fa
Feedback
Ismoiliyliklar

Ismoiliyliklar

کانال بسته

"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
224
مشترکین
-124 ساعت
-47 روز
-2230 روز
آرشیو پست ها
Video joyladim borib oxirigacha koʻrib qoʻllab-quvvatlab kelinglar pliz🥲 https://www.instagram.com/reel/DZ4v2A4IXIL/?igsh=MThycDNxYThjdTk5bQ==

Har safar instazamga video olinyotganda va uni tayyorlab instazamga qoʻyotganimda ichimdan bir kun kelib oʻxshaydi degan umidcha boʻladi. Xuddi har bitta olinayotgan video menga qayta-qayta berilyotgan shansdek tuyiladi.

Tongda miyamga kelayotgan fikr: nima uchun inson boshqa bir insonlar tomonidan oʻylab topilgan narsa uchun umrini, sogʻligʻini kerak boʻlsa jonini berishi kerak? ps: oy oxirlab qolganini hisobga olib oy boshigacha endi kommunist boʻlib turamiz

Shu kungacha ishlagan videolarimizning hammasini oʻrni men uchun alohida boʻlakcha. Har birida qandaydir xotira bor. Lekin ertaga chiqadigan videoyim oʻzimga juda yoqdi. Ijro ja mukammal boʻlmasa ham operatorlik ishi kuchli boʻlgan. Undan tashqari video soʻnggidagi ramziylik tariqasida koʻtarilgan qadah oʻzimga juda yoqdi. Ertaga joylasam koʻrasizlar.

Oʻzbek xalqining kelib chiqishi haqidagi ma’ruzani eshitib oʻtirganimizda ovolishibdi. Qizlar yonimdagi qorini(qilichbek) qiz
Oʻzbek xalqining kelib chiqishi haqidagi ma’ruzani eshitib oʻtirganimizda ovolishibdi. Qizlar yonimdagi qorini(qilichbek) qizi yoʻq yeslichoʻ! keyingi yil uylanaman deb yuribdi. bilasizlar men doim sizlarni oʻylaganman. Hurmat bilan Ismoiliy sovchilik markazi!

Kecha Hazratov va Nurmuhammad aka menga bagʻishlab she’r yozishgandi. Narigi kanalimga tashlaganimdan keyin anonimdan kimdir hamma sizga atab she’r yozyapti yaxshimisiz ishqilib deb yozvoribdi.

Mana shu videoyimni qattiqroq qoʻllavoringlar xay. Shunda mehrim joʻshib qadah koʻtarib oxirida ichvorgan videoyimni ham qoʻyvoraman :)

Borib meni qoʻllab-quvvatlab kelinglar xay pliz🥲 https://www.instagram.com/reel/DZzf3_qOXfN/?igsh=MWM2cmlzZzJsMXpmOQ==

Hozirgi shoirlar haqida Ochigʻi hozirgi oʻzbek she’riyati bilan ancha yaqindan tanishman desam koʻpchilikka gʻalati eshitilmasa kerak. Lekin shoirlar ichida doim oʻzini she’riyatini boshqalarnikidan ustun koʻruvchi kezi-kelsa men undan ancha baland yozaman degich shoirlar ham bisyor. Ba’zida shuncha ishonchni qayerdan olgansiz degim keladi. Mundoq ozgina gaplashsang oʻzi uncha koʻp oʻqimagani umuman klassik adabiyotdan xabardor emasligini ham sezasan kishi. Lekin koʻpchiligini buni tan olishni xohlamaydi. Bir gal bir yosh shoir bilan Van Gogning Toshkentda boʻlayotgan koʻrgazmasiga borganimizda shuni nimasi qiziq degandi. Men oʻshanda tushuntirishga harakat qilganman. Menimcha tushunmagan. Lekin oʻsha yosh shoir ham oʻzini ijodini boshqalarnikidan ustun qoʻyishini aytgan joylari boʻlgan. Bilmadim bu narsa qachon yoki qayerdan paydo boʻlgan bilmayman. Lekin bir narsa aniq bunaqa fikrda boʻlish koʻra olmaslikdan kelib chiqadi. Qaysidir shoir zoʻr she’r yozsa nega men yoza olmaskanman dedingmi uje tan olishing kerak ich-ichingdan hasadgoʻysan. Ochigʻi san’at haqida adabiyot haqida maza qilib suhbat qurgan shoirlar ham bor. Shahboz Fayzullayev bilan bir gal Yesenin, Mayakovskiy shaxsiyati, she’riyati va oʻzbek tilida qay darajada tarjima qilinganligi haqida suhbatlashgandik. Feruz Nematullayev aka bilan ham rus klassikasi haqida umuman qoʻshiqchilik, she’riyat haqida ham ancha suhbatlashganlarim esimda. Nurmuhammadzoir bilan birga “Breaking Badni” koʻrib tugatgandik. Akaga koʻraylik deganimda berilib koʻrgani hali ham esimda. Jontemir aka bilan ham koʻp koʻrishmagan boʻlsak ham adabiyot haqida filmlar haqida yaxshi suhbatlar boʻlgan. Shahriyor Shavkat aka bilan ham yaxshi suhbatlar boʻlgan. Yani yaxshi fikrlaydigan shoirlar ham bor demoqchiman. Biroq ular juda kam.

9860600401394611 Donat qilmasalariz ijodimni toʻxtaman. Onasini emsin xumboshga oʻxshab kredit olganman toʻlashvoringlar. Ijod bir bahona prosta deymi😂

Yoqmasa oʻqishma Xullas xoh kanal yuritinglar xoh instagramda blog. Odamlardan donat soʻrasanglar ular sizlarga donat qilmasa kanal faoliyatini yoki blogimni toʻxtataman deb odamlarga achchiq qilmanglar. Hozir bir kanalda oʻqib qoldim. Bir kun oldin donat soʻrab kanaliga yozgan ekan. Menimcha u oʻylagandek donat boʻlmagan shekilli admin sizlar menga donat qilmasanglar men kanalni yuritmayman degan ohangda post yozibdi. Oʻqigan odamga gʻalati eshitilarkan. Ha toʻgʻri kanalda sen odamlar uchun foydali deb bilgan narsalarni yozib borishing mumkin biroq bu degani odamlar senga donat qilishga majbur deganimas. Yani kanalni odamlar uchun yuritaman desang unda hoziroq kanalni oʻchirganing ma’qul. Chunki sen yozayotgan narsalaringni odamlar boshqa joydan ham oʻqishi imkoniyatiga ega. Meni kanalimdagi narsalar boshqa hech bir kanalda yoʻq yoki umuman tarmoqda yoʻq desang unda odamlarni shu narsaga ishontir yoki isbotlada pullik kanal och. Shu orqali ular pul toʻlab oʻqib boraveradi. Instagramda ham shunaqa. Storisga donat deb yozdingmi tamom odamlardan donat qilishni majburlama kerakli odam oʻzi tashlashi mumkin. Keyin yaxshi blogerlar bor ular odatda donat haqida gapirib turishi bor gap va ular koʻpincha donat qilish madaniyati haqida gapirishadi lekin bu degani donat qilmasanglar faoliyatimni toʻxtaman deganimas. Bu ikkalasini farqi katta. Shuni unutishma!

Akbarali aytganidek odamni xursand qiladigan tomoni butun Markaziy Osiyo bizni qoʻllab-quvvatlayapti. Ahilligimizni koʻrib odam quvonadi. Shu futboldan foydalanib bir ittifoq qilib haqattan chegaralarni ochvorsak juda bir ajoyib ish boʻlurdi. Xuddi boshqa bir viloyatga oʻtgandek oʻtib qaytsak bir-birimizga :)

Bitta gap yomon oʻynamadik. Kolumbiya haqattan kuchli raqib. Futbolda baribir oʻzini oʻrni bor jamoa. Bollar oxirigacha kurashgani uchun ham rahmat 🙌🏼

Bu daraja baqirmagandim anchadan beri :)

Darvin nazariyasi Xazratov nazariyasi
Darvin nazariyasi Xazratov nazariyasi

Usmon Azimga qoyil qolamanda. Yetmish besh yoshida ham sevgi haqida she’rlar yozadi. Balki butun Oʻzbekistonda bitta Usmon Azimning sevgisi hammaga yetar deb qolaman ba’zida

Bukbloging kursi 3,5 million ekan. Bizda shunaqaya qaysidir soha sal rivojlansa darrov kurs sotishni hammani boy qilishni oʻylab qolishadiya? Yo men shu daraja ichi qora insonmanmi?

Ishoninglar paytida hammamizni suratimiz bir xil boʻlgan!

Siz mani kursimda oʻqish orqali doʻkonlardan qanday qilib barterga ishlash orqali birtvani tekinga olish yoʻllarini oʻrganishiz mumkin. Hoziroq izohga plyus belgisini qoldiring biz sizga aloqaga chiqamiz!

Man oʻzimni yuzni tilmasdan soqol olish kursini ochiq deb e’lon qilaman!