fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

DeepS​ales | AI Sales Intelligence

DeepS​ales | AI Sales Intelligence

رفتن به کانال در Telegram

​🚀 Savdo bo’limini AI orqali analiz qilib, o‘sish nuqtalarini aniqlab beramiz. ​📊 Eng kuchli sotuvchilaringiz tajribasini standartlashtiramiz. ​📞Bog'lanish: +998 (50) 085-58-76 💬 Telegram: @deepsales_admin 🌐 Web: deepsales.uz

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
457
مشترکین
-124 ساعت
-107 روز
+3130 روز
آرشیو پست ها
Mijozning “Ertaga to'lov qilaman” degan gapi va kokainning miyaga ta’siri bir xil — ikkalasida ham sotuvchida kuchli dofamin ajraladi. Sotuvchilar shirin va'dalarga, mijozlar esa “o'ylab ko'raman” deb vaqt cho'zishga “narkoman”. Tajribali tadbirkorlar bejizga “Pul to'lamaguncha xursand bo'lma” demaydi. Oy oxirida reja bajarilmay qolishiga o‘zingiz ham guvohdirsiz. Sotuvchini bu "dofamin qopqoni" va qogʻozbozlikdan faqat AI qutqaradi. Inson qulog'i o'zi eshitishni xohlagan va'dani eshitadi. Sun'iy intellekt esa hissiyotga berilmaydi: - suhbatni xolis tahlil qiladi; - mijoz kartochkasini toʻldiradi; - vazifani qoʻyadi va anketani yuritadi. Sotuvchi esa faqat sotish bilan shug‘ullanadi. Jarayonni DeepSalesga topshiring: mavjud tizimingizga alohida AI-analitika modulini ulang yoki to‘liq DeepSales CRM orqali sotuvni nazoratga oling. Sotuvdagi “kokain”dan uzoq yuring. @deepsales_uz

CRM’ingizda nechta mijozga keyingi qo’ng’iroq vazifasi qo’yilmagan? Ko’p kompaniyalarda CRM bor, lekin ikkita xato tufayli u ishlamaydi: voronkaga bosqich bo’lmagan ustunlar qo’shiladi va mijozlarga keyingi aloqa vazifasi qo’yilmaydi. Natijada mijozlar unutiladi, rahbar esa sotuvni ko’rmaydi. Bu ikki xatoni qanday aniqlash va to’g’irlashni 2 daqiqalik videoda ko’ring. @deepsales_uz

CRM qachon va qanday paydo bo'lganini bilasizmi? 1956-yilda sotuvchining eng qimmat boyligi stol ustidagi kartochkalar qutisi edi. Bugun esa sun'iy intellekt sotuvchining qo'ng'iroqlarini eshitadi va tahlil qiladi. Har bir davr qaysi muammoni hal qilgan va CRM aslida qaysi bizneslarga kerak? Javobni 2 daqiqalik videoda ko'ring. @deepsales_uz

Plan va fakt nazorati uchun eng 'Google sheets' va 'Excel'dan voz kechsangiz bo'ladi. DeepSales CRM ichida alohida punkt bor, maqsadlar nomli. U yerda siz kunlik voronka bo'yicha raqamlarni ko'rishingiz mumkin. Xohlasangiz xodimlar kesimida xohlasangiz kunlar kesimida. Ya'ni jarayonda qiziq chiroq yonsa birdan sizga ko'rinadi. To'liqroq videoda ko'rishingiz mumkin. @deepsales_uz

Scorecard_sotuv.xlsx0.24 KB

300 ta sotuv — oy oxiridagi maqsad. Lekin unga oy oxirida erishilmaydi. Masalan, oyiga 300 ta sotuv qilish uchun 900 ta mijoz bilan gaplashish kerak bo‘lsa, 30 ish kunida jamoa har kuni 30 ta mijoz bilan gaplashishi va 10 ta sotuv qilishi kerak. Shu tarzda oylik maqsad kunlik maqsadlarga bo‘linadi va har kuni Plan → Fact nazorat qilinadi. Bu yondashuv Sales Scorecard deb ataladi. Eng muhimi — oy oxirida reja bajarilgan-bajarilmaganini tekshirish emas, har kuni rejadan ortda qolmaslikni ta’minlash. Keyingi postda sizga sotuv bo‘limi uchun Sales Scorecard shablonini tashlab beramiz. @deepsales_uz

Ko‘proq odam — ko‘proq natija degani emas. 2023-yilda e’lon qilingan katta meta-tahlilda 208 ta tadqiqot va 21 435 ta jamoa tahlil qilingan. Natija qiziq: Jamoa hajmi va jamoa natijasi o‘rtasidagi o‘rtacha bog‘liqlik — deyarli 0. Ya’ni jamoaga odam qo‘shishning o‘zi uni samaraliroq qilmaydi. Chunki odam ko‘paygani sari resurs ham ko‘payadi. Lekin bir vaqtning o‘zida: — koordinatsiya ko‘payadi; — nazorat murakkablashadi; — kommunikatsiya ko‘payadi; — individual javobgarlik susayishi mumkin. Shuning uchun ba’zi kompaniyalarda muammo “odam yetishmayapti” emas. Muammo — mavjud odamlarning imkoniyatidan to‘liq foydalanilmayapti. Endi shu fikrni sotuv bo‘limiga qo‘llab ko‘ring. 10 ta sotuvchi ishlayapti. Lekin siz ularning har biri qayerda mijoz yo‘qotayotganini bilasizmi? Balki keyingi yechim yana bitta sotuvchi olish emasdir. @deepsales_uz

Mijoz mahsulotni emas, o‘z muammosiga yechimni sotib oladi. Ko‘p sotuvchilar mahsulotning xususiyatlarini tushuntirishga e’tibor beradi: — Bizda 10 ta funksiya bor. — Narximiz qulay. — Sifatimiz yuqori. — Biz bozorda 5 yildan beri ishlaymiz. Lekin mijozning asosiy savoli boshqa: “Bu menga qanday yordam beradi?” Shuning uchun kuchli sotuvchi mahsulot haqida gapirishdan oldin mijozning muammosini tushunadi. Mijoz nimadan qiynalyapti? Nimani yo‘qotyapti? Qanday natijaga erishmoqchi? Muammo to‘g‘ri aniqlansa, mahsulotni sotish ancha osonlashadi. Chunki mijoz mahsulot uchun emas, o‘z muammosining yechimi uchun pul to‘laydi. @deepsales_uz

DeepSales — endi AI-native CRM DeepSales endi shunchaki call analysis platform emas. U AI-native CRMga aylandi. Endi CRM: — A
+3
DeepSales — endi AI-native CRM DeepSales endi shunchaki call analysis platform emas. U AI-native CRMga aylandi. Endi CRM: — AI orqali boshqariladi — Sotuvchilar suhbatlarini o‘zi tahlil qiladi — Qo‘ng‘iroq asosida mijoz kartochkasini to‘ldiradi va vazifalar qo‘yadi — Har bir mijoz bo‘yicha AI’dan keyingi qadam va sotuv strategiyasini olish imkonini beradi CRM endi ma’lumot saqlamaydi — sotuv jarayonini boshqarishda yordam beradi. @deepsales_uz

Bir xil soha. Bir xil mahsulot. Ammo sotuv sifati — 89 ball va 40 ball. Qizig‘i, 89 ball olgan kompaniya bozorda ancha muvaffaqiyatli. 40 ball olgan kompaniya esa hali bu darajadagi natijalarni ko‘rsata olmayapti. Ba’zan farq mahsulotda yoki bozorda emas, sotuv bo‘limining qanday ishlayotganida bo‘ladi. Sizning sotuv bo’limingizni tahlil qilsak qanday natija chiqadi deb o’ylaysiz?

Mijoz sizdan sotib olishga tayyor edi, lekin raqobatchidan xarid qildi... Tanish holatmi? Sababi oddiy: sotuvchi telefon qildi, gaplashdi, lekin mijozni CRM’ga kiritishni va qayta aloqaga chiqishni unutdi. Chunki sotuvchilar sotishni yaxshi ko'radi, kartochka to'ldirishni emas. DeepSales AI aynan shu muammoni hal qiladi. Sun'iy intellekt har bir qo'ng'iroqdan so'ng o'zi CRM'ni to'ldiradi, kerakli ma'lumotlarni kiritadi va sotuvchiga vazifa qo'yadi. Endi hech bir mijoz unutilmaydi. Sotuvchi faqat sotadi, qolgan ishni sun'iy intellekt bajaradi! 👉 Savdo bo'limingiz uchun DeepSales AI'ni sinab ko'rish uchun quyidagi havolaga o'ting: deepsales.uz

Virtus International School asoschisi Shahboz Niyazov 1 oy ichida sotuv bo'limida qanday qilib katta o'sishga erishgani haqida aytib berdi. Sirlardan biri — DeepSales. Tizim orqali menejerlarning har bir muloqoti tahlil qilinadi va xatolar ustida ishlanadi. E'tiborlisi, natija kutish uchun oylab vaqt ketmaydi — 2 haftaning o'zi yetarli! 🚀 Sizning sotuv jamoangiz qanday ishlayapti? O'sish vaqti kelmadimi? 😉 Batafsil ma'lumot uchun: deepsales_admin.

EMU University sotuv bo'limi rahbari Umar DeepSales orqali xodimlarning barcha qo'ng'iroqlarini eshitish va tahlil qilishga vaqt yetishmasligi muammosini qanday tez va samarali hal qilgani bilan bo'lishdi. 📉 Oldin: ❌ Bitta xodimning qo'ng'iroqlarini eshitib, xatosini topish uchun 1-2 soat, butun jamoani tahlil qilish uchun esa 3-4 kun sarflanardi. Bunga jismonan ulgurishning imkoni yo'q edi. 📈 DeepSales bilan: ✅ Barcha suhbatlar sun'iy intellekt yordamida avtomatik tahlil qilinadi. ✅ Xodim skriptga va e'tirozlar bilan ishlash texnikasiga qanchalik amal qilayotgani ochiq-oydin ko'rsatib beriladi. ✅ Xato darhol aniqlanadi 👉 tezkor trening o'tiladi 👉 xodim yana mijozlar bilan ishlashda davom etadi. ⏳ Vaqtingizni tejang va sotuv bo'limingizni avtomatlashtiring! 📞 DeepSales haqida batafsil bilish uchun: deepsales.uz

🚀 Biz "Taqdimot" loyihasidamiz! Yaqinda ZO'R TV dagi "Taqdimot O'zbekiston" ko'rsatuvida o'zimizning deepsales.uz startapimiz bilan qatnashdik! 🎯 Investorlar qarshisida loyihamizni himoya qilib, ulkan tajriba va yaxshi natijalarga ega bo'ldik. Ushbu katta qadam bilan bizni bemalol tabriklasangiz bo'ladi! 🎉

Zo'r sotuvchilar ham nega vaqt o'tib "dangasa" bo'lib qoladi? Oldin menejer 2 soat gaplashsa, "yaxshi ishladi" derdik. Aslida
Zo'r sotuvchilar ham nega vaqt o'tib "dangasa" bo'lib qoladi? Oldin menejer 2 soat gaplashsa, "yaxshi ishladi" derdik. Aslida kuchli xodim bemalol 4-5 soat tinmay, samarali sota oladi. Bo'limingizdagi 2 ta sotuvchi kuniga atigi 2 soatdan telefon tutib o'tirsa, ular shunchaki 1 kishining ishini bo'lishib qilyapti.
Bu holatni psixologiyada "burga effekti" deyishadi.
Shisha idishdagi burgalar qopqoq olingandan keyin ham yuqoriga sakray olmaydi. Ularning ongida shu chegara qotib qoladi. Sotuvchilarda ham shunday: yonidagi hamkasblarining natijasiga qaraydi-da, "bo'ladi, hamma shunday-ku" deb o'z qobig'iga kirib ketaveradi. Imkoniyati bo'lsa ham ko'proq sotishga intilmay qo'yadi. Bu sun'iy chegarani sindirishning yagona usuli — jamoaga haqiqiy holatni ochiq ko'rsatish. Kim aslida qancha gaplashayotgani va real imkoniyatini hammaga raqamlarda ko'rsatib qo'yish kerak. Shundagina ular tepada "qopqoq" yo'qligini tushunib, raqobatga kirishadi.

Milliard dollarlik Zappos kompaniyasining siri nimada? Ular shunchaki mahsulot sotmaydi, mijozga chin dildan xizmat qiladi. Afsuski, ko'p sotuvchilar mijozni eshitish o'rniga, yodlangan gaplarini qaytarish bilan band bo'lishadi. Haqiqiy savdo esa avval insonni tinglashdan va uning ehtiyojiga yechim berishdan boshlanadi. Xo'sh, sizning jamoangiz mijozni eshitadimi yoki shunchaki gapiradimi? Izohlarda yozib qoldiring.

🐸 Sotuv bo‘limini sekin-asta «o‘ldiradigan» o‘sha odat......
Qurbaqani qaynoq suvga tashlasangiz — darhol sakrab chiqadi. Lekin sovuq suvga solib, o‘tni sekin yoqsangiz... haroratni sezmay halok bo‘ladi.
Sotuvda ham inqiroz bir kunda sodir bo‘lmaydi. U sekin va bilinmay kirib keladi: 📉 Qo‘ng‘iroq vaqti 5–10 daqiqaga kamayadi; 🐢 Lidga qayta qo‘ng‘iroq qilish sekinlashadi; ⚠️ E’tirozlarga yuzaki javob berila boshlaydi. Oqibatda «hozir sezon emas» yoki «mijozlar o‘zi qiziqmayapti» degan bahonalar yangi normaga aylanadi. 💡 Buni to‘xtatish uchun bugunoq 3 ta narsani tekshiring: 1️⃣ Birinchi aloqa tezligi: Lid tushgach, menejer 5 daqiqada bog‘lanyaptimi yoki 2 soatdami? 2️⃣ Muloqot nazorati: E’tiroz kelganda savol berib vaziyat boshqarilyaptimi yoki «o‘ylab ko‘ring» deb go‘shak qo‘yilyaptimi? 3️⃣ Raqamlar dinamikasi: Ko‘rsatkichlar o‘tgan oyga nisbatan qaysi tomonga ketyapti? Standardlarning sekin pasayishiga yo‘l qo‘ymang. Kichik e’tiborsizlik — katta yo‘qotishlarning boshlanishi. 💬 Sizning jamoangizda ham ba’zan «sezon emas» degan bahona uchrab turadimi? Izohlarda bo‘lishing!

Sizningcha, sizning sotuv bo'limingizda sotuvni o'ldirayotgan eng asosiy e'tiroz qaysi. Aniq bilasizmi yoki tahmin qilasizmi?

🗣 Mijoz e'tiroziga qarshi "Sirli 3 so'z" Ko'p sotuvchilar mijoz e'tiroz bildirishi bilan darhol javob berishga shoshiladi: c
🗣 Mijoz e'tiroziga qarshi "Sirli 3 so'z" Ko'p sotuvchilar mijoz e'tiroz bildirishi bilan darhol javob berishga shoshiladi: chegirma taklif qiladi, mahsulotini oqlaydi yoki yangi argument keltiradi. Ammo aynan shu joyda ko'pchilik eng katta xatoga yo'l qo'yadi. Eng kuchli muzokarachilar esa "Ko'zgu effekti (Mirroring)" usulidan foydalanadi. 📌 Qanday? Mijoz aytgan gapning oxirgi 2–3 ta so'zini savol ohangida qaytaring va jim turing. Misol: 👤 Mijoz: "Rahmat, hozir xarid qilolmaymiz. Xarajatlarimiz ko'payib ketdi." ❌ Oddiy javob: "Lekin bizda bo'lib to'lash imkoniyati ham bor..." ✅ Professional javob: "Xarajatlaringiz ko'payib ketdi?..." So'ng esa jim turing. Aynan shu jimlik mijozni gapni davom ettirishga undaydi. Natijada u shunchaki "yo'q" demaydi, balki qarorining asl sababini aytib beradi. 🎯 Sotuvdagi eng kuchli qurol — ko'p gapirish emas, to'g'ri savol berish. Asl sababni bilganingizdan keyingina to'g'ri yechimni taklif qila olasiz.