fa
Feedback
O‘zbekiston geografiya jamiyati

O‘zbekiston geografiya jamiyati

رفتن به کانال در Telegram

📖 Geografiya ilmining ixlosmandlari uchun ommaviy kanal! ➖️ Muallif: Qambarov O.X. ➖️ Murojaat: @omadbek_38 ➖️ Murojaat: +998777010205 ➖️ Kanalimiz: @geografiya_ilmi ➖️ Guruhimiz: @geografiya_ilmi_guruhi ➖️ Administrator: @geografiya_ilmi_admini

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
Buy Ad
2 870
مشترکین
+16824 ساعت
+4467 روز
+1 66030 روز
آرشیو پست ها
#xushxabar 📖 Bugundan boshlab 7-sinf darsligi asosida tuzilgan mavzulashtirilgan test kitobimni kanalimiz pedagoglari uchun
#xushxabar
📖 Bugundan boshlab 7-sinf darsligi asosida tuzilgan mavzulashtirilgan test kitobimni kanalimiz pedagoglari uchun taqdim etmoqchiman.
📖 To‘plamdagi test savollar amaldagi o‘quv darsliklari asosida tuzilgan bo‘lib, mavzular mantiqiy ketmaketlikda, oddiydan murakkabga tomon tamoyiliga asoslangan holda joylashtirilgan.
📖 Kitobim o‘zida XVIII bobni qariyb 2500 ta test savolini o‘zida jamlagan. Inshaalloh barchangizga manfaatli bo‘ladi.
Muallif: Qambarov O.X. ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#dolzarb 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan. Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. Shuningdek, fanlardan oʻtkaziladigan kuzgi milliy sertifikat imtihonlari spesifikatsiyasida hech qanday oʻzgarish qilinmaydi — har qanday oʻzgarish 2027-yil I yarim yillik imtihonlaridan boshlab amalga kiritiladi.
Ma’lum bir hududda joylar toʻlgach, talabgor boʻsh oʻrin mavjud boshqa hududda imtihonlarda bevosita ishtirok etadi (bunda aynan shu hududni test topshirish joyi sifatida belgilashi lozim). Bu tizim 2026-yil II yarim yillik imtihonlaridan boshlab kuchga kiradi.
Milliy sertifikat imtihonida bo‘ladigan barcha yangi o‘zgarishlar 2027-yil I yarim yillik imtihonlaridan boshlab amalga kiritiladi. Ogoh bo'ling yaqinlarga esa ushbu xabarni yetkazing.
Geografiya fanida kelayotgan imtihon uchun hali beri ariza berish boshlanmadi. Imtihon esa katta ehtimol bilan oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#uslub
Tog‘li va tog‘oldi hamda tekislik tabiiy geografik okruglarning iqlimiy solishtirma jadvali.
➖️ Chirchiq-Ohangaron ➖️ Farg‘ona ➖️ Mirzacho‘l ➖️ O‘rta Zarafshon ➖️ Qashqadaryo ➖️ Surxondaryo ➖️ Quyi Zarafshon ➖️ Qizilqum ➖️ Quyi Amudaryo ➖️ Ustyurt ➖️ Orol
Siz endi darslikda berilgan iqlimiy o‘zgarishlarni soatlab emas, bir qarashda yodlaysiz (ortiqcha raqamlarsiz).
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#eslatma
Geografiya fanidan milliy sertifikat imtihoni oktyabr oyida bo‘lishi mumkin.
Bunga sabab — shu paytgacha geografiya fanidan milliy sertifikat imtihoni sentyabr oyida o‘tkazilmagan: ➖️ 2024-yil, 12-oktyabr ➖️ 2025-yil, 5-oktyabr ➖️ 2026-yil, ? Hozircha sentyabr oyida o‘tkaziladigan imtihonlar va ularning sanalari e’lon qilingan. Shu sababli, geografiya fanidan imtihon oktyabr oyida o‘tkazilishiga umid qilamiz.
Albatta, yakuniy sana va muddatlar rasmiy ravishda e’lon qilingach, aniq ma’lumot beramiz.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#2026 | Kuz mavsumi boshlandi 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ✍️ Barcha fanlardan (tegishli umumtaʼlim va maxsus fanlardan) bilish darajasin
#2026 | Kuz mavsumi boshlandi 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ✍️ Barcha fanlardan (tegishli umumtaʼlim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikatni olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish boshlandi. ✅️ Hozirda mavjud bo‘lgan fanlar; ➖️ Fizika ➖️ Matematika ➖️ Biologiya ➖️ Kimyo Lekin boshqa fanlar hozircha ko‘rsatilmagan, balki endi ko‘rsatilishi mumkin. Darvoqe endi imtihon talabgorlariga uchun limit borligini unutmang. Agar limit to‘lsa boshqa hududga borib imtihon topshirasiz, o‘z viloyatingizda emas. Imtihon narxi esa 556200 so‘m ekan.
Iltimos xushyor bo‘ling, yaqinlaringizni ham ogohlantiring.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#olimpida | 9-10-11 Sinf o‘quvchilari
📕 Ushbu olimpiadada Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari ishtirok etadi.
📕 Olimpiada 4 bosqichda o‘tkaziladi: 📏 Maktab bosqichi, 📏 Tuman (shahar) bosqichi, 📏 Hududiy bosqich, 📏 Respublika bosqichi.
📕 9-10-11 Sinf o‘quvchilarni fan olimpiadasiga tayyorlash kursimizga taklif qilamiz... marhamat! Murojaat: 👉 @omadbek_38 Murojaat: 👉 @omadbek_38 Murojaat: 👉 @omadbek_38
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#pedagog
Kuzgi malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi.
Mazkur spetsifikatsiya umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari Geografiya oʻquv fani oʻqituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish malaka sinovida foydalaniladigan test topshiriqlarining mazmuni, qamrovi, turi, shakli, baholash mezoni talablarini aks ettiradi. ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#intervyu
Geografiya ilmi, maktab ta’limi va ilmiy izlanishni birlashtirgan. Geografiya fanini rivojlantirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish hamda ilmiy meros yaratish yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan ustozlardan biri — V.N. Fedorko.
🎓 V.N. Fedorko — Geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), 9-10-sinf maktab darsliklari va koʻplab maktab atlaslari muallifi, Xalq taʼlimi aʼlochisi, vazir ustamasi hamda yuqori darajali milliy sertifikat sohibi. 📚 V.N. Fedorko — Geografiya ilm-fani sohasidagi yetuk olimlardan biri. Olim rus, ingliz, tojik va oʻzbek tillarida ravon gapiradi, ilmiy ishlar yozadi. Uning shu paytgacha eʼlon qilgan 100 dan ortiq asarlari AQSh, Germaniya, Rossiya, Belorus va boshqa MDH mamlakatlarida chop etilgan. 🏢 Eng qiziqarli tomoni, olim PhD ilmiy darajasiga ega boʻlsa-da, Toshkent shahar Olmazor tumani 233-maktabda ishlaydi. "Men jamoa bilan faxrlanaman, bu taqdirimning bir qismi", deya taʼkidlaydi. Undan tashqari V.N. Fedorko maktabda ishlasa-da, butun Oʻzbekiston olimlari bilan juda kuchli aloqaga ega, oliy taʼlim uchun darsliklar yozgan. Olimning aytishicha hozirgi kunda ta’limga berilayotgan kuchli e‘tibor hamda imkoniyatlardan foydalanmaslik, izlanuvchan va intiluvchan o‘qituvchiga xos ish emas.
Hurmatli Viktor Nikolayevich! Sizni bugungi tavallud kuningiz bilan chin qalbdan tabriklayman. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz. Ilm yo‘lidagi izlanishlaringiz, ustozlik faoliyatingiz va geografiya faniga qo‘shayotgan hissangiz bardavom bo‘lsin. Hurmat bilan: Qambarov O.X.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#uslub
Odatda tabiiy geografik okruglar bo‘yicha umumiy ma'lumotlarni tez eslab olishim uchun ularni teng o‘rganaman farqli xususiyatlarini. Sizga ham ushbu uslubni tavsiya qilaman.
Tog‘li va tog‘oldi tabiiy geografik okruglar bo‘yicha umumiy testlar to‘plamini sizga taqdim etaman. 👉 To‘plam 👈 👉 To‘plam 👈 👉 To‘plam 👈 Hurmat bilan: Qambarov O.X. ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#abituriyent 2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.
OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#uslub
YOPIQ TESTLAR — XOTIRANI RIVOJLANTIRISHNING KUCHLI USULI
📝 Yopiq testlarni muntazam ishlash orqali eslab qolish qobiliyatingizni rivojlantiring. Chunki yopiq testlarda javob variantlariga tayanmasdan, ma’lumotni o‘z xotirangizdan izlab topishga harakat qilasiz. Aynan shu jarayon bilimni mustahkamlaydi va uzoqroq vaqt eslab qolishga yordam beradi. P/S: O‘zim ham ushbu uslubni juda yoqtiraman. Fan olimpiadasiga tayyorlash jarayonida ham bu uslubdan faol foydalanaman. Avval testlarni yopiq shaklda, keyin esa xuddi shu testlarni variantli shaklda taqdim etib, o‘quvchilarga bir testni ikki marotaba ishlash imkonini beraman. Hurmat bilan: Qambarov O.X. ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#yopiq_testlar
📖 5-Sinf, VII-bob ma'lumotlari asosida.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#yopiq_testlar
📖 5-Sinf, VI-bob ma'lumotlari asosida.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#yopiq_testlar
📖 5-Sinf, V-bob ma'lumotlari asosida.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi