𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
رفتن به کانال در Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
258
مشترکین
-324 ساعت
-197 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
255
Ba’zan suhbatdoshga muhtoj bo‘lasan…
Shunchaki gapirish uchun ham seni tinglaydigan, tushunishga harakat qiladigan inson kerak bo‘ladi.
Ichingdagi kechinmalarni aytib berishing, xayollaringni bo‘lishishing, ruhiy holatingni tushuntirishing, o‘qishlaring, darslaring haqida gapirishing uchun ham seni diqqat bilan tinglaydigan bir inson kerak…
Har doim ham maslahat beradigan yoki muammolaringga yechim topib beradigan inson emas, ba’zan shunchaki seni tinglaydigan, gaplaringni bo‘lmaydigan, hislaringni tushunishga urinadigan inson kerak.
Shunday insonki, uning yonida o‘zingni tushuntirishga qiynalmaysan. Ichingdagilarni yashirmaysan. Gaplaring ortidagi sukutni ham anglashini istaysan.
Chunki ba’zan insonga yechim emas, shunchaki tinglanish kerak.
#xohlardim
255
Ilmga kech qolish — bir afsus. Ammo “kech qoldim”, deb ilm olishdan voz kechish — undan-da katta afsusdir.
Ba’zan inson o‘zini boshqalar bilan solishtirib, vaqtini boy bergandek his qiladi. Kimdir ancha oldin boshlagan, kimdir esa allaqachon manzilga yetgandek tuyuladi. Ilm musobaqa emas, uning o‘z vaqti, o‘z yo‘li bor.
Muhimi, kechagi kun uchun afsuslanib, bugungi imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik.
255
Allohim, sendan ishlarda subut, to‘g‘ri yo‘lda qat’iyat, ne’matingga shukrona, go‘zal ibodat, sog‘lom qalb, rostgo‘y til so‘rayman.
Bergan ilmlaringning yaxshisini so‘rayman, yomonidan panoh tilayman. Sen biladigan ishlarim uchun istig‘for aytaman. Sen g‘aybni biluvchi Zotsan.
255
Nasib qilsa, noyabr oyi uchun ham shunday kitoblar ulashishni niyat qilib turibman. Ilmga oshno qalblar safi yanada kengaysin...))
255
+1
Fathlarning eng go‘zali — nafs ustidan, eng buyugi esa qalblar ustidan qozonilgan fathdir...
255
Qalb sobitligini so‘rash duosi:
يَا مُقَلِّبَ الْقُلُوبِ، ثَبِّتْ قَلْبِي عَلَى دِينِكَ.
Ya muqollibal qulubi, sabbit qolbiy ’ala diynik.Ma’nosi: “Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Alloh! Qalbimni dining uzra sobit (mustahkam) qil”. Imom Termiziy rivoyati
