Tirik So'z AI
کانال بسته
نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
341
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
پستهای کانال
📖 "Parvardigor Egamiz:
— Qayerdasan? — deb odamni chaqirdi. Odam:
— Men bogʻda yurganingni bildim–u, yalangʻoch boʻlganim uchun qoʻrqib, yashirindim, — dedi.
— Yalangʻoch ekaningni senga kim aytdi? — deb soʻradi Xudo. — Yoki Men, yemanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan yedingmi?
Odam javob berdi:
— Oʻzing menga bergan xotin oʻsha daraxtning mevasidan menga berdi, men ham yedim.
Shunda Parvardigor Egamiz xotinga:
— Bu nima qilganing? — dedi.
— Ilon meni aldadi, men mevadan yedim, — dedi xotin.
Xudo hukm qiladi
Parvardigor Egamiz ilonga shunday dedi:
“Shu qilmishlaring uchun
Laʼnati boʻlgaysan barcha jonzotlar orasida
Va jamiki yovvoyi hayvonlar orasida.
Qorning bilan sudralib yurgaysan,
Umring boʻyi tuproq yegaysan.
15 Dushmanlik paydo qilaman sen bilan xotin oʻrtasida,
Sening zoting bilan uning zoti orasida.
Uning zoti ezib tashlaydi sening boshingni,
Sen chaqib olasan uning tovonini.”
✶
🕊️ Muqaddas Kitob ~ Ibtido 3-9:15
🔗 Instagram | TikTok | Telegram
| 2 | 📖 "Odam Ato va Momo Havo gunoh qiladi
Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. Oʻsha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan:
— Haqiqatan ham Xudo, bogʻdagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb soʻradi.
Xotin ilonga:
— Yoʻgʻ–e, biz bogʻdagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishimiz mumkin, — deb javob berdi. — Lekin Xudo, bogʻ oʻrtasidagi daraxtning mevasidan yemanglar ham, tegmanglar ham, aks holda, oʻlasizlar, deb aytgan.
Ilon esa xotinga:
— Yoʻq, oʻlmaysizlar, — dedi. — Chunki Xudo biladiki, sizlar bu mevalardan yesangiz, koʻzlaringiz ochilib, sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan boʻlib, Xudoga✶ oʻxshab qolasizlar.
Xotin qarasaki, oʻsha daraxt koʻzga chiroyli koʻrinadi, mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib yedi, keyin yonida turgan eriga ham berdi. Eri ham yedi. Oʻsha zahoti ikkovining ham koʻzlari ochilib, ular yalangʻoch ekanliklarini angladilar, anjir barglarini sonlari atrofiga tizib, oʻzlariga yopinchiq yasadilar.
Oqshom payti shabada esib turganda, odam va xotini bogʻda Parvardigor Egamizning yurganini bildilar. Ular Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bogʻdagi daraxtlar orasiga yashirindilar. Parvardigor Egamiz:
— Qayerdasan? — deb odamni chaqirdi.✶
🕊️ Muqaddas Kitob ~ Ibtido 3-1:9
🔗 Instagram | TikTok | Telegram | 0 |
| 3 | 🌿 ══════ ❖ KUN OYATI ❖ ══════ 🌿
📅 03.08.2026
«"Xudo shoshilmaydi. Uning vaqti — mukammal vaqtdir. O'zingizning vaqtingizga emas, Uning belgilagan vaqtiga ishoning."»
🤍 Ba'zan ibodatlarimiz javobsiz qolgandek tuyuladi. Ba'zan kutish juda uzoqdek ko'rinadi. Ammo Muqaddas Kitob bizga shuni eslatadi: Xudoning vaqti doimo mukammaldir.
✨ " Bu dunyoda hamma narsaning oʻz tayinlangan payti bor, har bir ishning oʻz vaqti bor✶.
📖 Muqaddas Kitob — Voiz 3:1
🌾 Xudoning vaqti — har doim eng yaxshi vaqtdir. Ishoning. Kuting. Unga suyaning.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📱 INSTAGRAM | TIKTOK | TELEGRAM
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ | 0 |
| 4 | 📢 Do‘stlar, bir yangilik!
Endi esa kontentimizni yanada tartibli va qulay tarzda davom ettirish uchun rasmiy kanalimizni ochdik! ❤️
👉 Bundan keyingi barcha yangi postlar, videolar va yangiliklarni kanalimizda ulashib boramiz.
Shuning uchun sizni ham yangi kanalimizda kutamiz! 👇
🔗 [https://t.me/Tirik_soz]
Guruhimizdagi azizlar, sizlarni kanalda kutib qolamiz! ❤️ | 0 |
| 5 | 📖 " Oʻz aql–idrokingga suyanma,
butun qalbing bilan Egamizga ishon.
Har ishingda Egamizni eʼtirof et,
shunda U yoʻllaringni toʻgʻrilaydi" ✶.
🕊️ Muqaddas Kitob ~ Hikmatlar 3:5-6
🔗 Instagram | TikTok | Telegram | 0 |
| 6 | Muqaddas Kitob — Ibtido 6
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📱 INSTAGRAM | TIKTOK | TELEGRAM | 0 |
| 7 | ⏳ “Abadiyat darvozasi oldida turganingizda, yer yuzidagi barcha xazinalar hech qanday qiymatga ega bo’lmay qoladi. Osmonda xazina to’plang.” ❤️
🔗 Instagram | TikTok | Telegram
📖 “Oʻzingiz uchun yer yuzida xazina toʻplamanglar. Bu yerda ularni kuya va zang kemiradi, oʻgʻrilar devorni teshib, oʻgʻirlab ketishadi. Aksincha, oʻzingiz uchun osmonda xazina toʻplanglar.”
Muqaddas Kitob ~ Matto 6:19-20🕊 | 0 |
| 8 | بدون متن... | 0 |
| 9 | 📖 Xotin jamiki insonlarning onasi boʻlgani uchun, Odam Ato✶ unga Momo Havo✶ deb ism berdi. Odam Ato va uning xotini uchun Parvardigor Egamiz teridan kiyim–kechak yasab, ularni kiyintirib qoʻydi.
Odam Ato va Momo Havo Adan bogʻidan quviladilar
Keyin Parvardigor Egamiz shunday dedi: “Mana, inson hamma narsani — yaxshilik va yomonlikni bilib, Bizga oʻxshab qoldi. Endi u qoʻlini uzatib, hayot daraxti mevasidan ham olmasin, mevani yeb, abadiy yashaydigan boʻlib qolmasin.” Shu sababdan Parvardigor Egamiz Odam Atoni va Momo Havoni Adan bogʻidan chiqarib yubordi. U Odam Atoni yerning tuprogʻidan yasagan edi, unga endi oʻsha yerni ishlashga berdi. 2U Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yoʻlni qoʻriqlash uchun Adan bogʻining sharq tomoniga karublarni✶ va doimo aylanib turadigan alangali qilichni oʻrnatdi.
🔗 Instagram | TikTok | Telegram
Muqaddas Kitob ~ Zabur 3-20:25🕊️ | 0 |
| 10 | 🕯️ "Xudo sizga butun yo'lni birdaniga ko'rsatmaydi. U faqat oldingizdagi bitta qadam uchun nur beradi. Va yurishni davom ettirish uchun mana shu nurning o'zi yetarli."
🔗 Instagram | TikTok | Telegram
📖 “Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir, Yoʻlimga nur sochadigan yorugʻlikdir.”
Muqaddas Kitob ~ Matto 6:21🕊 | 0 |
| 11 | https://t.me/Tirik_soz | 0 |
| 12 | ⏳ “Vaqtingiz nimaga ketayotgan bo’lsa, yuragingiz ham o’sha yerda bo’ladi.” ❤️
(Чарльз Сперджен)
🔗 Instagram | TikTok | Telegram
📖 “Chunki xazinangiz qayerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi.”
Muqaddas Kitob ~ Matto 6:21🕊 | 0 |
| 13 | Xudo inson zotini yaratganda, ularni Oʻziga oʻxshagan qilib yaratgan edi. Xudo insonlarni erkak va ayol qilib yaratdi. Xudo ularni yaratgandan keyin Inson deb nom qoʻyib, ularga baraka berdi.
Odam Ato 130 yoshida oʻgʻil koʻrgan edi✶. Oʻgʻli otasining suratiday boʻlib, unga oʻxshagan edi. Odam Ato oʻgʻliga Shis deb ism qoʻygan edi. Shis tugʻilgandan keyin, Odam Ato 800 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. Odam Ato 930 yoshida olamdan oʻtdi.
Muqaddas Kitob — Ibtido 5-1:5
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📱 INSTAGRAM | TIKTOK | TELEGRAM | 0 |
| 14 | ⏳ “Gunoh bilan oʻyin qilma! Siz uni jilovlay olaman deb oʻylaysiz... lekin u bir lahzada sizni yakson qiladi.”
🔗 Instagram | TikTok | Telegram
📖 Gunohning evazi — oʻlim, Xudoning inʼomi esa Rabbimiz Iso Masih orqali beriladigan abadiy hayotdir.
🕊️ Muqaddas Kitob ~ Rimliklarga 6:23 | 0 |
| 15 | Bobil minorasi
Butun yer yuzida bitta til boʻlib, hamma odamlar bir xil soʻzlashardilar. Odamlar sharqdan✶ koʻchib, Shinar yeridagi✶ bir tekislikka keldilar va oʻsha yerda joylashdilar. Odamlar bir–birlariga: “Kelinglar, gʻisht quyib, yaxshilab pishiraylik”, dedilar. Shunday qilib, ular qurilish uchun gʻishtdan, qorishma uchun qora saqichdan foydalanadigan boʻldilar. Keyin odamlar aytdilar: “Kelinglar, oʻzimiz uchun shahar quraylik, shahar minorasining choʻqqilari osmonga tegib tursin. Shu tariqa nom tarataylik. Aks holda, biz butun yer yuziga tarqalib ketamiz.” Odamlar qurayotgan shaharni va minorani koʻrish uchun Egamiz pastga tushdi. Egamiz dedi: “Qaranglar, hammasi bitta xalq, hammasining tili bir! Bu hali ular qilmoqchi boʻlgan ishning boshlanishi, xolos. Hademay, ular koʻngliga kelgan ishni qilishga qodir boʻladilar. Qani, pastga tushaylik–da, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, toki birining gapini ikkinchisi tushunolmay qolsin.” Shunday qilib, Egamiz ularni oʻsha yerdan butun yer yuzi boʻylab tarqatib yubordi. Odamlar shahar qurilishini toʻxtatdilar. Egamiz hamma odamlarning tilini oʻsha yerda chalkashtirib, ularning oʻzlarini butun yer yuziga tarqatib yuborgani uchun shaharning nomi Bobil✶ boʻlib qoldi. | 0 |
| 16 | Yored 162 yoshida oʻgʻli Xanoʻxni✶ koʻrdi. 19 Xanoʻx tugʻilgandan keyin, Yored 800 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 20 Yored 962 yoshida olamdan oʻtdi.
21 Xanoʻx 65 yoshida oʻgʻli Matushalohni koʻrdi. 22 Matushaloh tugʻilgandan keyin, Xanoʻx 300 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. U umr boʻyi Xudoga hamroh boʻlib yashadi. 23 Xanoʻx 365 yil umr koʻrdi. 24 U butun umri davomida Xudoga hamroh boʻlib yashab, oxiri, gʻoyib boʻlib qoldi, chunki Xudo uni olib ketgan edi.
Muqaddas Kitob — Ibtido 5-18:23
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📱 INSTAGRAM | TIKTOK | TELEGRAM | 0 |
| 17 | 📖 Xotinga esa shunday dedi:
“Homiladorligingda gʻoyat azob beraman,
Mashaqqat ila bola tugʻasan.
Ammo eringni qoʻmsayverasan,
Ering esa hokim boʻladi sening ustingdan.”
Parvardigor Egamiz odamga shunday dedi:
“Xotiningning gapiga kirganing uchun,
Men, yema, deb taqiqlagan mevani yeganing uchun
Sen tufayli yerni laʼnati qildim.
Butun umring boʻyi timdalab yerni,
Yerdan oʻtkazasan tirikchiligingni.
Yerning hosili yemishing boʻlsa ham,
Yer sen uchun tikanlaru qushqoʻnmas✶ oʻstiradi.
Sen tuproqdan yaralgansan,
To tuproqqa qaytguningga qadar,
Peshana tering bilan non yeysan.
Zero, sen tuproqdirsan
Va tuproqqa qaytasan.”
Muqaddas Kitob ~ Ibtido 3-16:19 🕊️
🔗 Instagram | TikTok | Telegram | 0 |
| 18 | ⏳ Agar siz Egamizni izlashni tanlamasangiz, bu dunyoning zulmati sizni o‘ziga tortishga harakat qiladi. Har bir kunimiz — bu tanlov.
🔗 Instagram | TikTok | Telegram
📖 “Bugun men sizlarga hayot bilan farovonlikni yoki o‘lim bilan kulfatni tanlash imkoniyatini beryapman.”
Muqaddas kitob ~ Qonunlar 30:15 | 0 |
| 19 | Qobil bilan Hobil
1 Odam Ato xotini Momo Havoga yaqinlashgandan keyin, Momo Havo homilador boʻldi. Momo Havo oʻgʻil koʻrdi va: “Xudoning qudrati bilan oʻgʻilli boʻldim”, deb ismini Qobil✶ qoʻydi. 2 Keyinroq Momo Havo ikkinchi oʻgʻlini tugʻdi va unga Hobil deb ism qoʻydi. Bolalar ulgʻayib, Hobil — qoʻychivon, Qobil — dehqon boʻldi. 3 Vaqti kelib, Qobil yerning hosilidan Egamizga nazr olib keldi. 4 Hobil ham suruvidagi birinchi tugʻilgan qoʻzilardan bittasini tanlab olib, soʻydi va qoʻzining yogʻli joylarini Egamizga nazr qilib olib keldi. Egamiz Hobilni va uning nazrini manzur koʻrdi, 5 lekin Qobilning oʻzi ham, uning nazri ham maʼqul boʻlmadi. Qobil qattiq xafa boʻlib, qovogʻini soldi. 6 Shunda Egamiz Qobilga dedi: “Nega xafa boʻlding? Nimaga qovogʻingni solding? 7 Agar sen toʻgʻri ish qilsang, seni qabul qilmasmidim?!✶ Bilginki, yomon ish qilsang, eshigingda gunoh poylab turadi, sherga oʻxshab tashlanib, seni oʻlja qilmoqchi boʻladi. Gunoh sening ustingdan hukmron boʻlishni istaydi. Lekin sen gunohni magʻlub qilishing kerak.” | 0 |
| 20 | 📖 "Ruhning samarasi esa quyidagilardir: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr–toqat, mehribonlik, ezgulik, ishonch, muloyimlik va oʻzini tuta bilish. Bu xislatlarga qarshi biron qonun yoʻq. Iso Masihga tegishli boʻlganlar oʻzlarining xudbin istaklarini va ehtiroslarini xochga mixlab qoʻyganlar. Ruh hayotimiz manbai ekan, endi Ruhning yetakchiligi ostida hayot kechirishimiz lozim. Shuhratparast boʻlmaylik, bir–birimizni gijgijlamaylik, baxillik qilmaylik.✶
🕊️ Muqaddas Kitob ~ Galatiyaliklar 5:22-26
🔗 Instagram | TikTok | Telegram | 0 |
