fa
Feedback
Nodex kiberxavfsizlik klubi

Nodex kiberxavfsizlik klubi

رفتن به کانال در Telegram

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi 💭Bog'lanish uchun: @nodexccbot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
194
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-67 روز
-930 روز
آرشیو پست ها
💻Kiberxavfsizlik sohasida o'z ishingizni topishingiz va qay darajada bilimingiz borligini isbotlovchi narsa bu — SERTIFIKATL
💻Kiberxavfsizlik sohasida o'z ishingizni topishingiz va qay darajada bilimingiz borligini isbotlovchi narsa bu — SERTIFIKATLAR! 💻Bugungi kunda OffSec, HackTheBox, TryHackMe, PortSwigger, Altered Security, Zero Point Security, INE Security, TheSecOps Group, EC-Council, TCM Security va CompTIA kabi kompaniyalar o‘z o'quv kurslari va sertifikatlarini taqdim etib kelmoqda. Bularga misol qilib quyidagi sertifikatlarni keltirishimiz mumkin:
OSCP – OffSec CPTS – HackTheBox CDSA – HackTheBox CNPen / CAPen – TheSecOps Group eJPT – INE Security CRTP - Altered Security PT1 – TryHackMe BSCP – PortSwigger BT1 – Security Blue Team
🛡Boshlovchilar uchun esa BSCP (PortSwigger), eJPT (INE Security), PNPT (TCM Security) va BT1 (Security Blue Team) kabi hamyonbop va amaliy sertifikatlar yaxshi tanlov bo‘ladi. 🔗Yana ko‘proq va o'z yo'nalishingizga mos bo'lgan sertifikatlarni bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://pauljerimy.com/security-certification-roadmap/ 📲@nodexcc - xalqaro sertifikatlarga biz bilan tayyorlaning!

🌷HURMATLI USTOZLAR VA AZIZ O'QUVCHILAR! Nodex kiberxavfsizlik klubi jamoasi sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bila
🌷HURMATLI USTOZLAR VA AZIZ O'QUVCHILAR!
Nodex kiberxavfsizlik klubi jamoasi sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi. Sizlarga mustahkam sog‘liq, ko‘ngil xotirjamligi va o‘qish hamda ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimo hurmat va e’tibor og‘ushida bo‘lib yuring! 💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
😎@nodexcc — bizni kuzatishda davom eting

🚀 CYBERHACK CONFERENCE 2026! 📱Ushbu konferensiya kiberxavfsizlikka qiziquvchi yuzlab yoshlarni bir joyga jamladi. Tadbir da
+6
🚀 CYBERHACK CONFERENCE 2026! 📱Ushbu konferensiya kiberxavfsizlikka qiziquvchi yuzlab yoshlarni bir joyga jamladi. Tadbir davomida turli ekspertlar tomonidan qiziqarli ma’ruzalar, amaliy workshoplar hamda O‘zbekistondagi eng yirik oflayn CTF lardan biri – "CyberHack CTF 2026" musobaqasi tashkil etildi. 🔒"Nodex" jamoasi ham ushbu tadbirda faol ishtirok etdi. Shuningdek, Web Security, Mobile Security va Blue Team yo‘nalishlarida o‘tkazilgan master-klasslarda qatnashib, yangi bilim va tajribalar orttirishdi. Musobaqada esa jamoamiz sardori 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bunday tadbirlar yosh kiberxavfsizlik ixlosmandlari uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi va xalqaro musobaqalarga tayyorlanishda muhim ahamiyatga ega. 📱@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!

🖥 MAKTABIMIZDA ILK BOR O‘TKAZILGAN CTF MUSOBAQASI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilg
+6
🖥 MAKTABIMIZDA ILK BOR O‘TKAZILGAN CTF MUSOBAQASI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tarixiy voqea yuz berdi — ilk bor kiberxavfsizlik bo‘yicha “Al-Khwarizmi CyberCup 1.0” CTF musobaqasi o‘tkazildi. “Nodex” kiberxavfsizlik klubi tomonidan tashkil etilgan ushbu bellashuvda o‘quvchilarimiz axborot texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi va kriptografiya yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini amalda namoyish etdilar. Maktabimiz faollar zali haqiqiy intellektual jang maydoniga aylandi! 🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra: Eng yuqori ball to‘plagan TOP-3 ishtirokchi maktabimizning kiberxavfsizlik bo‘yicha terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi. Endilikda ularni soha mutaxassislari tomonidan o‘tiladigan professional mahorat darslari va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari kutmoqda. Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Maktabimizda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va yosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi ilk muhim qadam tashlandi. 💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!

🌐 FIRST mintaqaviy simpoziumi — Markaziy Osiyo uchun tarixiy voqea 2026-yil 26–27-fevral kunlari Toshkent shahridagi Inha Un
+6
🌐 FIRST mintaqaviy simpoziumi — Markaziy Osiyo uchun tarixiy voqea 2026-yil 26–27-fevral kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida “First Regional Symposium for Central Asia – 2026” xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Kiberxavfsizlik markazi ko‘magida hamda FIRST doirasida tashkil etilib, mintaqa uchun ilk yirik anjuman sifatida e’tirof etildi. ✔️ Ikki kun davomida xalqaro ekspertlar threat hunting va threat modeling metodologiyalari, ethical hacking va malware tahlili, milliy erta ogohlantirish tizimlari, bug bounty platformalari, kiberbardoshlilik hamda incident response jarayonlari bo‘yicha dolzarb ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Tadbirning 2-kuni Bobur Abdullaev (Inha University in Tashkent rektori), Chris Gibson (FIRST ijrochi direktori) va Olimjon Mirzaev (Kiberxavfsizlik markazi direktori) ning nutqlari bilan boshlandi. 🎓 Maktabimizning Nodex kiberxavfsizlik klubi a’zolari hamda bir guruh faol o‘quvchilarimiz ushbu nufuzli xalqaro tadbirda faol qatnashib, dunyoning yetakchi mutaxassislaridan qimmatli bilim va amaliy tajriba orttirdilar. 💬 @nodexcc — bizni kuzatishda davom eting

Assalomu alaykum barchaga! “Al-Khwarizmi CyberWinter Cup 1.0” musobaqasi boshlanmoqda, qo'shilish uchun ushbu linkdan foydalaning: https://platform.hacknow.uz/contest/ctf/al-khwarizmi-cyberwinter-cup-10

🖥MAKTAB MIQYOSIDAGI ILK CTF MUSOBAQASI! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ilk bor kiberxavfsizlik y
🖥MAKTAB MIQYOSIDAGI ILK CTF MUSOBAQASI! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ilk bor kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha “Al-Khwarizmi CyberWinter Cup 1.0” CTF (Capture The Flag) musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Mazkur bellashuv “Nodex” kiberxavfsizlik klubi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, o‘quvchilarning axborot texnologiyalari va xavfsizlik tizimlari bo‘yicha bilimlarini amalda sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi. 🏆Musobaqa g‘oliblarini quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:
- Maktab terma jamoasi: Eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-3 ishtirokchi maktabning kiberxavfsizlik bo‘yicha terma jamoasiga a’zo bo‘ladi; - Professional tayyorgarlik: Saralangan o‘quvchilar uchun soha mutaxassislari tomonidan maxsus mahorat darslari va treninglar tashkil etiladi; - Sertifikatlar: G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom hamda sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
📆 Sana: 25-fevral Vaqt: 14:00 📍 Manzil: Faollar zali Kiberxavfsizlik sohasida o‘z salohiyatingizni namoyon etish imkoniyatini boy bermang, , hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! link: link

🌙 Ramazon oyi muborak! Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Sizni va yaqinlaringizni mehr-oqibat, sabr va baraka oyi — muborak R
🌙 Ramazon oyi muborak!
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Sizni va yaqinlaringizni mehr-oqibat, sabr va baraka oyi — muborak Ramazon bilan samimiy tabriklaymiz. Tutgan ro‘zangiz, qilgan duo va ezgu amallaringiz ijobat bo‘lsin. Xonadoningizga tinchlik va fayz tilaymiz. Ramazon qalblarga poklik, hayotimizga esa baraka olib kelsin. Hurmat bilan, NodeX jamoasi
💬 @nodexcc — Ramazon oyida ham biz bilan birga kiberxavfsizlik olamida yangi bilimlar va imkoniyatlarni kashf eting

🇺🇿O'zbekiston fuqarolarining ma'lumotlari tarqalishi Kecha ijtimoiy tarmoqlar hamda yopiq internet maydonlarida O‘zbekiston
+2
🇺🇿O'zbekiston fuqarolarining ma'lumotlari tarqalishi Kecha ijtimoiy tarmoqlar hamda yopiq internet maydonlarida O‘zbekistonning ayrim davlat axborot tizimlariga oid taxminan 15 million nafar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.
🔎 Mazkur holat yuzasidan hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish va tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Rasmiy manbalarga ko‘ra, holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi. Ba’zi manbalarda ushbu ma’lumotlar sizib chiqishi “ByteToBreach” taxallusidan foydalanuvchi xorijiy shaxs bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Ushbu shaxs Gretsiya bilan aloqador bo‘lishi ehtimoli bor, biroq hozircha bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.
📱 Nodex jamoasi barchani ehtiyot choralarini kuchaytirishga, parollarni zudlik bilan yangilashga va faqat rasmiy axborot manbalariga tayanishga chaqiradi.

"MAC vs IP: Boshlang'ich tushunchalar" MAC Address: - To‘liq nomi: Media Access Control Address - Vazifasi: Lokal tarmoqda (L
"MAC vs IP: Boshlang'ich tushunchalar"
MAC Address:
- To‘liq nomi: Media Access Control Address - Vazifasi: Lokal tarmoqda (LAN) qurilmalarni aniqlash - Darajasi: OSI modelining 2-qavati (Data Link Layer) - Yagonaligi: Global miqyosda noyob, ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladi - Formati: 12 ta o‘n oltilik (hexadecimal) belgi (masalan: 00:1A:2B:3C:4D:5E) - Qamrovi: Faqat lokal tarmoqda ishlaydi, odatda o‘zgarmaydi - Misol: Switch’lar MAC manzil orqali lokal tarmoq ichida freymlarni uzatadi
IP Address:
- To‘liq nomi: Internet Protocol Address - Vazifasi: Internet yoki keng tarmoqlarda (WAN) qurilmalarni aniqlash - Darajasi: OSI modelining 3-qavati (Network Layer) - Yagonaligi: Tarmoq ichida noyob, lekin o‘zgarishi mumkin (masalan, dynamic IP) - Formati: IPv4: 32-bit, 4 ta raqamdan iborat (masalan: 192.168.0.1) IPv6: 128-bit, o‘n oltilik ko‘rinishda (masalan: 2001:0db8:85a3::8a2e:0370:7334) - Qamrovi: Ma’lumotlarni turli tarmoqlar orasida global miqyosda yo‘naltirish uchun ishlatiladi - Misol: Router’lar paketlarni IP manzil orqali tarmoqlar orasida uzatadi
❤️Xulosa: MAC address — qurilmaning doimiy guvohnomasi, IP address esa uning tarmoqdagi vaqtinchalik manzilidir. 💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!

#hamkorlik #nodex #hacknow 📱 Nodex × ⚔️Hacknow.uz — Hamkorlik yo‘lga qo‘yildi! Endilikda jamoamiz a’zolari Hacknow platforma
#hamkorlik #nodex #hacknow 📱 Nodex × ⚔️Hacknow.uz — Hamkorlik yo‘lga qo‘yildi! Endilikda jamoamiz a’zolari Hacknow platformasida kiberxavfsizlik va CP bo‘yicha amaliy tajriba orttirishlari, o‘zbek tilidagi o‘quv kurslarini o‘rganishlari mumkin. Shuningdek, CTF musobaqalari ham ushbu platformada o‘tkaziladi. 🚀O‘rgan, sinab ko‘r va rivojlan — Nodex va Hacknow sen bilan!

🚧 Firewall nega kerak? Firewall — bu tarmog‘ingizni kiberxavflardan himoya qiluvchi birinchi himoya chizig‘i. U kiruvchi va
🚧 Firewall nega kerak?
Firewall — bu tarmog‘ingizni kiberxavflardan himoya qiluvchi birinchi himoya chizig‘i. U kiruvchi va chiquvchi tarmoq trafikni nazorat qiladi, zararli urinishlarni bloklaydi va ma’lumotlar o‘g‘irlanishining oldini oladi. 🔑Afzalliklari:
- Hackerlar va malware’dan himoya - Maxfiy ma’lumotlarni xavfsiz saqlash - Tarmoq trafik ustidan nazorat - Keraksiz trafikni filtrlab, samaradorlikni oshirish
💻 Firewall turlari:
- Hardware Firewall — kuchli himoya uchun alohida qurilma - Software Firewall — qurilmaga o‘rnatiladi, moslashuvchan - Cloud Firewall — bulut asosidagi, kengaytiriladigan himoya
💬@nodexcc — Kiberxavfsizlik yo‘lida birinchi qadam

Phishing nima? 🪝Phishing — bu kiberhujum turi bo‘lib, unda hujumchilar foydalanuvchilarni aldab, maxfiy ma’lumotlarini (paro
Phishing nima?
🪝Phishing — bu kiberhujum turi bo‘lib, unda hujumchilar foydalanuvchilarni aldab, maxfiy ma’lumotlarini (parollar, bank karta raqamlari yoki shaxsiy ma’lumotlar) qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Ular ko‘pincha o‘zlarini ishonchli manba sifatida ko‘rsatadi va quyidagi yo‘llardan foydalanadi: 📧Email xabarlar 🌐Soxta veb-saytlar 📱SMS yoki messenjer xabarlari ↔️Phishing’ning keng tarqalgan belgilari: - Shoshilinch ogohlantirishlar (masalan: “Hisobingiz bloklanadi!”) - Shubhali havolalar yoki fayl biriktirmalari - Imlo xatolari va sifatsiz yozilgan matnlar ↘️O‘zingizni himoyalang: Havolalarni tekshiring, noma’lum fayllarni ochmang va manbani tasdiqlamasdan turib hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang 💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!

🇺🇿14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun! Yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlayo
🇺🇿14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun! Yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlayotgan barcha himoyachilarga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va sharafli xizmat tilaymiz. Bugungi kunda xavfsizlik nafaqat jismoniy, balki raqamli makonda ham muhim ahamiyatga ega. Shu yo‘lda bilimli va mas’uliyatli bo‘lish har birimizning burchimizdir. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, NodeX jamoasi 💬@nodexccRaqamli dunyoda xavfsizlikni birgalikda mustahkamlaymiz

💻Nodex’da kiberxavfsizlik bo‘yicha qiziqarli yangiliklar oldinda! 💙Agar kanalimiz sizga foydali bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashni unutmang:
🔗Boost qilish: https://t.me/boost/nodexcc ✨Bizning premium emoji packimiz: https://t.me/addemoji/nodexcc
💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!

🎉 Nodex jamoasidan Yangi yil tabrigi 🎉 Barchangizni NodeX klubi nomidan kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod
🎉 Nodex jamoasidan Yangi yil tabrigi 🎉
Barchangizni NodeX klubi nomidan kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etamiz! Yangi yil sizga yangi kuch-g‘ayrat, ulkan maqsadlar va yorqin yutuqlar olib kelsin. Eng muhimi, yangi yilda zamonaviy va jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan bilimlarni egallab, yurtimizning kiberxavfsizlik sohasidagi rivojiga munosib hissa qo‘shishingizni tilaymiz. 🛡 Nodex jamoasi esa kelayotgan yilda siz bilan birgalikda yangi loyihalar, musobaqalar hamda qiziqarli va foydali darslarni amalga oshirishni rejalashtirgan. ⭐️ Barchangizga kirib kelayotgan yil xayr-barakali, omad va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! — Hurmat bilan, Nodex jamoasi
💬 @nodexcc — Yangi yilda biz bilan birga kiberxavfsizlik olamida yangi bilimlar va imkoniyatlarni kashf eting.

💻 NodeX: Kiberxavfsizlik sari birinchi qadam Nodex kiberxavfsizlik klubi doirasida 19-dekabr kuni ilk masterklass muvaffaqiy
+2
💻 NodeX: Kiberxavfsizlik sari birinchi qadam Nodex kiberxavfsizlik klubi doirasida 19-dekabr kuni ilk masterklass muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi. Masterklass davomida klubning kelajakdagi rejalari va o‘quv dasturi bilan tanishtirildi, shuningdek kiberxavfsizlik bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalar berildi. ✔️ Ishtirokchilar CTF (Capture The Flag) nima ekanligi, uning kiberxavfsizlikdagi o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, masterklass jarayonida phishing va cyber engineering yo‘nalishlariga oid qiziqarli amaliy ishlar va ko‘rgazmali ishlanmalar namoyish etildi.
‼️ Kelgusida klub doirasida kiberxavfsizlik yo‘nalishida muntazam ravishda mashg‘ulotlar va amaliy ishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!

Nodex sizni kiberxavfsizlik olamiga chorlaydi‼️ 19-dekabr kuni, 15:00 da Nodex kiberxavfsizlik klubining ilk masterclassi bo‘
Nodex sizni kiberxavfsizlik olamiga chorlaydi‼️ 19-dekabr kuni, 15:00 da Nodex kiberxavfsizlik klubining ilk masterclassi bo‘lib o‘tadi. Ushbu masterclassda siz qaysi darajada bo‘lishingizdan qat’i nazar, kiberxavfsizlik olami haqidagi eng muhim tushunchalar va roadmaplar bilan tanishasiz.Klubda siz bilan qanday eng muhim skillarni o'rganishimizni ko'rib o'tamiz. Barchangizni kutib qolamiz!!!
📍 KiberSport yonidagi auditoriya 🕖19-dekabr, 15:00
🔵@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!

👺Pentesting nima? Pentesting — bu tizim yoki ilovalardagi zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali xavfsizlikni
👺Pentesting nima? Pentesting — bu tizim yoki ilovalardagi zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali xavfsizlikni mustahkamlash jarayoni. Oddiy qilib aytganda, pentester — bu qonuniy ruxsat asosida xavfsizlikni tekshiradigan xaker. 🛡 Pentesting turlari:
🔵 Black-Box – hech qanday ma’lumot berilmaydi. Pentester tizimni xaker kabi mustaqil tekshiradi. 🔵 White-Box – to‘liq ma’lumot mavjud: kode, arxitektura, admin login va h.k. Tizim ichidagi zaifliklarni chuqur aniqlash mumkin. 🔵 Gray-Box – qisman ma’lumot beriladi. Test tezroq va samaraliroq bo‘ladi.
↘️Pentesting shuningdek quyidagi sohalarga bo‘linadi:
Web – saytlar va web API-lar Network – tarmoq va serverlar Mobile – Android/iOS ilovalar Wireless – WiFi va access pointlar Cloud – AWS, Azure, GCP kabi bulutli xizmatlari Social Engineering – odamlar orqali zaiflik topish (phishing, tailgating)
💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!

👺Bilishingiz Kerak Bo‘lgan Xaker Turlari! Kiberxavfsizlik dunyosida barcha xakerlar bir xil emas. Har birining maqsadi, niya
👺Bilishingiz Kerak Bo‘lgan Xaker Turlari! Kiberxavfsizlik dunyosida barcha xakerlar bir xil emas. Har birining maqsadi, niyati va uslubi turlicha. Quyida eng mashhur xaker turlari bilan tanishing:
Black Hat xakerlar – Tizimlarga noqonuniy kirib, zarar keltiruvchi yoki foyda olishni maqsad qiluvchi “yomonlar”. White Hat xakerlar – Tizimni himoya qiluvchi, zaifliklarni aniqlab tuzatishga yordam beruvchi ethical xakerlar. Grey Hat xakerlar – Qonun va etikani ham buzishi, ham himoya qilishi mumkin bo‘lgan “o‘rtacha” xakerlar. Haktivistlar – Ijtimoiy yoki siyosiy g‘oya yo‘lida xakerlik qiluvchi guruhlar. Script Kiddies – Tayyor vositalardan foydalanadigan tajribasiz xakerlar. Davlat homiyligidagi xakerlar – Cyber razvedka yoki kiberurush bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruhlar. Phreakerlar – Telekommunikatsiya tizimlariga kirish bilan shug‘ullanadigan xakerlar. Social Engineerlar – Inson psixologiyasidan foydalanib aldash orqali kirish huquqini qo‘lga kirituvchilar. Blue Hat xakerlar – Tizimlar ishga tushishidan oldin zaifliklarni sinovdan o‘tkazish uchun jalb qilinadigan mutaxassislar. Red Hat xakerlar – Qora shlyapa xakerlarga qarshi agressiv choralar ko‘ruvchi “kiber jangchilar”. Purple Hat xakerlar – Hujum va himoyani birlashtirgan kombinatsiyalangan xakerlar. Green Hat xakerlar – Hozirgina o‘rganishni boshlayotgan yangi xakerlar. Yellow Hat xakerlar – Jamiyat foydasi uchun ishlaydigan falsafiy xakerlar. Insayder xakerlar – Tizimga ruxsatli kirish huquqiga ega bo‘lgan, lekin uni yomon maqsadda ishlatadigan shaxslar.
💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!