E-note
رفتن به کانال در Telegram
Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
478
مشترکین
+124 ساعت
-37 روز
+4630 روز
آرشیو پست ها
478
Siz uchun yaxshilik istaydigan, qo’llab-quvvatlaydigan, ilm olishga imkoniyat yaratib bergan, birga rivojlanadigan insonlar - Allohning ne’mati.
Alloh menga ota-onamni, turmush o’rtog’im, ularning ota-onalarini ne’mat qilib berganiga har kuni shukr qilaman.
Bu hayot tarzi uchun faqat duo qilganman, xayrlisini so’rab.
“Duo qilguvchi banda menga duo qilganda, ijobat qilurman” Baqara, 186.
478
Mashhur brendlar ba’zan “limited collection”da mahsulot chiqarishadi. Bu kolleksiyaning boshqasidan farqi - cheklangan miqdorida, yuqori sifatida va tanlangan insonlar sotib olishida.
Limited collection bo’ling, ayollar. Ijtimoiy tarmoqda o’zingizni ko’rsatmang. Soyangizni ham himoya qiling. Vaqtingizni behuda gap/ish/davraga sarflamang.
Kerakli odam sizni kerakli paytda kerakli joydan o’zi topadi.
Axloqingiz islohoti bilan band bo’ling. Ilm oling, bahoingiz oshaveradi.
478
Yaqin kunlarda eshitganim eng chiroyli gap:
Siz hayotingizni Qur’onga bag’ishlang, Alloh butun dunyoni sizga xizmat qildirib qo’yadi.
478
Surpriz kutib yashaymiz. Dadam mashina sovg’a qilsa, akam sayohatga oborib kelsa, turmush o’rtog’im iPhone olib bersa…
O’shanda xursand bo’laman, emotsiyaga to’laman deb o’ylaymiz. Aslida, kutganimiz kabi bo’lmaydi. Bir lahzada o’tadi, 2 kundan keyin hech birining qizig’i qolmaydi.
Hayotimiz qachon qiziqroq bo’ladi, bilasizmi? Umr yillar, oylar va kunlardan iborat. Kunini mazmunli qilgan odamning umri mazmunli bo’ladi.
Har kuni bajaradigan aniq vazifalar bo’lishi kerak. 20 sahifa kitob, bomdoddan keyin uxlamaslik, 5 daqiqa hech narsa qilmay o’tirish, selfcare uchun 10 daqiqa vaqt. Ularni yozib ko’rinadigan joyga ilish kerak.
Kichik-kichik amallar, ko’p vaqt talab qilmaydi. Biroq har birini bajarganda, xayolda bitta ✅ qo’yiladi. Barchasi bajarilganda, “kunim behuda ketmadi” fikri paydo bo’ladi.
Foydalari:
- kichik vazifalar yig’ilib katta natija beradi
- intizomni shakllantiradi.
4-5 kun bajarib, keyin tashlab qo’yaman desangiz, nazoratni pulga sotib oling. Do’stingizga oylik belgilab, har kuni talab qilishini so’rang. Yoki marafon va jamoaviy mashg’ulotlarga qo’shiling. Bajarilmasa, jazosi og’irroq bo’lsin.
Kunlik vazifasi bor insonning xayoli vazifani vaqtida topshirish bilan band bo’ladi. Kimdir kelib, uni xursand qilishini kutib yashamaydi. Chunki uning hayoti shundoq ham bir maromda qiziqarli kechyapti. Surprizlar bo’lsa, haddan tashqari xursand bo’lib ketmaydi. Qiyinchilik bo’lsa, ortiqcha xafa bo’lmaydi. Zotan, musulmonga mo’tadillik xos.
478
Singlim ular asos solgan maktabda 2 yildan beri o’qiydi. Xususiy maktab qimmat deb o’ylaymiz lekin:
- maktab oylik to’lovi boshqa xususiy maktablardan arzon;
- iqtidorli o’quvchilar uchun grant beriladi. Singlim 50% grant yutgan, har oylik to’lovning yarmi to’lanadi. 2 yildan beri amal qilmoqda;
- har oy yuqori natija ko’rsatgan o’quvchilarga stipendiya beriladi. 12 marta stipendiya oldi shu paytgacha. Universitetda stipendiyam 515 ming bo’lgan paytda, singlim maktabda 550-600 ming olar edi;
- sertifikatlardan yuqori ball olgan o’quvchi maktabda bepul o’qiy oladi.
Bu videoni ko’rgach, ko’pchilik odamlar videoda aytilgan ma’lumotlarga ishonmasa kerak deb o’yladim. Shu sababli faqat moliyaviy tomondan asoslab berishga harakat qildim. Maktabning boshqa afzalliklari haqida ijtimoiy tarmoqlardan ma’lumot olish mumkin.
478
Bu va bu insonlarni taniysizmi?
Ular aka-ukalar, o’zbek tibbiyoti va ta’limiga katta hissa qo’shayotgan insonlar. Akalari bilan 4 yil avval, ukalari bilan 2 oy avval “Osmondagi bolalar” loyihasi orqali tanishganman. Tanishib, quyidagi xulosalarni oldim:
1. Ota-ona bergan tarbiya farzandning axloqida, qo’llab-quvvatlash harakatida, qilgan niyatlari natijalarida namoyon bo’lar ekan. Demak, tarbiyaga e’tiborli bo’lish kerak.
2. Aka erishgan yuqori natija -> uka-singillari uchun kichik zinapoya. “Akamdan o’taman” degan yaxshi niyatda bo’lishar ekan. Demak, “unisi bo’lmasa, bunisi” emas, birinchi farzanddan boshlab har birini ta’limda ruhlantirish kerak.
3. Farzandlarni umummaqsad bilan tarbiya qilish. Oilaviy tibbiyot sohasidalar -> islohot qilish osonroq bo’lyapti. Hammaning aniq taqsimlangan vazifasi bor, hatto uy bekasi bo’lish ham alohida lavozim. Demak, farzandlar ko’p bo’lishidan qo’rqmaslik va ularni jamiyatdagi ma’lum bir og’riqni yechishga tayyorlash kerak.
4. Qiyinchilik bo’ladi, nohaqlik bo’ladi, kutilmagan vaziyatlar bo’ladi. O’rganilgan ilm esa doim insonning o’zi bilan qoladi. Demak, o’rganishdan to’xtamaslik kerak, ilm yo’limizni yoritib boradi.
4 yil avval ko’rganimda havas qilgandim. Hozir ko’rib, amaliy qo’llash uchun aniq qadamlar ro’yxati tuzdim. Ishonamanki, yillar o’tib yana foydali bo’ladi InshaAlloh.
478
Barchamizga aniq foydasidan tashqari, dunyoqarashni kengaytirish, ko’plab “nega” savollariga javob olish uchun ham tafsirni o’qish kerak.
O’ylaymizki, tafsir, hadis kabi ilmlarning kundalik hayotimizga aloqasi yo’q, faqat oxirat uchun o’qiladi. Aslida har bir qilayotgan ishimiz ularga asoslangan bo’lsa, stresslar kamayar edi. Nimani nega qilayotganimizni, oqibati InshaAlloh qanday bo’lishini bilar edik.
478
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Falaq” surasi tafsiridan, Hadis va hayot: 18-juzda keltirilgan.
478
Hammasi yaxshi bo’ladi. O’ylanganidek bo’lmas, kutilganidek bo’lmas, lekin albatta yaxshi bo’ladi. Alloh biz uchun nima yaxshi ekanini bilguvchiroq.
478
“Jamiyat nega orqaga ketyapti?” savolining javobi - “ayollar nima bilan band?” savolining javobida ekan.
478
Shayx hazratlaridan ayollar uchun eslatma. Batafsil o’qish uchun shu kitob, 327-328-sahifalar.
Ayollar har bir ummatning kuchi yoki zaifligini ko’rsatib turuvchi daqiq belgidirlar. Ular har bir ummatning taraqqiyoti yoki qoloqligini o’lchaydigan to’g’ri o’lchovdirlar. Har bir ummatning ahli solih bo’lishi undagi oilalarning ahli solih bo’lishiga bog’liq. Har bir oilaning ahli solih bo’lishi esa undagi ayolning ahli solih bo’lishiga bog’liq. Har bir ayolning ahli solih bo’lishi uning iymon-e’tiqodli, ilmli va taqvodor bo’lishiga bog’liq. Ayoli yo’ldan chiqqan oilaning o’zi ham yo’ldan chiqadi, ishi orqaga ketadi. Oilalari yo’ldan chiqqan jamiyatning o’zi ham yo’ldan chiqadi, ishi orqaga ketadi.
478
Inson har doim o’zini haq deb o’ylaydi. Haqligi uchun yetarli sabab, asos keltirib bera oladi. Bomdodga uxlab qolib, charchagandim. Kunibo’yi ijtimoiy tarmoqda vaqt sarflab, chalg’ishim kerak edi. Kitob o’qimay, vaqtim yo’q. Vazn orttirib, stress ko’payib ketdi. Xabar olmay, o’zimning muammolarim yetarli edi.
Sanaganlarim o’z hayotimdan, tahlil qilinsa yana ko’p chiqadi. Mana shu sabablar bilan noto’g’ri ishni ham to’g’ri deb nafsimizni xotirjam qilar ekanmiz.
Aslida nohaqmiz, haqman deb isbotlashga urinamiz. Asos keltirib beramiz, boshqalarni ishontiramiz, eng yomoni o’zimizni ham ishontiramiz. Jarlik tomon tushib boraveramiz.
Erlar ayoliga qo’l ko’tarib, o’zi baqirdi deb o’zlarini oqlashadi. Ayollar ko’chada ziynatlanib, hozir hamma shunday qilyapti deyishadi. Xodim ishini maksimal uzoq muddatda bajarib, o’zlari yaxshi sharoit qilib berishmadi. Rahbar ishchisiga baqirib, odam bo’lsin deb baqiryapman. E’tibor bersak, xuddi hammaning gapi asoslidek, aslidachi, vijdon nima demoqda?
Podkastda shu mavzuda ham so’z yuritildi va davolash qadamlari ham aytildi:
1. Ilm olish, ayni bizni qiynagan mavzuda. Ruhiy tarbiya kitoblarini o’qish.
2. Zikr qilish, zikr qalbni yumshatadi.
3. Nafs aytgan ishni teskarisini qilish. 5 daqiqa uxla, qazosini o’qiysan deganida, turib birdan tahorat olish masalan.
Haqni tan olmay, o’zinikini rost sanash - sarkashlik va kibr deb nomlansa kerak. Bu illat qalbga o’rnashishi oson, o’chirish esa qiyin. O’chganda ham hayotimizda izini qoldiradi.
478
Farzand solih bo’lishi uchun ota-onasi solih bo’lishi kerak.
Ota-ona solih bo’lishi uchun avvalo ichki olamini tuzatishi kerak. Nafrat, g’azab, hasad, jahl, kibr kabi illatlardan poklanishi kerak.
Ichki olamini to’liq tozalamaguncha farzandiga nasihat qilmaydimi? Qiladi, yaxshilikka chorlaydi, o’rgatish davomida o’zida ham amal qilishga rag’bat hosil qiladi.
Solihlikning mezoni - yashab o’tgan solihlar va avliyolar hayoti.
Ko’chada yaxshi bo’lib ko’rinish oson, insonning solihligi uydagi xulqiga ko’ra baholanadi.
Bola sof fitratda tug’iladi. Sof fitratli degani - komil inson bo’lishga layoqatli degani. Lekin insonning nafsi pok bo’lmaydi, unda ham yaxshi, ham yomon xohishlar bo’ladi.
Shu sabab, solihlik tomon 1-qadam: o’zida yomon xohishlar borligini tan olish. O’ylagan fikrlari haqiqat emasligini tan olish.
Qalb pokligi - “qalbim pok” deya bong urish emas. Qalb pokligi amalda ko’rinadi. Muhimi qalbim toza, muhimi qalbimda bor degan gaplar safsataga chiqadi shunda.
“Qanday qilib solih ota-ona bo’lish mumkin?”
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Temurbek Adhamov
Doniyor Nasriddinov
478
“Kim Qur’onni o’rgansa, uning qadr-qimmati oshadi.
Kim fiqhni o’rgansa dinini teran tushunadi.
Kim hadisni yozsa, hujjati kuchli bo’ladi.
Kim ilm o’rgansayu, ammo nafsini saqlamasa, olgan ilmi unga foyda bermaydi. Nafsni saqlash va ixlosli bo’lish fazilatlar asosidir.”
Imom Buxoriyga ustozlari qilgan nasihatdan
Sohilsiz dengiz, Ahmad Muhammad Tursun
478
Hadis va Hayot to’plamini ota-onam 18 yoshimda sovg’a qilishgan. Shundan beri 7 juzini ixtiyoriy o’qib, to’xtatgan edim.
Yaqinda Hadis va Hayotning barcha juzlarini guruh bo’lib o’qish e’lonini ko’rib qoldim. Tashkilotchini o’rganib chiqdim, natijalar bilan tanishdim. Keyin pul to’lab, guruhga qo’shildim.
Endi bu kitobni o’qish majburiyatga aylandi va har kuni o’qishga harakat qilyapman. Bir necha yil avval “Tafsiri Hilol”ni ham guruh bo’lib o’qigan edik.
Shu tartibda o’qilsa, guruhda belgilanishdan, ogohlantirish olishdan va guruhdan chiqarilishdan qo’rqib ham odam kitobni o’qiydi. Onlayn kurslarni ham deadline bo’lsa, uxlamay konspekt qilib chiqaman.
O’ylab qarasam, intizomni pul to’lab shakllantirayotgan ekanman.
478
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Hadis va Hayot silsilasi. Qasamlar, nazrlar va ov kitobi, 103-sahifa
