fa
Feedback
Ismoiliyliklar

Ismoiliyliklar

کانال بسته

"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
225
مشترکین
+124 ساعت
-17 روز
-1830 روز
آرشیو پست ها
Seksistmasman, lekin manabu video yoqdi

Bir qiz boʻlsada mard boʻlib nomiga kredit olib bersa!

Instazamda yangi ijodni boshlagan bukbloger qizchalar nashriyotlar bilan ishlashni xohlashadida. Keyin falonchi nashriyot men bilan ishlasa zoʻr boʻlardi deb video qoʻyadi. Ba’zilari kitob doʻkonlariga barterga ishlaylik deb yozishadi. Bir idea keldi. Menda nima koʻp kitob koʻp toʻgʻrimi? Demak oʻsha qizlar bilan gaplashsam men haqimda video qilishsa keyin man kitob bersam boʻlmasmikin? Juda maqtab tashlang demayman. Kitobni hajmiga qarab gapiravering deyman mayli. Sizlar nima deysizlar shu ideaga?😁

Puldan umuman muammo boʻlmasayu shu kitob oʻqib kino koʻrib yotsangda. Ora-orada futbol ham koʻrib tursang. Keyin kimdir nima qilyapsan shu kunlarda desa yashayapman desang.

+1
Qaysi video haqiqatga yaqin sizningcha😁 Begzod qaytdi🙌🙌 Men bu kanalga demokratiya obkelaman

Tushunlariz uchun man u bilan doim solishtirilganman va u doim mendan ustun boʻlganda. Shuncha yillik qarama-qarshilikka roziman!

Men shu darajada omadli insonmanki qoʻshnimizni men tengi oʻgʻli qamalib ketibdi…

Yaqinlarimdan tashqari boshqa insonlarga bir materialga qaragandek qarayapman...

Osh bizni birlashtiradi!
Osh bizni birlashtiradi!

پیام ویدیو00:55

Toshkentdagi universitetlarni asosiy binosida juda kam fakultetlarni olib qolish kerak. Qolganini Toshkentning eng chekka hududlarida alohida binoda tashkil qilib talabalarni oʻsha yoqda oʻqishlariga sharoit qilish kerak. Sababi Toshkent, Tokyo emas. Toshkentning hozirgi potensiali bu darajada koʻp talabani oʻz bagʻrigʻa sigʻdira olmasligi aniq. Sigʻdirgani bilan haddan ortiq noqulayliklar paydo boʻladi. Menimcha univerlarning koʻplab fakultetlarini Toshkentning chekkaroq joylariga koʻchirish orqali oʻsha joylardagi muammolar ham shu bilan bartaraf etilsa ajabmas. Toshkentning oʻrtasida 2-3ta univer joylashgan joylar bor va bu doimiy noqulayliklarni tugʻdiradi. Misol uchun talabalar yoppasiga kelganida koʻchalarda probka metro va avtobusga chiqib boʻlmas darajaga yetib keladi. Yil tugaganidan keyin ham xuddi shunaqa holat. Oʻquv yili tugashida ham shu holat. Yani bu talabalarni oʻzlariga ham noqulayligi aniq. Shu sabab univerlardagi fakultetlarni Toshkentning chekkaroq hududlariga koʻchirish yaxshi yechim.

Hammada muammo shu. Zerikib ketgansanlar. Tabiat tushuntirib berildi va bundan zerika boshladinglar. Jonli tana tushuntirib berildi va bundan zerika boshladinglar. Koinot tushuntirib berildi, bundan ham zerikdinglar. Senlarga arzon maishat va bir qancha lazzat kerak… Farqi yoʻq ular qanchalik quruq va usti yaltiroq boʻlmasin yap-yangi boʻlsa va turfa rangda tovlanib, yaltillab turaversa boʻlgani! “Naked” filmidan

پیام ویدیو00:59

Kunlaringni yashamasdan oʻtkazma!

Probniyga qoʻyib keldim borib koʻrib kelinglarchi instazamda boshqacha koʻrinsa kerak😁 https://www.instagram.com/reel/DcjFT6koeqL/?igsi=MXhrbzlkdWFoNmdqcA==

Men achchiq masallar toʻqigan malay Qoyadan tashlangan oʻshal Ezopman Mungʻayib qaytadi bukri qushlarim Koʻlmakdagi oyning aksiga qarab Balki berayotir soʻyloq tishlarim Ichimdagi shayton turqidan darak Muhammad Siddiq

Zaynab voqeasi Gʻani samoda hukmroq edi. Bir kuni uni toʻngʻich qizi osmondan yerga qaradi va yerda bir gʻaroyib yegulikni koʻrib qoldi. Zaynab bu narsaga shu daraja qiziqdiki bir kuni yerda tun paytida samodan ona zaminga tushdi va oʻsha yegulikdan bir donasini totib koʻrdi. Yegulik Zaynabning ogʻziga shu darajada yoqib qoldiki uni mazasini totish uchun har kuni tunda birrovga kelib ketadigan odat chiqardi. Lekin bir kuni hammasi oʻzgardi yani Zaynabning nafsi samodagi hukmlardan ustun chiqishni boshladi va Zaynab Oʻzbekiston degan joyning Oltiariq degan joyidagi barcha uzum bogʻlarini oʻziniki qilmoqchi boʻldi. Zaynab Oltiariqqa kelgan kuni bogʻ egasi uzumlar kamayotganini sezib oʻzi qorovullikka kelgan edi va Zaynab butun bogʻni samoga koʻtarib olib ketmoqchiligini koʻrib qolib Zaynabning qanotlariga ketmoni bilan ogʻir zarba berdi shu-shu Zaynab samoda Zaynab oqsoq nomini olib otasi Gʻanini yuzini shuvit qildi. Oltiariqliklar esa uzumimizdan yeyaver lekin bogʻini surishtirma degan maqol kuchga kirgandi!

Oʻgʻiloy afsonasi Gʻani olamlar hukmdori edi. Bir kuni uning kenja qizi Oʻgʻiloy butun dunyoga tepadan qaraydi va bir matizchi akani koʻrib uni sevib qoladi. Oʻgʻiloy unga shu daraja maftun boʻladiki osmondagi qasrda birga yashaydigan erini ham unutib matizchi akani oldiga tomon intiladi. Matizchi aka uni boshida sevgandek koʻrsatadi biroq Oʻgʻiloy samodan yerga tushganini bilgan holatda u bilan qirq kechayu qirq kunduz tunni birga ottiradi va undan oʻz maqsadi yoʻlida foydalanib Oʻgʻiloydan voz kechadi. Bunga tepadan guvoh boʻlgan Gʻani bunga keskin chora koʻradi va oʻz qizini yerga umrbod surgun qiladi. Shu-shu yerliklar orasida oʻynashga ishonib ersiz qoldim maqoli muomilaga kiradi!

Tekin AI bilan beshinchi sinf jiyanimni oʻxshashlik taraflari bor. Misol uchun ikkalasi ham Abdulla Qodiriy va Abdulla Qahhor
+1
Tekin AI bilan beshinchi sinf jiyanimni oʻxshashlik taraflari bor. Misol uchun ikkalasi ham Abdulla Qodiriy va Abdulla Qahhorni adashtirib yuboradi. ChatGPT chiqqanidaku juda shunaqa chalkishlar koʻp boʻlardi. Qoʻyib bersa Abdulla Avloniyning asarlarini ham Abdulla Qodiriy yozgan devorishdan qaytmasdi