Masters Finance Academy
رفتن به کانال در Telegram
ACCA Learning center All F papers All P levels DipIFR courses Savol berish uchun: @mfa_academybot MFA Admin: @Ismoilovmfa Phone: +998 70 504 26 00 Location: Chilonzor tumani, 5-mavze,2
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 714
مشترکین
+424 ساعت
+347 روز
+5330 روز
آرشیو پست ها
Kun davomida kassaga tushgan pullarning hammasi FOYDAMI?
Bu muammoni Saodat opadan eshtamiz, hamda berilgan masalaga javoblarni izohlarda kutib qolamiz! 👇🏻
https://telegra.ph/Kun-davomida-kassaga-tushgan-summalarning-hammasi-FOYDAMI-10-05
Bizdan uzoqlashmang, ACCAni sodda tilda o'rganamiz...
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Repost from N/a
O‘tgan oydan beri individual o'quvchimga dars berib kelyapman. Yaqinda studentim bilan Cash Flow mavzusini o‘tayotganimizda, u menga
“Ustoz, men Cash Flow mavzusida ancha qiynalaman”, — deb qoldi.Aslida, Cash Flow ko‘pchilik FA studentlariga boshida qiyin tuyuladi. Chunki bu mavzuda faqat formula yoki provodkani bilish yetarli emas — profit bilan cash o‘rtasidagi farqni tushunish kerak. Masalan, kompaniya 100 mln so‘mlik mahsulot sotdi. Lekin customer hali pulini to‘lamadi. Accounting bo‘yicha revenue tan olinadi va profit oshadi. Lekin bank accountda hali o‘sha 100 mln yo‘q. Shuning uchun: Profit ≠ Cash Xuddi shunday, kompaniya depreciation expense tan olsa, profit kamayadi, lekin o‘sha paytda hech qanday pul chiqib ketmaydi. Shuning uchun cash flow o'rganyotganda shu savolni o'zimizga berishimiz kere: Bu transaction profitga ta’sir qildimi yoki cashga? Agar shu farqni tushunib olsangiz, receivables, payables, depreciation, accruals, prepayments va boshqa adjustmentlar ham ancha mantiqli ko‘rina boshlaydi.
Shuning uchun, FA’da ko'pchilik mavzularni yodlatishga emas, ularning ortidagi logic’ni tushuntirishga harakat qilaman. Cash Flow ham shulardan biri.
ACCA o‘qish uchun har doim auditoriyada bo‘lish shart emas!
MFA Academyda ACCAning barcha paperlari bo‘yicha onlayn darslar orqali:
▪️tajribali ustozlardan tushuntirishlar
▪️amaliy yondashuv va sodda misollar
▪️imtihonga tizimli tayyorlanasiz
Agar ish, universitet yoki boshqa sabab bilan oflayn darsga qatnasha olmasangiz, onlayn format siz uchun qulay yechim bo‘lishi mumkin.
📩Batafsil ma'lumot olish uchun:@ismoilovmfa
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
BUGUN — OXIRGI KUN!
Agar 2026-yil dekabr oyida DipIFR imtihonini topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, yangi applicant sifatida DipIFR qualification uchun ro‘yxatdan o‘tish va kerakli hujjatlarni yuklashning oxirgi kuni — 6-oktabr.
Ya’ni hali DipIFR uchun account/registration qilmagan bo‘lsangiz, bugun bu jarayonni yakunlab qo‘yishingiz kerak!
Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgandan keyin dekabr sessiyasi uchun exam entry’ni 27-oktabrgacha qilish mumkin.
DipIFR’ni dekabrda topshirmoqchimisiz? Vaqtni o‘tkazib yubormang.
MFA Academy sizga:
DipIFR registration jarayoni, hujjatlar va imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha yordam beradi.
📩Batafsil ma'lumot olish uchun:@ismoilovmfa
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Production workerlarga to‘langan wagelarning hammasi Direct Costmi?
Keling, buni bitta misolda ko‘ramiz.
Tasavvur qiling, Sardor avtomobil zavodida mashina qismlarini yig‘ish — Assembly bo‘limida ishlaydi.
Uning oddiy stavkasi $10/soat
Sentabr oyida Sardor quyidagilar uchun pul oldi:
1. Assemblyda ishlagan soatlari
2. Bonus 🎁
3. Equipment buzilib qolgani sabab ishlamagan vaqti — Idle Time
4. Shanba kuni zavoddagi shanbalik uchun to‘lov
5. Overtime ishlagani uchun qo‘shimcha haq — Overtime Premium
Accountant bir qarashda:
“Sardor productionda ishlaydi. Demak unga to‘langan hamma pul Direct Labour va mahsulot tannarxiga kiradi.”deb o‘ylashi mumkin. Lekin MA bunga yo‘q deydi :) 📚 Sababi, Sardorga to‘langan pulning hammasi ham mahsulot yig‘ishga ketmagan. Keling ajratamiz: 1. Assemblyda ishlagan vaqti → Direct Labour ✅ 2. Equipment buzilib, Sardor Instagram ko‘rib o‘tirgan vaqt uchun olgan puli 📱→ Idle Time — Indirect 3. Bonus 🎁 → Indirect 4. Shanbalikka chiqqani uchun olgan puli → Indirect Cost Sababi bu vaqtda hech qanday mahsulot ishlab chiqarilmagan. Endi qiziq joyi — Overtime Premiumchi? Masalan: Oddiy rate — $10 Overtime rate — $15 Oddiy $10 qismi → Direct Labour ✅ Qo‘shimcha $5 premium esa overtime nega ishlanganiga bog‘liq. 1. Agar zavod ishlab chiqarish rejasidan ortda qolib ketgani uchun Sardorni overtime ishlatgan bo‘lsa → premium Indirect Cost 2. Agar overtime aynan bir customerning maxsus yoki shoshilinch orderi uchun qilingan bo‘lsa → premium Direct Cost. Xulosa:
Production workerga to‘langan oylikning hammasi ham Direct Cost bo‘lavermaydi. 🎯Ba’zida Accountant bo‘lish uchun F3/F7 ham yetarli bo‘lmasligi mumkin))) 😄📚
Will lowering the retail price increase profit?
Alpha sells a product to consumers at a retail price of UZS 150,000 per unit. Monthly demand at this price is 1,000 units.
Market research indicates that each UZS 10,000 reduction in price would increase monthly demand by 200 units.
▪️ Variable cost per unit is UZS 90,000.
▪️ Monthly fixed costs are UZS 30 million.
▪️ Maximum monthly sales capacity is 1,600 units.
▪️ Variable cost per unit and total monthly fixed costs remain unchanged within this range.
Management is considering the following retail prices:
UZS 150,000, UZS 140,000, UZS 130,000 and UZS 120,000.
Which retail price would generate the highest monthly operating profit?
Share your answer and calculated profit in the comments!
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Ulgurji narx...
Do‘konda bitta daftar 10 000 so‘m. Ulgurji sotuvchidan 100 ta olsangiz, donasi 8 000 so‘m. Nega?
▪️Ulgurji narx — tovarni odatda katta partiyada, qayta sotish yoki biznesda foydalanish uchun xarid qilishdagi narx.
U ko‘pincha chakana narxdan past bo‘ladi. Chunki katta partiyada sotilganda har bir mahsulotga to‘g‘ri keladigan qadoqlash, yetkazib berish va sotish xarajatlari kamayishi mumkin.
▪️Oddiy misol:
Sotuvchi 100 ta daftarni yetkazib berishga 50 000 so‘m sarfladi.
Har bir daftarga tushadigan yetkazib berish xarajati:
50 000 ÷ 100 = 500 so‘m.
Agar xuddi shu 50 000 so‘mlik yetkazib berishda atigi 10 ta daftar bo‘lsa:
50 000 ÷ 10 = 5 000 so‘m.
Demak, katta buyurtmada bitta daftarga tushadigan xarajat ancha kam! Bu sotuvchiga narxni pasaytirish imkonini beradi.
▪️Arzonroq sotish har doim kamroq umumiy foyda degani emas. Bir donadan olinadigan foyda kamayishi mumkin, lekin sotuv hajmi oshsa, jami foyda ko‘payishi mumkin.
▪️ ACCA’da qaysi paperga bog‘liq?
PM / F5 — Performance Management. Ayniqsa, Pricing decisions — narx belgilash va Volume discounting — katta hajmdagi xarid uchun chegirma mavzulariga.
Ingliz tilida
Rus tilida
Chakana narx bilan ulgurji narx o'rtasidagi farq nimada?
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!
Yana bir yangi haftani boshlab oldik!
Bu hafta ham ACCA bo‘yicha bilimlarimizni birgalikda mustahkamlaymiz: muhim mavzularni takrorlaymiz, masalalar yechamiz va murakkab tushunchalarni sodda misollar orqali o‘rganamiz.
Barchamizga samarali va barakali hafta bo‘lsin!
ACCAmi — unda MFA ACADEMY
Imtihonga haqiqiy jangchi bo'lib kiring, aks holda mag'lub bo'lish yana ham tezlashadi.
Darslarga yozilish uchun @Ismoilovmfa ga "ACCA" deb yozing.
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
“Chek berdim-ku!” — lekin bank pulni to‘lamagan bo‘lsa-chi?
Aziz kompyuter do‘konining birinchi yilini yakunlamoqda. Hisob-kitoblar quyidagicha:
▪️ Nasiyaga sotuvlar — $250 000
▪️ Mijozlardan to‘lov sifatida hisobga olingan summa — $225 000
▪️ Mijozlar qaytargan tovarlar — $2 500
▪️ Undirib bo‘lmaydigan, hisobdan chiqarilgan qarzlar — $3 000
Ammo yana ikkita holat bor 👇
To‘lovlar ichidagi $3 500 lik chekni bank to‘lamay qaytardi.
Azizga qarzdor mijoz do‘konga mebel ham yetkazib bergan. Azizning undan qarzi bilan mijozning qarzidan $4 000 o‘zaro yopildi.
Yil oxirida Aziz mijozlardan yana qancha pul olishi kerak?
Javobingiz va hisoblash yo‘lingizni izohda yozing!
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
ACCAmi — unda MFA ACADEMY
Imtihonga haqiqiy jangchi bo'lib kiring, aks holda mag'lub bo'lish yana ham tezlashadi.
Darslarga yozilish uchun @Ismoilovmfa ga "ACCA" deb yozing.
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
ACCA o'rganish qiyin, o'rganolmayman, vaqtim yetmaydi, darslarim ko'p.......
Ishnoning hammasi BOXONA....
Siz yaxshi niyat qilib, to'g'ri harakatni to'xtatmang, natija albatta bo'ladi.
Bekorga "niyatlar amallarga bog'liq" deyishmaydi do'stim!
Darslarga yozilish uchun @Ashuralimfa ga "ACCA" deb yozing.
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Repost from N/a
🌱 NFRS 70
2027-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda NFRS 70 yangi standarti kuchga kiradi.
Standartni ko‘rib chiqayotib, menga eng qiziq tuyulgan narsa — uning IAS 41 bilan o‘xshashligi bo‘ldi. Mening FR dagi sevimli topiclarimdan biri.Masalan, biological assetsni baholashda fair value less costs to sell yondashuvi qo‘llaniladi. Bu esa ACCA FR o‘qiyotganlar uchun juda tanish mavzu. 😄 Men oldin ham IAS 41 haqida article yozgan edim. O‘shanda bu mavzu asosan ACCA studentlariga tegishli edi. Endi esa NFRS 70 sababli shu article milliy buxgalteriya o‘qiyotganlar uchun ham ancha relatable bo‘loladi.
2-qism
BLACK FRIDAY: KIM KO‘PROQ YUTADI?
▪️Sotuvchi - chegirma orqali ko‘proq mahsulot sotishi va yangi mijoz topishi mumkin. Lekin narx bilan birga foyda ham kamayadi — ko‘p sotish doim ko‘p foyda degani emas.
▪️Xaridor - kerakli mahsulotni haqiqiy chegirmada olsa, pul tejaydi. Ammo keraksiz narsani “arzon ekan” deb olsa, ortiqcha xarajat qiladi.
#fact
▪️Cards Against Humanity — hech narsa bermasdan $71 145 yig‘gan.
2015-yil Black Friday’da karta o‘yini ishlab chiqaruvchisi oddiy savdoni to‘xtatib, odamlarga $5 to‘lab, evaziga hech narsa olmaslikni taklif qilgan. Natijada $71 145 pul yig‘ilgan.
▪️Shopify savdogarlari — katta ko‘lamdagi muvaffaqiyat
2024-yil Black Friday–Cyber Monday oralig‘ida Shopify platformasidagi sotuvchilar:
$11,5 mlrd savdo qilgan — oldingi yildan 24% ko‘p.
76 milliondan ortiq xaridorga sotgan.
67 mingdan ortiq sotuvchi o‘zining eng katta savdo kunini qayd etgan
Siz qanday fikrdasiz, izohlarda o'z fikringizni qoldiring.
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Repost from Abdulkarim Rustamov | ACCA
20 kunda 4,300 views. Kamchiliklarimizga qaramay, online bo`lgan ushbu suhbatni ko`rgan barchaga rahmat))
Ko`rmaganlarga esa ko`rish tavsiya qilinadi.
ACCA sohasidagi qariyb 10 yillik tajribadan kelib chiqib aytilgan gaplar, manimcha hammaga yoqadi.
Video havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=zZG7WLx464I&t=3807s
Yosh oilaning daromad va xarajatlar taqsimoti!
Aziz va Madina yangi oila qurishdi. Birgalikdagi oylik daromadi 10 mln so‘m. Oy oxirida esa doim bir xil savol: pul qayerga ketdi?
Batafsil👇🏻
https://telegra.ph/Yosh-oilaning-daromad-va-xarajatlari-taqsimoti-09-28
1-qism
NEGA AYNAN “BLACK FRIDAY”?
Black Friday nomi dastlab chegirmalar bilan bog‘liq bo‘lmagan.
1950–60-yillarda AQSHning Filadelfiya shahrida Shukronalik bayramidan keyin xaridorlar va sayyohlar ko‘payib, ko‘chalar tirband bo‘lgan. Politsiyachilar shu mashaqqatli kunni “BLACK FRIDAY” deb atashgan.
Keyinchalik savdogarlar bu nomni katta chegirmalar bilan bog‘lashgan. Vaqt o‘tib, Black Friday dunyoga mashhur savdo kuniga aylangan.
Xo‘sh, bu chegirmalardan kim ko‘proq yutadi — sotuvchimi yoki xaridor?
Keyingi postda gaplashamiz.
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
