Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
کانال بسته
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
444
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-6730 روز
آرشیو پست ها
Bir singlim bo'lsa shu ishlarni qilib qo'yardi darsdan chiqqunimcha
Yoki aksincha u ham menga ish ko'paytirib qo'yarmidi😁)
+1
Qorni ochchch ustozdan xayrli tun🥲
"Pro Türkçe 13" guruhim bilan 4-darsni o'tdik, keyingi darsda takrorlash qilib mavzularni mustahkamlab oladigan bo'ldik
Darsimga kirayotganimda och emas edim shunga kechki ovqatni yemay kiravergandim
Dars davomida gapiraverib och bo'lib qoldim, endi borib ovqatlanaman
Keyin idishlarni yuvaman, yuzimga uxodlarimni qilaman shu bilan yarim tun bo'ladi
Sizlarda nima gaplar, uxlamaganlar bormi)
Bitta gap aytaymi eng qizig'i shu bir oylik pulimga o'zimga bitta ko'ylak ham olmadim
Qo'limga 10 mln berilsa ham, 100 mln berilsa ham baribir menga nimadirlarga yetmay qoladiyov😅
Qanchalik pulim ko'paygani sari harajatlarim ham ularni ortidan qolishmayapti tavbaaa
Oldinlari o'ylardim 5 mln oylik olib ishlasam o'xxoooo uyda umuman ovqat qilib qiynalib o'tirmayman
Har kun ko'chadan ovqatlanam pulim bemalol yetadi deb, hozir esa uyda ovqat qilib yesam ham yetmay qolyapti😂
Sizlarda ham shundaymi pulingiz qancha bo'lsa shuncha ko'p ketadigan, yoki faqat mendami)
Oxirgi bir oyda eng ko'p nimaga pul sarfladingiz?
Yilni boshida 6 oylik olgandim tugab qoldi, endi yana 1 yillikmi qilib olishim kerak
Lekin hozir hamma pulimni kursga, unga, bunga ishlatib bo'lganman devona rejimdaman
Shundayam olib turaveray aa😂
Qizlar kim arzon va sifatli telegram premium olib berolsa lichkamga yozib yuboringlar
Qiynalib ketdim, premium stikerlarisiz, 1 oylik bo'lsa ham olib turay😅
@Otabekova_Hilola
Günoo qizlar✨
Ertalabdan hamma ishlarimni qilib bo'ldim, yuzimga uxodlarimni qilib xuddi rasmdagiday bo'lib o'tiribman
Endi o'quvchilarimni uyga vazifalarini tekshirib, dars uchun prezentatsiya yasayman
Undan oldin esa abetga nimadir qilishim kerak, nima qilishimni o'ylanyapman
Ko'p vaqt olmaydigan va mazali ovqat bo'lishi kerak, sho'rva qilsammikan deyapman, o'zi bilan o'zi qaynab turaveradi
Pishgandan keyin ichiga nimadir solib yuborarman, guruchmi yoki vermishelmi
Sizlar nima qilyapsizlar abetga, yozinglarchi hay)
Tünaydın qizlar🤍
Sizlar bu admikamiz qayerga yo'qolib qoldi deb xavotirlanib, meni o'ylab uxlolmay chiqmanglar yana deb yozyapman
Bugun telefondan detox qildim deyarli qaramadim, chunki oxirgi paytlarda ko'zim rosa charchagandi
Uyga opalarim va jiyanlarim ham kelgani uchun umuman zerikmadim ham, qaytanga ular bilan mazza qilib o'ynadim
Kunim juda ajoyib tarzda o'tdi, yangi hafta uchun energiyam 1000 bo'ldi, nimagadir bugun uncha charchatishmadi ham
Rasmdagi asalchani do'ppi va belbog'lariga nechchi, bir qoshiq suv bilan yutgulik yigit bo'lib qolgan aaa)
Günaydın dın dın dın
Har yangi kun — yangi bir ibtidoBugun men uchun muhim kun, chunki 10 kundan beri kutayotgan kursimda 1-darsimiz bo'ladi Ustozimni kanalidagi bir fikrni ko'rgandim, unda aytadilarki inson bir ishni boshlamasdan oldin chin dildan ishonib ixlos qilib boshlashi kerak Ko'nglida ikkilanishlar bo'lmasligi kerak, ba'zi o'quvchilarim kursga yozilmasdan oldin natijaga chiqolmasamchi, unday bo'lsachi, bunday bo'lsachi deb yozishadi Va o'sha o'quvchilar kursga yozilgandan keyin rostanam nimadir bo'ladi, kursni oxiriga yetkazolmaydi yoki darslarga qatnasholmaydi Bu bilan nima demoqchilar inson avvalo o'ziga, shu ishni eplay olishiga ishonishi kerak, o'ziga ishonmayaptimi bo'ldi u narsani qilolmaydi Zotan Alloh taolo aytgan "Men bandamning gumonidaman" deb ya'ni siz qanday gumonda bo'lsangiz shu narsa haqiqatga aylanadi Shuning uchun nimadir qilishdan oldin shu narsani qilolishingizga chin dildan ishoning va ixlos bilan boshlang! Sizda aynan qaysi mavzuda shunaqa ikkilanishlar ko'p bo'ladi)
Hammamizni ham ayblarimiz, xatolarimiz bor to'g'ri hech birimiz farishta emasmiz
Inson adashib o'zi bilmagan holatda xato qilib qo'yishi mumkin, lekin aynan o'sha xatoni qayta-qayta takrorlayaptimi u endi bilmay qolganidan emas, o'zi bilib xohlab qilayotganidan bo'ladi
Sizda shunday vaziyat bo'lganmi, shunaqa holatda nima qilgansiz)
O'zi maktab vaqtlarimdan beri shu o'zimga juda yaqin deb o'ylagan "dugona" larim har doim men kutmagan ishlarni qilishdi
Men ularni shunchalik yaxshi ko'rarkanman, ular meni ko'zimga tik qarab yolg'on gapirishdi
Lekin Alloh taolo har doim menga yolg'on gapirganlarni, ortimdan ish qilayotgan insonlarni asl yuzi ko'rsatdi
Allohga shukr ishonadigan,suyanadigan 2 3 ta bo'lsa ham dugonam bor, ular bilan bu holat takrorlanmasligi umid qilaman va shunga ishonishni xohlayman
Ertalabdan kunim rasvo boshlandi hozir ham asabiy holatdaman,bir tarafdan boshim ham og'riyapti
Men insonlarni hayotiga maksimalni qiziqmaslikka harakat qilaman,lekin shu kimni nima qilayotganini yoki bir yomon jihatlarini menga kelib aytishaveradida
Aslida men odamlarni gapiga unaqa e'tibor qilmayman, chunki baribir o'zidan nimadirlarni qo'shib bo'rttirib aytayotganiga 100% ishonaman
Va bu hayotda u darajada yomon insonlar borligiga ham ishonmayman, xullas eng yaqin insonlarim haqidagi yomon gaplarni eshitib boshim yorilib ketay deyapti
Birinchi e'tibor qilmadim yo'g'e men bilaman u indonni qandayligini hayotda bunaqa ish qilmaydi dedim, lekin keyin o'ylab ko'rib sodir bo'lgan voqealar bir-bir ko'z oldimda jonlandi
Va mayda-mayda puzlle donachalari kabi yig'ilib bir butunlik hosil bo'ldi, shundagina u insonni rost gapirayotganiga ishondim
Lekin ishonishni xohlamayaman, men shunchalik yaxshi beg'ubor deb o'ylagan yaqinlarim qanday shu darajaga borishgani miyammga sig'mayapti, qabul qilolmayapman...
+1
O'quvchilarim menga rahmat aytib yozishadi, men ham menga bilim o'rgatgan ustozlarimga rahmat aytib turaman
Biror ilimni o'rganayotganizda u ilm sizga yuqishi uchun ustoz roziligi juda muhim narsa, qachonki ustoz sjzdan rozi bo'lsa shundagi u ilmni to'liq egallay olasiz
Hozir men o'quvchilarimga motivatsiya va ishonch beraman to'xtab qolmaslikka chaqiraman, bir paytlar esa ustozim menga motivatsiya berib, davom etishimga turtki bo'lgan🤍
Buu premiumli stiker ishlatgan oxirgi postim bo'ldi, hozir qarasam premium tugab qolibdi
Kimdir oberishni xohlasa bemalol, uyalib, tortinib, qimtinib o'tirmanglar😅
Adminkamiz nimaga bugun kamnamo desangiz, kunim mehmon kutish bilan o'tdi
Bizni uyimizga qachon mehmon kelishi aniqmas, dadam xohlagan payti ishxonasidagilar bilan kelib qolishi mumkin
Bugunam ishlarimni 10 largacha bitirib endi mazza qilib dam olaman deb tursam dadam telefon qilib qoldi yonimda odam bilan boryapman osh qilinglar deb
Shuncha umidlarim chippakka chiqdi va ular ketgandan keyin xuddi videodagiday bo'lmasayam, sal shunga yaqinroq kayfiyatda idish yuvdim😁
Oxirgi paytlar umaman ishlarim tugamayaptiyee tavba, qayerdan qaynab chiqyapti bilmayman
Sizlarni uyingizda ham shunaqa ish tugamaydimi?
Haa daa yaramni yangilamang - 😭
Men ish qilmayman - 😁
Mening yuragimda boshlanadi tong, Sening ko‘zlaringda boshlanar shafaq🤩
+1
Tünaydın qizlar🌟
Bugun shu asalcha jiyanimni tug'ilgan kuni edi, uydagi hamma ketdi lekin men borolmadim
Juda borgim keldi lekin, bugun 1 emas 2 guruhimga darsim borligi uchun qolishga majbur bo'ldim
Zato o'quvchilarim bugun shuncha yangi narsalar o'rganishdi, qanaqa ma'sulyatli, o'quvchilarini o'ylaydigan ustozmanaa
Tuf-tuf-tuf ko'z tegmasin😃
Shunaqa vaziyatda siz nima qilgan bo'lardingiz?
Tug'ilgan kunga surivorardim - 😁
Jimgina uyda o'tirib darsimni o'tardim - ❤️
Iyi günler qizlar🎀
Ertalabdan abetgacha onam bilan bozor aylandik, ayol-qizlarni bitta narsani tanlab olishi yomon qiyin jaroyon aa
Rangi yoqsa modasi yoqmaydi, modasi yoqsa rangi yoqmaydi, ikkalasi ham yoqsa razmer bo'lmaydi🙂
Bozordan chiqib mashinaga minib uyga qaytayotsak bitta menda kattaroq mahallani qizi Hilola to'ying bo'lyapti ekan-aa deydi
Yo'g'ee kim aytdi desam, bilmasam shunaqa deb eshitdim da deb qo'yadi
Keyin menam kimga turmushga chiqayotgan ekanman, qachonga belgilanibdi to'yim dedim)
O'zimni hayotimda bo'layotgan yangiliklarni, mahalladagilardan eshityapman tavba
Eng qizig'i bu gaplardan o'zimni xabarimam yo'q, ular qayerdan topishyaptikan aaa)
Idish deganimga yoshligim esimga tushib ketdi
Yoshligimizda opalarim bilan janjallashardik bugun sen yuvasan menmas, seni navbating deb
O'sha payti dadam mayli qizlarim janjallashmanglar bugun meni navbatim, men yuvaman deb hazillashardi😂
O'sha paytlar ham o'tib ketdi, hozir bugun sizni navbatiz men yuvmiman deb shantajchilik qiladigan odamiman yo'q😂
