𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
رفتن به کانال در Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
244
مشترکین
-224 ساعت
-247 روز
-5830 روز
آرشیو پست ها
244
+1
Bu yo‘lda sokinlik va ichki taslimlik hukmron.
Eng oliy mukammallik shundaki — inson o‘z kamchiliklarini tiniq nigoh bilan ko‘ra olishi va tuzatilishi lozim bo‘lgan jihatlarni poklay bilishidir.
Chunki haqiqiy sayohatchi yo‘lni egallashga emas, balki har bir qadamda o‘zini tarbiyalashga intiladi.
Haqiqat shundaki — o‘zini anglagan inson yo‘lini ham, maqsadini ham ma’nosini topadi.
11 مه, 12:44
244
Agar sen ilm orttirsang — nur topasan.
Agar odobni o'rgansang, shu nur bilan to'g'ri yo'lni topasan!
Shoshilma…
Ilm ortidan yugurishdan oldin, qalbingni tarbiya qil.
Chunki haqiqiy buyuklik — bilishda emas…
bilgan ilmini odob bilan yashashdadir.
09 مه, 04:07
244
Ichimda metti qizcha juda xursand...) Hadya olmaganimga ancha boʻlgan edi...🤭🤗
08 مه, 13:30
244
+1
Alhamdulillah...)
Ustozim tomonidan hadya… 🥹😇
Ustozlarimizdan Alloh rozi bo‘lsin, bizga o‘rgatayotgan ilmlari va ko‘rsatgan mehr-oqibatlari uchun.
Ularning har bir sabog‘i qalbimizga nur, hayotimizga baraka bo‘lsin. 🤍
Ilm yo‘limizni Alloh yanada keng va xayrli qilsin Amiyn.
08 مه, 13:24
244
“Har bir inson uchun oʻz vaqtining qadr-qiymatini bilishi lozim boʻladi. Biror lahzani ham eng yaxshi soʻz va amallarsiz oʻtkazib yubormasligi shartdir. Kishining niyati yaxshi ishlarda sust boʻlmasligi va badani amallardan ojiz boʻlmasligi kerak". Zero, hadisi sharifda: “Moʻminning niyati amalidan yaxshiroqdir" deyilgan.
“Ulomalar nazmida vaqtning qadrini "📖
07 مه, 14:01
244
Inson "nasib" va "niyat" orasidagi nozik nuqtada yashaydi.
Niyatni buzgan, nasibidan quruq qoladi.
07 مه, 02:14
244
#anglash
“Taqqoslash aslida eng katta xato ham, yutuq ham hisoblanadi.”
Bir qaraganda bu fikr qarama-qarshi tuyuladi. Ammo chuqurroq oʻylab qarasak, taqqoslash haqiqatan ham ikki qirrali qilichga oʻxshaydi. Agar inson oʻzini boshqalar bilan solishtirib, oʻzini pastga urishni boshlasa, bu eng katta xatoga aylanadi. Chunki har kimning yoʻli, vaqti va imkoniyatlari turlicha.
Lekin toʻgʻri ishlatilgan taqqoslash kuchli motivatsiya manbai boʻlishi mumkin. Agar siz kimnidir yutugʻini koʻrib: “Men ham qila olaman”, deb oʻylasangiz, bu allaqachon yutuqdir. Bu sizni harakatga undaydi, oʻsishga majbur qiladi.
Boshqalar bilan emas, kechagi oʻzingiz bilan raqobat qiling. Shunda taqqoslash sizni yiqitmaydi, aksincha yuksaltiradi.
06 مه, 02:31
244
Ayolga berilgan eng katta quvvat bu ilm va tarbiya. U bular bilan nafaqat farzandini, balki butun bir ummatni yuksaltiradi.
Ustoz Husayn Buxoriy
03 مه, 14:41
244
Ajib... Bu inson deganlari ajibda. Kulib turib, yana ichida bir nimalarni o‘ylab yuraveradi...
Yashashda davom etar ekanmiz, turli sinovlarni, insonlarni ko‘raverar ekanmiz. Ezilamiz siqilamiz, boradigan yerimiz Alloh huzuri ekanligini bilgunimizcha boshimiz urilaveradi... Yozilgan taqdirni, musibatlarni “Labbay” deb emas, “Nega aynan men” deb qarshi olamiz. Unutamiz-ki, eng afzali oldinda. Ana shu afzaliga erishish uchun, sabr ham qilolmaymiz baʼzan. Mana shu musibatlarga qilgan sabrimiz qancha ajrga sabab bo‘lishini bilganimizda edi...
Insonmizda, shunday fikrlarni o‘ylab yuraveramiz. Birovlarga sabr haqida gapiramizu, o‘zimiz amal qilmaymiz.
Amal qilmaymiz...
01 مه, 03:14
244
#iqtibos
"Qalb jismga nisbatan podshoh kabidir", deyiladi. Podshohdan yaxshi amr chiqsa, fuqarolarga yaxshi boʻlganidek, yurakdan yaxshi niyatlar chiqsa, jismning boshqa aʼzolariga yaxshi boʻladi.
Bu tushuncha ham jismoniy qalbni, ham maʼnaviy qalbni oʻz ichiga oladi. Haromga qoʻl urgan odamning ham jismi, ham qalbi xasta boʻladi.
"Halol ochiq — oydindir, harom ochiq — oydindir" kitobidan
30 آوریل, 05:37
