Meros Ta’lim
رفتن به کانال در Telegram
Biz bilan arab tili va adabiyotini chuqurlashtirgan darslar orqali o'rganing!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
295
مشترکین
+424 ساعت
+37 روز
+330 روز
آرشیو پست ها
294
Assalomu alaykum hurmatli talabalar!
Arab she'riyati durdonalaridan bahramand bo'lish, ularni anglash uchun balog'at ilmini o'qish lozim.
Shu mulohaza bilan balog'at ilmidan dars boshlamoqchimiz. Dars tashkil qilsak qatnashasizlarmi?
294
Yakshanba uchun arab tilida multfilm
📺 Multfilm: “Yoʻqotilgan vaqt”
🇸🇦 Tili: arab tilida
📍 Davomiyligi: 3:41 daqiqa
O’sha siz bilgan «The easy life» multfilm mana endi arab tilida. Ushbu multfilm AF501 guruh tomonidan ovozlashtirildi. Yakshanba kuni oyoqni uzatib olib tomosha qilish uchun yaxshi taklif.
Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish ✅
294
Repost from التنال العربي at-Tanal imtihoniga tayyorgarlik
davomi .... (boshi bu yerda )
TAVSIYALAR:
1-✅✅✅ Hech qachon, ko'proq yozishim kerak deb shoshilib imloga beparvo bo'lmang, birinchi o'rinda so'z soniga emas balki bexatoligi va mazmuniga qaraladi. Tajriba shuni ko'rsatadi-ki, so'z sonini belgilangan miqdordan kam yozsa-da sifatli yozgani uchun yaxshi baho olganlar juda ko'p.
Qiyoslash uchun misol: Katta lekin devorlari yemirilgan, pishiq bo'lmagan va ta'mirtalab uy yaxshimi yoki kichikroq bo'lsa ham pishiq, mustahkam va ta'mirlangan uy yaxshimi? Siz biroz kichikroq bo'lgan ammo pishiq, baquvvat uy quring.
2-✅✅✅ Eng oddiy, eng oson so'zlarda takror-takror xato qilishdan ehtiyot bo'ling. (hamza, ta marbuta, zamon qo'shimchalari kabi). Bu holat tekshiruvchi ustozda sizga nisbatan shubha uyg'ota boshlaydi. Faraz qiling siz ustozsiz: oldingizda juda uzun insho turibdi, lekin imtihon topshiruvchi esa hamma biladigan eng oddiy so'zlarda ham xato qilgan, hamza bilan 'aynni, sin bilan sodni farqiga bormagan. Shunda "bu o'quvchi o'zi tushunib yozganmi yoki shunchaki ko'r ko'rona yodlab olganmi? Oddiy harflarni ajrata olmagan-ku" deb shubhalanib qolasiz.
Ammo ...
bunaqangi elementar - oddiy so'zlar hamma joyda to'gri yozilgan bo'lsayu, faqat bir- ikki joyda xato o'tib ketsa bu tabiiy hol deb qabul qilinadi bu unchalik ham qattiq ta'sir qilmaydi.
3)- ✅✅✅ 1) arab tilida davom ettiruvchimisiz yoki boshlovchimisiz farqi yoq' har bir so'zni birma bir, harfma-harf to'gri yozishni o'rganish kerak, boshidanoq so'z yodlaganda bu ishni qilish kerak. Aks holda bir so'zni ikki qayta o'rganisga to'gri keladi.
4) ✅✅✅ inshoda berilgan vaqtining 80-85 % qismi o'tib bo'lganda yozishni to'xtating va boshidan bir-bir xatolarni ko'rib chiqing, grammatik xatolarga e'tibor bering keyin yana vaqt qolsa davom ettiraverasiz inshoni.
qachon yozishni to'xtatish kerak: CEFR imtihonlarida 10 daqiqa qolganda at-Tanalda esa har biri uchun alohida vaqt bo'lgani uchun kichik inshoda 1-2 daqiqa qolganda, o'rtachasida 3-4 daqiqa qolganda, katta inshoning 5-6 daqiqas qolganda to'xtatib bir boshidan tekshirib chiqing, shunda o'tib ketgan xatolar ko'rinadi va yana qo'shimcha fikrlar kela boshlaydi.
Biroq ....
5) ✅✅✅ sizning ko'zingiz bilan qaraganda insho bexato bo'ldi degani bu 100 % yaxshi bal oldingiz degani emas, baribir siz hali bilib o'rganmagan qoidalarda va jumla tuzilishida hamda tartibida xatolar sodir bo'lishi ehtimoli ham bor
albatta eng asosiysi ....
5) ✅✅✅ so'z boyligi va fikrlar xilma xilligi, ishlatilgan iboralarning saviyasi va darajasi, insonning dunyoqarashi, tajribasi, gaplarning bir biriga bog'liqligi eng asosiy omillardan hisoblanadi shuni unutmang
Ba'zi xatolar kechiriladi ...
Har qanday inshoda bir-ikkita xato bo'lishi tabiiy, bu uchun balingiz birdaniga katta miqdorda pasayib ketmaydi, lekin bir xatoning aynan o'zi ko'p takrorlansa bu pasayishga sabab bo'ladi, bu o'sha tekshiruvchi ekspertlarning bergan ma'lumoti
https://t.me/attanal_oriental
davomi bor .... @Attanal_alarabi
Shu tavsiyalarni ulashaylik. Imtihonga kiradiganlarga foyda bo'lsin. Shuncha qilgan mehnatlari beparvolik sabab yo'qqa chiqmasin ...
294
Repost from التنال العربي at-Tanal imtihoniga tayyorgarlik
savol: Inshoda balni pasaytiradigan omillar qaysilar?
javob: Har qanday imtihonning kitaba - yozish qismida balni pasaytiradigan sabablar har xil va turlari ham ko'p, bular orasida ko'p uchraydigan holat quyidagilar:
1 -⚠️ SO'RALGAN MAVZUNI EMAS BOSHQA MAVZUNI YOZISH
So'ralgan mavzu haqida umuman hech narsa yozmasdan, boshqa mavzuni yozganda (yoki gapirganda ham) maksimall baldan 1 yoki 2 bal qo'yilgan holatlar bo'lgan, chunki topshiruvchi so'ralgan topshiriqni bajarmagan bo'ladi. Kam bo'lsa ham ayanan o'sha so'ralgan mavzuda yozish kerak.
2- ⚠️ Berilgan mavzuni yoza turib mavzudan uzoqlashish. Masalan sizdan "tabiatni asrashga qanday hissa qo'shasan deb so'raldi", siz shu mavzuda yoza turib "men ham tabiat yaxshi ko'raman daraxtlar ekaman, ko'chalarni tozalayman" deb yoza turib so'ng "kitob o'qishga qizaqaman, bo'sh vaqtimda sport bilan shug'ullanaman" deya mavzuga aloqasi yo'q va sizdan so'ralmagan gaplarga o'tib ketdingiz.
3. ⚠️ Shablon ya'ni oldindan hammaga ma'lum bo'lgan bir xil matnlar, yoki abzats (xatboshi)larni ishlatish. Odatda bir kitobdan yoki ustozdan ta'lim olgan bitta guruhdagi o'quvchi / talabalarda bu holat ko'p uchraydi. Ekspertlar ham buni darrov payqaydi hamda "bu topshiruvchi haqiqatda bilimimi? so'z boyligi bormi yoki shunchaki tushunmay yodlab olganmi?" degan fikrga keladi, bir xil qolipli gaplar sizning bilimingiz shubha ostida qo'yadi. Imkon qadar inshoni o'z bilimingiz asosida insho tuzing.
⚠️ eng asosiy xatoladan biri ....
4- ⚠️ so'z sonini oshiraman deb, imlo qoidalariga e'tibor bermaslik yoki umuman imlo qoidalarini bilmaslik .
bularga misollar:
- kerakli o'rinlarda alifni hamzasiz yozish (انّ) yoki aksincha keraksiz joyda hamza qo'yish أل (artikliga qat'iy hamza qo'yish) kabi xatolar
- hamzaga noto'gri kursi qo'yish. masalan شيْء (narsa) ✅to'g'ri , ammo شَيْئ yoki شايء ، شئ ❌ xato
5-⚠️ tezroq yozaman deb grammatik qoidalarga e'tibor bermaslik, masalan "al" ning kerakli joyda tushib qolishi, yoki aksincha kerakmas joyga qo'yish, jinsga ya'ni muzakkar va muannas, birlik va ko'plik qoidalariga amal qilmaslik, ayniqsa fe'l tuslaganda va sifatlarda. fe'l zamonlarini noto'g'ri ishlatish.
6- ⚠️ maxraji va talaffuzi, bir biriga yaqin harflarni chalkashtirib yuborish, harflarning tushib qolishi yoki aksincha ortishi va boshqalar. hamza ء va ع da ko'pchilik chalkashtiradi, ص - س yoki , ط- ت harflari adashtirib yuborish, , خ ح ه va shu kabi bir biriga o'xshash harflarni yozilishiga e'tibor bermaslik
7 -⚠️ shunchaki to'gri gap tuzishni bilmaslik yoki e'tiborsiz gap tuzish. masalan eng oddiy eng sodda misol: "o'qishim kerak" demoqchi bo'lgan talaba
يَجِبُ أن أقرأ ✅
deyishi kerak .
lekin shoshgan paytda bunday yozadi:
❌ يجب يقرأ
يجب أقرأ ❌
يجب أن قرأ ❌
أجب أن أقرأ ❌
يجيب (o'rtada ya harfi qo'shilgan variant) .... ❌
Mana shunday eng oddiy, eng elementar xatolar ko'paysa ball asta sekin tushib boraveradi.
Aytishingiz mumkin "lekin ma'nosi to'griku" deb, ha shunday lekin nizom yoki mezon degan narsa bor unga ko'ra ...
⚠️ baholash mezonida imlo qoidasi alohida hisobga olinadi.
Oddiy misol...
Ona tili darslaridagi diktant yoki inshoni eslang, siz tug'ilganingizdan beri gapiradigan o'z ona tilingizda yozsangiz ham sizda xato chiqqan va varag'ingiz "qizilga belangan" holatlar bo'lgan, to'grimi? Vaholanki siz mazmunan to'gri yozgansiz ammo imlo qoidalarida xato bo'lgan. Shu kabi arab tilda ham imloga alohida baho ajratiladi. to'gri yozishni o'rganmasangiz inshoingiz "qizilga belanadi"
Xulosa
Bexato yozuv bu imtihon topshiruvchining yuzi (yozuvning chiroyi emas bexatoligi muhim)
Kitabada siz oldindan tayyorlanmagan mavzu tushganda sizning "asl" bilimingiz yaqqol namoyon bo'ladi, Chunki testlarda asl bilimingiz to'liq namoyon bo'lmaydi, bilmagan savolingizni tavakkal qilib ham belgilab ketaverasiz. Gapirish qismida ham nutqdagi ba'zi mayda kamchiliklar sezilmay ketaveradi. Ammo yozmada unday emas yozma topshiriq sizning asosiy "yuzingiz" "aslingiz" ni ochib beradi.
davomi bor ... @Attanal_alarabi
294
Қуръон мўъжизаси
Араб тилидаги ط ҳарфи кўринишидан бизга илонни эслатади.
Қуръони Каримда баъзи суралар алоҳида алоҳида ҳарфлар билан бошланади. الم (Алиф Лаам миим), يس ،( Ясиин) ва бошқалар...
Шу билан бирга бир қанча суралар ط ( То ) ҳарфи билан бошланади. Қизиқ томони қайси Сура ط ( То) ҳарфи билан бошланса ўша сурада Мусо алайҳиссалом ва У зот асо ( ҳасса)ларининг илонга айланиши ҳақида оятлар келади...
1. Бас уни ташлади.Бирда у ( асо) илон бўлиб юра бошлади. (Тоҳа , 20 оят) طه
2. “Ва асоингни ташла!” Бас, қачонки Мусо у(асо)нинг илондек қимирлаётганини кўрганида, ортига қарамай қочди. «Эй Мусо! Қўрқма! Зеро, Менинг ҳузуримда Пайғамбарлар қўрқмаслар! (Намл , 10 оят) طس
3. “Ва асонгни ташла”, деб нидо қилинди. Қачонки унинг катта илон каби қимирлаётганини кўргач, қарамасдан ортга қочди. «Эй Мусо, бери кел, қўрқма, албатта, сен омонликдагилардансан» (дейилди). (Қасос, 31 оят)...طس.
Hadislar Olami
294
ishtiqoq. Ramazon (رمضان) hijriy-qamariy 9-oy bo'lib, o'zagi ر م ض va oxiridagi alif va nun harflari zoida. Shunga ko'ra uning vazni فَعَلَان dir. Ibn Forisiy o'zining "مقاييس اللغة" asarida ر م ض o'zagiga quyidagicha ma'no beradi: يدلّ على حدّة من حرّ وغيره "(Bu o‘zak) issiq bo‘lsin yoki boshqa narsa bo‘lsin, biror narsadagi shiddat va o‘tkirlikni bildiradi". Bu 3 harf qatnashgan barcha so'zlarni ko'rib chiqsak, umumiy bir ma'noga dalolat qilayotganini ko'rishimiz mumkin: رَمِضَ - qattiq qizimoq رَمَضَ - qayramoq, o'tkirlamoq (pichoq va shu kabilarni toshga ishqalab qayraladi va bunda qattiq qizish paydo bo'ladi) رَمَضَ - go'shtni qizigan toshga qo'yib pishirish رَمِضٌ - qizigan tosh رَمْضَاءُ - jazima issiq; qizigan tosh تَرَمَّضَ (الظباءَ) - kiyikni jaziramada haydab, oyoqlari kuyib yurolmay qolgach ovlash (Maqoyisul-lug'a) Bu umumiy ma'no harflar o'rni almashganda (ishtiqoqi kabir) da ham davom etadi: رَضْمٌ.1 - oq tosh; katta harsang tosh رَضَمَ - toshlarni taxlab uy qurmoq 2.مِرْضٌ - donni yanchish (bu ham tosh yordamida amalga oshiradi. M: tegirmon toshi) مَرِضَ - kasal bo'lmoq (bunda ham tana harorati ko'tarilishi mavjud) 3.مَضَرَ - achimoq (sut yoki may haqida) (bu jarayon ham qizish tufayli ro'y beradi) 4.ضَرَمَ - olov yoqmoq; qattiq qizimoq ضَمَرَ - oriq bo'lmoq; qisqarmoq (narsalar olovda pishirilganda hajman kichrayadi, qisqaradi) Ramazon oyining issiqlik va toshga nima aloqasi bor? Arablar qadimda oylarga nom berishganda, ularni o‘sha paytdagi ob-havo va fasllar yoki urushlarga qarab nomlashgan. Ba’zi oylar yomg‘ir va shudring paytiga to‘g‘ri kelib "Rabi’" (bahor) deb nomlangan bo‘lsa, yana biri jazirama issiq (ramad) vaqtiga to‘g‘ri kelgani uchun "Ramazon" deb atalgan (Ramazonning qadimgi nomi "ناتق" bo'lgan va bu ham issiq bilan bog'liq). Bundan tashqari ro'zador kishida chanqoq tufayli ichki qizish ham yuzaga keladi. Ramazon oyining nomi issiqlik va mashaqqatni anglatsa-da, bu muborak oy — gunohlarning mag‘furi bo‘ladigan, yaxshilik va ehson ko‘payadigan hamda Allohning rizoligiga yetkazadigan ulug‘ fursatdir. Ramazon muborak! 😊
