221
Repost from ULUL ALBAB - The People of Intellect
Odob-axloqli/tarbiyali bo‘lish kerak, deymiz. O‘zi u bizga nimaga kerak? #uzun #foyda
Yoshlikdan hamma buni eshitib katta bo‘lgan. Ota-onasidan dakki, ustozidan yo‘nalish, maktabda tarbiyaviy soat,.. kabilarni hamma eslasa kerak. Ikki narsani biling:
1. Bu haqiqatda urg‘u berilgandan-da muhim masala.
2. Hali anglamagan bo‘lsangiz, anglab, iqror bo‘ladigan vaqtingiz keladi.
Xo‘sh, unda odob-axloq nimaga kerak?
Odob-axloq va tarbiyadan ko‘zlangan maqsad quyidagilar emas: - odobli ko‘rinish; - odamlar maqtashi va hurmat qilishi; - "yaxshi farzand" deb tan olinish; - ota-onasiga rahmat keltirish; - u orqali ishi oson bitadigan bo‘lish,.. Bular axloqning FOYDAlari bo‘lishi tayin, lekin maqsadi emas.Diqqat qiling!
Tarbiya va axloq insonning avvalo bu dunyoda Alloh taoloni tanishi va Uning sinovlaridan go‘zal tarzda o‘tishiga sabab bo‘ladi.Bu o‘z ichiga juda ko‘p narsani qamrab oladi. Bu ikki dunyo muvaffaqiyatiga yetishtiradi. Yuqoridagi maqsad (niyat) bilan harakat qilinsa, ota-onalar ham o‘zlari xohlagan emas, Alloh ulardan xohlagan avlodni yetishtiradi. Shu maqsad amalga oshganda (1) mahalliy, ijtimoiy muammolar yechim topa boshlaydi; (2) global darajada esa adolat tarqaydi, zulm kamayadi, muhabbat ortadi va yerda islohot ko‘payadi. Mana, bizga o'z tanlovimiz bilan odob-axloqli bo'lish nega kerak. © ULUL ALBAB yozdi | davomi bor...
05 آوریل, 08:16
