fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

رفتن به کانال در Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
258
مشترکین
-324 ساعت
-197 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
Ayol kishi uchun eng yaxshi dori nima? Bir donishmand dedi: — Ayol kishi uchun eng yaxshi dori — bu mehr-muhabbat. — Agar meh
Ayol kishi uchun eng yaxshi dori nima? Bir donishmand dedi: — Ayol kishi uchun eng yaxshi dori — bu mehr-muhabbat. — Agar mehr-muhabbat davo bo‘lmasa-chi? Donishmand tabassum qilib dedi: — Miqdorini ko‘paytiring, albatta, davo bo‘ladi!
🪶"Qalbga Taskin Bitiklar" kitobidan

#Duo اللَّهُمَّ رَحْمَتَكَ أَرْجُو، فَلَا تَكِلْنِي إِلَى نَفْسِي طَرْفَةَ عَيْنٍ، وَأَصْلِحْ لِي شَأْنِي كُلَّهُ، لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ. Tarjimasi: Allohim, rahmatingdan umid qilaman. Meni ko‘z ochib-yumguncha ham o‘z nafsimga topshirib qo‘yma. Barcha ishlarimni isloh qil. Sendan o‘zga iloh yo‘q.

♾Hayot yo'li... Hayot manzilsiz safar emas. Har bir qadam, har bir sinov va har bir ne'mat bizni Robbimizga yaqinlashtirish u
+1
♾Hayot yo'li... Hayot manzilsiz safar emas. Har bir qadam, har bir sinov va har bir ne'mat bizni Robbimizga yaqinlashtirish uchun berilgan imkoniyatdir. Ba'zan yo'limiz ravon bo'ladi, ba'zan esa mashaqqatlar bilan to'ladi. Ammo mo'min inson biladiki, har bir burilishda Allohning hikmati bor. U quvonchda shukr qiladi, musibatda sabr qiladi va xato qilganida tavba bilan yana to'g'ri yo'lga qaytadi. Hayot yo'lining eng katta yutug'i boylik yoki martaba emas, balki Allohning roziligiga erishishdir. Chunki bu dunyo o'tkinchi, oxirat esa abadiydir. Har tong o'zingizga shunday savol bering:
"Bugungi qadamim meni Allohga yaqinlashtiryaptimi yoki uzoqlashtiryaptimi?"
🔖Ana shu savol hayot yo'lingizning eng ishonchli mezoniga aylansin.

ilmli ayol — o‘zini tarbiyalash bilan birga, kelajak avlodga ham yo‘l ko‘rsata oladigan ayoldir. 📚
ilmli ayol — o‘zini tarbiyalash bilan birga, kelajak avlodga ham yo‘l ko‘rsata oladigan ayoldir. 📚

Repost from ehtiromiy
яширин ёмон амалларимиз бўлганидек, яширин солиҳ амалларимиз ҳам бўлсин.

Allohga ishonch degani shuki, o‘zingdagi eng qadrli narsani qo‘ldan boy berasan-da, tabassum qilgan holda:
«Alloh taqdirga bitgani shu ekan, Alloh nimani xohlasa, shu bo‘ladi», deb aytasan.
📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar

😁😅😫🥺 4 kishiga jarima qilgani yetmaydi... Boʻlarga hammaga qilishi kerak 😐😶🫥
+1
😁😅😫🥺 4 kishiga jarima qilgani yetmaydi... Boʻlarga hammaga qilishi kerak 😐😶🫥

Ertalabdan 😫😫😫 jarima shu kam edi
Ertalabdan 😫😫😫 jarima shu kam edi

Ilm — faqat kitobda yozilgan gap emas, u amalga aylanmasa, sizga qarshi hujjatdir Lekin haqiqiy ilm — faqatgina xotirada saql
Ilm — faqat kitobda yozilgan gap emas, u amalga aylanmasa, sizga qarshi hujjatdir Lekin haqiqiy ilm — faqatgina xotirada saqlangan ma'lumot emas.
«Olim — payg'ambarlarning merosxo'rlaridir». (Abu Dovud)
Demak, ilm — qalbga kirib, a'zolarni amalga boshlaydigan kuchdir. Ilm — faxr uchun emas, amal uchun. Bugun olgan ilmlaringizdan qay birini amalda qo'llayapsiz?

Ko‘zlarim sokin, ammo ichimda bo‘ron. Tashqaridan jim, qalbim esa hanuz yonmoqda...

Repost from N/a
#daydi_hislar Qaddimni tik tutib yuribman-u, lekin... Bir kun kelib, haqiqatdan ham yiqilib qolishdan qo‘rqyapman. Hozir harakat qilyapman. Har kuni o‘zimni qo‘lga olib, ichimdagi kurashlarni yengib, yana qaytadan boshlayapman bir kun kelib, hammasiga bo‘lgan harakatimni, intilishimni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqyapman. Eng ko‘p qo‘rqayotganim — bir kun kelib, o‘zimga o‘zim yengilishim... ba’zan insonning eng katta kurashi tashqarida emas, o‘zining ichida bo‘ladi. Buni esa har doim ham hech kim sezavermaydi. Men hamon harakatdaman. Hamon o‘zimni tiklashga, ichimdagilarni yengishga, har kuni qaytadan boshlashga urinayapman. ba’zan charchayman... Va o‘sha charchoqlarim meni o‘zimdan uzoqlashtirib qo‘yishidan qo‘rqaman.

1️⃣Zehnni ochish va tilni ravon qilish duosi Bu Muso alayhissalomning duolari bo‘lib, imtihon savollariga javob berishda va nutq irod qilishda judayam foydali hisoblanadi.
رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِّن لِّسَانِي يَفْقَهُوا قَوْلِي Robbishroh liy sodriy va yassir liy amriy vahlul ‘uqdatam mil-lisaniy yafqohu qovliy. Ma’nosi: "Robbim, bag‘rimni keng qil, ishimni oson qil, tilimdagi tugunni yechib yuborginki, so‘zimni anglasinlar" (Toha surasi, 25-28 oyatlar).
2️⃣Ilmni ziyoda qilish duosi Bilimlarni eslab qolish va zehn o‘tkirligi uchun.
• رَّبِّ زِدْنِي عِلْمًا Robbi zidniy 'ilman. • Ma’nosi: "Robbim, ilmimni ziyoda qil" (Toha surasi, 114-oyat).
3️⃣Qiyin ishni oson qilish duosi Imtihon savollari murakkab tuyulganda o‘qiladi
اللَّهُمَّ لَا سَهْلَ إِلَّا مَا جَعَلْتَهُ سَهْلًا وَأَنْتَ تَجْعَلُ الْحَزْنَ إِذَا شِئْتَ سَهْلًا Allohumma la sahla illa ma ja’altahu sahla va anta taj’alul hazna iza shi’ta sahla. Ma’nosi: "Allohim, Sen oson qilgan narsadan boshqa oson narsa yo‘qdir. Sen xohlasang, qiyinchilikni ham oson qilasan".

Мен ҳатто ёлғиз эримасин деб чойга иккита қанд соладиганлар туриданман))