fa
Feedback
Axmadjanov | Ta'limiy blog

Axmadjanov | Ta'limiy blog

رفتن به کانال در Telegram

Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov 2-bosqich doktoranti @Talimgaoid_admin @Talimgaoid_perevod @Nodavlat_oliygohlar

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است

📈 تحلیل کانال تلگرام Axmadjanov | Ta'limiy blog

کانال Axmadjanov | Ta'limiy blog (@axmadjanoov) بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 28 746 مشترک است و جایگاه را در دسته متفرقه دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 28 746 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 13 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -4 365 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -347 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.34% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 11.09% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 7 329 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 3 207 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 24 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov 2-bosqich doktoranti @Talimgaoid_admin @Talimgaoid_perevod @Nodavlat_oliygohlar

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 14 سپتامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته متفرقه تبدیل کرده‌اند.

28 746
مشترکین
-34724 ساعت
-3 4087 روز
-4 36530 روز
آرشیو پست ها
⚡️ Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabuli bo‘yicha rad etilgan arizalarni 26-avgust soat 14:00 gacha my.edu.uz orqali qayta tahrirlash va kamchiliklarni bartaraf etish mumkin. ❗️Ariza hujjatlar to‘liq yuklanmagani, noto‘g‘ri hujjat, mutaxassislik mosligi, SAT sertifikati va boshqa sabablar bilan rad etilgan bo‘lsa, tahrirlash mumkin. 🚫 Talab etilgan xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lmasa yoki darajasi yetarli bo‘lmasa, arizani qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar qayta ko‘rib chiqilmaydi. ⏰ Muddat: 26-avgust, soat 14:00 gacha. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda 💼 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida)onlayn tarzda qabul qilinadi. ✅ Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlashtirilmagan bo‘lishi lozim. 📨 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. ⛳ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim. ✅@Axmadjanoov | Instagram

📹Mana shu videoni koʻrib yaxshilab aql yuritinglar. Ayniqsa maqsadli qabulga oʻqishga kirganlar ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Aytishlaricha, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (narxoz) rahbariyati 2026/2027 oʻquv yili uchun kontrakt summalarini 15% gacha oshirish rejalashtirmoqda. Bu esa avtomatik ravishda ushbu oliygohda super kontrakt miqdorlari ham oshishiga olib keladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi 2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTTlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTTlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Aloqa xati qachon beriladi? O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'plagan talabgorlar endilikda o'qishlari ko'chirishga tavsiya etilgan oliygoh telegram kanalini kuzatib borishlari tavsiya etiladi. Sababi oliygohlar qachondan boshlab aloqa xati berishlarini rasmiy sahifalarida e'lon qilishadi va o'sha sanadan boshlab aloqa xatini olish uchun oliygohga borishingiz lozim bo'ladi. Aloqa xatini olganidan so'ng, talabgor talab qilingan hujjatlarni to'liq holatda o'z vaqtida o'qishini ko'chirgan oliygohga taqdim eta olmasa, uning "perevodi" rad etiladi.@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Arab tilini oʻrgamoqchi boʻlganlar uchun yaxshi kanal topib qoʻydim. Telegramdagi @qolam_arabtili orqali barcha yoshdagilar uchun arab tili sodda va qiziqarli tarzda sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan videolar asosida oʻtiladi. Kanalda har oy chellendj ham tashkillanib, chellenj yakuniga koʻra, gʻolib deb topilganlarga qimmatbabo kitob sovgʻa qilib borilmoqda. Arab tilini oʻrganmoqchi boʻlganlar @qolam_arabtili kanaliga kiring va vaqtingizni til oʻrganish uchun mazmunli sarflang. @qolam_arabtili @qolam_arabtili @qolam_arabtili 🔵Telegram | 🟥Youtube | 🟥Instagram

⚡️Vakant kvota uchun OTM va yo‘nalish tanlash uchun videoyo‘riqnoma@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oʻqishni koʻchirishda yetarli ball toʻplay olmaganlar diqqatiga! Oʻqishni koʻchirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan talabgorlar o'z xohishlariga ko'ra, quyidagi miqdordagi super-kontrakt toʻlab o'qishlarini koʻchirishlari mumkin: ➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; Bunda super-kontrakt miqdori bazaviy kontrakt summasiga nisbatan hisoblanadi. Masalan siz koʻchirayotgan yoʻnalish kontrakt narxi 7,4 mln boʻlsa, yetmay qolgan balingizga qarab necha barobar boʻlishini koʻpaytirib hisoblaysiz. 👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 3 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. Aniq summani oliygohning oʻzidan aniqlashtirasiz. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabgorlar diqqatiga! Test sinovlaridan yetarli ball toʻplagan talabgorlar endilikda oʻqishi koʻchirishga tavsiya etilgan oliygohlarning ijtimoiy tarmoqlariga a'zo boʻlib oling. Sababi keyingi qadam – ya'ni oliygohga qachon borishingiz haqidagi ma'lumotlar e'lon qilib boriladi. Jumladan, Namangan davlat universitetiga oʻqishini koʻchirgan talabgorlar 14-sentabrdan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan fakultet dekanlariga murojaat etishlari mumkinligi haqida rasmiy e'lon taqdim etildi. Demak keyingi jarayonlar – aloqa xati olish, hujjatlarni qaysi sanagacha olish kelish kabi ma'lumotlar oliygohga borganingizdan keyin mutasaddilar tomonidan xabar beriladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Vakant o'rinlarga kirish shartlari Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2026/2027-o'quv yili ki
⚡️Vakant o'rinlarga kirish shartlari
Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2026/2027-o'quv yili kirish imtihonlarida qatnashib, 56,7 ball to'plagan abituriyentlar vakant o'rinlarga qo'shimcha tanlovda ishtirok etishi imkoniyati yaratildi.
Eng muhimi, vakant o’rin bo’lishi kerak siz test yechgan fanlar majmuasi bo’yicha. Agar bo’sh kvota bo’lmasa topshira olmaysiz! ❗️Agarda yuqoridagi rasmdagi singari "kvota mavjud emas" yozuvi chiqayotgan boʻlsa, demak sizning fanlar majmuangizga mos ta'lim yoʻnalishiga boʻsh kvota mavjud emasligini bildirad va siz tanlovda qatnasha olmaysiz. Undan tashqari, kvota bo’sh degani talaba bo’lasiz degani ham emas. Boshqa siz kabi 5 ta asosiy tanlagan yo’nalishlariga kira olmaganlar bilan natijangiz bo’yicha bellashasiz! ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar (6-yoʻnalish)ga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining b
⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar (6-yoʻnalish)ga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oʻqishni koʻchirish natijasini qanday koʻramiz? Test sinovlarida qatnashganlar my.uzbmb.uz sayti orqali "Oʻqishni koʻchiris
⚡️Oʻqishni koʻchirish natijasini qanday koʻramiz? Test sinovlarida qatnashganlar my.uzbmb.uz sayti orqali "Oʻqishni koʻchirish (xorijiy va nodavlat)" boʻlimiga kirganlarida rasmda koʻrsatilgan "Natijani koʻrish" tugmasini bosadilar va test sinovlari natijasini yuklab olishlari mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram

Rasman: Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test natijalari e'lon qilindi. ✅@Axmadjanoov | Instagram
Rasman: Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test natijalari e'lon qilindi.@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test natijalari qachon e'lon qilingan! Oxirgi besh yillikda xorijiy va nodavlat oliygohlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha test natijalari quyida sanalarda e'lon qilingan: ▶️2021-yil 24-avgust kuni (testdan bir kun oʻtib) ▶️2022-yil 24-avgust kuni (testdan bir kun oʻtib) ▶️2023-yil 18-avgust kuni (testdan 2 kun oʻtib) ▶️2024-yil 20-avgust kuni (testdan bir kun oʻtib); ▶️2025-yil 19-avgust kuni (testdan bir kun oʻtib) ‼️2026-yilgi test sinovlari natijalari 20-avgust kuni e'lon qilinishi kerak edi. Lekin hozircha har yilgi an'ana buzildi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari natijalari chiqishi kutilmoqda 19-avgust kuni oʻtkazilgan xorijiy va nodavlat o
⚡️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari natijalari chiqishi kutilmoqda 19-avgust kuni oʻtkazilgan xorijiy va nodavlat oliygohlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari natijalari tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda. ‼️Eslatma: yuqoridagi rasmda koʻrsatilgan oʻtish balini toʻplagan nomzodlar oʻqishni koʻchirishga tavsiya etilgan hisoblanadi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️6-yoʻnalish tanlash oʻtgan yili qanday boʻlgan? ‼️Kimlar topshira olgandi? ➡️5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kira olmagan bali 56,7 dan yuqori boʻlganlar; ➡️Testga kirib chiqqan, lekin qabulning ikkinchi bosqichida oliygoh tanlolmay qolib ketganlar;Mumkin emas ● 5 ta yoʻnalishdan biriga oʻqishga kirganlar 6-yoʻnalish tanlay olmaydilar: ● 56,7 balldan past toʻplaganlar 6-yoʻnalishda ishtirok etmaydilar ‼️Qanday imkoniyatlar berilgandi? ◀️Abituriyentlarga 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati berilgan; ◀️6-yoʻnalishga qabul qilinganlar ballar ketma-ketligiga qarab bazaviy kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan. ❓Qaysi sanada ariza qabul qilingan va natijalar chiqqan? 🔸Arizalar oʻtgan yili 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilingan; 🔸Natijalar 8-oktabrda e'lon qilingan. Talabgorlar natijalar e'lon qilinganidan keyin darsga qoʻyilgan. ❓Bu yil nima kutilyapti? Oliygohlarda darslar 7-sentyabrdan boshlanadi. Demak bu davrgacha 6-yoʻnalish tanlash va natijalar e'lon qilish rejalashtirilgan. Shunda boʻsh oʻrinlarga qabul qilinganlar ham 7-sentyabrdan darslarda ishtirok etishlari mumkin.
‼️Muhim eslatma: Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.
@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Aytishlaricha, nodavlat oliy ta'lim muassasalarida ham odob-axloq doirasida kiyinish tartib-qoidasi joriy etilishi belgilanmoqda. Bunda aynan muayyan kiyim (oq koʻlyak, galstuk, kastyum-shim)lar qat'iy talab etilmaydi, biroq OTMlar tomonidan axloq-odob doirasidagi mentalitetimizga mos forma namunasi tavsiya etiladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi? Ariza topshirish tartibi:⬇️ ➡️my.gov.uz portal orqali ariza yuborish ➡️Yotoqxonaga navbatni tekshirish@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Yangi o'quv yili qachondan boshlanishi aniq bo'ldi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram