𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
رفتن به کانال در Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
254
مشترکین
-1424 ساعت
-327 روز
-4830 روز
آرشیو پست ها
256
+1
Terapiya🖋
Ba’zan inson ruhiga orom beradigan, ko‘ngli taskin topadigan mashg‘ulotlar bilan ham shug‘ullanib turishi kerak. Chunki hayot faqat vazifalar, mas’uliyat va majburiyatlardan iborat emas. Ba’zan o‘zingni unutmaslik uchun ham o‘zing yoqtirgan narsalarga vaqt ajratishing kerak...
256
#iqtibos
"Shukr ne’matning jilovidir, uni mahkam saqlagin. Agar jilov yechilib ketsa, ne’matlar har tomonga sochilib ketadi". © Shayx Muhammad G‘azzoliyAllohim, bizlarga bergan barcha ne’matlaring uchun Senga beadad hamd va shukrlar bo‘lsin. Bizga ato etgan ne’matlaringni barakali va ziyoda qilgin, ularni qadrlashni va to‘g‘ri yo‘lda ishlatishni nasib etgin. آمين
256
U insonning kundalik hayotiga, uyqusiga, o‘qishiga va kayfiyatiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
#Migren.
Migren — bosh og‘rig‘ining takrorlanib turadigan, asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklaridan biri. U shunchaki boshning og‘rishi emas, balki ba’zan kundalik faoliyatni ham qiyinlashtiradigan holatdir.
Og‘riq: ko‘pincha boshning bir tomonida, urib yoki lo‘qillab og‘rishi mumkin. Biroq ikki tomonda ham kuzatiladi.
Davomiyligi: davolanmagan migren xuruji odatda 4–72 soat davom etadi. Ayrim odamlarda xurujlar tez-tez takrorlanishi mumkin.
Belgilar: ko‘ngil aynishi, qusish, yorug‘lik va tovushga sezgirlik.
Kundalik hayotga ta’siri: diqqatni jamlash, o‘qish, ishlash va dam olish qiyinlashishi mumkin.
Sabablari va qo‘zg‘atuvchilari: irsiy moyillik, uyqu tartibining buzilishi, stress, gormonal o‘zgarishlar va ayrim boshqa omillar migren xurujlariga ta’sir qilishi mumkin.
— Aura: ayrim odamlarda bosh og‘rig‘idan oldin yoki uning davomida ko‘z oldida chaqnashlar, ko‘rishdagi o‘zgarishlar, uvishish yoki gapirish qiyinlashishi kuzatilishi mumkin.
256
+5
Migren oddiy bosh ogʻrigi emas. Shunchaki oʻzidan oʻzi oʻtib ham ketmay doimiy bosh ogʻrigʻi bilan yashash esa oson emas.
256
Yana bir bor amin bo‘ldim…
O‘zingga shukr, Robbim.
Meni bilmaganlarimdan ham asraganing, ko‘rmagan xayrlarimga yetaklaganing, qalbimni O‘zing bilgan eng go‘zal yo‘llarga burayotganing uchun…💐
Allohga qayt! Senga hammasi qaytadi.
256
Repost from 𝐅 𝐚 𝐲 𝐲 𝐮 𝐦 🕯
Har bitta oilada:
Xech darsi tugamaydigan
Yurishlari tugamaydigan
Lug'atlari tugamaydigan
Kitoblari tugamaydigan
Xohishlari tugamaydigan
Lekin doim puli tugaydigan
bitta Qiz bo’ladi ^_^
@fayyumiy🤘
256
+1
Ҳаёт бу — биз режа қилганимиз эмас, балки қадаримизга ёзилгани содир бўладиган маскандир..
@IkromSharif
256
+1
Hayotingizda yaxshi kunlar ham yomon kunlar ham abadiy emas. Bularni barchasi bir kun tugaydi. Alloh sinov berdimi demak uni yashab utishimiz kerak. Balki Alloh bu sinovlarni sizni O‘ziga yaqinlashtirish uchun bergandir. “Nega aynan men, nima uchun menga sinov berildi“ demang, Alloh buyrug'i oldida siz shunchaki ojiz qulsiz. Sizga nima hayrli yoki hayrsiz ekanini faqat Alloh biladi. Bu kunlar uchun isyon qilganingiz bilan faqat gunohkor bo'lganingiz qoladi. Sinovlarda chiroyli sabr bilan o‘tishingiz iymoningizdandir. Siz qilayotgan ibodatlaringizni, duolaringizni yolg'iz Alloh bilsa kifoya. Siz bandasiga isbotlashga, ko'rsatishga majbur emassiz. Hali hayotingizda yashab o‘tishingiz kerak bo'lgan yaxshi kunlar ko'p. Hozirdan taslim bo‘lmang.
256
+1
Nimalar bo‘lyapti o‘zi bu dunyoda?.. Hijobini yechish haqida gapirish ham shu darajaga yetdimi? Axir hijob shunchaki mato emas u — hayo, e’tiqod va Allohning roziligini istab qilingan bir tanlov. Birovning hijobiga emas, o‘z qalbimizga nazar solsak edi… Birovni hijobidan qaytarishga emas, yaxshilikka undashga harakat qilsak edi.
256
Charchadim… Biroz muddat ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lmayman.
Fikrlarimni, xayollarimni tartibga solib olishim kerak. O‘zim bilan, ichimdagi kechinmalar bilan yolg‘iz qolib, ayrim narsalarni anglab olishim kerak.
Balki anchadan beri o‘ylashdan qo‘rqib kelayotgan haqiqatlarimga yuzlanish vaqti kelgandir…
Ba’zan inson hammadan uzoqlashib, o‘ziga yaqinlashishi kerak. Shoshilmasdan, hech kimga hech narsani tushuntirishga urinmasdan, shunchaki o‘zimni tinglashim kerakdir.
Hozir menga biroz sukut, biroz xotirjamlik va o‘zimni anglash uchun vaqt kerak.
Qaytganimda qalbim ham, fikrlarim ham biroz yengillashgan bo‘lishini istayman.
256
Bedorman...
Tun bilan uyg‘oq qolganimning sababi bormi yoki shunchaki qalbim bugun ham sukutga ko‘nmayaptimi... ❗️
256
📌 E’lon 🤍
Vaqtingizga rozi bo‘lsangiz qoling…
Kimnidir vaqtini oʻgʻirlashni xohlamayman.
Bu yerda:
— fikrlar
— mutolaa
— biroz shaxsiy kechinmalar
— ba’zan sukutga aylangan hislar.
Xafa bo‘lganimda ham, xursand bo‘lganimda ham, ichimdagilarni kim bilandir bo‘lishgim kelganida ham shu yerga murojaat qilaman...
256
#fikrlarim
Turmush qurayotgan qizlarga bir gapim bor…
Hech qachon «Bo‘laveradi», «Keyin o‘zgarar», «Mayli, shunga ham rozi bo‘lay», deb o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalardan voz kechib ketavermang.
Kim bo‘lishidan qat’i nazar, siz shunchaki bir insonni emas, butun umringizni birga o‘tkazadigan, hayotingizning eng muhim qarorlarida yoningizda turadigan insonni tanlayapsiz. U kelajakda farzandlaringizning otasi bo‘ladi. Shunday ekan, uning dunyoqarashiga, fikrlashiga, maqsadlariga, ilmga bo‘lgan munosabatiga va oilaga qarashlariga e’tibor bering.
Siz kiyim tanlamayapsizki, biroz vaqt o‘tgach, yoqmay qolsa, almashtirib qo‘ysangiz. Siz butun umringizga taalluqli qaror qabul qilyapsiz. Orzularingiz maqsadlaringiz kelajakdagi hayotingiz va farzandlaringiz qanday muhitda ulg‘ayishi ham shu tanlov bilan bog‘liq.
Shuning uchun o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalarni so‘rashdan istaklaringizni aytishdan va o‘z qarashlaringizni bildirishdan qo‘rqmang. Ko‘nglingiz to‘lmasa javobingiz «yo‘q» bo‘lishi ham mumkin. Faqat birovni rozi qilish uchun o‘zingizni norozi qilishingiz shart emas.
Bir narsaga hayron qolaman…
«Hali turmushga chiqmasdan nima qilasan bularni so‘rab?» «Bularni talab qilishga sening haqqing yo‘q» degan gaplarni eshitamiz.
Nega. Nima uchun o‘z kelajagi haqida o‘ylash o‘ziga munosib hayot istash faqat erkaklarga berilgan huquqdek ko‘riladi? Qiz bola bo‘lajak turmush o‘rtog‘idan nimalarni kutishini aytsa bu aybmi? O‘z hayotiga daxldor masalalarda fikr bildirsa bu ortiqcha talabmi?
Men ilm olishni xohlayman. Turmush qurganimdan keyin ham o‘qishimni davom ettirishni kitoblarim bo‘lishini dars qilishim uchun sharoit yaratilishini imkon bo‘lsa alohida xonam va kitob javonlarim bo‘lishini istayman. Farzandlarim ilm qadrlanadigan kitob o‘qish odatga aylangan fikr bildirish mumkin bo‘lgan muhitda ulg‘ayishini xohlayman.
Bularni istashim nimasi bilan yomon.!
Axir men faqat o‘zim uchun emas, kelajakdagi oilam, farzandlarim va ularning tarbiyasi uchun ham o‘ylayapman-ku. Ilm olishim uchun sharoit so‘rashim, kelajakdagi maqsadlarimni aytishim yoki o‘z qarashlarimni bildirishim meni yomon inson qilmaydi. Bu shart qo‘yish ham emas — bu o‘z hayotimga befarq emasligimdir.
Insondan imkoniyatidan tashqaridagi narsalarni talab qilish boshqa, o‘zining muhim ehtiyojlari va orzularini ochiq aytish boshqa. Muhimi bir-biringizni tushunish hurmat qilish va kelajak haqidagi qarashlaringiz bir-biriga qanchalik mos kelishini bilishdir.
Qizlar o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalarni nikohdan oldin gaplashib oling.
Ilm olishingiz rivojlanishingiz orzularingiz sari harakat qilishingiz va o‘zligingizni saqlab qolishingiz uchun qanday sharoit kerakligini ayting. Oilada sizdan nimalar kutilishini ham siz nimalarni kutayotganingizni ham ochiq muhokama qiling.
Insonning «ha» deyishiga emas, bu gaplarni qanday qabul qilishiga ham e’tibor bering. Sizni tinglayaptimi Fikrlaringizni hurmat qilyaptimi Kelajakdagi maqsadlaringizni tushunishga harakat qilyaptimi.
Chunki nikoh — faqat bir uyda yashash emas. Bu bir-birining orzularini tushunish, maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash va birgalikda hayot qurishdir.
Sizning istaklaringizni eshitishni ham istamaydigan inson bilan, ularni amalga oshirish yo‘lida sizga hamroh bo‘ladigan inson o‘rtasida katta farq bor.
Yana bir narsani unutmang: sizning vazifangiz kimnidir o‘zingizga moslashtirish emas, balki qarashlaringiz va maqsadlaringiz mos keladigan insonni tanlashdir.
Agar siz uchun ilm, rivojlanish va ma’lum bir muhitda yashash muhim bo‘lsa, buni yashirmang. Insonning imkoniyati hozircha yetmasligi mumkin, ammo u sizning istaklaringizni tushunishi, hurmat qilishi va imkon qadar birgalikda harakat qilishga tayyor bo‘lishi muhim.
Sizni tushunmagan insonning ortingizdan nima deyishi esa o‘z qaroringizdan voz kechishingiz uchun sabab bo‘lmasin.
Turmush qurishga shoshilmang. Avval kim bilan, qanday hayot qurmoqchi ekaningizni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Chunki bu tanlovda faqat bugungi ko‘nglingizni emas, ertangi hayotingizni ham hisobga olishingiz kerak.
Uzun boʻlib ketdi uzr.
