𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
رفتن به کانال در Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
256
مشترکین
+124 ساعت
-297 روز
-4730 روز
آرشیو پست ها
256
Men ijodkor insonman. Ichimdagilarni biror narsa yaratib, ijod orqali chiqarib yubormasam, ko‘nglimdagi gaplar chiqmay qoladi. Odamlar bilan suhbatlashish ham bu holatni yengillashtirmaydi. Menga ijod qilish uchun o‘zimga xos bir joy, muhit kerak. Lekin hozir qayerga borishni ham, qayerda bemalol ijod qilishni ham bilmayapman...
Hozirgi kunlarda shuni xohlayapman 1 yilga yaqin vaqtlardan biri shugʻullanganim yoʻq...yana qaytishni xohlayman
Chunki boshqa yoʻl bilan ichimdagilarni chiqarolmayman.
256
ومَهما كنتُ فِي خيرٍ فإني
لمِا أنزلتَ إليّ من خيرٍ فقير
Garchi yaxshilikda (farovonlikda) bo‘lsam ham,
Seni menga nozil qilgan har qanday yaxshiliginga muhtojman.
256
Ishq nima?
Ishq — Payg‘ambarimiz s.a.v vafot etganlarini sezib, o‘zini devorlarga urib jon bergan tuya edi...
Ishq
— U zot vafot etganlaridan keyin hech qachon azon aytmagan Bilol edi...
Ishq
— U zot sog‘inchi bilan yig‘lagan hurmo edi...
Ishq
— “Kim Muhammad vafot etdi desa, boshini kesaman!” degan
Hazrati Umar edi...
Ey Rasulim.
Sizdan keyin ishq qanchalar ifloslandi...
256
Bir xayri bordir…
Ba’zan ko‘nglimiz istagan narsa bo‘lmaydi, ba’zi eshiklar yopiladi, ayrim yo‘llar esa biz kutmaganimizda o‘zgarib ketadi.
Balki, biz bilmagan bir xayri bordir...Bizga hozir og‘ir tuyulgan holatning ortida qanday hikmat borligini esa vaqt ko‘rsatadi.
Allohning taqdirida biz bilmagan, ammo biz uchun yaxshi bo‘lgan xayrlar bordir.
256
Yoʻldan ozorni olib tashlash iymondan hisoblansa, fikr va qalbdagi ozorni ketkazish haqida nima desa boʻladi?
"Iymon va huzun"
256
Bugun kayfiyatim yaxshi. Alhamdulillah. 🤍
Allohim, O‘zingga behisob shukr.
Qalbimda O‘zingga yoqadigan bir xislat bor ekan, shu xislatim sabab meni ko‘p narsalardan asrab, ko‘p yomonliklardan uzoq qilganingni his qilyapman.
Alhamdulillah, Rabbim. Meni O‘zing bilganimdan ham ko‘proq asrabsan.
256
#Solatun naariya
اللّٰهُمَّ صَلِّ صَلَاةً كَامِلَةً وَسَلِّمْ سَلَامًا تَامًّا عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ الَّذِي تَنْحَلُّ بِهِ الْعُقَدُ، وَتَنْفَرِجُ بِهِ الْكُرَبُ، وَتُقْضَى بِهِ الْحَوَائِجُ، وَتُنَالُ بِهِ الرَّغَائِبُ، وَحُسْنُ الْخَوَاتِمِ، وَيُسْتَسْقَى الْغَمَامُ بِوَجْهِهِ الْكَرِيمِ، وَعَلَى آلِهِ وَصَحْبِهِ فِي كُلِّ لَمْحَةٍ وَنَفَسٍ بِعَدَدِ كُلِّ مَعْلُومٍ لَكَ.
Allohumma solli solaatan kaamilatan, va sallim salaaman taamman ‘alaa sayyidinaa Muhammadinillaziy tanhallu bihil ‘uqod, va tanfariju bihil kurob, va tuqzoo bihil havaaij, va tunaalu bihir-rogooib, va husnul xavaatim. Va yustasqol g‘omaamu bi vajhihil kariym, va ‘alaa aalihi va sohibihi fii kulli lamhatin va nafasin bi ‘adadi kulli ma’luumil lak.
Ma’nosi:
Allohim Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga mukammal, to‘liq salavot va salomlar bo‘lsin. Allohning fazli va marhamati bilan, o‘sha salavot sababli jumboqlar yechilur, mashaqqatlar barham topur, hojatlar baroridan kelur, rag‘bat qilingan narsalar qo‘lga kiritilur, yaxshi xotimaga erishilur hamda bulutlardan yomg‘ir yog‘ur. U zotning oilalariga va sahobalariga ham salavotu salomlar bo‘lsin.
Ulamolarning tajribalariga ko‘ra, ushbu salavotni yaxshi bir narsani niyat qilib 4444 marta o‘qilsa, Allohning izni bilan maqsad hosil bo‘lishi umid qilinadi.
Naariya — «yondiruvchi olov» deganidir. Salavotning bunday nomlanishiga sabab shuki, u g‘am va muammolarni tezlik bilan kuydirib tashlaydi.
256
OdinaxonMuhammadSodiq #IslomUz #HilolPodcast #Oila #Tarbiya #Nasihat #Ilm
Hayotimizdagi ko'p muammolarning yechimi aslida o'zimizda. Odinaxon Muhammad Sodiq bilan o'tkazilgan ushbu samimiy suhbatda ayol kishining saodati, oila mustahkamligi va ilm yo'lidagi mashaqqatlar haqida so'z boradi. Qalbga xotirjamlik beruvchi ushbu podcastni albatta oxirigacha tomosha qiling.👇
https://youtu.be/Pao3J0VhB0U?si=F-6Qfn4630NHrY8X
256
+1
“Teng tengi bilan” degan tushuncha faqat mol-dunyosi, boyligi yoki moddiy imkoniyatlari bilan o‘lchanmaydi. Insonning tengi — uning dunyoqarashi, tarbiyasi, odobi, ilmi, qadriyatlari va hayotga bo‘lgan qarashlari bilan ham belgilanadi.
Chunki mol-dunyo bugun bor, ertaga yo‘q. Ammo insonning fe’l-atvori, tarbiyasi va qalbidagi qadriyatlari uning asl boyligidir.
256
Sharoit yaxshilangani sari inson ko‘pincha noshukr bo‘lib boradi.
Hozir yangi binoda, yaxshi sharoitda o‘qiyapmiz — xonalari ham, imkoniyatlari ham yaxshi. Ammo shunga ham shukr qilmaydiganlar topiladi...
Shu mavzuda kursdoshim bilan tortishib qoldim... 🤦♀️ Aslida 2-kursda o‘qib yurgan vaqtlarimizda ham aynan shu mavzuda gapirgan edim.
Nohaqlikni ko‘rsam, jim turolmayman. «Mayli» deb ketolmayman — o‘z fikrimni bildiraman.
Shu yerda notoʻgʻri qildimmi gapirib...
