𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
رفتن به کانال در Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
258
مشترکین
-324 ساعت
-197 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
255
#istixora
كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَلِّمُنَا الِاسْتِخَارَةَ فِي الْأُمُورِ كُلِّهَا كَمَا يُعَلِّمُنَا السُّورَةَ مِنَ الْقُرْآنِ، يَقُولُ: إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالْأَمْرِ فَلْيَرْكَعْ رَكْعَتَيْنِ مِنْ غَيْرِ الْفَرِيضَةِ، ثُمَّ لِيَقُلْ:
اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ، وَأَسْتَقْدِرُكَ بِقُدْرَتِكَ، وَأَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ الْعَظِيمِ، فَإِنَّكَ تَقْدِرُ وَلَا أَقْدِرُ، وَتَعْلَمُ وَلَا أَعْلَمُ، وَأَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ.
اللَّهُمَّ إِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ خَيْرٌ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي — أَوْ قَالَ: عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ — فَاقْدُرْهُ لِي وَيَسِّرْهُ لِي، ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ.
وَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ شَرٌّ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي — أَوْ قَالَ: فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ — فَاصْرِفْهُ عَنِّي وَاصْرِفْنِي عَنْهُ، وَاقْدُرْ لِيَ الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ، ثُمَّ أَرْضِنِي.
قَالَ: وَيُسَمِّي حَاجَتَهُ.
الرَّاوِي: جَابِرُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ.
الْمُحَدِّثُ: الْبُخَارِيُّ.
الْمَصْدَرُ: صَحِيحُ الْبُخَارِيِّ.
الصَّفْحَةُ أَوِ الرَّقْمُ: ١١٦٢.
خُلَاصَةُ حُكْمِ الْمُحَدِّثِ: صَحِيحٌ.
التَّخْرِيجُ: أَخْرَجَهُ أَبُو دَاوُدَ (١٥٣٨)، وَالتِّرْمِذِيُّ (٤٨٠)، وَابْنُ حِبَّانَ (٨٨٧)، وَاللَّفْظُ لَهُمْ.
Rasululloh ﷺ bizga barcha ishlarda istixora qilishni xuddi Qur’ondan sura o‘rgatgandek o‘rgatar edilar. U zot aytardilar:
«Sizlardan biringiz biror ishni qilishni niyat qilsa, farz namozidan boshqa ikki rakat namoz o‘qisin. So‘ng quyidagicha duo qilsin.
Istixora duosining tarjimasi:
Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilikni tanlashni so‘rayman. Qudrating bilan Sendan qudrat so‘rayman. Ulug‘ fazlingdan so‘rayman. Zero, Sen qodirsan, men esa ojizman. Sen bilasan, men bilmayman. Sen g‘ayblarni mukammal biluvchisan.
Allohim, Agar bu ish dinim, hayotim va ishimning oqibati uchun — yoki hozirgi va kelajakdagi ishim uchun — yaxshi ekanini bilsang, uni menga taqdir qil, menga osonlashtir va unda menga baraka ber.
Agar bu ish dinim, hayotim va ishimning oqibati uchun — yoki hozirgi va kelajakdagi ishim uchun — yomon ekanini bilsang, uni mendan uzoqlashtir, meni ham undan uzoqlashtir. Qayerda bo‘lmasin, men uchun yaxshilikni taqdir qil, so‘ng meni undan rozi qil».
So‘ng kishi o‘zining hojatini, ya’ni istixora qilayotgan ishini aytadi.
Manba: Imom Buxoriy rivoyati, 1162-hadis. Hadis sahih hisoblanadi.Istixoraning mazmuni: Allohdan biror ishning yaxshisini so‘rashdir. Biz bir ishni yaxshi deb o‘ylashimiz mumkin, lekin uning oqibatini bilmaymiz. Shu sababli Allohdan agar u ish biz uchun xayrli bo‘lsa, nasib etishini va osonlashtirishini, xayrsiz bo‘lsa, undan uzoqlashtirishini so‘raymiz. @soflik_booklover
255
Men muhabbatini izhor qilgan Xadicha onamiz kabi jasur emasman.
Lekin men Alini jimgina qalbi ila sevadigan Fotima boʻla olaman...
#Shunchaki
255
O‘rgan — hozir turgan joyingni qadrlashni.
O‘rgan — qo‘yib yuborsang, hayot yengillashishini.
O‘rgan — hayotning eng go‘zal qismi aynan hozir ekanini.
255
Nega chalg‘iyveramiz?
İsh/oʻqish/ dars/nomoz/
Har bir fan/sohada uni barcha ikir-chikirlari, eng daqiq nuqtalarigacha biladigan, o‘rganib chiqqan o‘z professionallari bo‘ladi.
❗️Shayton (unga Allohning la‘nati bo‘lsin) inson atalmish maxluqotni eng yaxshi tarzda o‘rganib chiqqan, uning zaif tomonlarini juda yaxshi bilib olgan, xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak kishi qanday qilib vasvasa qilish, qayerda qaysi usul bilan yo‘ldan ozdirish bo‘yicha doktorlikni yoqlagan professor.
❗️Iblis - insonshunos-psixolog. U kimni/qayerda/qanday/nima bilan vasvasa qilishni juda yaxshi bilan va buni qoyillatib bajaradi, axir insonlarni yo‘ldan ozdirishga va‘da berib qo‘ygan
Bir insonning eng zaif tomoni qaysi bo‘lsa, shayton ana shu joyidan keladi.
Musiqaning haqiqiy "jinnisi" bo‘lgan shaxsni ilm olishga o‘tiraman deganda hayoliga Range Roverni emas, yaxshi ko‘rgan qo‘shig‘ini so‘zlarini esiga solib yoki yangi chiqqan musiqani tezroq yuklab olish bilan yo‘ldan to‘sadi.
📚Islomni o‘rganaman degan tolibi ilmni endi Qur‘on yodlashga o‘tiraman deganda "Borib youtubeda xohlagan videoni ko‘r, hozir hech kim yo‘q" demaydi, chunki buni foydasi yo‘qligini biladi.
U "Borib biroz kitob o‘qi, keyin kelib yodlaysan" deydi. Qur‘onni qo‘yib kitobga o‘tib ketgach, "Silai-rahm qani? Oqibat qani? Ammangni qiziga/yaqin do‘stinga telefon qilib hol-ahvol so‘rab qo‘y, keyin o‘qiysan" deydi.
◽️Keyin nima bo‘ladi? Yaqin do‘sti bilan gaplashib bo‘lguncha yana nimadir chiqib qoladi yoki ijtimoiy tarmoqdan xabar keladi, shu bilan haligi tolibi ilm na Qur'ondan 3 oyat yodlaydi, na kitob o‘qiydi va na tuzukroq dars qiloladi.
Onalarni eng zaif tomoni nima?
- Farzandi!
Shayton uchun onani hayoliga namoz vaqti ko‘rayotgan seriali/ovsinini gapi/qilayotgan ishidan ko‘ra bolasi bilan vasvasa qilish более выгодно.
Chunki faqat bolasi haqida turli xavotirlar/shubha-gumonlar olib kelsa onani maksimal darajada namozda hushu'dan, Robbisiga to‘liq yuzlanishdan chalg‘ita oladi.
Demak bilib oldik: Allohning la‘natiga duchor bo‘lgan bu noumid bizni biz nimaga ko‘proq e‘tibor qilsak/mehr bersak/o‘ylayversak ana shu zaif tomonimiz bilan vasvasa qilar ekan.
⁉️Namozda hushusizlik muammosini ildizini bilib oldik.
- Endi yechim nima?
- Bilmayman.
Hech qachon ahli-ilmlardan o‘tib bunday ruhiyat bilan bo‘g‘liq masalalarga yechim berishga haddim sig‘maydi.
✔️ Biroq o‘zim uchun qo‘llab ko‘rib foydasini sezgan uslibimni aytaman:
- Qur‘ondan yangi oyat/suralar yodlash va ularni almashtirib zam sura qilish.
Nega aynan bu variant❔
‼️ Shayton bizni zaif joyimizdan foydalanib namozda hayolimizni olib qochishga erishishiga sabab - biz yodlab olgan 5-6 ta, yaxshiroq holatda esa 10-15 suralarni robot kabi qaytaraveramiz.
Tafsir o‘qib ma‘nosini bilishga urinmasligimiz ikkinchi masala. Muhim: Tilimiz avtomatik tarzda yodlaganlarimizni shart-shart o‘qib ketaveradi, hayol esa bozorlarda kezib yuradi!
◻️ Lekin agar biz qo‘rqmay, "Amma" porasi bilan kifoyalanishni o‘zimizga ep ko‘rmay kattaroq suralarni yodlashga o‘tsak va ularni zam sura qilib o‘qishga erinmasak, nafsimizga erk berib kichkina surachalarni robot kabi o‘qib ketavermasak diqqatni jamlay olamiz.
🧠 Miyamiz bor kuchi bilan yangi yodlangan uzun surani boshidan oxirigacha bexato o‘qishga diqqatini qaratadi, har rakatda har xil sura o‘qisak namozga rang-baranglik kiradi, zavq ortadi va bizni shaytonni hiylalariga chalg‘ishga hatto vaqtimiz bo‘lmaydi. Istasak ham bunday qilolmay qolamiz bifazlillah.
©Olindi:
255
#duo
اللَّهُمَّ ثَبِّتْ قَلْبِي عَلَى طَلَبِ الْعِلْمِ وَالْعَمَلِ بِهِ، وَلَا تَجْعَلْنِي مِنَ الْمُنْقَطِعِينَ فِي طَرِيقِهِ، وَاهْدِنِي صِرَاطَكَ الْمُسْتَقِيمَ هِدَايَةً لَا أَضِلُّ بَعْدَهَا أَبَدًا، وَأَعِنِّي عَلَى مُجَاهَدَةِ نَفْسِي وَقَهْرِ شَهَوَاتِي، وَارْزُقْنِي صِدْقَ النِّيَّةِ وَقُوَّةَ الْعَزِيمَةِ وَدَوَامَ الِاجْتِهَادِ فِي سَبِيلِكَ، وَاجْعَلْ عِلْمِي نُورًا فِي قَلْبِي وَسَبَبًا لِقُرْبِكَ وَرِضَاكَ.
Allohim, qalbimni ilm talab qilish va unga amal qilishda sobit qilgin, ilm yo‘lida to‘xtab qoluvchilardan qilmagin. Meni shunday to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilginki, undan keyin aslo adashmay. Nafsga qarshi kurashishda va shahvatlarimni yengishda menga yordam ber. Menga niyat rostligi, mustahkam iroda va yo‘lingda doimiy ijtihod nasib et. Ilmimni qalbimda nur qilgin va Seni yaqinliging hamda roziligingga sabab qilgin.
255
#Iqtibos
Til ofatlari
Tildan keladigan ofatlar koʻp va turli-tuman boʻlib, ular qalbni sarxush qiladi. Odam tabiatiga ham ularga moyillik bor . Mazkur ofatlardan qutulishning eng oson yoʻli jim turish orqali boʻladi. Bu juda katta fazilatdir. Jim turish himmatni jamlaydi va fikrni soflaydi.
"Ruhiy tarbiya "
255
📌Qurʼoni karim bizni 4 dushmandan ogohlantiradi!
1. Shayton dushmandir. Uni dushman tutinglar va unga itoat etmanglar. Chunki u yonib turgan jahannam sohiblari boʻlishingizni istab sizlarni zalolatga ergashishga chorlaydi.
Alloh taolo aytadi: "Shayton sizlarga dushmandir. Bas, uni dushman tuting", (Fotir surasi: 6-oyat)
2. Nafs koʻpincha oʻz sohibiga lazzatlanish, rohatlanish talabida maʼsiyat ishlarga buyuradi, undaydi. Alloh saqlaganigina unday emas.
"Oʻzimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka undovchidir", (Yusuf surasi: 53-oyat)
3. Dunyoda maʼsiyat ustida doʻst boʻladiganlar qiyomat kunida bir-biridan tonib qochadilar.
"Oʻsha Kunda taqvodorlardan boshqa doʻstlar bir-birlariga dushmandir",( Zuxruf surasi : 67-oyat)
4. Kofirlardan boʻlgan Allohning dushmanlari va sizlarning dushmanlaringiz. Ularni doʻst tutmanglar. Chunki ular Rasulingiz keltirgan dinga kofir boʻlgandirlar.
"Mening dushmanlarimni va oʻzingizning dushmanlaringizni doʻst tutmanglar", (Mumtahana surasi : 1-oyat)
255
Hamma narsani topiladi, ammo bir narsani unutmaylik: biz qayta bu yoshda bo‘lmaymiz…
Shuning uchun bugungi kunning, shu yoshning, hatto oddiy lahzalarning ham qadriga yetaylik. Hayot kutib turmaydi.
255
#nasib
Kelajakda farzandlarimdan:
— Ustozingiz kim? — deb so‘rashganda, «Onam», deb javob berishlari uchun harakat qilyapman.
Shunchaki dunyoga keltirgan ona emas, balki ularga ilm o‘rgatgan, qalblariga go‘zal xulqni singdirgan, hayot yo‘llarida to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan ustoz bo‘lishni xohlayman.
Farzandlarim mendan faqat mehr emas, ilm, odob va hayot uchun kerakli saboqlarni ham olishlarini istayman.
Kelajakda farzandlarim faxr bilan «Onam — mening birinchi ustozim», deyishlari uchun harakat qilyapman.
255
Ishtirokchilar bilan bogʻlandik
Bugun yoki ertaga kitoblarni pochta orqali chiqarib beramiz))
Inshaalloh 😊
Xayrli boʻlsin
255
Hop mayli hech kim xafa boʻlib qolmasin
7 8 9 raqamlariga kitoblar hadiya yana bitta kitob qoʻshdim)))
Xayrli boʻlsin
255
Hech kim sendan tortib ololmaydigan narsalar ustida ishla: iymon, ilm, tafakkur, salomatlik, qadr-qimmat, sof qalb, toza vijdon, oʻzingga boʻlgan ishonch, orzu-maqsad, haraktir va tarbiya....
255
Allohim… 🤲🏻
Ota-onamni mendan rozi qilgin. Ularning menga qilgan barcha yaxshiliklarini O‘zing go‘zal mukofotlagin.
Allohim, ular meni mehr bilan ulg‘aytirganlaridek, Sen ham ularga rahmating bilan muomala qilgin. Bilgan-bilmagan gunohlarini mag‘firat etgin, qalblariga xotirjamlik, tanlariga salomatlik, umrlariga baraka bergin.
Ularni mendan rozi bo‘lgan holda yashatgin. Men orqali ko‘zlariga quvonch, qalblariga taskin ato etgin.
Ularni dunyo va oxirat saodatiga erishtirgin, Jannatingda yana jamlagin.
Amin, ya Robbal ‘alamin.
255
Qanchalik charchamaylik, baribir o'sha kelajakni qurishimiz kerak..
Boshqa yo'li yo'q…
Balki 2 yil kerakdir balki 5 yil, lekin siz o'zingizga bergan vadalaringizni bajaring!
255
#duo
رَبِّ ٱجۡعَلۡنِي مُقِيمَ ٱلصَّلَوٰةِ وَمِن ذُرِّيَّتِيۚ رَبَّنَا وَتَقَبَّلۡ دُعَآءِ ٤٠
Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Robbimiz, duoni qabul etgin.
رَبَّنَا ٱغۡفِرۡ لِي وَلِوَٰلِدَيَّ وَلِلۡمُؤۡمِنِينَ يَوۡمَ يَقُومُ ٱلۡحِسَابُ ٤١
Robbimiz, hisob qilinadigan Kunda meni, ota-onamni va mo‘minlarni mag‘firat aylagin».
(Ibrohim surasi 40-41-oyatlar)
