Sitora Barliboyeva
رفتن به کانال در Telegram
Phd (filologiya), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Raqamli targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
205
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
Repost from O‘zlik
🔥 Yangi mavsum, yangi mavzu, yangi muhokamalar…
Alifbo böyiça islohot Senat tomonidan qabul qilindi. Endi 1995-yildan buyon amalda bölgan “oʻ”, “gʻ”, “sh”, “ch” harflari ö, ğ, ş, ç harflari bilan almaştiriladi.
Va bu, albatta, til masalasi uçun muhim bir islohot. Xöş, bu islohotlar nimasi bilan muhim? Bu kabi savollarning javobini ertaga, “Oʻzlik” loyihasining til masalalariga bağişlangan darsidan topişingiz mumkin.
Kiriş mutlaqo erkin, barchangizni kutib qolamiz!
Telegram | Instagram | Facebook | X
Qonun tasdiqlangach, nima o‘zgarishlar bo‘ladi:
✅ Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.
✅ Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishiga toʻsqinlik qilinmas ekan.
✅ Davlat organlari va tashkilotlarining ayrim ramziy belgilari, peshlavha va koʻrsatkichlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalaniladi.
✅ 2027-yildan boshlab 1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etiladi. 2027−2031-yillarda barcha maktab darsliklari ularni qayta nashr etishning odatiy sikli doirasida yangilanadi. Ya`ni, 1-sinflar uchun — har yili, 2−4-sinflar uchun — uch yilda bir marta, 5−11-sinflar uchun — besh yilda bir marta.
✅ OAV yangilangan o‘zbek alifbosida ishlashi majburiy bo‘ladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, Qonun Prezident imzolagach, 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.
@SitoraBarliboyeva
Sof til botiga (@softil_bot) ham keladigan murojaatlarning aksariyati o‘zgarayotgan ikki harf (G‘ g‘ → Ğ ğ
O‘ o‘ → Ö ö) bilan bog‘liq.
Chunki, senator aytganidek, birgina O‘ va G‘ harflarini kompyuterda yozish uchun oltita amalni bajarish talab etilmoqda. Amaliyotda bu harflarning 10 dan ziyod shakli ishlatilmoqda.
Albatta, alifbo o‘zgarishi bilan xatoliklar kamayadi, deb bo‘lmaydi. Baribir belgini yozishda savod, mas`uliyat va e`tibor kerak bo‘ladi.
@SitoraBarliboyeva
Yangi alifbo bilan bog‘liq jarayonlar tezlashib ketdi!
Senat alifboga oʻzgartirish kiritishga oid qonunni maʼqulladi.
Hujjatga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf o‘zgarmoqda.
G‘ g‘ → Ğ ğ
O‘ o‘ → Ö ö
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
@SitoraBarliboyeva
Repost from N/a
Bilga jamoasi yana bir she`riy sayohatga yo‘l olmoqda! Bu safar baland Zomin tog‘lari, kengliklari, sokin tabiati bag‘rida kuzni qarshi olamiz. Bizga shoir Bek Ali hamrohlik qiladi.
2 kunlik sayohat 19-20-sentabrga rejalashtirilmoqda.
Dasturdan quyidagilar o‘rin olgan:
📝 Shoir Bek Ali bilan ochiq osmon, tog‘lar va gulxan atrofida she'riy kecha;
☀️ Zomin tog‘lari bo‘ylab qiziqarli sayohat;
🍴 Zomin taomlaridan g‘ilmindi, qurtoba, qozon patirlarni ta`tib ko‘rish;
🏠 Tog‘ orasidagi qishloq uylarida tunash
🔥 Yovvoyi tabiat bag‘riga sayohat;
📽 Tog‘ bag‘rida yulduzlar ostida kino tomosha qilish;
☕️ Issiq qahva, yoshlikka qaytaruvchi cho‘g‘da toblangan kartoshkalar;
🌓Quyosh chiqishini kuzatish;
📸Kechadan foto va video lavhalar
🗓 Sana: 19-20 sentabr
⏳Vaqt: 5.00 da Toshkent shahridan jo‘nab ketish
📍 Joy: O‘zbekiston mehmonxonasi oldidan
💰 Ishtirok narxi: 650 ming so‘m
Narx ichiga kiradi:
1. Transport xarajatlari (borib-kelish);
2. Zomin qo‘riqxonasiga kirish;
3. Tog‘ bag‘ridagi uy mehmonxonada tunash;
4. 1-kun tushlik (osh, salat, non va choy)
5. 1-kun kechki ovqat (g‘ilmindi 2 donadan, qurtoba, non, salat, choy)
6. 2-kun nonushtasi (Zomin qozon patirlari, tog‘ asali va qaymog‘i)
7. Issiq qahva, cho‘g‘da toblangan kartoshkalar
Narx ichiga kirmaydi:
Dor yo‘li, osma ko‘prik va boshqalardagi to‘lovlar.
O‘zingiz bilan quyidagilarni olish tavsiya qilinadi:
1. Issiq kiyim
2. Xohishga ko‘ra yengil yeguliklar
3. Va albatta, yaxshi kayfiyat)
Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
@bilga_admin
⚠️ Muhim eslatmalar:
Joylar soni cheklangan!
🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!
Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
Undan ketish — qiyin, Unga borish — yana ham iztirobli. Izlash… Shu hayotning mazmuni. O‘zingdan o‘zingni izlash, dardni, baxtni, baxtsizlikni, sevgini, hijronni izlash… Topib, yana yo‘qotish va yana izlash…
Hayot asli shu…. Izlamlar ichida
yashaymiz.
Axtariqlarimizni esa she’rdan topamiz… So‘zda yashaymiz.
“Izlam — 2” to‘plamlari hislarini izlayotganlar uchun! Endi ular menda bor! Sizda-chi?
@SitoraBarliboyeva
Repost from O‘zlik
🐺 Turkiy til: Qudrat, taqiqlar va yo‘qotishlar... Biz qanday tilni meros qilib oldik?
🔥 “O‘zlik” loyihasida tarix darslarini muvaffaqiyatli yakunlab, navbatdagi muhim sahifani ochyapmiz. Loyihamizda 2-modul — “Til oyligi” boshlanmoqda!
🐺 Biz har kuni gaplashadigan, o‘ylaydigan va his qiladigan tilimizning asl ildizlari qayerga taqaladi? Turkiy til qanday qilib ulkan hududlarga tarqalib, qudratli davlatlarning asosiy muloqot vositasiga aylangan edi? Nega keyinchalik u taqiqlar va bosimlarga uchradi? O‘tgan asrlar davomida biz nimalarni yo‘qotdik va nimalarni saqlab qola oldik? Til oyligining ilk ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo har birimiz bilishimiz shart bo‘lgan mavzu atrofida suhbatlashamiz.🎙 Spiker: Anvar Bo‘ronov 🔊 Mavzu: Turkiy til: Tarqalishi, taqiqlar va yo‘qotishlar 🗓 Vaqt: 11-sentabr, soat 19:00 📍 Manzil: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Barchani ushbu muhim va qizg‘in suhbatga taklif qilamiz. Ishtirok etish barcha uchun erkin. Kelib, o‘zligingizni biz bilan birga anglang! 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X
Repost from O‘zlik
🔥 Diqqat, Turkiya yoki Ozarboyjonga “O‘zlik” bilan sayohat qilishni xohlaysizmi?
Kutilgan bilimlar bellashuviga start bermoqdamiz! Xo‘sh, qoidalar qanday?
Avval ham xabar berganimizdek, loyiha jami 5 ta moduldan iborat bo‘lib, har bir modul yakunida maxsus test o‘tkaziladi. Sizdan talab qilinadigani — har bir testda qatnashib, ball yig‘ib borish. 5 ta modul yakuniga ko‘ra eng yuqori natijani ko‘rsatgan ishtirokchilar asosiy sayohat yo‘llanmalariga ega chiqishadi! 🎁 Bosh sovrinlar esa chakki emas: 🥇 1-o‘rin: Turkiyaga sayohat! 🇹🇷 🥈 2-o‘rin: Ozarboyjonga sayohat! 🇦🇿 🥉 3-o‘rin: O‘zbekiston bo‘ylab sayohat! 🇺🇿 🐺 Darslar barchasi bu yerda: 🏳️ 1-dars: “O‘tmishni bilish, bugunni anglash. Tarix nega kerak? 🐺 2-dars: Turkiy davlatchilik: qurilish va parchalanish sabablari 🏳️ 3-dars: Turkiy davlatchilik: turkiy malikalarning siyosatdagi o‘rni 🏳️ 4-dars: Turkistonning bosib olinishi va uning sabablari🔥 Birinchi test qachon? Ilk viktorinamiz hozirgacha e’lon qilingan tarix darslari (1-modul) bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🗓 Sana: 9-sentabr, chorshanba ⏰ Vaqt: 19:00 📍 Test manzili: Maxsus Telegram bot'da 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X
Millatimizda adolatli, jasur, qo‘rqmas hukmdorlar ko‘p bo‘lgan.
Afsuski, ular bilan g‘ururlanib, bosh ko‘tarishimizga ulgurmay “yerga qara, uyal. Bobong kallakesar, qo‘rqoq, poraxo‘r bo‘lgan”, deya ko‘ksimizdan itarib, boshimizni ham qilishga urungan.
Mana, buni asoratidan hali ham chiqolmayapmiz. “O‘zbek rahbarmi chestniy emas, o‘zbekmizda yo‘lini topamiz”, deyish odatimizga aylangan.
Lekin tarix guvohlik berib, manbalar aytishicha, odil, saxovatli, jasur, ma’rifatli hukmdorlarimiz soni ko‘p bo‘lgan.
“Odil hukmdorlar” loyihamizda ular haqidagi haqiqatlar tiklanib, bir joyga jam qilinmoqda. Kitob holida nashr etilishi kutilmoqda. Shu haqida kichik informatsion dastur tayyorlandi. Ko‘ring, loyihamizni kuzatib boring.
@SitoraBarliboyeva
✈️ O‘z osmonimizda o‘z tilimiz kerak!
Samolyotga chiqsang, bort kuzatuvchilarining raso qomati, chiroyli ko‘rinishi, tartibli harakati va mayin tabassumi e’tiboringni tortadi.
Bularga talab shunday! Shundaylar ishga olinadi. Keyin rusga rus, inglizga inglizcha gapirishini ko‘rasan. Qaddingni ur, bu yerga mana shunaqalar olinadi!
Samolyot havoda, senga hayoting uchun muhim qoidalar tushuntiriladi. Dastlab, o‘zbekcha! Aniq o‘zbekcha-mi? Qayta-qayta eshitasan… Nima deyapti… Keyin ajnabiy tilga o‘tiladi. Aynan tarjima qilmasang ham shunday ohangi chiroyli, talaffuzi joyidagi, o‘sha millat qizi, deysan-a…
Keyin o‘ylaysan, o‘z tilim ovozi menga shuncha xunuk eshitildi, xorijlikka bir balo bo‘lib tuyulgandir…
Tepadagi talablarni yana o‘ylaysan, davlat tilini bilish talabi ham bor, aniq. Qoidasida shunaqa. Lekin nimaga tez-tez yangraydigan ovozimiz bunaqa alambalo?
Chunki o‘zbek tilini bilish boshqa, uni yurakdan talaffuz qilish yana bir boshqa masala. Uning o‘z jilosi, bo‘yi basti urg‘ulansa, risoladagidek o‘qilsa, so‘z his qilinsa, quloqqa yoqadi.
Aviatsiyada xavfsizlikka qanday talabchan bo‘lsak, nutq xavfsizligi va aniqligiga ham shunday mas’uliyat bilan qarashimiz kerak.
Agar bort kuzatuvchisidan chet tillarini bilish, muomala madaniyati, kasbiy tayyorgarlik talab qilinar ekan, davlat tilidagi nutqning ravonligi va adabiy talaffuzi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Hech bo‘lmasa, e’lon va ma’lumotlarni o‘zbekchada chiroyli o‘qiydigan bitta qorako‘z bort kuzatuvchisi topilar, u o‘qisin o‘zbekchasini. Mayli, qolgan ikki tilda u no‘noq bo‘lar, o‘sha xorij tilini mukammal biladigan hamkasbi davom ettirsin.
Zero, samolyot bortida yangrayotgan o‘zbekcha e’lon — shunchaki bir xizmat xabari emas.
U minglab yo‘lovchilar eshitayotgan davlat tilimizning ovozi.
Avloniy aytadi: “Har millat o‘z tili ila faxr etmog‘i kerak”. To‘rt beshta ajnabiy oldida tilimiz bilan bemalol faxrlansak maylimi?
Bu — bizning tilimiz.
Bu — bizning madaniyatimiz.
Bu — bizning ovozimiz. 🇺🇿
@SitoraBarliboyeva
+1
2007-2018 yillar davomida gazetada ishlaganman. Tahririyat, bosmaxonada ulg‘ayganman, desam ham bo‘ladi) Gazeta ishini, hidini, muhitini hali ham qo‘msayman. Bu zamonaviy dunyoda bir deganda hamma narsani paydo qiladigan sehrli tayoqchang bo‘la turib, o‘zing nimanidir qidirishga, yugurishga o‘xshaydi. Lekin yoqimli ish. Shu bois, tez-tez gazeta varaqlab, yaxshi jurnallarni qidiraman. Ulardan fikr, g‘oya olaman.“Til va adabiyot ta’limi” jurnalini o‘qishni yaxshi ko‘raman. U xuddi so‘z, tafakkur va ijod uchrashadigan makondek. Bu jurnalni varaqlarkanmiz, uning sahifalarida nafaqat til va adabiyot ta’limiga oid ilmiy-metodik izlanishlar, balki so‘zning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida chuqur mulohazalarni ham uchratamiz. Ayniqsa, birinchi sahifadagi bosh muharrir Farruh Jabborbekning mulohazalarini, aytimlarini o‘qish xazina topgandek gap. Men ishlagan gazetada ham bosh muharrir Sharof Boshbekovning xuddi shunday chiqishlari bo‘lardi. Hazil, mutoyiba bilan gazetxon ichiga olov yoqardi, do‘ppini yechib olib o‘ylashga majbur qilardi. Farruh akaning yozganlari ham jurnalning o‘ziga xos ovozi, o‘quvchini fikrlashga chorlaydigan minbar. “Shoir kim?” rukni esa adabiyotning boshqa bir — qalbga yaqin qirrasini ochadi. Shoirning she’rlari ortidagi inson, uning dunyoqarashi, iztiroblari, ilhomi va so‘zga munosabatini tanishtiradi. Zero, shoir kimligini anglash — ba’zan uning she’rlarini o‘qishdan ham ko‘ra, uning dunyoni qanday ko‘rishini anglashdir. Jurnal shu ikki rukn orqali bizni ikki xil suhbatga chorlaydi: biri — tafakkur bilan, ikkinchisi — qalb bilan. Va, ehtimol, jurnalning qadri ham shundadir: so‘zni o‘rgatish bilan birga, so‘zning qadrini his qildirishida. Xullas, jurnalni o‘qib borish kerak. Ham shoshqaloq dunyoda bir on tinasiz, to‘xtaysiz, fikrlaysiz. @SitoraBarliboyeva
Yaqinda Erve Le Tellyening “Anomaliya” kitobini o‘qib tugatdim.
Voqealariga aynan to‘xtalib o‘tmoqchi emasman.
Bu kitob haqida o‘ylaganimda, meni eng ko‘p hayratga solgan narsa — insonning o‘z-o‘zi bilan uchrashishi qanchalik og‘ir bo‘lishi mumkinligi.
Biz odatda o‘zimizdan qochish uchun boshqa odamlarga, ishlarga, shovqinga, munosabatlarga, rejalarimizga berilib ketamiz. Chunki yolg‘iz qolganimizda, o‘zimiz bilan yuzma-yuz kelamiz.
Lekin tasavvur qiling: bir kuni qarshingizda sizning aynan o‘zingiz turibdi.
U sizning bolaligingizni biladi. Siz yashirgan qo‘rquvlaringizni biladi. Hech kimga aytmagan xatolaringizni ham biladi. Siz nimadan pushaymon ekaningizni, kimni chin dildan sevganingizni, kimga yolg‘on gapirganingizni, qaysi qaroringizni ichingizda hanuz oqlashga urinayotganingizni ham biladi.
Eng dahshatlisi — undan hech narsani yashira olmaysiz.
Chunki u sizning yuzingizni emas, ichingizni ham xuddi siz kabi taniydi.
Balki shuning uchun ham o‘z-o‘zing bilan uchrashish boshqa birov bilan uchrashishdan qiyinroqdir. Boshqa odam oldida biz o‘zimizni qandaydir ko‘rsatishimiz mumkin. Yaxshiroq, kuchliroq, baxtliroq ko‘rinishimiz mumkin.
Ammo o‘zimizdan qochib bo‘lmaydi.
Chunki eng og‘ir haqiqat ba’zan shuki:
biz butun umr boshqalardan yashirgan odam — aslida o‘zimizmiz.
Va balki hayotdagi eng qiyin uchrashuv ham shu:
o‘z-o‘zing bilan uchrashib, undan yuz o‘girmaslik.
Qiziq kitob, tavsiya qilaman.
O‘qiganlar bo‘lsa, siz qanday xulosa chiqargan edingiz? Malol kelmasa, yozib keting.
@SitoraBarliboyeva
Do‘stlar, sokin kuz oylarida bizda ajoyib yangiliklar bor.
✅ Odil hukmdorlar hayotiga oid tarixiy manbaalar asosida hikoyalar to‘plami yaratilmoqda.
✅ "Fonus" loyihasi uchun qisqa metrajli filmlar uchun ssenariylar qabul qilinmoqda.
✅ "So‘z" loyihasida siz kutgan va kutmagan ijodkorlar chiqishini kuzatib boring
✅ "Sof til" loyihasi doirasida faol bot foydalanuvchilari taqdirlanadi.
✅ Dostonlarimiz, mif va afsonalarimizga asoslanib yangicha formatda komiks kitob tayyorlanmoqda.
@SitoraBarliboyeva
Aziz do‘stlar, barchalaringizga bayram muborak bo‘lsin!
Bizdan bayramga katta tuhfa — “Fonus” loyihasi doirasida tasvirga olingan “Chegara” qisqa metrajli film premyerasini taqdim etamiz.
Biror tarixiy voqelikni fakt bilan tushuntirib berish mumkin, ammo shu jarayon ortida turgan fojealar inson iztiroblari bilan ko‘rsatib berilsa-chi? “Chegara”da ayni shunday qilinadi – taqdir sabab qo‘shni davlatga palaxmon toshidek otilgan ayolning ilojsizligi, ota-onaning siyosiy vaziyat sabab yo‘l qarash bilan o‘tayotgan umri… Dunyodagi eng katta fojia bu – erksizlik, u qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, qanday atalmasin, og‘riq beradi…
Biz chegaralar huddi doim ochiq bo‘lgandek, hayot hozirgi maromida oqgandek anglaymiz. Lekin uzoq bo‘lmagan kunlarga qarasak, bugun inson hayotida o‘zgarishlar katta, qadrlar baland.
Filmni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/266e3iOmfRs
Repost from soʻz!
31-avgust — Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni
Soʻz bugun mustaqilligimiz uchun kurashgan, jon bergan shahidlarni yod etish uchun ularning ruhiyati aks etgan she’r va qoʻshiqlarni bir joyga toʻpladi.
Quyidagi havolalar orqali “Soʻz” doirasida suratga olingan she’riy kompozitsiyalarimizni koʻrib chiqing, zero millatparvar shoirimiz Shavkat Rahmon aytganidek:
Shahidlar oʻlmaydi, bir qarab toʻying!
• “Vatan omon boʻlsin” she’riy konserti
• Suhrob Ziyo — Shoir
• Shavkat Rahmon — Turkiylar
• Nodira Afoqova — Dorning ogʻochi
• Islomjon Qoʻchqorov — Ozod Inson
• Suhrob Ziyo — Vatan qolsin
• Nozima Habibullayeva — Vatan sha’ni
• Najmiddin Ermatov — Qoʻrboshilar qoʻshigʻi
• Aslibek Eshonov — Yigʻlar (Abdulla Qodiriy gʻazali)
• Dadaxon Muhammadiyev — Alpomishning singlisiga
• Shahriyor Shavkat — Ay manim Turonim
Kecha bayram arafasi bir guruh shaxslar mukofotlandi. Barchani chin dildan qutlayman!
Faqat ro‘yxatni ko‘rib, ayrimlarning nomlarini o‘qisam ham, tanimay qoldim. Boisi hujjatlarda ism, familya rasmiy hujjatga mos tarzda yoziladi. Qachonlardir esa qay bir tuzumda atayin, qay bir o‘rinda savodsizlarcha ismlar, otalarimiz nomlari xato, ba’zan kulguli ham yozilgan.
Buni tuzatish albatta, har kimning shaxsiy tanlovi va mas’uliyatiga bog‘liq. Hozir adashmasam, tartib ancha soddalashgan. Onlayn arizalar qoldirish mumkin. Aslida vaqtimiz ketsa ham, o‘z ismimiz o‘z tilimizda to‘g‘ri yozilishi, aytilishiga e’tiborsiz bo‘lmasligimiz lozim.
Eh, yuz yil oldin ham Behbudiy bobomiz shu haqida bong urgandi aslida: “Ismimizni bilmaymiz! Nima uchun? Bizg‘a o‘rgatmabdurlar. Masalan, ismimiz Abdulsamad ekan, «Absamat», hatto, qishloqlarda «Apsat» derlar….
G‘alat atamoq sababi ila avom kotiblar tarafidan qozixona, valasnoyxona hujjatlarinda va hukumat mahkamalarinda ham shul tariqa g‘alat va masxaralik holatinda yozilur.
Shunday g‘alat keta bersa, yigirma-o‘ttuz sana so‘ngra xalq yanadan avomroq bo‘lub, musulmon ismlari yana ziyodaroq buzilur”
P/s. Suratda “Sof til” loyihamizning shiori.
@SitoraBarliboyeva
“Fonus” Iordaniyadagi festivalda "Hakamlar hay’atining maxsus e’tirofi" mukofotini qo‘lga kiritdi!
Loyiha doirasida aynan shu to‘rtinchi yo‘nalish, ta’lim mavzusiga kelganda ochig‘i, uzoq bosh qotirib, Shokir Xoliqov bilan turli xil ssenariylarni ko‘rib chiqqandik.
Oxiri, bir kun saharda Shokir aka “sizga bitta ssenariy tashladim, tezda o‘qing”, dedi. Ishxonaga kirib, bir nafasda o‘qiganim va qishloqdagi o‘qituvchilarim esimga kelib, bo‘g‘zimga yig‘i tiqilgani esimda.
O‘qituvchilar haqida butun dunyoda, turli millatlarda ko‘plab kinolar bor. Hammasi insoniyat qalbiga yaqin, ustozga ehtiromni yuksaltiradi. “Fonus” endi shular qatorida xalqaro festivalda mukofotlangani loyihamizning eng katta yutug’idir. Unda mamlakatimizda ta’lim sohasida keskin burulish yasagan siyosiy irodaning ahamiyati yana bir bor eslangan.
P/s Aytgancha, loyiha doirasida suratga olingan “Chegara” qisqa metrajli filmimiz mustaqillik arafasi ijtimoiy tarmoqlar orqali premyera qilinadi.
https://t.me/SitoraBarliboyeva
“Soʻz”ning she’riy konsertlarini sogʻinganlar bormi?
Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligiga bagʻishlangan “Vatan qolsin!” nomli she’riyat bayramida kutamiz!
Bu safar ustoz shoirlar bilan birga moziyga, oʻzligimizga sayr qilamiz! Milliy qahramonlarimiz bilan yuzlashamiz!
🗓 Sana: 21-avgust
⏰ Vaqt: 19:00
📍 Manzil: Navroʻz bogʻining etno hududi
❗️ Kirish mutlaqo erkin
Sizni eng toza, eng yovqur “Soʻz”lar bilan kutamiz, yaqinlaringiz bilan keling!
@SitoraBarliboyeva
Repost from soʻz!
🔥“So‘z”da yangi olovli mavsum boshlandi!
Ushbu mavsumda siz sheʼrlari millatning jon tomiriga singishib ketgan ustoz shoirlarning ijodidan ham bahramand bo‘lasiz!
Bugun sizga O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning azim she'rlaridan biriga ishlagan yaxlit kompozitsiyamizni tuhfa qilamiz!
So‘zning, she’rning sehridan huzurlaning va sheʼrga “So‘z”ning yondashuvi haqidagi fikrlaringizni yozib qoldiring!
YouTubeda ko‘rish:
https://youtu.be/cB1KO8ItofM?si=ZjdHEv-_VhMIifx_
Instagramda ko‘rish:
https://www.instagram.com/reel/Db8aGBTiHkj/?igsh=ZHBqYm5yc2psbnpv
Repost from N/a
Bilga tur o‘zining ilk faoliyatini boshlamoqda. Jamoa sayohatlarga madaniyat, tarix, ilm, adabiyat va san`at ruhini olib kirishni maqsad qilgan. Bizning tur bilan Siz shunchaki sayohatchi emas, bilgaga aylanasiz. Ilm, madaniyat, adabiyot, san`at insonlari bilan bir davrada bo‘lasiz! Ular bilan borar manzilingiz ruhini, ahamiyatini yanada teran anglaysiz!
Jamoa Sizni ilk sayohatga taklif etadi.
15-16-avgust kunlari yilning eng sehrli yulduzli kechasini tomosha qilish imkonini o'tkazib yubormang!
Sayohat davomida sizni kutmoqda:
📝 Shoir Najmiddin Turon bilan she'riy kecha;
☀️ Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Quyosh shaharchasi bo‘ylab olim ishtirokidagi qiziqarli sayohat;
✨Faqat shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan yulduzlar yog‘dusini tomosha qilish;
🔥 Gulhan atrofida unutilmas suhbatlar;
🪕 Xalqona ohang va ashulalar;
☕️ Issiq qahva, yoshlikka qaytaruvchi cho‘g‘da toblangan kartoshkalar;
⛰Toza havo va betakror tabiat;
🏕 Chodir ostida tunash;
🌓Quyosh chiqishini kuzatish;
📸Kechadan foto va video lavhalar
🗓 Sana: 15-16-avgust
⏳Vaqt: 15.00 da Toshkent shahridan jo‘nab ketish
📍 Joy: O‘zbekiston mehmonxonasi oldidan
💰 Ishtirok narxi: 450 ming so‘m
Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
⚠️ Muhim eslatmalar:
Joylar soni cheklangan!
🤍O‘zingiz bilan yeguliklar va issiq kiyim olishni unutmang!
🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!
Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
