Abdulla Qahhor merosi
رفتن به کانال در Telegram
📚Ushbu kanal orqali siz adibning eng sara asarlari, hikoyalari va hayot yo‘li bilan yaqindan tanishasiz. ✍️ Bu yerda adabiy tahlillar, ijtimoiy loyihalar, qiziqarli faktlar va ilhom beruvchi iqtiboslar sizni kutmoqda
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
180
مشترکین
-224 ساعت
-27 روز
+730 روز
آرشیو پست ها
⏳ DIQQAT, ESLATMA!
📚 Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan
🎬 videoroliklar tanloviga atigi
2 kun muhlat qoldi!
✨ Hali ulgurmagan bo‘lsangiz, ijodingizni namoyon etishga shoshiling!🎥 Kreativ yondashuv, mazmunli g‘oya va sifatli videolar bilan ishtirok eting. 📖 Eng yaxshi videoroliklar kanalimiz orqali e’lon qilinadi. 🔥 O‘z iste’dodingizni ko‘rsatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📚 Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar adibning boy ijodi, mazmunli hayot yo‘li hamda o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ijodiy fikrlarini namoyon etdilar. ✨
Yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, mustaqil fikrlashi va ijodkorligi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🌿
+3
📚 Adabiyot va ma’naviyatga bag‘ishlangan mazmunli uchrashuv!
Bugun Abdulla Qahhor hamda Muqimiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Muqimiy va Abdulla Qahhor - ikki davr, bir haqiqat" mavzusida qiziqarli munozara bo‘lib o‘tdi.
✨ Munozara davomida adiblarning hayot yo‘li, ijodiy merosi, asarlaridagi mazmun va bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
📖 Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mulohazalar va tahlillar tadbirni yanada mazmunli va qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.
👏 Faol qatnashgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!🌿 Buyuk adiblar merosi — millat ma’naviyatining bebaho xazinasidir.
📚 20 KUNLIK CHALLENGE DAVOM ETADI!
Assalomu alaykum hurmatli kitobxonlar!
“Abdulla Qahhor hayoti va ijodi” challenge’imizning 7-kuniga xush kelibsiz! 🔥
Bugun siz bilan adibning mashhur asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni o‘rganamiz. Kanalni kuzatishda davom eting! ✨
📌 7-KUN | Qiziqarli faktlar:
1️⃣ Mashhur qissalari haqida
Abdulla Qahhorning “Sinchalak” (1958), “O‘tmishdan ertaklar” (1965) va “Muhabbat” (1968) qissalari o‘zbek nasrining eng muhim asarlari qatoriga kiradi.2️⃣ Romani haqida
Adibning “Qo‘shchinor chiroqlari” romani ham uning nasriy ijodida alohida o‘rin egallaydi.3️⃣ Hikoyalari haqida
Abdulla Qahhor “Boshsiz odam”, “Anor”, “Bemor”, “O‘g‘ri”, “Dahshat”, “Millatchilar”, “San’atkor”, “Adabiyot muallimi”, “O‘jar”, “Asror bobo” kabi o‘nlab mashhur hikoyalar yaratgan.📖 Davomi ertaga! 🔥 Challenge’ni birga davom ettiramiz!
📚 20 KUNLIK CHALLENGE DAVOM ETADI!
Assalomu alaykum hurmatli kitobxonlar!
“Abdulla Qahhor hayoti va ijodi” challenge’imizning 6-kuniga xush kelibsiz! 🔥
Bugun siz bilan adibning hikoyachilik mahorati haqida qiziqarli ma’lumotlarni o‘rganamiz. Kanalni kuzatishda davom eting! ✨
📌 6-KUN | Qiziqarli faktlar:
1️⃣ Ilk hikoyalar to‘plami haqida
Abdulla Qahhorning “Olam yasharadi” nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1932-yilda nashr etilgan.2️⃣ Ijodiy merosi haqida
Adib ijodiy faoliyati davomida 40 dan ortiq asar yaratib, o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shgan.3️⃣ Hikoyachilik mahorati haqida
Abdulla Qahhorning qariyb 30 ga yaqin hikoyalari o‘zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy imkoniyatlarini kengaytirgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.📖 Davomi ertaga! 🔥 Challenge’ni birga davom ettiramiz!
✨ Ikki buyuk siymo, bir haqiqat: Adabiy duelga tayyormisiz?
Bank ishi va Iqtisodiyot fakultetlari hamda Debate klubi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Muqimiy va Abdulla Qahhor — ikki davr, bir haqiqat” loyihasiga barcha adabiyotsevarlarni chorlaymiz!
Bu shunchaki tadbir emas, bu — intellektual bahs maydoni. Biz Muqimiyning o‘tkir hajviyasi va Abdulla Qahhorning qat’iy haqiqatlarini bugungi kun ko‘zgusida tahlil qilamiz.
🔹 Nimalar kutilmoqda?
Ikki jamoaning murosasiz bahsi (Munozara);
Adiblarning hayoti va hayotiy faoliyatlari haqida qiziqlari ma'lumotlar;
Tahliliy fikrlash va notiqlik mahoratini namoyish etish imkoniyati.
📌Talab: Abdulla Qahhor va Muqimiy hayoti boʻyicha maʼlumot toʻplab kelish!
📍 Manzil: TDIU Asosiy kampusi 1-bino 2-qavat
🗓 Sana: 06.05.2026 | 🕒 Soat: 18:00
🏆 Gʻolib jamoa sertifikat bilan taqdirlanadi.
✨Kel va o'z jamoangni g'alabaga boshla!
📚 20 KUNLIK CHALLENGE DAVOM ETADI!
Assalomu alaykum hurmatli kitobxonlar!
“Abdulla Qahhor hayoti va ijodi” challenge’imizning 5-kuniga xush kelibsiz! 🔥
Bugun siz bilan adibning muhim asarlaridan biri haqida qiziqarli ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz. Kanalni kuzatishda davom eting! ✨
📌 5-KUN | Qiziqarli faktlar:
1️⃣ “Sarob” romani haqida
Abdulla Qahhorning 30-yillardagi ijodida uning birinchi romani — “Sarob” alohida o‘rin egallaydi.2️⃣ Asarning mazmuni
Ushbu roman bosh qahramon Saidiyning hayoti va faoliyatini yoritadi hamda 1920-yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek xalqining maishiy, etnografik, iqtisodiy va ma’naviy hayotini keng tasvirlaydi.3️⃣ Badiiy xususiyati
“Sarob” keng qamrovli roman bo‘lib, yozuvchi o‘z g‘oyasini bevosita emas, balki davr hayotining turli manzaralari orqali ifodalagan. Asarda hayot haqiqatlari real va ta’sirchan aks ettirilgan. 📖 Davomi ertaga! 🔥 Challenge’ni birga davom ettiramiz!
+3
📍 Ma’naviyat sari yana bir qadam
Bugun biz Adiblar xiyoboni ga tashrif buyurib,
📚 Abdulla Qahhor haykali oldida bo‘ldik.
✨ Ushbu tashrif davomida buyuk adibning hayoti va ijodi haqida suhbatlar olib borildi, uning asarlaridagi chuqur ma’no va hayotiy saboqlar yana bir bor esga olindi.📖 Adabiyotga hurmat — bu o‘zligimizga, tariximizga bo‘lgan hurmatdir.
🌿 Adiblar xiyoboni — nafaqat dam olish maskani, balki ma’naviyat va ilhom manbai ekanini yana bir bor his qildik. ✨ Ilm oling, kitob o‘qing va buyuk ajdodlarimiz izidan boring!
+3
📚 Bilimingizni sinab ko‘rdingizmi?
🧠 Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan
🎯 Kahoot test muvaffaqiyatli o‘tkazildi!
✨ Ishtirokchilar adibning hayoti, asarlari va ijodiy faoliyati bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
📊 Test davomida qiziqarli savollar, tezkor javoblar va haqiqiy bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi.👏 Faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga tashakkur! 🔥 Bilim — muvaffaqiyat kaliti! 📖 Abdulla Qahhor ijodini o‘rganishda davom eting!
📍 DIQQAT, E’LON!
📚 Abdulla Qahhor xotirasiga bag‘ishlab
🗓 5-may kuni(Bugun)
🕑 Soat 14:00 da
📍 Adiblar xiyobonidagi
Abdulla Qahhor haykali oldiga tashrif buyuramiz
✨ Adabiyotga hurmat — ma’naviyatga hurmat
📖 Barchangizni ushbu ma’rifiy tashrifda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📚 20 KUNLIK CHALLENGE DAVOM ETADI!
Assalomu alaykum hurmatli kitobxonlar!
“Abdulla Qahhor hayoti va ijodi” challenge’imizning 4-kuniga xush kelibsiz! 🔥
Bugun siz bilan adib ijodiga oid muhim va qiziqarli faktlarni o‘rganishda davom etamiz. Kanalni kuzatib boring! ✨
📌 4-KUN | Qiziqarli faktlar:
1️⃣ Ijod yo‘nalishi haqida
Abdulla Qahhor ijodi dastlab she’riyat bilan boshlangan bo‘lsa-da, uning adabiy merosining asosini nasriy asarlar tashkil etadi. “Boshsiz odam” (1929) hikoyasi chop etilgandan so‘ng u umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qilgan.2️⃣ Dastlabki qissasi haqida
Adibning ilk yirik asarlaridan biri — “Qishloq hukm ostida” (1932) qissasi bo‘lib, u sho‘ro mafkurasi ta’sirida yozilgan.3️⃣ Mashhur romani haqida
“Qo‘shchinor chiroqlari” (1951) romanida (dastlabki varianti “Qo‘shchinor”, 1946) jamoalashtirish davridagi voqealar badiiy tarzda tasvirlangan.📖 Davomi ertaga! 🔥 Challenge’ni birga davom ettiramiz!
📚 20 KUNLIK CHALLENGE DAVOM ETADI!
Assalomu alaykum hurmatli kitobxonlar!
“Abdulla Qahhor hayoti va ijodi” challenge’imizning 3-kuniga xush kelibsiz! 🔥
Bugun ham siz bilan adib hayotiga oid yangi va qiziqarli faktlarni o‘rganamiz. Kanalni kuzatishda davom eting! ✨
📌 3-KUN | Qiziqarli faktlar:
1️⃣ Ilk ijodi haqida
Abdulla Qahhorning “Oy kuyganda” nomli ilk hajviy she’ri 1924-yilda “Mushtum” jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida chop etilgan.2️⃣ Taxalluslari haqida
Keyinchalik uning hajviy she’r va hikoyalari “Mushtum”, “Yangi yo‘l” jurnallari hamda “Qizil O‘zbekiston” gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi turli taxalluslar ostida e’lon qilingan.3️⃣ Ta’limi va faoliyati
1930-yillarda Toshkentga qaytib, O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o‘qishga kirgan. Shu bilan birga “Sovet adabiyoti” jurnalida mas’ul kotib bo‘lib ishlagan. 1935–1953-yillarda O‘zdavnashrda muharrir va tarjimon sifatida faoliyat yuritgan. 1954–1956-yillarda esa O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.📖 Davomi ertaga! 🔥 Challenge’ni birga davom ettiramiz!
Repost from MantiqLab +
🚀Shuning bilan bugungi Abdulla Qahhorga bag’ishlangan quizimiz o’z nihoyasiga yetdi🔥 Ushbu quiz tashabbusi bilan chiqqan va savollar uchun @Pe7fect o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz 🏆Demak bugungi Quizimizda g’olib @PHISERAPH tabriklaymiz va keyingi o’yinlarda barchaga omad tilaymiz 🔖Bugungi quiz sizlarga yoqdimi?
Posterda xatolik bo'lgan ekan
10-aprel emas 10-may sanasida bo'ladi yakuniy natija
📚 20 KUNLIK CHALLENGE DAVOM ETADI!
Assalomu alaykum hurmatli kitobxonlar!
“Abdulla Qahhor hayoti va ijodi” challenge’imizning 2-kuniga xush kelibsiz! 🔥
Har kuni siz bilan buyuk adib hayotiga oid muhim va qiziqarli faktlarni o‘rganishda davom etamiz. Kanalni kuzatishda davom eting! ✨
📌 2-KUN | Qiziqarli faktlar:
1️⃣ Bolaligi haqida
Abdulla Qahhorning bolaligi Yaypan, Nursuh, Kudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on kabi Qo‘qon atrofidagi qishloqlarda kechgan.2️⃣ Ilk faoliyati va ta’limi
1925-yilda Toshkentdagi “Qizil O‘zbekiston” gazetasi tahririyatining “Ishchi-batrak maktublari” sahifasiga muharrirlik qilgan. Shu bilan birga, O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini 1928-yilda tamomlagan.3️⃣ Keyingi ish faoliyati
1929-yilda “Yangi Farg‘ona” viloyat gazetasiga kotib etib tayinlangan hamda “Chig‘iriq” hajviy bo‘limiga mudirlik qilgan.📖 Davomi ertaga! 🔥 Challenge’ni birga davom ettiramiz!
MantiqLab jamoasi bilan birgalikda qilayotgan online quizimizda faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz
Repost from MantiqLab +
📚Zakovat va adabiyot ixlosmandlari diqqatiga!🪄Buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor ijodi va hayotiga bag‘ishlangan QUIZni kutib oling! 🚀Ushbu quiz orqali siz:
•Abdulla Qahhor hayoti va ijodi bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘rasiz •Qiziqarli savollar va muhitda ishtirok etasiz •Eng kuchli bilimdonlar qatoridan joy olishingiz mumkin🔖Formati: Onalyn tarzda bo’lib o’tadi ⏰Vaqt: 21:00 📍Manzil: MantiqLab telegram kanali 🔥Do‘stlaringizni ham taklif qiling va birgalikda bilimlaringizni sinab ko‘ring!
