Agar kim roʻza tutsayu, kalbida taqvo hissi oʻygʻonmasa, u odam haqiqiy roʻza tutmagan boʻladi. Kim iymon va eʼtiqod bilan roʻza tursa, Alloh taolo oʻsha bandani "taqvo" deb nomlanuvchi, ikki dunyo saodatiga eltuvchi baxtga muyassar qiladi.
"Moʻminning qalqoni "
(Mufassal roʻza kitobi)
Oʻzbek adabiyoti rostdan ham yaxshi emasmi yoki biz uni yaxshi bilmaymizmi?
Koʻpchilikda oʻzbek adabiyoti jahon adabiyoti darajasida emas? Oʻzbek adabiyoti yaxshi emas degan fikrlar bor. Aslidachi, oʻzbek adabiyoti qanday?
Oʻzbek adabiyotida shunday durdona asarlar borki, agar ular qaysidir boshqa millat adabiyoti sirasiga kirganda allaqachon dunyoning eng bestseller asarlari boʻlar edi. Sababi, biz oʻzbek millati negadir doim boshqalarni maqtaymiz-u, oʻzimizni, qadriyatlarimizni, milliyligimizni kamsitishni yoqtiramiz. Masalan, "Ufq" asarini olaylik. Ushbu asarda yozuvchi bizga 3 ta davrda oʻzbek xalqi boshidan oʻtkazgan ogʻir kunlar haqida hikoya qiladi. Kelajak avlod uchun oʻz jonidan, molidan kechgan ota-bobolarimiz haqida oʻqib ulardan faxrlanasiz. Asar qahramonlari kanal qazir ekan, har bir vatandosh suvli boʻlsin deb ishlaydi, choʻlni obodonlashtirar ekan shu yerlarda farzandlarimiz quvnab-yayrab yashasin deydi.
Asar syujeti zoʻr, oʻqish davomida hech ham zerikmaysiz va turli taqdir egalari sizni chuqur mulohaza yuritishga undaydi.
Hamma "Ufq" yoki "Ikki eshik orasi" haqida gapiradi, xoʻsh boshqa yana shunday asarlarchi deysizmi? Aslida bunday asarlar anchagina. Masalan, "Oltin zanglamas", "Jimjitlik", "Odam boʻlish qiyin", "Chinor", "Tushda kechgan umrlar", "Dunyoning ishlari" va boshqalar.
Oʻzbek adabiyotlarini oʻqishni hammaga tafsiya qilaman.
#iqtibos
Jinoyat uchun jinoyatchidan koʻra loqayd odam xavfliroq!
Jinoyatchi jabrini tortar, balki toʻgʻri yoʻlini topib oladi. Loqayd odam esa yangi- yangi jinoyatlarni koʻrganida ham koʻz yomib ketaveradi.
"Alvido bolalik" kitobidan
#ibratli
~Bir bolaning oyoq kiyimi dengizda yo‘qoldi. Bola qirg‘oqqa “bu dengiz o‘g‘ri”, deb yozib qo‘ydi.
~Uning yaqinida bir ovchi ko‘p baliq ovladi. U qirg‘oqqa “bu dengiz saxiy”, deb yozib qo‘ydi.
~Bir bola dengizda g‘arq bo‘ldi. Uning onasi “bu dengiz qotil”, deb yozib qo‘ydi.
~Bir chol dengizdan ko‘p marvarid tutdi. U qirg‘oqqa “bu dengiz jo‘mard”, deb yozib qo‘ydi.
~So‘ngra bir baland to‘lqin kelib barcha yozuvlarni yuvib ketdi. Hayot esa davom etdi.
Shuning uchun insonlar gapiradigan har qanday gapga e’tibor beraverma. Insonlar faqatgina tushunchasini gapiradi xolos. Kishilar senga yomonlik qilishsa ularga kuchli qarshilik qilish haqida o‘ylama. Insonlarga ularning axloqi bilan emas, o‘z axloqing bilan muomala qil. Dunyodan istaganingni ol. Ammo unga qanday kelgan bo‘lsang shunday ketasan.
Mutоlaa asabni tinchlantiradi 💬
Hayotda turli hоlatlar bo‘ladi, hech kim o‘z xоhishi bilan asabiylashmaydi, lekin ko‘pincha shunga majbur bo‘lamiz. O‘zimizni idоra qila оlmasak, asabiylashib ketamiz. Bu sоg‘liq uchun zararli, albatta. Shuning uchun asabiylashganda darhоl bu hоlatni bartaraf etishga harakat qilish kerak.
Buning uchun ba’zilar sayr qiladi, ba’zilar musiqa tinglashni afzal ko‘radi. Success universiteti оlimlari esa buning o‘rniga kitоb o‘qishni tavsiya qilishadi. Kitоb o‘qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi оlti daqiqa kitоb o‘qish asabiylashishga barham beradi.
📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan
🌙Roʻza qachon farz boʻlgan
Roʻza dastlab Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga hijrat qilganlaridan keyin oradan bir yarim yil oʻtgach, yaʼni hijratning 18-oyi Shaʼbon oyining 10-kunida qibla Baytul Maqdisdan Kaʼba tarafga oʻzgarganidan keyingi oyning farz qilingan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam 9 yil Ramazon roʻzasini tutganlar, ulardan 2 tasini 30 kundan, qolgan 7 tasini 20 kundan tutganlar.
"Moʻminning qalqoni"
(Mufassal roʻza)
Moʻminning qalqoni
"Mufassal roʻza kitob"
Bu kitobda roʻzaning behisob fazilatlari, uning sunnatlari, roʻzaning turlari va vaqtining bayoni bu ibodatning nozik sirlari, uning shartlari, fajri sodiqning alomati, roʻza tutishni boshlash va toʻxtatishning hilol koʻrish orqali boʻlishi, hilolni koʻrishdan guvohlar kabi boshqa kitoblarga kam yoritilgan mavzularga kengroq eʼtibor qaratilgan. Roʻzadorning niyat qilishi, roʻzadorga mustahab boʻlgan amallar, roʻzani buzadigan amallar, iftorlik va saharlik qilish, iftorlik paytida oʻqiladigan duo, roʻzadorning Ramazon oyida turli nosharʼiy ishlardan tiyilishi, tilini yolgʻon, gʻiybat, boʻxton, behayo soʻz kabi til ofatlaridan asrashi, shuningdek Ramazon oyi va roʻza ibodatiga oid ayollarga xos masalalar haqida ham koʻproq maʼlumotlar berilgan.
Har bir musulmon inson oʻqishi kerak boʻlgan kitob...Ramazonga ham yaqin kunlar qoldi.
Bugungi yutug‘ing — kechagi mehnating mevasi Hozir to‘xtama, chunki sen boshlagan yo‘l to‘g‘ri. Kichik qadamlar katta natijalarga olib keladi. O‘zingga ishongin — sen bundan ham ko‘prog‘iga qodirsan. ✨