Booktopia nashriyoti
رفتن به کانال در Telegram
Kitobsevarlar uchun yangi olam! 🌀Klassik va zamonaviy adabiyotlar 🌀Maqsadimiz: Sizning tafakkur olamingizni boyitish. 🌀Bog’lanish uchun: 77-016-44-55 ❇️ Batafsil: www.booktopia.uz 🚚 Buyurtma uchun: @Booktopiapress_bot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
205
مشترکین
+124 ساعت
+17 روز
+130 روز
آرشیو پست ها
🔔 Bugun suhbat kuni
Yana bir bor eslatib o'tamiz, bugun soat 20:20 dan so'ng, tarjimon va yozuvchi Nodirabegim Ibrohimova bilan jonli audio-suhbat o'tkazamiz.
❗️ Hozircha berilgan savollar ko'p emas, demak, hali endi savol yozadiganlarda ham kitob yutish imkoni yuqori.
📎 Prujinasi tugagan o'yinchoqlar #iqtibos
"Murvatli apelsin" asarida yoshlikka shunday ajib tashxis qo'yiladi:
Ha, ha, ha, shunday edi. Yoshlik tugashi kerak, albatta. Ammo yoshlik faqat hayvondek yashash, degani emas. Yo‘q, bu shunchaki hayvon bo‘lish emas, balki ko‘chada sotiladigan o‘yinchoqlarga o‘xshaydi. Xuddi tunukadan yasalgan, ichida prujinasi bor, tashqarisida esa burama dastasi bor kichkina qo‘g‘irchoqlarga o‘xshaydi. Siz uni burab, g‘irr-g‘irr qilasiz va u xuddi yurayotgandek harakatlanadi, o og‘alarim. Ammo u faqat to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yuradi va to‘g‘ridan to‘g‘ri narsalarga urilaveradi, o‘z harakatlarini nazorat qilolmaydi. Yosh bo‘lish – xuddi ana shunday kichik mexanizmlarga o‘xshaydi.Xuddiki, jamiyat bizning tinimsiz xatolardan toliqib, sekinlashgan holatimizni marhamat bilan "ulg'ayish va aql kirishi" deb ataydi. Aslida esa shunchaki ichimizdagi o'sha tunuka prujinaning quvvati tugaydi, xolos. 🌼 Xo'sh, o'qirmanlar, sizlarni bu masalada fikrlaringiz qanday? @booktopia_press
🎙 Tarjimon bilan suhbat
Eng murakkab kasb — bu badiiy tarjimonlik bo'lsa kerak, chunki bu ishda so'zlarni emas, boshqa insonning ruhiyatini tarjima qilish kerak.
❤️ Vulfning "Mayoq sari"dagi jimjitligini yoki "Ijarachi"dagi qorong'i sirlarni o'zbekchalashtirish uchun lug'at titkilash kamlik qiladi. Buning uchun inson oylab murakkab qahramonlarning ongi ichida yashashga majbur.
Shu shanba kuni ushbu mashaqqatli jarayonning "aybdori" — ikkala asar tarjimoni Nodirabegim Ibrohimova bilan jonli audio-suhbat o'tkazamiz.
🎁 Yutuqli savol: Tarjimonga qanday o'tkir va noodatiy savolingiz bor? Hoziroq izohlarda qoldiring! Eng yaxshi 2 ta savol egasi xohishiga ko'ra "Mayoq sari" yoki "Ijarachi" kitobini bepul qo'lga kiritadi.
@booktopia_press
📖 Hoziroq o'qib ko'ring
Lekin hoziroq ushbu kitobimizni ilk sahifalarini o'qimoqchi bo'lsangiz, saytimizdagi quyidagi link orqali kirib, "Parchani o'qish" tugmasidan foydalansangiz bo'ladi:
🔥 Ultrabilim egasi bo'lmoqchiman!
⚡️Miyangizning "velosiped" testi
Hozir bitta qog'oz olingda, to'liq xotirangizdan (postdagi rasmni ko'rmasdan) oddiy velosiped chizishga urining: g'ildirak, o'rindiq, pedal va zanjir. Biz uni har kuni ko'ramiz va qanday ishlashini mukammal bilamiz deb o'ylaymiz. Lekin qog'ozda chizishga kelganda, ko'pchilik zanjirni aynan qayerga ulashni topolmay adashadi. "Ultrabilim" kitobida aytilishicha, ushbu holat "tushunish illyuziyasi" deyiladi.
Nimadirni o'rganish jarayonida ham xuddi shu qopqonga tushamiz. Podkast eshitamiz yoki kitob varaqlaymiz-da, o'zimizcha "ha, hammasi tushunarli" deb bosh irg'aymiz. Vaholanki, olgan ma'lumotingizni hech qanday yordamsiz boshqalarga tushuntirib bera olmasangiz, sizning bilimingiz — zanjiri ulanmagan chala velosiped kabi reallikda umuman ishlamaydi.
❓ Xo'sh, bu illuziyaga tushib qolmaslik va rostdan bir narsani jiddiy hamda samarali o'rganish uchun nima qilish kerak?
📕 Bu savollarning javobi tez kunda nashr etiladigan kitobimiz "Ultrabilim" asarida yashiringan.
Instagram 🌟 Telegram
Nega "Ijarachi"ni yashirishgan? #maqola
19-asr klassikasi deganda xayolimizga nima keladi? Hashamatli saroylar, chiroyli ko'ylaklar va shahzodasini kutib yashaydigan qizlar. Ammo Anna Bronte bu shirin ertaklarni bir chetga surib, odamlar eshitishdan qochadigan, mudhish bir mavzuni yozishga qaror qiladi.
Tasavvur qilib ko'ring-a, 1848-yilda ayolning erini tashlab ketishi sharmandalik emas, qip-qizil jinoyat hisoblangan. Qonun bo'yicha ayol ham, uning bolasi ham erining shaxsiy mulki sanalardi.
📖 Batafsil o'qish uchun 2 daqiqa ketadi📝 P. S. Aytgancha, ushbu kitobimiz ham yaqin kunlarda chop etiladi. @booktopia_press
🤝 "Mayoq sari" #tez_kunda
Biz yaqin insonlarimizni juda yaxshi bilamiz, deb har kuni o'zimizni aldaymiz. Aslida esa hech birimiz birovning qalbida qanday bo'ronlar aylanayotganini to'liq ko'ra olmaymiz.
📢 Virjiniya Vulf o'zining "Mayoq sari" asarida kitobxonga shunchaki oddiy hikoya so'zlab bermaydi, balki inson ongining eng qorong'i labirintlariga to'g'ridan-to'g'ri eshik ochadi. Dasturxon atrofida xotirjam choy ichib o'tirgan odamlar ruhiyatida qanday dahshatli isyonlar qaynayotganini va ular aslida bir-biridan yorug'lik yillari qadar uzoqda ekanligini anglash kishini seskantiradi. Asarda yuzaki qahramonliklar yo'q. Uning o'rniga har bir nigoh ortida yashiringan aytilmagan so'zlar, vaqtning shafqatsiz oqimidan qolgan chandiqlar va insoniy yolg'izlik hukmronlik qiladi.
Bu kitob quruq voqealarga emas, ongli hislarga quriladi. U sizni qulay illuziyalardan yulib olib, ruhiyatning tugunlari bilan yuzma-yuz qoldiradi.
❓ Virjiniya Vulf va haqiqiy adabiyot muxlislari, shuyerdamisizlar?
Instagram 🌟 Telegram
🫥 Estetik antivirus
Uzoq vaqt "Tetris" o'ynasangiz, reallikda ham faqat bir-biriga mos tushuvchi g'ishtlarni qidirasiz. Psixologiyada bu "Tetris effekti" deyiladi — inson miyasi qanday axborotni ko'p yutsa, butun borliqni aynan shu qolip orqali qabul qilishga o'tadi.😂 Endi buni o'z realligimizda ko'rsak: Agar kuniga uch soat ijtimoiy tarmoqlardagi janjallar va arzon xabarlarni "chaynaydigan" bo'lsangiz, ongingiz beixtiyor hamma joydan faqat negativ va xavotir qidirishga dasturlanadi. 📕 Lekin sifatli adabiyot esa, miyaga o'rnatiladigan eng kuchli estetik "antivirus". Bitta jiddiy asar yoki chuqur ramziylik sizning oddiy va kulrang kuningizga mutlaqo boshqa kayfiyat va rang berishga qodir. Xo'sh, siz o'qigan oxirgi "antivirus" qaysi edi? @booktopia_press
Jinoyatchi “yaxshi odam”ga aylantirildi #taqriz
Yovuzlik bu tabiat hodisasi. Uni har doim ham bilim yoki madaniyat bilan jilovlab boʻlmaydi. Roman insonning ichki tabiati, erkinligi va tanlov huquqi haqida yozilgan. Ammo…
Ammo kimgadir tanlov imkoniyati berilganida yozuvlikni tanlashini erkinlik deyish mumkinmi? Muallif insonga tanlov imkoniyati berilganda yomonlikni tanlay olmaydigan qilib “operatsiya” qilinsa jamiyat yaxshilanadimi degan savolni asarning poydevori qilib oladi.
🔖 Batafsil o'qishInstagram 🌟 Telegram
🏄 "Ultrabilim" #tez_kunda
Bugun hamma o'zini rivojlantirish bilan ovora, lekin negadir o'z sohasining haqiqiy ustalarini topish tobora qiyinlashib bormoqda. Biz tinimsiz onlayn kurslar sotib olamiz, yaltiroq daftarlarga rejalar tuzamiz, biroq diqqatimizni o'n daqiqadan ortiq bir joyga jamlay olmaymiz. Haqiqat shundan iboratki, axborotni shunchaki iste'mol qilish va uni haqiqatan o'zlashtirish — mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalar.
Tez kunda "Booktopia" nashriyoti taqdim etadigan "Ultrabilim" kitobi aynan shu og'riqli mavzuda o'z yechimini taklif qiladi. Skott Yangning bu asari o'quvchiga arzon motivatsiya yoki oson yo'llarni va'da qilmaydi. Aksincha, u diqqatni jamlashning aniq usullari, miyani atayin noqulaylik holatiga kiritish va yillab davom etadigan o'quv jarayonini sanoqli oylarga qisqartirishning qat'iy mexanikasi haqida gapiradi.
Shuning uchun ham asarni barchaga birdek tavsiya etishdan yiroqmiz, axir hamma ham "tezroq vaqt ichida qiynalib bo'lsada, ko'proq o'rganay" demaydi.
❓ Xo'sh, yangi nashrga biz tayyormiz, sizlar tayyormisizlar?
Instagram 🌟 Telegram
🌑 "Iblis bilan savdo"
Genki Kavamura kitobini tugatgandan keyin uni yirik nashriyotlarga ko'tarib bormaydi. Shunchaki o'z cho'ntagidan pul to'lab, 1500 nusxada shaxsan o'zi chop etadi. Hech qanday reklama yoki shov-shuvlarsiz.
⚡️ Ammo bugun bu kitob 3 million nusxadan oshib, butun dunyoni aylanmoqda. Bizni kitoblarga ham juda manzur keldi. Bunga yagona sabab esa, asar markazida turadigan iblis bilan qilingan shartnoma:
Hayotingizning so'nggi daqiqalari. Iblis kelishuv taklif qilyapti: dunyodan nimanidir butunlay o'chirib tashlaysiz, evaziga yana 24 soat yashaysiz. Telefonlar. Kinolar. Soatlar... Yoki eng sevimli narsangiz.🔣 Endi tasavvur qiling, o'sha iblis hozir aynan sizning qarshingizda turibdi. Yana bir marta tong otishini ko'rish uchun... dunyodan eng birinchi bo'lib nimani (yoki kimni) butunlay yo'q qilgan bo'lardingiz? 💬 Miyangizga kelgan birinchi narsani izohlarda yozing. @booktopia_press
"O'zi bilan kitob olib yurmaydigan odamlarga hech qachon ishonmang." ©️ Lemoni SniketMetroda yoki kafeda kimningdir sumkasida kitobga ko'zimiz tushsa, unga negadir hurmatimiz ortadiy-a? Garchi o'sha kitob faqatgina Instagram'ga rasmga tushish uchun uydan olib chiqilganini bilib qolsak ham... 🙂 Aslida, yonimizda qalinroq kitob bo'lsa, o'zimizni qandaydir xotirjam va "xavfsiz" his qiladigandekmiz. Xuddiki, u bizni tashqi dunyoni bemaniliklaridan himoya qiladigan qalqondek. 📖 Bugun sizning sumkangizda qaysi kitob siz bilan birga "sayohatga" chiqdi?
📖 Tana tili haqida mukammal kitob #tez_kunda
Deylik, sizga suhbatdoshingizning yuzidagi niqobni ko'rib turish, ko'zingizga qarab aytilayotgan yolg'onni fosh etish kabi "afsunlar"ni 100 dollarga sotamiz desak, olgan bo'larmidingiz?
Katta ehtimol bilan — ha. Chunki bu qobiliyat bir umr sizga xizmat qiladi va hayotning eng murakkab vaziyatlarida ham doim o'z samarasini beradi.
🎁 Lekin bularning barchasini atigi bitta kitobdan bilib olasiz, desak-chi?
@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
Taqiqlangan roman: 37 davlat nimadan qo'rqdi? #maqola
1962-yilda ushbu roman nashrdan chiqqan paytda yozuvchining o'zi uni unchalik muvaffaqiyatli asar deb hisoblamagan.
Biroq ko'p o'tmay, butun dunyo hukumatlari kitob tasodifan o'quvchilar qo'liga tushib qolishidan xavfsiray boshladi. Xo'sh, ular asardagi nimadan qo'rqishgan?
📖 Batafsil o'qishInstagram 🌟 Telegram
🗯 Oxirgi 3 oy ko'rinmay qoldik — yangi nashrlar bilan band bo'lib, sizlarga yangiliklarimizni ulashishga ham ulgura olmadik.
Lekin endi rejamiz aniq: yangi nashrlar haqida birinchilar qatorida xabar topasizlar, kitoblar haqida chuqur maqolalar o'qiysizlar va albatta, sovrinli o'yinlar ham qilib turamiz.
🤔 Faqat boshlashimizdan oldin shuyerda ekanligizlarni tekshirib olishimiz kerak. Qani, bitta reaksiya qoldiringlar-chi — 10 ta reaksiyani ko'rsak, 37 ta davlat taqiqlagan kitob haqidagi maqolani chiqaramiz.
P.S. Booktopia.uz — endi kitoblarimiz hammasi shu yerda.
Muallif nima uchun yangi tilni yaratdi?
🍊 "Murvatli apelsin" kitobini mutolaa qilgan o'quvchilar o'ziga xos so'zlarga duch kelishayotgani haqida gapirmoqdalar. Keling, Entoni Byorjess nima sababdan asarga Nadsat tilini kiritganiga batafsil to'xtalib o'tamiz.
1961-yilda Byorjess rafiqasi bilan Sovet Ittifoqiga, xususan, Leningrad(hozirgi Sankt-Peterburg)ga sayohat qiladi. O‘sha paytda u ingliz yoshlari orasidagi "Teddy Boys" (o‘ziga xos submadaniyat vakillari) haqida asar yozishni rejalashtirib yurgan edi. Bu madaniyat vakillari o'sha vaqtdagi Amerika musiqasi va kinolarining ashaddiy muxlisi bo'lgan. Shuningdek, ingliz konservativ tiliga "buzilgan" amerika so‘zlarini olib kirishgan.
Leningradda rus yoshlarining ham "stilyaga" madaniyatini kuzatadi. Byorjess ruscha so‘zlarning ohangi inglizcha talaffuz bilan qo‘shilganda juda o‘tkir, ekzotik va hatto biroz tajovuzkor eshitilishini payqaydi. Aynan shu yerda uda ingliz yoshlari shevasini ruscha ildizlar bilan boyitish g‘oyasi tugʻilgan.
Muallifning tilshunos bo‘lishi yangi tilni yaratishda katta yordam bergan, u bir tilning boshqa madaniyatga singib borishi hamda odamlar ongi qanchalik o‘zgarishini, madaniy mustamlaka ta'sirlarini yaxshi anglagan. Asarda qahramonlarning o‘z o‘rinlarini ko‘rsatish va jamiyatga nisbatan isyonkorliklarni bildirishning asosiy vositalardan biri sifatida nadsat tili yaratilgan.
🌷O‘ylaymizki, kitobni o‘qish davomida nadsat tiliga moslashib olasiz.
@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
+2
#premyera #yanginashr
Agar inson tanlash huquqidan mahrum etilsa, u yaxshilikni tanlamaydi – u shunchaki mexanizmga aylanadi. Entoni Byorjess🍊 Entoni Byorjessning bu dahshatli va shu bilan birga falsafiy romani yaqin kelajakdagi totalitar jamiyatda yashovchi zo'ravon yoshlar hamda ularning sardori Aleks haqida. Davlat jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida majburan Aleksni "tuzatish" tajribasidan o‘tkazadi. Asar inson erki, shaxsiyat mohiyati va "yaxshilik"ni majburan singdirishning axloqiy oqibatlari haqidagi distopiyadir.
Tarjimon: Abubakir Fozilov Sahifalari: 264 bet Muqova: qattiq@goldenbooks_uz va @kitobhouse hamkor do‘konlarimizdan xarid qilishingiz mumkin. @booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
Sen endi bir buyumsan xolos
Ilk nashri omma e'tiboriga tushmagan, ammo keyinchalik ko‘p axloqiy bahslarga sabab bo‘lgan "Murvatli apelsin" asari haqida qisqacha faktlar:
🍊 Kitob ilk marta 1962-yil Buyuk Britaniyada nashr etilgan;
🍊 Asar 21 bobdan iborat, bu bejizga emas – o'sha vaqtda Buyuk Britaniyada voyaga yetish yoshi 21 yosh edi.
🍊 Muallif Entoni Byorjess tilshunos bo‘lgani sababli asarga "Nadsat" yangi tilini qo‘shadi.
🍊 AQShda 1962-yildan 1986-yilgacha kitobning oxirgi 21-bobi olib tashlangan holda nashr etilgan. Sababi yakun pessimistik ruhda tugashi kerak deb hisoblashgan.
🍊 Stenli Kubrikning 1971-yilda asar asosida ishlagan filmi kitobni yanada mashhur qilib yuboradi. Lekin biroz vaqt o‘tib Buyuk Britaniyada jinoyatchilik avj olganidan keyin 27 yil davomida film taqiqlab qo‘yiladi. Bu esa "qora bozor"da kitob savdosining oshishiga olib keladi.
🍊 Kitob "Time" jurnalining "1923-yildan beri yozilgan eng yaxshi 100 ingliz romani" ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, "GoodReads" platformasida kitobxonlar tomonidan 4/5 bahoga loyiq ko‘rilgan.
Suratda kitob bilan birga ko‘rsatilgan sut esa alohida mavzu bo‘lib, bu haqda keyingi postlarimizda to‘xtalamiz🥛
@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
#premyera #yanginashr
Hayotingiz evaziga nimalarni qurbon qila olardingiz?
Tanlov qilishda shoshilmang, chunki har bir yoʻqotishning oʻz badali bor…
Genki Kavamuraning ushbu asari inson ruhiyatining chuqur qatlamlariga nazar soladi. Bosh qahramon – ogʻir xastalikka chalingan yigit oʻz umrini uzaytirish ilinjida Iblis bilan kelishuvga rozi boʻladi. Har bir qoʻshimcha kun evaziga dunyodagi bitta buyum yoki tushuncha yoʻqlikka mahkum etiladi.
Muallif kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylangan buyumlar va tuygʻular ortiga yashiringan haqiqatlarni mahorat bilan ochib beradi. Asar oʻquvchini yaqinlaridan ayrilish, yolgʻizlik va kechirimlilik kabi mavzular ustida fikr yuritishga chorlaydi.
Tarjimon: Gulzoda Safarova Sahifalar soni: 208 bet Muqova: yumshoq@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
