𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
رفتن به کانال در Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
244
مشترکین
-224 ساعت
-247 روز
-5830 روز
آرشیو پست ها
244
Ortda qolgan ikki oy ichida nimalarga ulgurdingiz? Qanday yutuqlarga erishdingiz? Qaysi odatlarni o'zgartirdingiz? Qancha kitob o'qidingiz? Qancha ilm oldingiz? Robbingizga yanada yaqinlashish uchun nimalar qildingiz?
01 اوت, 07:13
244
Robbim, Sendan keladigan har bir xayrga muhtojman.
Oʻzing qalbimdagi ayta olmay qolgan soʻzlarimni mendan ham yaxshi bilguvchi Zotsan. Qalbimdagi niyatlar ham, soʻzlar ham gohida chalkashib ketadi. Lekin Sen menga nima kerakligini, qachon va qanday berishni eng yaxshi bilguvchisan.
Oʻzimni Senga topshirdim. Tavakkul qildim. Har bir ishimni Oʻzingga havola etdim.
Ey Rabbim, duolarimni ijobat qil. Qalbimga sakinat, ruhimga xotirjamlik ato et. Meni Oʻzing rozi boʻladigan yoʻldan ayirma. Menga dunyo va oxiratim uchun xayrli boʻlgan narsalarni nasib et. Albatta, Sen duolarni eshituvchi, rahmati cheksiz va eng Mehribon Zotsan.
29 ژوئیه, 13:48
244
Gʻiybatning gunohi ogʻirligini juda yaxshi bilar edik...
“Ey iymon keltirganlar! Koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Baʼzilaringiz baʼzilaringizni gʻiybat qilmanglar. Sizlardan birortangiz oʻzining oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi? Ha, yomon koʻrasizlar. Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh tavbani koʻp qabul qiluvchi va rahmlidir.” (Hujurot: 12)
28 ژوئیه, 22:15
244
#Tushunarsiz
#hislar
Ba'zan inson shunchaki suhbatga ham muhtoj bo'lar ekan...
Atrofingda seni yaxshi ko'radigan insonlar ko'p bo'lsa ham, baribir qalbingni tushunadigan, seni sukuting bilan ham anglaydigan bir samimiy suhbatga ehtiyoj sezilar ekan.
Ba'zan dardingni yechish uchun emas, shunchaki ichingdagilarni aytib, yengil tortish uchun qalbdan bo'ladigan suhbatga kerak bo'lar ekan...
28 ژوئیه, 13:02
244
Hiro g'orida (في غار حراء)
Muhammad sollallohu alayhi vasallam Hiro g'origa borar edilar. Ramazon oyini u yerda ibodat qilib, Allohning yaratganlari haqida tafakkur bilan o'tkazar edilar.
Shu paytda Jabroil alayhissalom kelib, u zotni mahkam quchoqladilar va: — "O'qi!" — dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — "Men o'qishni bilmayman." — dedilar.
Jabroil alayhissalom yana quchoqlab: — "O'qi!" — dedilar.
Rasululloh yana: — "Men o'qishni bilmayman." — dedilar.
Uchinchi marta ham Jabroil alayhissalom quchoqlab, quyidagi oyatlarni o'qidilar:
﴿اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ خَلَقَ الْإِنْسَانَ مِنْ عَلَقٍ اقْرَأْ وَرَبُّكَ الْأَكْرَمُ الَّذِي عَلَّمَ بِالْقَلَمِ عَلَّمَ الْإِنْسَانَ مَا لَمْ يَعْلَمْ﴾
"Yaratgan Robbing nomi bilan o'qi! U insonni laxta qondan yaratdi. O'qi! Robbing eng karamli Zotdir. U qalam bilan ta'lim berdi. Insonni o'zi bilmagan narsalarga o'rgatdi."
(Alaq surasi, 1–5-oyatlar)
Shundan so'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo'rqqan holda Xadicha roziyallohu anhoning oldilariga qaytdilar va: — "Meni o'rab qo'yinglar, meni o'rab qo'yinglar!" — dedilar.
Xadicha roziyallohu anho u zotni o'rab qo'ydilar. So'ng: — "Ey Muhammad, sizga nima bo'ldi? Nega qo'rqyapsiz?" — deb so'radilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bo'lib o'tgan voqeani aytib berdilar va: — "Ey Xadicha, o'zimdan qo'rqib qoldim." — dedilar.
Shunda Xadicha roziyallohu anho dedilar:
Yo'q, Allohga qasamki, Alloh sizni hech qachon xor qilmaydi. Siz qarindoshlik rishtalarini bog'laysiz, muhtojlarga yordam berasiz va mehmonni hurmat qilasiz."@soflik_booklover
27 ژوئیه, 15:03
244
+1
#Mutolaa_siyrat
Qora tosh (الحجر الأسود)
Ka'ba tomonga kuchli sel keldi va uni buzib yubordi. Makka aholisi uni qayta qurishga qaror qildi. Ular qurilish asboblarini tayyorlab, Ka'baga kelishdi va qurilishni boshlashdi.
Qurilish vaqtida odamlar Qora toshni o'z o'rniga kim qo'yishi haqida tortishib qolishdi. Har bir qabila bu sharafni o'zi olishni xohlardi. Shu paytda Muhammad sollallohu alayhi vasallam keldilar. Odamlar u zotni ko'rib, ular orasida hukm chiqarishni so'rashdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu taklifni qabul qildilar va mojaroni hal qildilar. U zot qabilalardan bir mato keltirishni so'radilar. Qora toshni matoning ustiga qo'ydilar. So'ngra har bir qabila boshlig'i matoning bir chetidan ushlab ko'tardi. Tosh belgilangan joyga yetgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni o'z qo'llari bilan o'rniga qo'ydilar. Shunday qilib, qabilalar bu yechimdan rozi bo'lishdi, nizo tugadi va muammo hal bo'ldi.
27 ژوئیه, 15:00
244
Uch masjid...
Biri qiblamiz, biri sevgimiz, biri omonatdir.
Har biri alohida bir xazina, har biri alohida bir duo...
27 ژوئیه, 14:40
244
Samud qavmi.
Shams surasida Samud qavmining itoatsizliklari haqida aytiladi. Samud qavmi Hijozning shimoliy qismidagi Hijr yurtida yashashgan. Alloh taolo ularga Solih alayhissalomni payg’ambar qilib yuborgan. Odamlar payg’ambarlariga ishonmay, dalil o’laroq mo’jiza so’rashadi. Va shu onda Alloh taolo bir xarsang tosh ichidan tuya chiqarib beradi va u diyordagi suv manbasidan bir kun tuya, bir kun Samud qavmi ichishini aytadi. Ko’pchilik tuyaning bu holini ko’rib iymonga keladi, ammo bu Samud qavmining ashroflarini xavotirga qo’yadi va tuyani so’yishga kelishishadi. Tuyani Qador ibn Saalif degan odam so’yadi. Bu nobakorlikka ergashgan barchani Alloh halok etadi.
25 ژوئیه, 12:44
244
اللَّهُمَّ يَسِّرْ لِي تَعَلُّمَ اللُّغَةِ العَرَبِيَّةِ، وَوَفِّقْنِي فِي تَعَلُّمِهَا
Ey Allohim, arab tilini o‘rganishni menga oson qil va uni o‘rganishda meni muvaffaqiyatli qil
24 ژوئیه, 23:29
244
+1
So'zlarim shamolda sadoga aylansa, sog'inch ila birlashib, iztiroblarimni yetkazib bersa edi. So'zlarimni shamolga omonat qildim, Madinaning gumbazida yangrasa edi.
24 ژوئیه, 05:37
244
Qanday hayotda yashashni xohlasangiz, shuni tanlang va unga mos kelmaydigan barcha narsaga javobingiz YO‘Q bo‘lsin...
23 ژوئیه, 04:37
244
لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا...
Alloh hech bir jonga (hech bir kishiga) uning qurbi yetmaydigan narsani yuklamaydi.
14 ژوئیه, 12:50
244
Repost from Bintu Sobir
Orom qayerda?
Ijarada turadigan inson:
— «Oʻz uyim boʻlsa, shunda orom topaman», deb oʻylaydi
Boʻydoq:
— «Uylansam, hamma narsa joyiga tushadi», deb oʻylaydi
Kambagʻal:
— «Pul topsam, hech qanday tashvish qolmaydi», deb oʻylaydi
Bemor:
— «Sogʻaysam, baxtli boʻlaman», deydi
Talaba:
— «Oʻqish tugasa, rohat boshlanadi», deb oʻylaydi
Ishsiz:
— «Ish topsam, hayotim oʻzgaradi», deydi
Ishli odam esa:
— «Pensiyaga chiqsam, tinch yashayman», deb kutadi
Inson umri davomida oromni bir narsadan ikkinchisiga koʻchirib yashaydi, lekin hech qachon topolmaydi.
Chunki u oromni notoʻgʻri manzildan izlayapti.
Alloh esa bu sirni bir oyat bilan ochib qoʻygan:
﴿أَلَا بِذِكْرِ اللَّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ﴾
«Ogoh boʻling! Qalblar faqat Allohni zikr qilish bilan orom topadi.»
(Ar-Raʼd, 28).
Eʼtibor bering!
Alloh:
«Uylar bilan…» demadi.
«Pul bilan…» demadi.
«Nikoh bilan…» demadi.
«Faqat Allohning zikri bilan”dedi.
Chunki qalbni yaratgan Zot uning nima bilan tinchishini ham eng yaxshi biluvchidir.
Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar:
«في القلب شعث لا يلمه إلا الإقبال على الله، وفيه وحشة لا يزيلها إلا الأنس به.»
«Qalbda shunday parokandalik borki, uni faqat Allohga yuzlanishgina jamlaydi. Unda shunday yolgʻizlik borki, uni faqat Alloh bilan unsgina yoʻqotadi»
Shuning uchun baʼzilar saroylarda ham bezovta
Baʼzilar esa sodda uylarda ham xotirjam
Baʼzilar millionlar ichida ham boʻshliq his qiladi…
Baʼzilar esa bir boʻlak non bilan ham shukr qilib uxlaydi…
Farq mol-dunyoda emas.
Farq qalb kimga bogʻlanganida.
Allohdan uzoq qalb — hamma narsaga ega boʻlsa ham notinch
Allohga bogʻlangan qalb esa — hech narsasi boʻlmasa ham boydir,
والله أعلم
13 ژوئیه, 13:16
