fa
Feedback
SUV | BRM

SUV | BRM

رفتن به کانال در Telegram

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi 🏢Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 1 📍faceboo:https:www.facebook.com/suvbarqarorrivojlan 📍instagram: www.instagram.com/suv.brm/ 📍youtube: http://www.youtube.com/@suvbrm Xatlar uchun: suvbrm@gmail.com

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 987
مشترکین
+1724 ساعت
+497 روز
+5130 روز
آرشیو پست ها
#Bilasizmi YER OSTI SUVLARI ZILZILADAN DARAK BERADIMI? Zilzila oldidan yer qa’ridagi tog‘ jinslari bosim ta’sirida deformatsiyaga uchrashi mumkin. Natijada yer osti suvlarining sathi, harorati, kimyoviy va gaz tarkibida noodatiy o‘zgarishlar kuzatiladi.
Akademik G‘ani Mavlonov rahbarligidagi o‘zbekistonlik olimlar yer osti suvlaridagi bunday o‘zgarishlarni o‘rganib, seysmik jarayonlar bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratgan.
Ushbu yo‘nalishdagi kuzatuvlar 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin yanada kengaytirilgan. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi КОММЕНТАРИЙ К ВОДНОМУ КОДЕКСУ | ОБЪЕКТЫ И СУБЪЕКТЫ ВОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ 📖 Согласно статье 5 Водного кодекса, объектами водных отношений являются: 🔹 водные объекты, их части или водные ресурсы; 🔹 объекты водного хозяйства; 🔹 земли водного фонда.
Субъектами водных отношений являются специально уполномоченные государственные органы, местные органы исполнительной власти, эксплуатирующие организации водного хозяйства, организации, осуществляющие подачу воды, водопользователи, органы самоуправления граждан, а также другие негосударственные организации.
▶️ Подробнее — в видео. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi 📘 SUV KODEKSI | 9-MODDA ⚖️ Suv obyektlaridan foydalanish turlari 📖 Suv kodeksining 9-moddasida suv obyektlarida
#SuvKodeksi 📘 SUV KODEKSI | 9-MODDA ⚖️ Suv obyektlaridan foydalanish turlari 📖 Suv kodeksining 9-moddasida suv obyektlaridan tanho yoki birgalikda foydalanish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra: 🔹 tanho foydalanish — suv obyekti yuridik yoki jismoniy shaxsga to‘liq yoki qisman foydalanishga beriladi; 🔹 birgalikda foydalanish — bir nechta foydalanuvchi suv obyektidan o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda foydalanadi; 🔹 suv obyektlari bir yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta maqsadda foydalanishga berilishi mumkin; 🔹 oqova suvlarni oqizishga faqat ekologiya va sanitariya talablariga rioya etilganda yo‘l qo‘yiladi. 🌊 Ushbu tartib suv obyektlaridan oqilona, xavfsiz va o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. 📚 Moddaning to‘liq ilmiy-amaliy sharhini o‘qimoqchimisiz? Quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: :⤵️ 🖇Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

#XorijTajribasi JANUBIY KOREYADA SUV RESURSLARI QANDAY BOSHQARILADI? 🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mir
#XorijTajribasi JANUBIY KOREYADA SUV RESURSLARI QANDAY BOSHQARILADI? 🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi munosabati bilan ushbu mamlakatning suv boshqaruvi tajribasiga nazar tashlaymiz. 📇 2018-yilda Janubiy Koreyada suvga oid vakolatlar yagona integratsiyalashgan boshqaruv tizimiga birlashtirildi. Unga ko'ra: - Suv sifati, suv resurslari, tabiiy ofatlar va suv sanoatini qamrab oluvchi milliy reja har o‘n yilda ishlab chiqiladi. - Sanoat hamda oqova suvlar 51 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tekshiriladi. - Aholining 99,1 foizi suv ta’minoti xizmatlari bilan qamrab olingan. - To‘rtta yirik daryo havzasidagi markazlar mamlakat bo‘ylab 60 ta nuqtada toshqin haqida tezkor ogohlantirish beradi. - Maxsus to‘lovlar yuqori oqimda suv sifatini yaxshilash va aholini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 🌊 Mamlakatning K-water davlat korporatsiyasi suv manbasidan iste’molchigacha bo‘lgan jarayonlarni AKTga asoslangan aqlli tizimlar orqali boshqaradi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya suv ta’minoti sohasida hamkorlik qilmoqda. K-water ishtirokida Toshkentda suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aqlli hisoblagichlar va masofaviy monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV SIFATI VA AHOLI SALOMATLIGI MUHOFAZASI 📖 Suv kodeksining 25-moddasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining suv sohasidagi vakolatlari belgilangan. ⌛️ Unga ko‘ra, Qo‘mita: - yer usti va yer osti suvlarining sanitariya talablariga muvofiqligini nazorat qiladi; - sanitariya-gigiyena monitoringini yuritadi; - ichimlik va xo‘jalik-maishiy suv manbalarini baholashda ishtirok etadi; - suv ta’minoti hamda oqova suv obyektlarini joylashtirish va ishga tushirishni kelishadi. 🌊 Mazkur vazifalar suv manbalarining xavfsizligini ta’minlash, ifloslanishning oldini olish va aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladi. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤 Bugungi harf - I. Irrigatsiya 💧 Irrigatsiya - suvsiz yoki suv tanqis yerlarga suv chiqarish, dala
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤 Bugungi harf - I. Irrigatsiya 💧 Irrigatsiya - suvsiz yoki suv tanqis yerlarga suv chiqarish, dalalar va ekin maydonlarini sun’iy ravishda sug‘orish ishlari majmui. 😀Irrigatsiya tizimlari kanallar, suv omborlari, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari va sug‘orish tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. “Suv alifbo”sining keyingi harfida yanada qiziqarli atama bilan tanishtiramiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#HaftaDayjesti 🗓 Hafta davomida suv qonunchiligi, suv xavfsizligi, ekologik mas’uliyat va sohadagi muhim yangiliklarga oid m
#HaftaDayjesti 🗓 Hafta davomida suv qonunchiligi, suv xavfsizligi, ekologik mas’uliyat va sohadagi muhim yangiliklarga oid materiallar e’lon qilindi. 🔤 “Suv alifbosi” ruknida havza tushunchasiga izoh berildi. 🌱 Yer osti suvining yoshi qanday aniqlanishi va uning chuqurlik oshgani sari kattalashib borishi tushuntirildi. 📖 Suv kodeksining 9-moddasi asosida suv obyektlaridan tanho yoki birgalikda foydalanish tartibi yoritildi. 📖 3 va 4-moddalar bo‘yicha rus tilidagi videolarda suv qonunchiligining huquqiy asoslari hamda asosiy tushunchalar sharhlandi. 🌿 23-modda asosida suv resurslarini muhofaza qilishda Ekologiya vazirligining vakolatlari haqida ma’lumot berildi. 🌦 24-modda doirasida daryolarning suvliligi qanday kuzatilishi va prognoz qilinishi tushuntirildi. 🏛 Buyuk shoir Muhammadrizo Ogahiyning Xorazmda mirob sifatida suv taqsimotini boshqargani haqida hikoya qilindi. 🌊 Rossbi to‘lqinlari tarqalishining yangi mexanizmi hamda suvning turli ranglarda ko‘rinishiga sabab bo‘luvchi omillar yoritildi. 👇 Sirdaryo viloyatidagi transchegaraviy va viloyatlararo suv o‘lchash joylariga suv sarfini aniqlovchi onlayn qurilmalarni o‘rnatish jarayoni videoreportajlarda namoyish etildi. 🎙 “Suv qadri” loyihasida qariyb 3 ming yillik tarixga ega Bo‘zsuv kanali haqida so‘z yuritildi. 🏗 Barqaror suv ta’minotida ishonchli infratuzilmaning ahamiyati ta’kidlandi. 🌳 Poytaxtdagi kanal va ariq bo‘ylarini ochiq, obod hamda xavfsiz sayr hududlariga aylantirish bo‘yicha tashabbuslar haqida xabar berildi. 🏞 Olimlarning sho‘r ko‘llar tabiatni muhofaza qilishda yetarlicha baholanmayotgani haqidagi xalqaro tadqiqoti taqdim etildi. 🔬 Suv omborlarida suv sifatini yanada aniq modellashtirish imkonini beruvchi yangi ilmiy usul haqida ma’lumot berildi. 🗂 Katta Farg‘ona kanalining 1939-yilda xalq hashari bilan atigi 45 kunda bunyod etilgani yodga olindi. 📲 Batafsil materiallar — kanalimizda! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | DARYOLARNING SUVLILIGI QANDAY PROGNOZ QILINADI? 📖 Suv kodeksining 24-moddasiga ko‘ra, Gidrometeorologiya xizmati agentligi gidrologik postlarda yer usti suvlarini muntazam kuzatib boradi. Olingan ma’lumotlar asosida: 🔹 daryolarning suvliligi qisqa va uzoq muddatga prognoz qilinadi; 🔹 suv obyektlarining holati va ifloslanish darajasi monitoring qilinadi; 🔹 suv bilan bog‘liq xavfli tabiiy hodisalar haqida tezkor axborot beriladi; 🔹 iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’siri o‘rganiladi. Bu ma’lumotlar suv resurslarini oqilona boshqarish, xavflarni oldindan baholash va zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rishga xizmat qiladi. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#Arxiv 🇺🇿 KATTA FARG‘ONA KANALI – XALQ JASORATI NAMUNASI 1939-yilning jazirama yozida Katta Farg‘ona kanali xalq hashari yo
+6
#Arxiv 🇺🇿 KATTA FARG‘ONA KANALI – XALQ JASORATI NAMUNASI 1939-yilning jazirama yozida Katta Farg‘ona kanali xalq hashari yo‘li bilan atigi 45 kunda bunyod etilgan. 🏗 Qurilishda 180 ming nafar ishchi va dehqon, shuningdek, 3 ming nafar muhandis-texnik xodim qatnashgan. Uzunligi 270 kilometr bo‘lgan kanalni qurish davomida 17 mln kub metr tuproq qazib chiqarilgan. Ishlarning asosiy qismi ketmon, zambil va belkurak yordamida bajarilgan. 💧 Katta Farg‘ona kanali – xalqimizning birdamligi, fidoyiligi va bunyodkorlik salohiyatini aks ettiruvchi tarixiy inshootdir. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XalqaroSuvYangiliklari 🎓 OLIMLAR SUV SIFATINI MODELLASHTIRISHNING YANGI USULINI ISHLAB CHIQISHDI Tehron universiteti olimla
#XalqaroSuvYangiliklari 🎓 OLIMLAR SUV SIFATINI MODELLASHTIRISHNING YANGI USULINI ISHLAB CHIQISHDI Tehron universiteti olimlari chuqur va qatlamlarga ajralgan suv omborlarida suv sifatini aniqroq modellashtirish imkonini beruvchi yangi usulni ishlab chiqishdi. 🖥 Ma’lumotlarga asoslangan ushbu yondashuv yordamida: - erigan kislorod miqdorini modellashtirishdagi xatolik 43 foizga; - suv haroratini aniqlashdagi xatolik 16,8 foizga kamaytirildi. 🌊 Yangi tizim masofaviy kuzatuv ma’lumotlari asosida modelni muntazam yangilab, suv omboridagi o‘zgarishlarga moslashtiradi. Tehron universiteti professori Reza Kerachianning ta’kidlashicha, ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan tizim suv sifati modelining parametrlarini mavjud noaniqliklarni hisobga olgan holda dinamik kalibrlash imkonini beradi. ⌛️ Yangi yondashuv o‘zgaruvchan sharoitlarda suv omborlarini samarali boshqarishga xizmat qiladi.   Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XalqaroSuvYangiliklari 🏞 OLIMLAR: SHO‘R KO‘LLARNING TABIAT UCHUN AHAMIYATI YETARLICHA BAHOLANMAYAPTI Nufuzli Nature Communi
+1
#XalqaroSuvYangiliklari 🏞 OLIMLAR: SHO‘R KO‘LLARNING TABIAT UCHUN AHAMIYATI YETARLICHA BAHOLANMAYAPTI Nufuzli Nature Communications ilmiy jurnalida “Sho‘r ko‘llarning yetarlicha baholanmayotgan tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati” nomli maqola e’lon qilindi. Uni tayyorlashda dunyoning barcha qit’alaridagi 22 mamlakatdan 67 nafar olim ishtirok etdi. Tadqiqotda dunyoning turli hududlaridagi 85 ta sho‘r ko‘l o‘rganildi. Sho‘r ko‘llar dunyodagi barcha ko‘llar: - umumiy maydonining 23 foizini; - suv hajmining 45 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Tadqiqotda ushbu suv havzalari biologik xilma-xilligi kam hududlar degan qarash rad etilgan. O‘rganilgan ko‘llarda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) ro‘yxatiga kiritilgan 200 ta yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yoki xavfga yaqin tur qayd etilgan. Ularning 53 foizini qushlar tashkil qiladi. 🌊 Sho‘r ko‘llar qushlar va noyob mikroorganizmlar yashashi, mikroiqlimni saqlash hamda tuzli-chang bo‘ronlarini kamaytirishda muhimdir. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi КОММЕНТАРИЙ К ВОДНОМУ КОДЕКСУ | ОСНОВНЫЕ ПОНЯТИЯ ВОДНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА 📖 В статье 4 Водного кодекса закреплены правовые определения основных понятий и терминов, относящихся к водным отношениям.
В ней раскрывается содержание таких важных понятий, как водные объекты, водные ресурсы, гидротехнические сооружения, водопользование, водоохранные зоны, сточные и трансграничные воды.
Эти определения способствуют единому пониманию и применению требований законодательства в сфере рационального использования и охраны вод. ▶️ Подробнее — в видео. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

💧 SIRDARYODA SUV SARFINI O‘LCHASH JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISHLARI QIZG‘IN PALLADA 💧 Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi hamda Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi hamkorligida transchegaraviy va viloyatlararo suv o‘lchash joylariga onlayn qurilmalarni o‘rnatish loyihasi amalga oshirilmoqda. 👇 Loyiha doirasida Sirdaryo viloyatida qurilmalarni o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish, foydalanishga topshirish va qabul qilish ishlari tashkil etildi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

🇺🇿 POYTAXTDAGI KANAL VA ARIQ BO‘YLARI OCHIQ HAMDA XAVFSIZ SAYR HUDUDLARIGA AYLANTIRILADI 👇 Prezident Shavkat Mirziyoyev Ol
+2
🇺🇿 POYTAXTDAGI KANAL VA ARIQ BO‘YLARI OCHIQ HAMDA XAVFSIZ SAYR HUDUDLARIGA AYLANTIRILADI 👇 Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 🌊 Qichqiriq mahallasidagi 2,5 kilometr soybo‘yi hududida ekosayilgoh va 12,5 kilometrlik piyodalar yo‘lagi tashkil etilib, aholi uchun qulay sayr maskani yaratildi. Davlat rahbari poytaxtdagi kanallar va yirik ariqlar bo‘yini aholi uchun ochiq, obod va xavfsiz jamoat makonlariga aylantirish taklifini bildirdi.
Jumladan, Bo‘zsuv kanalining Shahidlar xotirasi xiyobonidan Chilonzor tumanigacha bo‘lgan qismida 20 kilometrlik uzluksiz piyodalar yo‘lagini tashkil etish imkoniyati qayd etildi.
📝 Bu borada bir oy ichida alohida loyiha ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#Bilasizmi 💧 BARQAROR SUV TA’MINOTI INFRATUZILMADAN BOSHLANADI Suvning mavjudligi yetarli emas. Uni sifatli tozalash, va ist
#Bilasizmi 💧 BARQAROR SUV TA’MINOTI INFRATUZILMADAN BOSHLANADI
Suvning mavjudligi yetarli emas. Uni sifatli tozalash, va iste’molchilarga uzluksiz yetkazish uchun ishonchli infratuzilma zarur.
👇 Suv inshootlarini modernizatsiya qilish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish va boshqaruvga raqamli texnologiyalarni joriy etish suv ta’minoti barqarorligini oshiradi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#Bilasizmi 💧 "SUV QADRI" | 3 MING YILLIK TARIXGA EGA KANAL Bo‘zsuv – Chirchiq daryosining o‘ng sohilidagi magistral kanal. Uning umumiy uzunligi 158 kilometr. 🎙 Suv xo‘jaligi sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan mehnat faxriysi Lutfulla Muxamednazarov:
“Suv xo‘jaligi bundan 6 ming yil avval Xorazmda, daryo bo‘ylarida rivojlana boshlagan. Bo‘zsuv kanali qurilganiga esa qariyb 3 ming yil bo‘lgan”.
Qayd etilishicha, shu davr mobaynida kanaldagi suv oqimi biror marta to‘xtamagan. Kanalda O‘zbekistondagi birinchi GES qurilib, 1926-yil 1-mayda ishga tushirilgan. Uning dastlabki quvvati 4 ming kVt bo‘lgan. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

💧 SUV SARFINI ONLAYN NAZORAT QILISH IMKONIYATI KENGAYMOQDA 💧 Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi hamda Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi hamkorligida Sirdaryo viloyatidagi transchegaraviy va viloyatlararo suv o‘lchash joylariga suv sarfini o‘lchovchi onlayn qurilmalarni o‘rnatish jarayonidan videoreportaj. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#Suv_ensiklopediyasi 💧 SUV NEGA TURLI RANGDA KO‘RINADI? 🌊 Tabiiy suv havzalarida tuproq, tog‘ jinslari, o‘simlik qoldiqlari
#Suv_ensiklopediyasi 💧 SUV NEGA TURLI RANGDA KO‘RINADI? 🌊 Tabiiy suv havzalarida tuproq, tog‘ jinslari, o‘simlik qoldiqlari, suv o‘tlari hamda boshqa erigan va muallaq moddalar uchraydi. ☀️ Ular yorug‘likni turlicha yutishi va qaytarishi natijasida suv har xil rangda ko‘rinadi. Batafsil: https://telegra.ph/SUV-NEGA-TURLI-RANGDA-KORINADI-09-10 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV RESURSLARINI MUHOFAZA QILISHDA EKOLOGIYA VAZIRLIGINING VAKOLATLARI 📖 Suv kodeksining 23-moddasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilangan. Ular quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: 🔹 suv resurslarini muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 🔹 suv muhitining qulay ekologik holatini ta’minlash; 🔹 suv obyektlarining ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish; 🔹 ifloslanish manbalarini monitoring qilish; 🔹 tegishli loyihalarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish; 🔹 suv muhitini ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini undirish. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi КОММЕНТАРИЙ К ВОДНОМУ КОДЕКСУ | ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ВОДНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА 📖 Согласно статье 3 Водного кодекса, водное законодательство состоит из настоящего Кодекса и иных актов законодательства.
Если международным договором Республики Узбекистан установлены иные правила, чем предусмотренные национальным водным законодательством, применяются правила международного договора.
💧 Данная статья определяет правовые основы отношений, связанных с рациональным использованием и охраной водных ресурсов. ▶️ Подробнее — в видео. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X