fa
Feedback
"Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi

"Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi

رفتن به کانال در Telegram

O'zbekiston Ekologik partiyasi “Ekologiya va salomatlik" ayollar klubining rasmiy sahifasi.

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 220
مشترکین
+2324 ساعت
+237 روز
+1630 روز
آرشیو پست ها
#Mustaqillikka_35_yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi Mamlakatimiz bo‘y
+8
#Mustaqillikka_35_yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi Mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng ko‘lamda davom etmoqda. 📍Xuddi shunday O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida ham “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi Abdushukur Xamzayev tabrik avvalida davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizni yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolat hamda farovon hayotni ta’minlash, eng muhimi, ekologik barqarorlik yo‘lida katta ko‘lamdagi ishlar olib borilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Mustaqillik xalqimizning ko‘p asrlik orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz tiklangan, o‘z taqdirimiz va kelajagimizni o‘zimiz belgilash imkonini bergan buyuk tarixiy ne’mat, deya qo‘shimcha qildi partiya rahbari.
Tadbirda Prezidentimizning tegishli farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparatining bir guruh xodimlariga esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, partiya faoliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

E’tirof — sharaf va mas’uliyat timsoli 🇺🇿 Sharipova Shoira Usmonovna — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengas
E’tirof — sharaf va mas’uliyat timsoli 🇺🇿 Sharipova Shoira Usmonovna — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof — Shoira Sharipovaning mamlakatimiz taraqqiyoti, ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni asrash va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish yo‘lidagi samarali mehnatiga berilgan munosib bahodir. 🎖️ E’tirof egasini ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar, yangi tashabbuslar va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarida omad tilaymiz.
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#deputat_ayol_rubrikasi 🇺🇿 Deputat ayol-Tajibayeva Gulchexra Sadriddinovna 🔹 Lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
#deputat_ayol_rubrikasi 🇺🇿 Deputat ayol-Tajibayeva Gulchexra Sadriddinovna 🔹 Lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi. Maʼlumotlar: -1981-yilda Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan. -Oliy ma’lumotli. -2002-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. -Mutaxassisligi — huquq fani o‘qituvchisi.
🌿 Parlamentdagi faoliyati Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, milliy manfaatlarni himoya qilish hamda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida faol ishtirok etmoqda.
"Deputat ayol" rubrikasi mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyat farovonligi va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat olib borayotgan deputatlar faoliyatini yoritishga bag‘ishlanadi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook

🟢“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan partiyamiz vakillarini muborakbod etamiz! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
🟢“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan partiyamiz vakillarini muborakbod etamiz! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Jumladan, partiyamiz Markaziy Kengashi a’zosi, O‘zbekiston Milliy universiteti tuproqshunoslik kafedrasi professori Gafurova Lazizaxon Akramovna hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Utemuratova Sapargul Shamshetovna yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Ushbu e’tirof — yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissalari, fidokorona mehnatlari va ko‘p yillik samarali faoliyatlarining yuksak e’tirofidir.
🤝O‘zbekiston Ekologik partiyasining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan Lazizaxon Akramovna va Sapargul Shamshetovnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! 🟢Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin!

#Axborot24 | 22.08.2026 O'zbekiston ekologik partiyasi tomonidan respublika xotin-qizlar forumi o'tkazildi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter)

🟢“Yashil texnikum” faoliyati bilan tanishildi   O‘EP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nilufar Matkarimova Urganch tumanidagi “Hojiboylar” mahallasida joylashgan “Yashil texnikum” faoliyati bilan tanishdi. 

🟢26-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI ✅Tadbir doirasida Urganch shahridagi 26-son maktabgacha ta’lim ta
+5
🟢26-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Tadbir doirasida Urganch shahridagi 26-son maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurilib, muassasada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Mazkur tashkilotda imkoniyati cheklangan bolalar uchun bepul ta’lim va tarbiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning ta’lim olishi, rivojlanishi va kundalik hayotga moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Tashrif davomida bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni, ular uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan bolalarning ehtiyojlariga mos xizmatlarni yanada rivojlantirish va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🔵Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yanada qulay muhit yaratish va inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Telegram | Instagram | Facebook

🟢XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — E’TIBOR MARKAZIDA ✅Tadbir doirasida Urganch shahrining 20-sonli “Obi hayot” mahallasi,
+5
🟢XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
Tadbir doirasida Urganch shahrining 20-sonli “Obi hayot” mahallasi, “Jayhun” ko‘chasida joylashgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishildi. Tashrif davomida xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilishi va daromad topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida fikr yuritildi. Uchrashuv davomida partiya safiga qo‘shilish istagini bildirgan faol xotin-qizlarga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
🔵Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi faolligini oshirish — barqaror taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Telegram | Instagram | Facebook

🟢“YASHIL TEXNIKUM” FAOLIYATI BILAN TANISHUV Tadbir doirasida Xorazm viloyati, Urganch tumanining “Hojiboylar” mahallasi hudu
+5
🟢“YASHIL TEXNIKUM” FAOLIYATI BILAN TANISHUV Tadbir doirasida Xorazm viloyati, Urganch tumanining “Hojiboylar” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Yashil texnikum” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida texnikumda yo‘lga qo‘yilgan faoliyat, yoshlarni ekologik yo‘nalishdagi kasb va ko‘nikmalarga jalb etish, ularning amaliy bilimlarini oshirish hamda zamonaviy yondashuvlar asosida ekologik madaniyatini shakllantirish borasidagi ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va bu boradagi faoliyatni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔵“Yashil texnikum” — ekologik bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish, yoshlarni yashil kelajak bunyodkorlari sifatida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biridir. Telegram | Instagram | Facebook

🟢Yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda 🔵Kelgusida ekologik yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish, mazmunli va samarali tadbirlarni tashkil etish hamda yoshlar va xotin-qizlarning ekologik tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalar belgilab olindi.   Telegram | Instagram | Facebook

🟢“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” Ayollar klublari va Yosh ekologlar qanotining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi. Telegram | Instagram | Facebook

🟢XORAZM VILOYATIDAGI TUMAN VA SHAHAR PARTIYA TASHKILOTLARI RAISLARI BILAN UCHRASHUV ✅O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm v
+7
🟢XORAZM VILOYATIDAGI TUMAN VA SHAHAR PARTIYA TASHKILOTLARI RAISLARI BILAN UCHRASHUV
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida viloyatdagi tuman va shahar partiya tashkilotlari raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv avvalida ishtirokchilar bilan tanishuv o‘tkazilib, hududiy partiya tashkilotlarining faoliyati, mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Muloqot davomida “Yosh ekologlar” hududiy jamiyati hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi faoliyatini yanada jonlantirish, ularning ishini tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi loyihalar va samarali tadbirlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududlarda ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslarni kengaytirish, yoshlar va xotin-qizlarni partiya faoliyatiga faol jalb etish, ularning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🔵Uchrashuv ochiq muloqot va o‘zaro fikr almashish ruhida o‘tib, hududiy partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan yangi vazifalar belgilab olindi. Telegram | Instagram | Facebook

Repost from N/a
🌿XOTIN-QIZLARNING SIYOSIY, IJTIMOIY VA MOLIYAVIY FAOLLIGI — MUHIM MASALA 📅 19-avgust kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi to
+4
🌿XOTIN-QIZLARNING SIYOSIY, IJTIMOIY VA MOLIYAVIY FAOLLIGI — MUHIM MASALA 📅 19-avgust kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi Respublika xotin-qizlar forumi doirasida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi mas’ul xodimi Nasimaxon Abdullayeva tomonidan “Xotin-qizlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash: imkoniyatlar, huquqiy himoya va to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qilindi. 🏢 Tadbir doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. 💳 Shuningdek, jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi tushunchasi, bunday holat yuzaga kelganda fuqarolar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlar, qarzdorlikni qonuniy tartibda hal etish hamda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 📚 Bunday tadbirlar aholining, ayniqsa, xotin-qizlarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy muammolarga duch kelganda to‘g‘ri va qonuniy yechimlarni bilish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. ✨ Moliyaviy savodxonlik — moliyaviy barqarorlik sari muhim qadam! 📱Website📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram

🟢 BACKSTAGE | Respublika xotin-qizlar forumi Liderlik — faqat oldinda turib yo‘l ko‘rsatish emas. Ba’zan liderlik — jamoa bilan birga harakat qilish, mas’uliyatni bo‘lishish va kerakli vaqtda yonma-yon turishdir. Har bir jarayon ortida o‘z vazifasini biladigan, bir-birini tushunadigan va umumiy maqsad sari birgalikda harakat qiladigan jamoa bor. Bu kadrlarda esa aynan shu muhit — hamkorlik, o‘zaro ishonch, tashabbus va jamoaviy harakat aks etadi. Chunki kuchli jamoa bir kishining emas, har bir ishtirokchining hissasi bilan shakllanadi. Birgalikda ishlash. Bir-birini qo‘llash. Bir maqsad sari harakat qilish. Mana shu — haqiqiy jamoaviy liderlik. Telegram | Instagram | Facebook