𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
رفتن به کانال در Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
258
مشترکین
-324 ساعت
-197 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
255
O‘YLAB KO‘RGANMISIZ?
Mol-dunyomiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz ortmadi.
Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi.
Dorilar ko‘paydi, kasalliklar ozaymadi.
Kech yotib, ertalab charchoq bilan uyg‘onamiz.
Kam kitob o‘qiymiz, ko‘p televizor ko‘ramiz.
Ko‘p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz.
Pul topishni o‘rgandik, sarflashni eplolmadik.
Oyga uchib-qaytishni bilamiz, lekin qo‘shnimiz bilan ko‘rishishga ikki qadam bosolmaymiz.
Fazoda nimalar bo‘layotganini bilamiz-u, ichki kechinmalarimizdan xabarimiz yo‘q.
Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Rejalar tuzamiz-u, natijalar ko‘rinmaydi.
Shoshilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik.
Tanishlarimiz ko‘p, haqiqiy do‘stlarimiz kam.
Yutuqlarimiz ko‘p, negadir quvonchimiz oz.
#mutolaa
255
+3
#birozkafiyat
Haa oʻsha 1ta gap kam 2tasi esa koʻplik qiluvchi inson - Ayollar boʻladi :))
255
Hammasi juda oddiy boʻlishini xohlayman.
Muhabbat bundan mustasno,
Muhabbatimiz eng mukammali boʻlsin.
255
Bu kanal — qalb sofligi, samimiyat, go‘zal fikrlar va hayotiy haqiqatlar maskani. ✨
Bu yerda sizni:
🤍 Qalbga taskin beruvchi so‘zlar.
🕊️ Hayotiy hikmatlar va ibratli satrlar
💫 Ruhiyatga iliqlik bag‘ishlaydigan go‘zal iqtiboslar kutadi.
«Soflik» — qalbdan qalbga yetib boradigan samimiy so‘zlar manzili.
Kanalimizga xush kelibsiz. Har bir kuningiz ezgulik va xotirjamlikka to‘la bo‘lsin. 🌸
255
Bilasizmi? Shu so‘z bilan gap boshlashni yaxshi ko‘raman-da.
Post yozish, kanal yuritish yaxshi, ammo oxirigacha samimiylikni saqlay olish qiyin. Chunki odam ko‘paygan sari bosim ham ortib boradi.
Shunchaki bir gapni ham bekordan- bekorga yozolmay qolasiz. Auditoriyani hisobga olishingiz kerak bo‘ladi.
Hamma o‘zi xohlab qo‘shilgan va men ham doim borimcha gapiraman, yozaman. Oldindan kanalda bo‘lmasangiz eski postlarga qarab ko‘ring.
Bu dunyoda yaratish qobiliyati hammaga ham berilmagan, hamma ham ko‘ngil odami emas, hamma ham kitob o‘qiy olmaydi. Kam sonli dunyoyimizda o‘zimizni o‘zimiz qadrlaylik.
Agar shu yerda bo‘lsangiz demak yuraklar yaqin.
255
#duo
🌸 Qalbni sobit qilish
يَا مُقَلِّبَ الْقُلُوبِ ثَبِّتْ قَلْبِي عَلَى دِينِكَ
Ma'nosi: "Ey qalblarni o'zgartirib turuvchi Zot! Qalbimni diningda sobit qil."
(Jome' at-Termiziy)
🌸 Foydasiz ilmdan panoh
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عِلْمٍ لَا يَنْفَعُ، وَمِنْ قَلْبٍ لَا يَخْشَعُ، وَمِنْ نَفْسٍ لَا تَشْبَعُ، وَمِنْ دُعَاءٍ لَا يُسْتَجَابُ لَهَا
Ma'nosi: "Allohim! Foyda bermaydigan ilmdan, xushu'siz qalbdan, to'ymaydigan nafsdan va ijobat qilinmaydigan duodan Senga panoh so'rayman."
255
“Zerikarlisan”, deyishadi.
Chunki ko‘chama-ko‘cha yurmayman, har kim bilan yaqin bo‘lib gaplashib ketmayman, boshqalarning e’tiborini tortish uchun o‘zimni har ko‘yga solmayman.
Ha, yaxshiman. Men zerikarli odamman va bu menga yoqadi..
255
Ҳаётда муҳими пул ҳам, шон-шуҳрат ҳам эмас...
Энг муҳим нарса — ёнингда сенга чин дилдан содиқ ва ишончли инсоннинг бўлиши.
Шундай одам ёнингда бўлса, қолганини ҳал қилса бўлади.
#nasib
@IkromSharif
255
Qalbim, tinchlan… isyon qilma.
Har bir narsaning o‘z vaqti bor. Sen tushunmagan narsalarda ham bir hikmat bordir. Hamma narsani o‘zing istagandek bo‘lishini kutma.
Sabr qil qalbim. Alloh sening ichingdagi hech kimga aytolmagan kechinmalaringni ham biladi.
Tinchlan, qalbim… tinchlan...Allohga tavakkal qil.
255
Tanqid qilish oson, o‘zingni tanqid qilish qiyin.
Samimiyat haqida yozish oson, samimiy bo‘lish qiyin.
Qur’onga muhabbat haqida rasmlar joylash oson, chin dildan sevib, uni har kuni o‘qish qiyin.
Sadaqa haqida ta’sirli gaplar yozish oson, o‘zingda yo‘q paytda ehson qilish qiyinroq.
O‘zing uchun ma’lum bir obraz yaratib olish oson, unga mos bo‘lish qiyin.
o‘zgarish boshqalarni tanqid qilishdan emas, o‘zimizni isloh qilishdan boshlanadi.
255
Va bu yo‘lda ancha sabrli bo‘lish, o‘z ustimda ishlash va ko‘p narsani o‘rganishim kerak. Chunki ustozlik faqat ilim berish emas, balki bolalarning qalbiga yo‘l topa olish hamdir. 😊☺️
255
#nasib
Bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman.
Nasib qilsa, yaqin kelajakda arab tili o‘qituvchisi bo‘lish niyatim bor.
Nega aynan bolalar? Chunki ular beg‘ubor, samimiy va qalblari hali juda toza. Ularga ilm o‘rgatish, yangi narsalarni tushuntirish va o‘rganayotganlarini ko‘rib quvonishning o‘zi bir baxt bo‘lsa kerak.
Inshaalloh, bir kun kelib men ham bolajonlarga arab tilidan saboq beradigan, ilmni mehr bilan o‘rgatadigan ustoza bo‘laman. 🌷
Alloh niyatlarimizni xayrli qilib, ularga yetishni nasib qilsin.
Amin 🌸
@soflik_booklover
255
Qiz bolani ovqat qilish, uy yumushlarini bilmasligi qoʻrqinchli emas. Aksincha, bundan boshqa hech narsani bilmasligi qoʻrqinchli...!
255
Bugun jamiyatimizda qiz bolaning qiymatini taroziga solish qanday ham ayanchli: “Qandaydir taomni yoki qandaydir shirinlik qilishni biladimi? Tikuvchilikni eplay oladimi?” — hamma faqat shuni so‘raydi. Afsuski, hech kim: “Qancha kitob o‘qidi, qaysi ilmlarni o‘rgandi, dunyoqarashi qanday?” deb so‘ramaydi. Go‘yo qiz bola faqat to‘rt devor orasidagi yumushlar uchun yaratilgandek...
Ba'zilar esa buni noto‘g‘ri tushunib: “Faqat ilm bilan bo‘ladimi, ovqat qilishni bilmasa unday bo‘ladi, bunday bo‘ladi” deb o‘zlaricha aqlilik qilishadi. Holbuki, hech kim “ovqat qilmanglar, uyni pokiza tutmanglar” demayapti. Ongi o‘sgan, tafakkuri boyigan, ilm olgan qiz shundoq ham ovqat qilishni ham, uyni pokiza tutishni ham, har qanday ishning ko‘zini topishni ham hammadan mukammal eplaydi! Farq shundaki, uning uchun bu majburiy qullik emas, ongli va go‘zal san’atga aylanadi.
Tarix ham hech qachon uyni eng sarishta tutgan yoki eng mazali shirinlik pishirgan ayolni dunyoga namuna qilib ko'rsatmagan. Tarix tafakkuri bilan olamni hayratga solgan, ilmida daryo bo'lib, butun boshli mutafakkirlarni tarbiyalab yetishtirgan buyuk onalarni ehtirom bilan eslaydi.
Oy-yuzligim, sening qanotlaringni faqat supurgi va idish-tovoq bilan cheklab qo'yishlariga yo'l qo'yma. Oshxona yumushlari ham, uy ishlari ham qochib ketmaydi — ularni istalgan vaqtda bir zumda o'rganasan. Lekin vaqt o'tib ketyapti. Hozirgi yoshing — ongni ilm bilan to'ldirish, dunyoni tanish va kitoblar bilan qanot yozish uchun eng qimmatli fursat.
Chunki ertaga sen dunyoga kelajak farzandlarga faqat taom emas, fikr, dunyoqarash va yuksak ruh berishing kerak bo'ladi. Avval ongni boyitaylik, qolganiga vaqt yetadi!
