Laziz Qayumov
رفتن به کانال در Telegram
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
285
مشترکین
-124 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
+130 روز
آرشیو پست ها
🇺🇿 Xotira va qadrlash kuni
O‘tganlar xotirasi — muqaddas, ularning jasorati esa avlodlar qalbida mangu yashaydi. Bugungi tinch va osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz hamda farovon kunlarimiz uchun jonini fido qilgan ota-bobolarimizning matonati va fidoyiligi hech qachon unutilmaydi.
🕊 Ularning yorqin xotirasi oldida bosh egamiz, ezgu ishlari va mardligi bilan faxrlanamiz. Xotira bor ekan — qadr bor, qadr bor ekan — insoniylik barhayotdir.
9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
📣 Tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar diqqatiga!
✔️ Karmana tumanida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun imtiyozli kredit olish masalalari bo‘yicha qabul tashkil etiladi.
⚫️O‘z biznes g‘oyangizni amalga oshirish, faoliyatingizni yo‘lga qo‘yish hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish uchun bu ayni imkoniyat!
📍 Manzil: Karmana tumani AloqaBank binosi
🗓 Sana: 8-may soat 10:00
Barcha tashabbuskor yoshlarni qabulga taklif etamiz!
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+9
⚡️Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarning joylardagi ijrosi Navoiy viloyatida o‘rganilmoqda
🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarning hududlardagi amaliy ijrosini tahlil qilish hamda bu boradagi ishlarni to‘g‘ri va tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi o‘z o‘rganishlarini Navoiy viloyatidan boshladi.
Komissiya a’zolari tomonidan hududlarda tashkil etilgan shtablar faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash hamda otaliqqa olingan yigit-qizlar bilan ishlash tizimi yaqindan o‘rganildi. Jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni samarali tashkil qilish yuzasidan aniq tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev viloyat Yoshlar markazida yigit-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida turli innovatsion va startap loyihalar ustida ishlayotgan yoshlar, “Ko‘mak” loyihasi orqali ssuda olgan yigit-qizlar hamda o‘quv markazlari, nashriyot va kitob do‘konlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Samimiy suhbatda ularning g‘oya va takliflarini tinglab, eng istiqbolli tashabbuslarni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berdi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
+3
✅Navbahor tumani “Qalqonota” mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdim.
📑Muloqot davomida har bir yoshning ijtimoiy ahvoli, mavjud muammolari, ularning yechimiga doir taklif va tashabbuslari hamda kelgusidagi maqsad-rejalari bo’yicha atroflicha suhbatlashdim. Ularning doimiy bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi va o‘zini rivojlantirishi uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdim.
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
