“Qiz bolasan, jim”
رفتن به کانال در Telegram
Jimmaymiz!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
683
مشترکین
+624 ساعت
-17 روز
-7530 روز
آرشیو پست ها
👩🏻: Namoz oʻqiysizmi?
👨🏻: Hozir yoʻq, toʻydan keyin ertalabda xotinim issiq suvlarni tayyorlab bersa oʻqiymizda
👩🏻: Ayolizni ishlashiga qanday qaraysiz?
👨🏻: Yaxshiyu ikki tomondan oilaga pul kelib tursa...
👨🏻: Birinchi o’rinda Ota-Onamni, keyin 2 ta ukamni hurmat-xizmatini qilasiz, keyin men.
O’chirilishiga sabab xolalar yoki erkaklar kirib, qarg’ay boshlashgani bo’lgan😅
Shunday, haqiqat achchiq birodarlar.
👩🏻: Manga boshqa savollariz yo’qmi?
👨🏻: Bor edi, hayajonlanib ketvomman, endi oyim nima disala shu buyog’i
5 yil oldin opamga sovchi bo'lib kelgan amaki yostiqqa yonboshlab olib:
- Xavotir olmanglar, kontraktini to'laymiz, yarmini! Ertaga ishlasa, puli o'zimizning uyga keladi-ku!
P/s: Opamni ularga bermadik)
👩🏻: Ishlashimg rivojlanishimga qanaqa qariysiz?
👨🏻: Bu haqida gap-so’z bo’lishi mumkinmas. Ayol kishi erkak kishi uchun yaratilingan, unga o’zini baxshida qilishi kerak.
👩🏻: Namoz o’qiysizmi?
👨🏻: Sizga nimaga kerak bu?
👩🏻: Endi odam odamdan rang oladi, menam namoz o’qimaydigan odamga tegsam, zo’rga o’qib yurganlarimni tashlab ketsam kerak. Shunga ibodatda mustahkamroq odam bo’lsa, eng kamida menga zarari tegmas darajada.
👨🏻: Hmmmm, sizga Xudoni tanigan odam kerakmi yoki namoz o’qiydiganmi?
👩🏻: Men o'qishimni qo'llab-quvvatlaydigan kishiga turmushga chiqaman, ilmni uvol qilmaslik kerak. Uyingizdagilar biznikilarga noto'g'ri gapirishibdi. Men sizga turmushga chiqmayman, uydagilaringizga ham “ilmliga ko'mak bo'ladigan xonadonga kelin bo'larkan”, deb ayting.
👨🏻: Siz odamlarni o'qigan, ilmli-ilmsiz deb tabaqalashtirar ekansiz.
👩🏻: O'qishim bor hali 2 yil, tugatmasdan tashlab ketolmayman
👨🏻: o'qish qochib ketmaydi, tushuning onam ishlarni qilishga ancha qarib qoldi, ularga yordamchi kerak
Keyin boladan “nega yoʻq didi?” deb soʻralsa, “oyligimni soʻradi, pulga oʻch qiz ekan” deydi.
Bu ham hayotiy)
👩🏻: O'qishim bor hali 2 yil, tugatmasdan tashlab ketolmayman
👨🏻: o'qish qochib ketmaydi, tushuning onam ishlarni qilishga ancha qarib qoldi, ularga yordamchi kerak
👨🏻: O'qigan, ilmli, bilimli bo'lsin, ovqatlani yaxshi pishirsin, o'ziga qarab yursin, bolalani yaxshi tarbiya qilsin, ishlamasin, uyda o'tirsin, ko'p kitoblar o'qigan bo'sin, farosatli bo'lsin, nechida kelsam ham kulib kutvosin, ishlarimga aralashmasin, nima disamam xop db tursin, gap qaytarmasin, ota-onammi hurmat qilib, xizmatini qilsin...
👩🏻: Qancha oylik olasiz o'zi?
👨🏻: Shu 2,5 mln
👩🏻: Nima uchun uylanmoqchisiz?
👨🏻: Uyga uy ishlarini qilish uchun xizmatkor kerak edi, uni puliga uylanib qo‘ya qolarkanman. Onamni hozirgi barcha tashvishlaridan ozod qilishi kerak.
👨🏻: Ishqilib, xamirli ovqatlarni qilishga qandaysiz? Somsani juda yaxshi ko‘raman-da, yoshligimda xolamlar «Sanga zo‘r oshpaz qiz topamiz», deyishgandi. Xi-xi.
👨🏻: Yaxshi jim turarkansiza, kam gapirarkansiz. O‘zi manga kamgaplar yoqadi. Kichkina amakimni xotini bor, vaysayveradi, vaysayveradi, juda ko‘p gapiradi-da…
Man gapirolmay qolganman aslida, gapirishni xohlamaganimdan, o‘ta noqulay vaziyatdaligimni his qilib, gapirishga arzimaydi, deb gapirmagandim. Aslida, bundanam ko‘p gapirgan edi u. Lekin xizmatkorlikka variant sifatida uylanishi umuman man uchun normal bo‘lmaydigan holat. Xizmatkor ekanman, deb qilish boshqa, uy ishlarini boshqacha munosabat bilan qilish boshqa-da. Alloh taolo barchamizga hidoyat bersin.
🧕🏻: Bo'lajak turmush o'rtog'ingizdan nima(lar)kutasiz?
👨🏻: Onamga yaxshi qarasangiz shu, bo'ldi.
- Arab tilini bilaman deb o'zingni muncha katta olasan, bunaqada ersiz qolasan. Namoz o'qimasa nima bo'pti o'zing o'rgatvolasan…
©️Katta xolalar
👩🏻: Bo'lajak ayolingizga qanaqa talablaringiz bor?
👨🏻: O'ylab ko'rmagan ekanman
