Akademik litsey
رفتن به کانال در Telegram
Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 296
مشترکین
-724 ساعت
-757 روز
-18230 روز
آرشیو پست ها
1 295
🎗 O‘z hayotini 3 marotaba saqlab qolish imkoni bo‘la turib, o‘limni tanlagan Ustoz...
Biz "O‘qituvchi" deganda kimni tushunamiz? Shunchaki dars o‘tadigan insonnimi yoki o‘quvchisining taqdiri uchun oxirigacha javob beradigan Murabbiynimi? ✍️ Polshalik mashhur pedagog va yozuvchi Yanush Korchakning hayoti bu savolga eng oliy javobdir. U o‘z jonini saqlab qolish uchun berilgan 3 ta imkoniyatni ham rad etdi. Nega? Chunki u shogirdlarini, o‘zining "bolalari"ni tashlab ketolmasdi.Birinchi rad etish:
Ikkinchi jahon urushi arafasida, nemislar Polshani bosib olishidan oldin, do‘stlari unga soxta pasport tayyorlab, xorijga qochishni taklif qilishdi. Korchak esa "Yetimlar uyi"dagi bolalarni taqdir hukmiga tashlab ketishni xiyonat deb bildi va qolmadi.Ikkinchi rad etish:
Varshava gettosida ochlik va o‘lim hukm surayotgan paytda, unga yana yolg‘iz o‘zi qochib ketish imkoni taklif qilindi. U yana rad etdi. Uning o‘rni bolalarning yonida edi.Uchinchi – eng so‘nggi rad etish:
Bu voqea bolalarni Treblinka konslageriga – o‘limga olib ketayotgan poyezd oldida sodir bo‘ldi. Vagonga chiqish oldidan fashist ofitserlaridan biri Korchakni tanib qoladi: — "Qirol Mateush" asarini siz yozganmisiz? Men bu kitobni bolaligimda o‘qiganman. Ajoyib asar. Siz ozod, ketavering, — deydi ofitser. — Bolalar-chi? — so‘raydi Korchak umid bilan. — Bolalar ketadi. Siz esa vagonni hoziroq tark etishingiz mumkin. Shunda buyuk Ustoz ofitserga qarab shunday deydi: — "Siz xato qilyapsiz. Ilojim yo‘q. Hamma odamlar ham yomon emas (men ularni tashlab ketolmayman)". 🚂 Bir necha kundan so‘ng, gaz kamerasiga kirib borayotganda ham u bolalar qo‘rqmasligi uchun ularning qo‘lidan mahkam tutib, ertak aytib berib ketayotgan edi...
*** Yanush Korchakning jasorati shuni ko‘rsatadiki, ustozlik – bu shunchaki kasb emas, bu – Missiya. Bu – mas’uliyat. Biz har kuni sinfga kirganimizda, bizga tikilib turgan ko‘zlarga nafaqat bilim, balki mehr, ishonch va himoya bera olishimiz kerak. Zamonlar o‘zgaradi, lekin haqiqiy Ustozning o‘z o‘quvchilariga bo‘lgan sadoqati o‘zgarmasligi lozim.Bugun o‘zimizga savol beraylik: Biz o‘quvchilarimiz uchun qanchalik fidoyimiz?
1 295
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ 572-СОНЛИ ҚАРОРИ МАКТАБГАЧА, УМУМИЙ ЎРТА, ЎРТА МАХСУС, ПРОФЕССИОНАЛ ВА МАКТАБДАН ТАШҚАРИ ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИ ПЕДАГОГ КАДРЛАРИНИ АТТЕСТАЦИЯДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА 24.11.2025 йил 740-сонли қарордаги ўзгаришлар билан
🎹@litseyhujjat
1 295
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
18-mavzu: Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi
Mardlik – bu faqat jang maydonida qilgan ish emas, balki har kuni qilinadigan to‘g‘ri, halol, jasoratli qarorlar yig‘indisi.
1-kontent: Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga murojaatnomasi – 5 muhim masala
2-kontent: Desantchilar harbiy qismidamiz
3-kontent: Oʻzbekiston armiyasidagi harbiy unvonlarni bilasizmi?
4-kontent: Qizlar ham Vatan himoyachisi boʻla oladi!
1 295
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
18-mavzu: Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi
Mardlik – bu faqat jang maydonida qilgan ish emas, balki har kuni qilinadigan to‘g‘ri, halol, jasoratli qarorlar yig‘indisi.
1-kontent: Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga murojaatnomasi – 5 muhim masala
2-kontent: Desantchilar harbiy qismidamiz
3-kontent: Oʻzbekiston armiyasidagi harbiy unvonlarni bilasizmi?
4-kontent: Qizlar ham Vatan himoyachisi boʻla oladi!
1 295
Oliy, Maktabgacha va maktab hamda Moliya vazirliklarining qo‘shma qarori bilan 2019-yil 11-yanvarda (ro‘yxat raqami 3119) tasdiqlangan akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra Namunaviy shtatlarda:
I bobning 1-pozitsiyasi tahrirlandi. Ya’ni, bungacha OTMning oʻquv ishlari uchun masʼul prorektori (filial direktori oʻrinbosari) bir vaqtning oʻzida akademik litsey direktori hisoblanar edi. Endi bu bekor qilinib, barcha akademik litseylarda jami o‘quvchilar sonidan qat’i nazar 1 shtat birligida “Direktor” lavozimi qoldirildi.
I-bobning 1(1)-pozitsiyasi chiqarib tashlandi, ya’ni akademik litseylarda Ijrochi direktor lavozimi bekor qilinmoqda. Endi faqat “Direktor” lavozimi bo‘ladi.
I bobning 19-, II bobning 23-pozitsiyalari tahrirlanib, akademik litsey va texnikumlarda “Ichki nazorat inspektori” lavozimi o‘rniga jami o‘quvchilar sonidan qat’i nazar 1 shtat birligida “Ta’lim sifati nazorati bosh mutaxassisi” lavozimi kiritildi.
1 295
Академик лицей ва техникумлар бошқарув, техник, хизмат кўрсатувчи ва ўқув-ёрдамчи ходимларининг намунавий штатларига ўзгартиришлар киритилди.
🎹@litseyhujjat
1 295
#attestatsiya_natija
⚡️Pedagog kadrlarning attestatsiya natijalari e’lon qilindi16-dekabr kuni pedagog.edu.uz sayti orqali hujjat topshirgan oʻrta maxsus (akademik litsey) va kasbiy taʼlim muassasalarining 4 165 nafar pedagog kadri attestatsiyadan oʻtkazildi. Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi. Imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatlarga ega oʻqituvchilar roʻyxati: BU YERDA
🎹@litseyhujjat
1 295
#tayinlov
Prezident Qarori bilan Salomov Oʻktam Rahimovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oʻktam Salomov 1977-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
U tayinlovga qadar Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
🎹@litseyhujjat
1 295
Ўрта махсус таълим ташкилотларини комплекс ва махсус давлат аккредитациясидан ўтказишда баҳолаш мезонлари бўйича индикаторлар тасдиқланди.
🎹@litseyhujjat
1 295
#Murojaatnoma
⚡️O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi.
🎹@litseyhujjat
1 295
⚡️Qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi.
O‘zbekistonliklar ish kunidan qat’iy nazar, 31-dekabrdan 4-yanvarga qadar ketma-ket 5 kun dam olishadi.
🎹@litseyhujjat
1 295
❗️НАФАҚА ВА МЕҲНАТГА ЛАЁҚАТСИЗЛИК ТЎЛОВЛАРИ ЭНДИ АВТОМАТИК ТАЙИНЛАНАДИ
Бу бўйича Вазирлар Маҳкамасининг 17.12.2025 йилдаги 796-сонли қарори қабул қилинди.Қарорга мувофиқ, 1️⃣ Ҳомиладорлик ва туғиш нафақалари ҳамда вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик нафақалари фуқаронинг алоҳида мурожаатисиз, проактив тартибда тайинланади. Бунда “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” ахборот тизимидаги “Ижтимоий суғурта” модули асосий манба ҳисобланади. 2️⃣ Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича тўловлар суғурталанган шахснинг мавжуд ижтимоий картаси ёки банк картаси орқали амалга оширилади. Тўловлар Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ҳузуридаги Давлат ижтимоий суғурта жамғармаси томонидан, шартнома асосида жалб этилган тижорат банклари орқали ўтказилади. Шунингдек, “Ягона реестр” орқали суғурталанган шахсларга жараёнлар ҳақида бепул СМС хабарлар юборилади. 3️⃣ Қарор билан меҳнат шартномалари, уларга киритиладиган ўзгартиш ва қўшимчаларни “Ягона миллий меҳнат тизими” (“ЯММТ”) орқали мажбурий рўйхатдан ўтказиш тартиби белгилаб қўйилди. Бу талаб барча иш берувчилар, шу жумладан якка тартибдаги тадбиркорлар учун ҳам амал қилади. 4️⃣ 2026 йил 1 январдан бошлаб барча иш берувчилар томонидан ходимларга бериладиган барча турдаги таътиллар, шунингдек фуқаролик-ҳуқуқий тусдаги шартномалар “ЯММТ” тизимида рўйхатга олинади. Шу билан бирга, суғурталанган шахсларга бир календарь йил давомида 2 иш кунидан кўп бўлмаган иш ҳақи сақланмайдиган қўшимча таътил олиш ҳуқуқи берилади. 5️⃣ Шунингдек, ҳомиладорлик, туғиш ва фарзандликка олиш ҳолатларида меҳнатга лаёқатсизлик варақаларини расмийлаштириш мақсадини автоматик аниқлаш имконияти яратилади.
🎹@litseyhujjat
1 295
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
17-mavzu: Men o‘zbekistonlikman
Faxrni buyurib singdirib bo‘lmaydi. Faxr – yurakdan chiqadigan tuyg‘u. Bugun biz aynan shu tuyg‘u haqida gaplashamiz.
1-kontent: 1000 dan ortiq bolalarni operatsiya qilganman – Bobur Toʻrayev
2-kontent: Biz oʻzbekistonlikmiz!
3-kontent: Siz bu filmlarni tomosha qilganmisiz? (2-qism)
4-kontent: Xorijga chiqayotgan oʻzbekistonlik fuqarolar uchun 10 tavsiya
5-kontent: Aholini roʻyxatga olish jarayoniga qanday tayyorgarlik koʻrilmoqda?
6-kontent: Milliy ohanglar popurisi
🎹@litseyhujjat
1 295
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
16-mavzu: Jadid bobolarimiz
Jadid bobolarimiz butun umrlari, mehnatlari, ijodlarini o‘zining ona xalqiga bag‘ishlashdi. Ular nima qilmasinlar, neni gapirmasinlar va yozmasinlar, hammasining dard-u dunyosi faqat xalq, millat tashvishi bo‘ldi.
1-kontent: Buvim bobomning qoʻlyozmalarini 35 yil saqlaganlar – Gavhar Zokirova
2-kontent: Jadidlar qaysi hududlarda faoliyat yuritgan?
3-kontent: Jadid bobolarimiz tilidan...
4-kontent: Abdulla Qodiriy uy-muzeyi
🎹@litseyhujjat
1 295
5️⃣5️⃣5️⃣
📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” 4-mavsumini e’lon qiladi!
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:🔺1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔺2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔺3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128); 🔺4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64); 🔺5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi🔺1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128); 🔺2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64); 🔺3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🟢 Tanlovda qatnashgan barcha QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. Tanlovda ishtirok etish👇 https://t.me/kitobtanlovbot?start=206387077
1 295
🔤🔤🔤4️⃣9️⃣1️⃣0️⃣
Янгиланган варианти.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 03.12.2020 йилдаги "Иқтидорли ёшларни саралаб олиш тизими ва академик лицейлар фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"гиПҚ-4910-сон Қарори.
@litseyhujjat
1 295
«Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасаси ҳузуридаги алоҳида ўрнак кўрсатган ходимларни рағбатлантириш бўйича махсус комиссия тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорга ўзгартиришлар киритилди.
🎹@litseyhujjat
1 295
🟦🟦
#qishki_taʼtil
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi❗️
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. ©️eduuz
🎹@litseyhujjat
