NASHRIYOD | OAK JURNALLARI
رفتن به کانال در Telegram
©️ NASHRIYOD — ilm, bilim va sifatli nashrlar maskani. Maqsadimiz — ilm-fan va ta'lim rivojiga hissa qo‘shish hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash. 📩 Hamkorlik va murojaatlar uchun: @Huquqv
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 589
مشترکین
-424 ساعت
-87 روز
-830 روز
آرشیو پست ها
❤️❤️-ishtirokchi
Muallif: Usoma Muslim
Kitob: “Binafsha shu’lasi”
Bu kitob ruhiy poklanish, sabr, umid va iymon mavzularini yoritadigan, o‘quvchini chuqur o‘yga toldiruvchi asar. Kitobda inson qalbidagi sinovlar, Allohga yaqinlashish va umid nuri ramziy tarzda tasvirlanadi. Ayniqsa, Ramazon ruhi va ma’naviy tarbiya bilan uyg‘un g‘oyalari bilan kitobxonlarga manzur keladi.
Iqtibos:
“Binafsha shu’lasi qalbimizdagi eng xira umidni ham yoritadi; sabr bilan boqilsa, eng qorong‘i damlarda ham yo‘l ko‘rsatadi.”
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi 1-kurs talabasi Haydarova Gulsevarxon.
https://t.me/Oak_jurnallari1/5625
❤️❤️-ishtirokchi
Zayniddinova Shahzoda
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros Xalqaro Universititeti 1-kurs talabasi
📖 “BONU”
(Iqbol Mirzo)
📝 Insonning eng buyuk kuchi - sevgi yoki kuchda emas, balki sabr va sadoqatda yashaydi,ba’zan so‘z emas, sukut ham qalbning eng kuchli ifodasidir.
❗️”Ayol sabri jim sado, sukuti esa soʻzsiz faryoddir”
https://t.me/Oak_jurnallari1/5624
❤️❤️-ishtirokchi
Abdulla Qodiriy — “O‘tkan kunlar”
Tarix, muhabbat va vijdon haqida. Til boy, fikr chuqur — o‘qigan sari ulg‘aytiradi.
Iqtibos:
“O‘tmishni tushungan odam kelajakda adashmaydi, chunki u xatolardan yo‘l chizishni biladi.”
Sanaqulova Sevinch Baxtiyor qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5623
❤️❤️-ishtirokchi
Jinoyat va jazo» (Fyodor Dostoyevskiy) — Rodion Raskolnikov ismli talabaning g‘ayriinsoniy nazariyasi sababli jinoyatga qo‘l urishi, vijdoni va ruhiyatidagi o‘limdan keyingi azoblari haqidagi psixologik va falsafiy romandir. Ushbu asar insoniylik, vijdon, axloq va jinoyatning qalbga ta’siri haqida o‘ylash uchun, shuningdek, inson psixikasining tubsizligini anglash uchun o‘qilishi shart.
Fargona Davlat Universiteti
Jismoniy madaniyat fakulteti
1 bosqich talabasi
Sinagatullina Navruza bonu Axrorjon qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5622
❤️❤️-Ishtirokchi
“Saodat asri qissalari” — Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va sahobalar hayoti haqida yozilgan kitob. Unda imon, sabr, halollik, mehr-oqibat kabi yaxshi xislatlar qissalar orqali
tushuntiriladi. Kitob odamni yaxshilikka undaydi, qalbni yumshatadi va hayotga boshqacha qarashga o‘rgatadi.
Jo’raboyeva Dilshoda
https://t.me/Oak_jurnallari1/5621
❤️❤️-ishtirokchi
"Inson bu dunyoda bir eshikdan kirib keladi, bir eshikdan chiqib ketadi, ammo shu ikki eshik orasida kimdir sevib, kimdir yoʻqotib, kulib va yigʻlab yashaydi. Aslida umrning butun mazmuni ham ana shu oraliqda yashiringan."
Oʻtkir Hoshimov
"Ikki eshik orasi"
Jonuzoqova Madina O'ktamovna
https://t.me/Oak_jurnallari1/5620
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammadumarova Kamola
"Alkimyogar"
Iqtibos:
Inson hayotda ko‘p yo‘llardan yuradi, lekin faqat bittasi uning qalbiga tegishli bo‘ladi. Kimdir qo‘rquv sabab orzusidan voz kechadi, kimdir qulaylikni tanlab, o‘zini unutadi. “Alkimyogar” bizga shuni eslatadiki, boylik manzilda emas, yo‘lning o‘zida yashiringan. Har bir xato — saboq, har bir to‘xtash — o‘ylash uchun imkon. Agar inson yuragining ovozini tinglashni o‘rganib olsa, eng oddiy hayot ham mo‘jizaga aylanadi. Chunki chin orzu vaqtni kutmaydi, u jasoratni talab qiladi.
Paulo Koelo — “Alkimyogar”
https://t.me/Oak_jurnallari1/5619
❤️❤️-Ishtirokchi
Said Ahmad
UFQ ramani
Iqtibos: "Inson boshiga tushgan narsalar uni sindirmaydi, balki chiniqtiradi"
Qoʻchqoraliyeva Sevinchxon Roʻzali qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5618
❤️❤️-ishtirokchi
📘 Kitob: Imom G‘azzoliy — “Ilmning fazilati”
📖 Iqtibos:
“Ilm — ko‘zga ko‘rinmas nurdir. U qalbga tushsa, zulmat ketadi, nafs jim bo‘ladi va inson o‘zini emas, Haqni tanlay boshlaydi.”
“Ilm o‘qilgan sahifalarda emas, o‘zgargan qalbda namoyon bo‘ladi.
Ilmli qalb bilan qilingan ibodatgina insonni haqiqiy yuksalishga olib boradi."
BuxDPI talabasi
Baxtiyorova Dilshoda
https://t.me/Oak_jurnallari1/5617
❤️❤️-ishtirokchi
Qo‘pollik ila yetib bo‘lmaydigan sarhadlarni muloyimlik ila egallash mumkin. Insonlar orasida xulqi go‘zal bo‘lganlari kamayib ketdi, afsus.📖 “Habibimiz oramizda bo'lsalar” kitobidan Moʻydinova Yoqutxon https://t.me/Oak_jurnallari1/5616
❤️❤️-ishtirokchi
Men sizlarga ta'sirli voqealar to'plami Ilxom Qaxxorovning O'qing faqat yig'lamang deb nomlangan taʼsirli voqealar va hikoyalar to'plamini o'qishni tavsiya qilaman
Nega ushbu hayotiy voqealar to'plamini tavsiya etyabman chunki undagi birorta hikoyani yig'lamay o'qib bo'lmaydi ushbu kitob oila davrasida o'qiladigan risola bo'lib hayot kechinmalari dardlari aks ettirilgan barchamizni qalblarimizga chuqur kirib boradi
Maruf Mo'minov
https://t.me/Oak_jurnallari1/5615
❤️❤️-ishtirokchi
Paulo Coelho — “Alkimyogar”
Har bir insonning qalbida orzu yashaydi. Bu orzu uni oldinga intilishga undaydi. Agar inson o‘z orzusiga ishonsa, yo‘ldagi qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi. Sinovlar insonni to‘xtatish uchun emas, balki kuchaytirish uchun beriladi. Orzuga yetish yo‘lida sabr va ishonch eng muhim quroldir. Chin dildan intilgan odam albatta manziliga yetadi.
O’zDJTU 1-bosqich talabasi Topildiyeva Dilafruz
https://t.me/Oak_jurnallari1/5614
❤️❤️-ishtirokchi
O’tkir Hoshimovning “ Tushda kechgan umrlar”asari.
Asar "Afg‘on urushi" deb atalgan mantiqsiz va shafqatsiz to‘qnashuvlar tufayli hayoti barbod bo‘lgan butun bir avlodning fojiasini yoritadi. Unda nafaqat urush maydonidagi daxshatlar, balki urushdan qaytgan yigitlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmasligi, ruhiy iztiroblari va o‘sha davrdagi siyosiy tizimning adolatsizliklari aks etgan.
Odilova Suxdiyonaxon Ilxom qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5613
❤️❤️-ishtirokchi
Ahmad Lultfiy Qozonchining ,, Saodat asri'' qissalari . Asarda ilm olish va go'zal xulq eng oliy qadriyat sifatida ko'rsatiladi. Bilim va axloq birlashganda jamiyat taraqqiy etadi. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi Yursunova Shoiraxon G'ulomnazir qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5612
❤️❤️-ishtirokchi
Shayx Muhammad Sodiq "Qulogʻim senda, qizim" asari
"Ulkan qat‘iyat sabr-toqat, to‘xtovsiz harakatlar bilan qaygʻularimning koʻpini yoʻqotdim"
Bu asar har bir qiz oʻqishi kerak boʻlgan, ulkan tajriba beradigan, hayotga qanday munosabatda boʻlishni oʻrgatadigan kitob hisoblanadi.
#Ishtirokchi:O'rolova Husniya Murodali qizi.
https://t.me/Oak_jurnallari1/5611
❤️❤️-ishtirokchi
«Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi – to‘rt enlik», degan gap bor, qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi – to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon… Maqsad – shu.
Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi " romaniQoʻqon davlat unversiteti talabasi Kenjayeva Mavluda https://t.me/Oak_jurnallari1/5610
❤️❤️-ishtirokchi
Kitob:O'tkan kunlar
Muallif:Abdulla Qodiriy
Iqtiboz:Aqilli odamlarning o'z farzandlari ustidan chiqargan qarorlari noma'qul bo'lmas!
Rahimova Mohlaroy Dilshodjon qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5609
❤️❤️-ishtirokchi
Abdulla Qahhor "Sarob" kitobdidan
“Sarob odamni uzoqdan o‘ziga chorlaydi, yaqinlashgan sayin esa yo‘qolib boradi.”
Meliboyeva Durdona Husanboy qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5608
❤️❤️-ishtirokchi
Abdulla Qodiriy "Oʻgʻri" hikoyasi
" Otning oʻlimi itning bayrami".
Gulsevar Maxmarejabova Ravshan qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5607
❤️❤️-ishtirokchi
Iqtibos: Ichimda bir ovoz bor.Dunyoga kelibmanki, oʻzimniki deb oʻylaganim oʻsha ovoz...Hech toʻxtamagan har doim shivirlab turgan ovoz...Kimdir uni "ichki ovoz" desa yana kimdir uni "menlik" deb ataydi, ammo eskilar buni " nafsning ovozi" , "nafs" deb atashadi....
Hojiakbarova Zarnigorxon Saidakbar qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5606
