaplashamiz. Kimga qi
Bugun va erta shu konferensiyadaman. SI davrida ta’lim, kiberxavfvsizlik, tahdidlar va yechimlar haqida gaplashamiz. Kimga qiziq boʻlsa, konferensiya dasturi va onlayn qatnashish uchun Zoom linkni izohda qoldiraman.

Men postlarni qanday yarataman? @ertagakech

SI uchun o'zbekcha gapirish bitta devorni qurishda 4 baravar ko'p g'isht ishlatishdek gap. Natijada o'zbekcha promptlar 15 ba
+5
SI uchun o'zbekcha gapirish bitta devorni qurishda 4 baravar ko'p g'isht ishlatishdek gap. Natijada o'zbekcha promptlar 15 baravar qimmatga tushadi. Tejamkorlik siri: ko'rsatmalarni (bepul tarjimonlar yordamida) inglizcha berib, yakuniy javobni o'zbekcha oling. Shunda xarajatni 70% gacha qisqartirasiz. Koʻproq foydali tavsiyalar uchun albatta kanalga obuna boʻling. @ertagakech

Agar suhbat boshidan biror mavzuni html qilish kerak boʻlsa: I want you to act as a visual research assistant and explain any
+1
Agar suhbat boshidan biror mavzuni html qilish kerak boʻlsa: I want you to act as a visual research assistant and explain any topic I provide in a visually rich, single-file HTML format using modern responsive design, colors, cards, tables, charts, timelines, diagrams, and infographics wherever appropriate; keep everything beginner-friendly, well-structured, practical, and easy to understand, with all CSS included in the same file and no unnecessary external libraries. Agar suhbat yakunida (yoki davomida) suhbatni html koʻrinishida tushuntirib berish talab qilinsa: Create a visually rich, single-file HTML summary of the concepts discussed in this conversation so far; use a modern responsive layout, colors, cards, tables, charts, diagrams, timelines, infographics, and simple CSS in the same file wherever suitable, making the explanation clear, beginner-friendly, and easy to understand without adding unrelated topics. p.s. ChatGPT va Geminida html toʻgʻri koʻrinishi uchun Canvas rejimini yoqing. @ertagakech

Agar bugun SI'dan toʻgʻri foydalanish haqida bitta narsa oʻrganaman desangiz, mana sizga maslahat: ChatGPT (Gemini, Claude) d
+6
Agar bugun SI'dan toʻgʻri foydalanish haqida bitta narsa oʻrganaman desangiz, mana sizga maslahat: ChatGPT (Gemini, Claude) dan foydalanishda javoblarni quruq matn koʻrinishida emas, chiroyli grafiklar bilan asosiy tushunchalarni ranglar bilan ajratib tushuntirishini xohlasangiz javobni html koʻrinishida qaytarishni soʻrang. Buning yana bir afzalligi, html faylni bemalol telegram/email orqali boshqalarga ham yuborishingiz va uni istalgan qurilmada brauzerda ochib koʻrishingiz mumkin. Hatto prezentasiyalarni ham html koʻrinishida qilib berishni soʻrashingiz mumkin. HTML koʻrinishida javob olish uchun tayyor promptni quyida qoldiraman. @ertagakech

پیام ویدیو01:00

پیام ویدیو01:00

Topingchi, men nima qilayapman va buni kechagina telegram eʼlon qilgan yangiliklarga nima aloqasi bor? @ertagakech
Topingchi, men nima qilayapman va buni kechagina telegram eʼlon qilgan yangiliklarga nima aloqasi bor? @ertagakech

SI shunaqangi tez rivojlanayaptiki, 2 hafta avval dasturlashni oz boʻlsada bilish talab qilingan vazifalarni endi bemalol oddiy chatni ichida ham qilish mumkin. @ertagakech

Prompt muhandisligining yangi davri. To'g'ri prompt yozish uchun qo'llanma. @ertagakech