fa
Feedback
Ismoiliyliklar

Ismoiliyliklar

کانال بسته

"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
224
مشترکین
-124 ساعت
-47 روز
-2230 روز
آرشیو پست ها
پیام ویدیو00:28

Bizdan xabar olmaganlar omonmikin Rangi-roʻyi gulmikin yo somonmikin Bir koʻngildan oʻzgasiga hijrat qilish Ey sevgilim yaxshimikin yomonmikin Tuygʻularni nazar-pisand qilmadingiz Ishq yoʻlida oqil-dono boʻlmadingiz Bir yigitni yigʻlatishning gunohini Ey sevgilim juda ogʻir bilmadingiz Qayta-qayta sevilishdan tolmang deyman Shoiringiz qargʻishini olmang deyman Men kechirdim endi xudo kechirsinda Ey sevgilim baxtsiz boʻlib qolmang deyman
Bahodir Jovliyev

Ijtimoiy tarmoqlarga shaxsiy hayotini olib chiqishadida yana odamlar meni shaxsiy hayotimga aralashishadi deb yurishadi. Xay aralashadida sen oʻz hayotingni mediaga olib chiqib koʻrsatayotganingdan keyin

Taksida yurishni muvaffaqiyat deb sanaydigan qatlamga aylanib qolishdan xudo asrasin

Sartrni tanimasdan ha deb Kamyu deb yurishlari jahlimni chiqaradi!

Hoʻjalaqlar na gap indi

Qachondir zakovat quizni kino raundida Abudamas tushib bersa boshqa quizga borishimga xojat qolmaydi :)

Gapiz to'g'ri ertaga gapradigan gapingiz ham bir yildan keyingi gapizam to'g'ri hullas siz haqsiz 🙌🏼

Magʻrurligim hamon qolmagan Hamon baland oʻtli koʻkragim Bolalikda burnim qonagan Bugun esa qondir yuragim Mendan kulgan toʻda qoshida Derman tutib oʻzimni mahkam Hechqisi yoʻq qoqildim toshga Ertagacha qolmas oʻrni ham
Yesenin

Mana shunaqa jiyaning boʻlsayu sen nega yana qiz farzanding boʻlishini xohlamasliging mumkin. U-bu deymanu oldlar biladi bu q
+1
Mana shunaqa jiyaning boʻlsayu sen nega yana qiz farzanding boʻlishini xohlamasliging mumkin. U-bu deymanu oldlar biladi bu qizchani oʻzimiz katta qilganimizni :) Xayr bogʻchasi boʻlibdi. Men bechara bogʻchagayam chiqmaganman ekanman oʻylab qarasam :(

Oxirgi raundda 11 ochko olgandik va birinchi oʻrin aniq bizmiz deb ketyotudik sahnaga qarab. qarasak boshqa jamoani nomi oʻqi
Oxirgi raundda 11 ochko olgandik va birinchi oʻrin aniq bizmiz deb ketyotudik sahnaga qarab. qarasak boshqa jamoani nomi oʻqildi. Keyin natijalarni koʻrib apellatsiya berdik oma uje poyezd ketib boʻlgandi. Biz maza qilib baqirmoqchiydikda. Nasib qilmabdi :( 8-oʻrindagi jamoamiz! naqt olti ochkomizni hisoblashmabdida. tekshirishda xatolik boʻlibdi. kanalda natijalarni toʻgʻrilab qoʻyamiz deyishdi. ex men sizlarga promo-kod tashlayman. instazamim storisiga rasm qoʻyaman deb oʻylab turudim :(

Oʻgʻlim boʻlsa amakimga topshirvoreymikin? Amakim tarbiyalasa ikkinchi Hayyom boʻlib yetishardida. Nima deysizlar?

Mobodoga endi oʻgʻil farzandim boʻlsa tamam qishloqqa Xorazmga joʻnatvoraman. Dadamga aytaman bunga bahorda sholi yer olib bering yozi bilan sholiga qarasin kuzakda paxta yer olib bering paxtani tersin dekabrda paxtani poyasini oʻrsin yoniga ikkita molchayam olib bering qarayversin deyman.

Koʻp farzand koʻrishni yoqlamayman. Misol uchun bitta farzand ham yetadi menga deb hisoblayman. Ayniqsa qiz boʻlsa vapshe. Bilmadim soʻngi yillarda jiyanlar koʻz oldimda katta boʻlgani uchundir qiz farzandga boʻlgan simpatiyam oshib ketgan. Muhammadali degan jiyanim bor. Muhammadalini hech erkalatolmayman. Katta odam bilan gaplashgandek gaplashaman. Yigʻlasa yigʻlorma deyman. Oma Muhammadalini opachasi Muslima yigʻlasa ha asalim nima boʻldi xay yigʻlama keyingi kelganimda nima op keley senga deb ovutib oʻtiraman.

ULARGA AYT, SEVGILIM... Sen va men bilamiz Muhabbatning Timsoli majnuntol emasligni. Sariq gul ayriliq. Qizil gul uchrashuv degani emas. Ayt ularga, Tushuntir, sevgilim, Biz qanday sevgandik bir-birimizni, Qanday sevgan edik, Gullari uzilgan olamda!
Muhammad Solih

QAYRILIB QARAMA Qayrilib qarama. Qayrilib qarab, Unga qoʻl silkmagin. Silkkandan keyin Turmagin sukutda sen talmovsirab, Qaytmagil, qaytmaslik boʻlsa ham qiyin. Qaytdingmi izingga, qaytdingmi, endi Aytmagil loaqal soʻnggi soʻzingni! Bari bir aytdingmi, aytdingmi, endi Tiz choʻk va bagʻishla unga oʻzingni!
Muhammad Solih

“Senga boqar Mening yuragimdan chiqqan Muqanna”.
Muhammad Solih

Sandagi gʻuncha yapraq Mandagi goʻklam fasli Oʻzimdanam man koʻproq Sanga inandim asli
Vapshe zoʻr aytvorganda shu qoʻshiqni Jahon okamgilaa :)

Javohir Sindarov mobodo jahon tojida Gukeshni yuta olmasa biz uchun asosiy aybdor aniq… Bibisara oʻylashimcha hozir xato qilyapti. Sababi Javohir, Gukeshga yutqazib qoʻysa oʻzbeklar Bibisarani aybdor qilishni va uni ochiqchasiga heyt qilishni boshlaydi. Balki umri davomidagi eng katta heytni ham qabul qilib olsa ajab emas. Sababi biznikilar sen media qilib yigitni chalgʻitding va mana yakunda Javohir magʻlub boʻldi degan mazmundagi ommaviy heytga qolishi aniq.

Oʻlmas Umarbekov deyilganda hamma "Odam boʻlish qiyin" asarini aytishi ham menga yoqmaskan. Oʻzi Oʻlmas Umarbekovni uslubi qandaydir Oʻtkir Hoshimovni eslatib yuboradi lekin "Odam boʻlish qiyin" asari u darajada yuqori asar deb hisoblamayman. Odam oʻqimasa ham hech nima yutqazmaydigan asar aslida. Oma oʻqib qoʻyish ham ziyon qilmaydi. Lekin Oʻlmas Umarbekovni "Qizimga maktublar" asari menga juda yoqqandi. Yozuvchi uje baribir oʻlib ketamiz deb yotganida qiziga maktub koʻrinishida yozgan. Karimov ham Oʻlmas Umarbekovga telefon qilganligi davolanishi uchun hamma sharoitlarni yaratib berishini aytgan ekan. Adashmasam Karimov yordami bilan Moskvaga borib davolangan. Xullas ashi kitobni oʻqishni tavsiya qilaman. Bilishimcha Oʻlmas Umarbekov gapirolmay qolganidan keyin qiziga maktub shaklida yozgandi u asarni.